Farmatsevtikada kadrlar boshqaruvi dorixona muassasalarida kadrlar boshqaruvi asoslari



Yüklə 469,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/40
tarix25.06.2023
ölçüsü469,63 Kb.
#135019
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40
 
 
Xodimlarni tanlash 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv vazifalarining murakkablashuvi korxona 
rahbarlaridan xodimlarni to‘g‘ri tanlash, ularni joy-joyiga qo‘yish va tarbiyalash ishlariga 
juda katta ma’suliyat bilan yondashishni talab qiladi. 
Xodimlarni tanlash – bu ikki tomonlama jarayondir. Bir tomondan korxona da’vogarni ish 
bilan ta’minlash yoki ta’minlamaslikni hal qilsa, ikkinchi tomondan da’vogar agar ishga 
taklif qilinsa, u bu taklifni qabul qilish kerakmi yoki kerak emasligini hal qiladi. 
Bu jarayonda rahbar quyidagi holatlarga e’tiborini qaratmog‘i lozim: 
Birinchi navbatda shuni ta’minlamoq kerakki, ishga qabul qilinayotgan xodim muzokaralar 
chog‘ida o‘zining bo‘lajak ishining barcha xususiyatlarini tasavvur qilsin, kelgusida 
kutilmagan hollarga duch kelmasin. Da’vogarga berilgan baholar va tavsiyalarni tahlil 
qilganda, shuningdek, muzokaralar olib borilganda uning topshirilayotgan ishni bajara 
olishiga, zarur bo‘lib qolganda kasbiy ma’lumotini oshira bilishiga, texnikaga nisbatan 
e’tiboriga, fe’l-atvoriga, halolligi, mulohazaliligi va to‘g‘riligiga; tashabbuskorligi, 
talabchanligiga; og‘ir sharoitda o‘zini tutishiga; salomatligi, tashqi ko‘rinishi, vaqtni 
taqsimlay bilishiga; xunari va bo‘sh vaqtlaridagi mashg‘ulotlariga diqqat qilish lozim. 
Har bir da’vogarga u bilan turmushi to‘g‘risida suhbatlashish va barcha savollarga javob 
olish uchun yetarli darajada vaqt ajratish kerak. 
Shu bilan birga, ishga qabul qilinayotgan nomzod topshiriladigan ishni bajara olish 
qobiliyati bilan bir qatorda, korxonaning boshqa xodimlari bilan chiqishib ketadigan ham 
bo‘lishi kerak. Ishga qabul qilingan xodim o‘z xamkasabalariga qo‘shilib ketganda o‘zini 
uyidagidek his etishi muhimdir. U burchlarini qanday eplayotganini diqqat bilan kuzatish 
va yordam berish, uning yangi joyda o‘zini tutib olishi uchun vaqt kerakligini anglamoq 
lozim. 
Xodimlarni tanlash va ularga adolatli baho berish boshqarishning eng murakkab qirralaridan 
biri hisoblanadi. Xodimlarni tanlash uslubi qanchalik to‘g‘ri olib borilsa, korxonaning 
mehnat faoliyatining samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi. 

Yüklə 469,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin