O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 9- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix16.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#131623
1   2   3   4   5
Mirzayeva Diloromxon Mashrabjon qizi

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Xitoy manbalarida ta’kidlanganidek, Zarafshon, Amudaryo va Qashqadaryo 
vohalarida bu davrda 9 ta mustaqil hokimlik mavjud bo‘lgan: Samarqand, Ishtixon, 
Maymurg‘, Kesh, Nahshab, Kushon, Buxoro, Amul va Andxoy shular jumlasidandir. 


O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
9-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.06.2022
285 
Ayniqsa, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Choch (Toshkent) hokimliklari o‘zlariga 
ancha mustqil bo‘lganlar. Buxorxudotlar zarb etgan tanga pullar keng muomalada 
bo‘lgan. Shu bilan birlikda bu nisbatan mustaqil hokimliklar o‘rtasida o‘zaro kurash, 
ichki ziddiyatlar ham to‘xtovsiz bo‘lib turgan. Bu esa mahalliy aholi hayoti, turmushini 
nochor ahvolga duchor etgan. Masalan, 585–586-yillarda Buxoroda zodagon dehqon 
va boy savdogarlarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Unga Abro‘y boshchilik qiladi. 
Hoqon Qoracho‘rin qo‘shinlari qo‘zg‘olonni bostirib, qo‘zg‘olonchilarni qattiq jazolaydi. 
Bo‘ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqarish tartibi hoqonlikni 
zaiflashtira bordi. Natijada VI asrning 80-yillari oxirlarida Turk xoqonligi ikki qismga 
bo‘linib ketadi. G‘arbiy turk xoqonligi (uning tarkibiga O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston 
va Jung‘ariya (Xitoyning shimoliy g‘arbi) hududlari kirgan). Sharqiy turk xoqonligi 
(uning tarkibiga Mo‘g‘uliston hududlari kirgan) [7: 39].
VII asrda g‘arbiy hoqonlikda shaharlar rivojlanishi, Eron va Xitoy bilan qizg‘in 
savdo-sotiq va diplomatik aloqalar kuzatilgan. Darhaqiqat, Xitoyda Tan sulolasi (618–
907-yil) hukmronligi davrida G‘arbiy Turk xoqonligi bilan Xitoy o‘rtasida foydali 
aloqalar keng yo‘lga qo‘yiladi. Masalan, 627–644-yillarda O‘rta Osiyodan Xitoyga 9 
marta savdo karvonlari yuborilgan. VII asrning 30-yillarida xoqonlik hududlarini 
kezgan xitoylik sayyoh Syuan Tsin Issiqko‘l, Chu vodiysi, Choch, Samarqand, Buxoro 
kabi joylarning ancha gavjum va obod bo‘lganligini qayd etadi. Tan sulolasi 659-yilda 
Sharqiy Turk xoqonligini o‘ziga bo‘ysundiradi. VII asr ikkinchi yarmida ancha 
kuchaygan Xitoy O‘rta Osiyo hududlarini ham o‘z qo‘l ostiga kiritish payiga tushadi. 
Biroq 670-yilda tibetliklar bosh ko‘tarib, sharqiy Turk xoqonligini yangidan 
tiklaganlaridan so‘ng va bu davlat Xitoy uchun kutilmagan xavf-xatarni keltirib 
chiqargach, endilikda Xitoy O‘rta Osiyoga bo‘lgan o‘z da’vosidan vaqtincha voz kechadi. 
Uning endigi butun diqqati Tibetga qaratiladi. Bu davrda O‘rta Osiyo hududlarida 
G‘arbiy Turk xoqonligi ta’siri tobora zaiflashib boradi. Bunga mahaliy hokimliklar 
o‘rtasidagi ichki ziddiyatlar, yer-mulk uchun o‘zaro kurashlar ham sabab bo‘ladi. Bu 
esa pirovardida bu hududlarning arablar tomonidan bosib olinishiga sabab bo‘ldi. 
Turk xoqonligining sharqiy yerlaridan farqli o‘laroq G‘arbiy hududda aholining 
ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzi, madaniy darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan. Negaki, 
sharqiy hududlarda yashagan ko‘pchilik ko‘chmanchi turkiy elatlarda urug‘-
qabilachilik munosbatlari hamon kuchli saqlangan. Aholining quyi tabaqasi budun yoki 
qora budunlar deb atalgan. Urug‘-qabilaning nomdor vakillari «beklar» deb yuritilgan. 
Jamoani xoqon va zodaganlar kengashi – «Qurultoy» boshqargan. O‘rta Osiyo erlarida 
esa bu davrda dehqonchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik sohalari yuksak darajada 
rivojlangan. O‘lkaning Farg‘ona, Xorazm va Zarafshon vohalarida ko‘plab suv 
ayirg‘ichlar, kanallar, suv havzalari bunyod etilgan. Farg‘ona va So‘g‘dda aholining bir 
qismi tog‘-kon ishlari bilan ham mashg‘ul bo’lgan. Bu erlarda oltin, mis, temir eritish, 
ulardan kerakli asbob-anjomlar ishlash yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, Iloqda 
qo‘rg‘oshin, kumush, Shahrisabzda esa qizil tuz qazib olingan. Xoqonlik davrida 
shaharlar hayoti xiyla rivoj topgan. Buxoro, Samarqand, Ishtixon, Toshkent, Isfara, 



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin