asrning boshlarida Chexiyada (gusit urushlari), shuningdek XVI asrning boshlarida
Germaniyada (Reformatsion urushlar) ana shunday bo`lgan edi. Qo`zg`olon
ko`targan xalqning yo`lboshchilari (Chexiyada-Jijka, Germaniyada-Myunser) faqat
cherkovni isloh qilish to`g`risida emas, balki sotsial o`zgarishlar haqida ham orzu
qildilar. Engels taboritlar harakatini plebey-dehqonlarning bid’atchilik harakati
sifatida baholab: “U (bid’at-T.) “xudo farzandlari tengligidan “grajdanlik tengligini
va o`sha ondayoq qisman hatto mulk tengligini chiqardi”,-deb yozgan edi.
Myunser programmasi esa, Engelsning ta’kidlashicha,
din masalalarida ateizmga
yaqinlashdi, uning siyosiy programmasi esa kommunizmga juda ham yaqin edi.
Ommaviy revolyutsion qo`zg`olonlar tajribasi shuni ko`rsatadiki, chinakam
gumanizm g`oyalarini tarqatuvchi burjua ziyolilarining biqiq kastasi emas,
balki
xalqdir. Xalq ommasi dushmanga qarshi shavqatsiz kurash olib borish jarayonida
harbiy ishni o`rganib bordi, jismoniy tayyorgarlik bilan aktiv shug`ullandi,
maktablar barpo qilib, o`z
bolalariga aqliy, axloqiy va jismoniy tarbiya berishga
harakat qildi. O`sha vaqtlarda xalqning g`alaba qilishi uchun hali sharoit yo`q edi.
Qo`zg`olonlar shavqatsizlik bilan bostirilar,
lekin sotsial tenglik haqidagi,
insonning mehnat qilishgagina emas, balki dam olishga bo`lgan
huquqi
to`g`risidagi, uning ma’lunot olishga va jismoniy tarbiyaga bo`lgan huquqi
haqidagi g`oyalar mehnatkashlarning qalbida saqlanib qolar va ularni
ekspluatatorlarga qarshi kurashga rag`batlantirar edi.
Dostları ilə paylaş: