O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
9-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.06.2022
283
TURK XOQONLIGI DAVRIDA O‘RTA OSIYO XALQLARINING IQTISODIY VA
IJTIMOIY HAYOTI
Mirzayeva Diloromxon Mashrabjon qizi
Farg‘ona davlat universiteti 3-bosqich talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda hukmronlik qilgan
Turk xoqonligida ijtimoiy va iqtisodiy hayot qay tarzda kechgani va uning manbalarda
qanday aks ettirilgani, bu davrning yurtimiz tarixidagi ahamiyati va o‘rni haqida so‘z
boradi.
Kalit so‘zlar: Turk xoqonligi, jo‘janlar, Mug‘anxon, savdo-sotiq, urug‘-qabilachilik,
yer-mulk munosabatlari.
Аннотация:
В
данной
статье
рассматривается
общественно-
экономическая жизнь Турецкого ханства, правившего Средней Азией в раннем
средневековье, и то, как она отражена в источниках, значение и место этого
периода в истории нашей страны.
Ключевые слова: тюркское ханство, джоджаны, Муганхан, торговля,
родоплеменные отношения, поземельные отношения.
Annotation: This article discusses the social and economic life of the Turkish
Khanate, which ruled Central Asia in the early Middle Ages, and how it is reflected in the
sources, the importance and place of this period in the history of our country.
Keywords: Turkish khanate, jojans, Mugankhan, trade, tribal relations, land
relations.
KIRISH
Turkiy elatlarning keng sharqiy hududlarda qadim-qadim davrlardan buyon
yashab, o‘zlaridan munosib madaniy iz qoldirib kelganligini juda ko‘plab
tarixiy
manbalar ham tasdiq etadi. Mo‘tabar Xitoy manbalari, mashhur «O‘g‘iznoma», Urxon-
Enasoy yozuvlari, Kultegin bitiklari bunga ishonchli guvohdir. Oltoy,
Tuva hamda
ularga tutash hududlarda turli turkiy qabilalar, chunonchi, Ashin, Arg‘u, O‘g‘iz, To‘qqiz
o‘g‘iz, O‘ttuz tatar, Qarluq, Qitan, Tolis, Turk, Uyg‘ur, To‘qri (toharlar), Quriqan, Duba
(tuba-tuva)va boshqalar yashardilar. VI asr boshlarida Oltoy o‘lkasida siyosiy
jarayonlar faollashadi. O‘sha paytda hozirgi Mo‘g‘uliston va qisman Xitoyning shimoliy
hududlari ustidan Jujan xonligi hukmronlik qilardi. VI asr boshlarida Oltoydagi turkiy
qavmlar
orasida
Ashin
urug‘ining
mavqei
ko‘tariladi.
Ashin
urug‘iga
mansub Asan va Tuu 460–545-yillarda boshqa urug‘larni o‘zlariga bo‘ysundiradilar va
Oltoyda turkiy qabilalar ittifoqiga asos soladilar.Tuuning o‘g‘li Bumin Tele qabilasini
ham bo’ysundiradi. Bumin Jujan xonligiga tobelikdan chiqish uchun kurashadi va 551-
yilda Jujan xonining qo‘shinlarini yengib, ularni o‘ziga bo‘ysundiradi [2: 152]. Bumin
552-yilda Xoqon deb e’lon qilinadi va yangi davlat –
Turk xoqonligiga asos
soladi. Uning poytaxti Oltoydagi O‘tukan shahri edi. Xoqonlik tez orada kuchayib, uning