166
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan
miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Sinf - yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo‘lgan, ma'lum o‘quvchilar guruhi.
Suhbat – savol va javob shaklidagi dialogik ta'lim metodi.
Tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi,
asosiy
boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya, faoliyatning asosiy qoidasi;
umumlashtirilgan talab.
Tarbiya–muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har
tomonlama o‘stirish,
uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish
jarayoni.
Tarbiya jarayoni - o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar
o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan samarali hamkorlik
jarayoni.
Tarbiya mazmuni - shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar
mohiyati.
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) – tarbiya maqsadiga erishish yo‘li;
tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta'sir etish usullari.
Ta'lim – o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma
va
malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va
dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon.
Dostları ilə paylaş: