Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati


G`arbiy Yevropa mehnatkashlari jismoniy tarbiyasi



Yüklə 275,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/17
tarix16.06.2023
ölçüsü275,83 Kb.
#131422
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
S3. O‘rta asirlarda jismoniy tarbiya

G`arbiy Yevropa mehnatkashlari jismoniy tarbiyasi  
Shahar mehnatkashlari jismoniy tarbiyasi.
So`nggi o`rta asr davrining madaniy yutuqlari mazlum sinflarga mutlaqo aloqador 
emas edi. Agar shahar zodagonlari ajoyib serhasham uylarda yashagan bo`lsalar, 
mehnatkashlar zax, qorong`i va tor kulbalarda, omborxona, podval va yerto`lalarda 
tiqilib yashar edilar. Ular juldur kiyimda yurishar, och qolishar, omadlari 
“kelganda” dag`al, tez hazm bo`lmaydigan oziq-ovqat bilan ovqatlanishar edi. 
Turar joy va ustaxonalarning sanitariya qoidalariga xilof ahvoli tor ko`chalarning 
o`ng`aysizligi bilan yanada yomanlashib borar edi. Har qanday chiqindi va ifloslar 
tosh ko`chalarga chiqarib tashlanar va shuning uchun toshko`chalar sassiq yer osti 
quvurlariga o`xshab ketar, bu ko`chalarda bolalar, tovuqlar vaitlar daydib yurar 
edi. Yuqumli kasalliklar tez tarqalar, kambag`allar yashaydigan butun bir 
mahallalarni qirib bitirar, ba’zan esa butun bir shaharlarga qirg`in solar edi. Lekin 
kulbalarning bir joyga to`planganligi va ularning ichki torligiga qaramasdan 
mehnatkashlar shahar aslzodalariga nisbatan ancha axloqli turmush kechirar edilar. 


Ular nikohni kishining “eng oliy boyligi”, er-xotin sodiqligining buzilishini esa 
eng og`ir jinoyat, deb bilar edilar. Bunga ayniqsa plebey kommunistik sektalarida 
rioya qilinar edi.
Patritsiat o`qchi uyushmalari va qilichbozlar qardoshliklariga kirishni cheklab 
qo`yish bilan shahardagi quyi tabaqalarni jismoniy mashq bilan shug`ullanish 
imkoniyatidan mahrum qildi. Faqat yugurish, sakrash, kurashish va irg`itish yoki 
uloqtirishga doir eski xalq mashqlarigina shaharning quyi tabaqalari uchun
bajarish mumkin bo`lgan yagona mashqlar bo`lib qoldi. Shahar sport bayramlari 
o`tkazilgan damlarda shogirdlar va qora ishchilar shahardan tashqariga chiqib 
ketib, u yerda kim o`zarga yugurish, kurashish va sakrashdan musobaqalashar 
edilar. Odatda yugurish mashqi bo`sh yotgan yerlarda o`tkazilar, kurashish va 
sakrash uchun esa maysa bilan qoplangan maydonlar tanlanar edi. Kurash 
tushayotganda qo`l bilan tutish, otib tashlash, oyoqdan chalish va urib yiqitish 
usullariga yo`l qo`yilar edi. Bunday yig`ilishlar vaqtida ba’zan kamalak otish, 
kaltakbozlik va so`yilbozlik qilishdan ham musobaqalar o`tkazilar edi. Bunday 
musobaqalarda keksa ishchilar arbitr(hakam)lar vazifasini bajarar edi. Ular 
qilichbozlar qardoshliklari va o`qchi uyushmalari hali nisbatan xalqchil bo`lgan 
vaqtlarda o`zlari egallagan mahoratni yoshlarga o`rgatar edilar.Bunday yig`inlarda 
tabiiy ko`llarda ommaviy cho`milish, raqslarga tushish va xor bo`lib ashula aytish 
odat tusiga kirgan edi. Ko`pincha yig`inlar mushtlashish va ommaviy yoqalashish 
bilan tugar edi. Diniy bayram kunlari mehnatkashlar ba’zan turnirlarga 
kuldiradigan taqlidlar qilar edilar. Masalan, 1491 yildagi Nyurnberg xronikasida, 
16 oddiy kishi maydonga “yashil kamzul kiyib, pichan yopilgan, xasdan shlem 
kiygan holda kirib kelib, boshi egri kosov bilan bir-biriga hujum qilar edilar”,-deb 
yozilgan. Shahardan tashqarida o`tkazilgan musobaqalar va turnirlarga kulgi 
qistatadigan taqlidlar mehnatkashlarga zarur jismoniy tayyorgarlik bermas edi, 
kekin ularni ritsarlar va shahar boylariga qarshi kurash uchun birlashtirar edi. 
Mehnatkashlar o`rtasida savodxonlik kam uchraydigan hodisa edi. 

Yüklə 275,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin