6.
Navbahor koni ishqoriy bentonitli gilidan termik aktivlashtirish usulida
adsorbent ishlab chiqarishning texnologik sxemasi yozuvi
Navbahor koni ishqoriy bentonitidan ishlab chiqarish sharoitida adsorbent olish
uchun Navbahor bentonit konining geologik xaritasiga tayanib, selektiv tanlash yo’li bilan
ekskavator yordamida qazib olingan Navbahor ishqoriy bentoniti yuk avtomobillari
yordamida xom-ashyo omboriga keltiriladi va ma’lum vaqt davomida tabiiy ravishda
quritiladi. U erda bentonit xom-ashyosining bir oyga etadigan zahirasi saqlanadi.
Navbahor koni ishqoriy bentoniti ishlov berish uchun telfer yordamida strugach yoki
bolg’ali maydalagichga beriladi. U erda dag’al maydalangan bentonit, dastlab tasmali
uzatgichga beriladi, so’ngra esa elevator yordamida quritish barabaniga solinadi.
Navbahor ishqoriy bentoniti quritish barabanida tanlab olingan maqbul sharoitda ya’ni
190-210
0
C temperaturada 2 soat davomida quritiladi. Qurituvchi sifatida tabiiy gaz
yordamida qizdiriladigan o’choqdagi temperaturasi 400-500
0
C bo’lgan issiq havo
ventilyator yordamida quritish barabaniga puflab beriladi.
Barabanli quritgichdan chiqqan temperaturasi 80-90
0
C bo’lgan bentonit, № 0056
elakda qoladigan qoldiq miqdori 0.5-25 % oralig’ida bo’lguncha, taxminan 6-8 soat
davomida sharli tegirmonda mayin tuyiladi.Kerakli darajagacha mayin tuyilgan bentonit
tasmali uzatgich orqali qadoqlash uskunasiga kelib tushadi. U erda oldin tortib olinadi va
so’ngra sig’imi 25 va 50 kg bo’lgan qog’oz yoki polietilen qoplarga joylab qadoqlanadi.
So’ngra mahsulot qadoqlangan qoplar tasmali uzatgich orqali tayyor mahsulot omboriga
uzatiladi.
Dostları ilə paylaş: