Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati



Yüklə 275,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/17
tarix16.06.2023
ölçüsü275,83 Kb.
#131422
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
S3. O‘rta asirlarda jismoniy tarbiya

masalalari 
jamoasi oillasida tug`ildi va o`sdi, keyin esa turli 
mamlakatlarda pedagog bo`lib ishladi. Komenskiy, tabiat har bir kishiga ma’naviy 
kamolot imkoniyatlarini bergan, deb ta’kidladi, shuning uchun ham u umumiy 
ta’limning zarurligi to`g`risidagi masalani o`rtaga qo`ydi. U ishonch bilan: “Faqat 
boylar yoki aslzodalarning bolalari uchungina emas, balki umuman hamma uchun: 
aslzodalar va aslzoda bo`lmaganlar, boylar va kambag`allar, og`il bolalar va qizlar 
uchun barcha shaharlar, katta qishloqlar va joylarda maktablar barpo qilish 
kerak”,-deb yozdi. Tarbiya masalalarida u demokrat sifatida, o`z davrining 
chinakam gumanisti sifatida maydonga chiqdi. Komenskiy maktablarni tubdan 
isloh qilish masalasini o`rtaga qo`yib, ularni “insoniylik ustaxonalariga”aylantirish 
lozimligini ta’kidladi.U formal quruq ta’lim metodlarini tanqid qilibgina qolmadi, 
balki yangi pedagogika asoslarini ham ishlab chiqdi. Komenskiy ta’limda 
ko`rgazmalilik masalasiga katta e’tibor berdi; mashg`ulotlarning sinf-dars 
formasini taklif qildi. Uning didaktik prinsiplari hozir ham ahamiyatini yo`qotgani 
yo`q.
Komenskiy, boshqa gumanistlar singari, jismoniy tarbiya masalalari bilan 
ko`p shug`ullandi. U, inson sog`lig`ining mustahkamlanishi va jismoniy kuchining 
o`sishi uning ma’naviy kamoloti uchun bevosita shart-sharoit yaratadi, deb 
hisobladi. U o`yinlar va jismoniy mashqlarni bolalarni axloqiy jihatdan 
tarbiyalashdagi muhim vositalardan biri sifatida ham baholadi.
Komenskiy o`z sistemasini qadimgi odamlarning obro`yi va tajribasi asosida 
emas, balki bolalarni o`qitish ishida tarbiyaga muvofiqlik va xalq tajribasi asosida 
ishlab chiqdi. U tanlab olingan alohida kishilar haqida emas, balki xalq ommasi 
haqida o`yladi va xalq ommasi uchun juda ko`p ishlar qildi.
Barcha burjua gumanistlarining progressivligi shundaki, ular o`rta asrning 
quruq tarbiyasiga va tarkidunyochilik g`oyalariga qarshi aktiv kurashdilar, inson 
shaxsining erkin kamol topishini quvvatladilar va jismoniy tarbiyani umumiy 
tarbiya sistemasining ajralmas bir qismi sifatida ilgari surdilar.
Lekin burjua gumanistlarining aksariyati xalq to`g`risida emas, balki 
jamiyatning bir to`da boshliqlari to`g`risida, xalqdan ajralgan va xalqni 
ekspluatatsiya qilgan kishilar haqida g`amxo`rlik qildilar. Bu burjua gumanistlari 
o`zlarining barcha g`ayratlarini cherkov obro`yiga qarshi kurashga qaratib, tug`ilib 
kelayotgan burjua jamiyatining konservativ kuchiga aylandilar. Xalqqa tayangan 
va xalq baxt-saodati yo`lida mehnat qilgan (Komenskiy singari) gumanistlarning
ijodi esa so`nggi o`rta asr davrining demokrat gumanistlarining ijodi sifatida asrlar 
osha bizning kunlarimizgacha yetib keldi.

Yüklə 275,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin