50
AQSHdagi eng yirik transport tuguni-CHikago. Bu erda o‘nlab temi rva
avtomobil yo‘llari o‘zaro tutushgan bo‘lib, turli, xil yuklar bir yo‘ldan ikkinchisiga
olib ortiladi. CHikagoda dunyoda eng katta Ó Xeyr aeroporti bor. Mamlakatda yuzga
Yaqin port mavjud. Asosiy dengiz portlari: Nyu-York, Filadelfiya, Baltimar,
yangi
Orlean, Xyuston, San-Fransisko, Buyuk ko‘llarda –CHikago, Dulut. Aviatsiya
qatnovi asosiy uzellari-Nyu-York, CHikago, Atlanta, Los-Anjeles, Mayami,
Dallas
shaharlari hisoblanadi.
6.5. Ichki tafovutlari va tashqi iqtisodiy aloqalari.
AQSh hozirgi vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘ra u bir-biridan farq
qiluvchi qo‘yidagi 4 mikrorayonga – SHimoli-sharq, O‘rta G‘arb, Janub va G‘arbga
ajratiladi. SHimoliy –sharq maydoniga ko‘ra, eng kichik mikrorayon bo‘lib,
AQSHning sanoat hududi mintaqasi Shu erda vujudga keldi. U millatning
ustaxonasiga aylandi. Unda mamlakatning iqtisodiy poytaxti Nyu-York va siyosiy
poytaxti Vashington joylashgan.
O‘rta g‘arb yirik sanoat va qishloq xo‘jaligi rayoni. O‘rta-G‘arb mintaqasi,
hududi tobora G‘arbga surilib, ba’zan «Amerika o‘rta dengiz bo‘yi» deb ataladigan
ko‘l bo‘yini o‘amrab oldi. Bu erda yoqilg‘i va xomashyoning
katta resurslari va
rayonning qulay ITU bazasida Chikago, Detrayt, Klivlend kabi yirik sanoat
markazlari shakllanadi, ko‘l bo‘yi megapolisi tashkil topdi. CHikagoni o‘rta
G‘arbning poytaxti deyiladi. U AQSHdagi eng katta transport tugunidir.
Janub uzoq vaqt sust rivojlanadi. Bunga asosiy sabab quldorlikka asoslangan
plantatsiya xo‘jaligining keng tarqalganligi edi.
Rayon neft, tabiiy gaz ko‘mir,
fosforitlar qazib olish, elektrostansiyalari va neft zavodlarining quvvati jihatdan
mamlakatda birinchi o‘rinni egallaydi. Bu erda gazmol va tamaki mahsulotlarining
9/10 qismi to‘plangan. Janub mikrorayonida dunyoda mashhur Mayalin (Florida
shtati) joylashgan. U asosiy turistik shahar hisoblanadi.
G‘arb uzoq vaqt tog‘-kon sanoati bilan yaylov chorvochiligiga ixtisoslashib
ketgan. G‘arb buyuk tekisliklardagi
preriyalarni keng yaylovlari, yirik g‘oramol va
qo‘ylar o‘lkasi, mis, molibden, uran, oltin va ko‘mir konlari, obikor dehqonchiligi
o‘lkasidir. Bu rayonda buyuk «oltin shtat» hisoblanish Kaliforniya alohida ajralib
51
turadi. G‘arb tarikibiga Shuningdek, AQShdagi yangi o‘zlashtirilayotgan bosh resurs
rayoni Alyaska bilan turizm Oroli – Gavayi orollari ham kiradi.
AQSh iqtisodiyotida tashqi iqtisodiy aloqalar katta rol o‘ynaydi. Ishlab
chiqarish sohasi ko‘proq chet el bilan tovar
va katta kapital almaShuviga, chet el
bilan ishlab chiqarish borasida kooperatsiya rivojlangan. Tashqi savdo aylanmasining
60 foizi rivojlangan mamlakatlarga, 39 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘g‘ri
keladi. Dunyoning turli mamlakatlariga bevosita mablag‘ sarflash ko‘payib
bormoqda. Eksportda ham, importda ham tayyor mahsulot ustun. AQSHdan sanoat
va energetika mashina-uskunalari, transport vositalari, Kimyo tovarlari, to‘qimachilik
va qog‘oz
mahsulotlari, ko‘mir, oziq-ovqat va embop don, soya, paxta, tamaki va
boshqa mahsulotlar chiqariladi; neft va neft mahsulotlari,
ruda va metall, sanoat
mashina-uskunalari, uzoq muddat foydalaniladigan ro‘zg‘or anjomlari, kiyim-kechak,
poyabzal, yog‘och, qog‘oz, baliq, go‘sht, qand-shakar, kofe va boshqalar keltiriladi.
Savdo – sotiqdan asosiy mijozlari-Kanada, Yaponiya, Meksika, G‘arbiy
Dostları ilə paylaş: