52
kompyuter ishlab chiqarishda —
«Interneyshnl Biznes Mashins» (IBM) Shular
jumlasidandir. Amerika mashinasozligida eng muhim tarmoq avtomobilsozlikdir.
Avtomobilsozlik tarmog‘i AQShning 20 ta shtatida mavjud. Michigan shtatidagi
Detroyt shahri mamlakatning «avtomobil poytaxti» hisoblanadi. Bu rayonning
hamma katta shaharlari (Toledo, Chikago, Klivlend. Buffalo va boshqalar)
avtomobilsozlikning markazlaridir.
Aviatsiya sanoati - AQSh xo‘jaligining yirik tarmoqlardan biri. Uning tarkibiga
raketasozlik va kosmik texnika ishlab chiqarish ham kiritiladi. Yirik monopoliyalari:
«Boing», «United Tehnologies», «Makdonald Duglas», «Lok-xid», «Boing» esa
jahondagi eng yirik aviatsiya sanoati korporatsiyasidir.
Kemasozlik markazlari Atlantika okeani va Meksika qo‘ltig‘i sohillaridagi
shaharlarda joylashgan.
Elektr texnika va elektronika sanoatda maishiy texnika ishlab chiqariladi. EHM
jahon bozorini IBM boshchligidagi Amerika firmalari boshqarib boradi. AQSh va
boshqa davlatlardagi IBM korxonalarida 300 ming kishi ish bilan band. Tarmoqning
yirik markazlari - Chikago, Los-Anjeles, San-Fransisko, Nyu-York, Boston,
Paisburg, Filadelfiya, Anaxaym, Dallas va Fort Uert.
Kimyo sanoati. AQSh dunyoda kimyo sanoatining rivojlanish darajasi
bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallaydi. Bu sohada «Dyupon de Nemur», «Dou kemikl»,
«Monsanto» va boshqa firmalar yuqori о`rinlarda turadi. Tarmoq polimerlar
(plastmassalar, kimyoviy tola, sintetik kauchuk) mineral o‘g‘itlar, bo‘yoqlar,
maishiy-kimyoviy bo‘yoqlar, farmasevtika va kosmetika mahsulotlari ishiab
chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: