3-mavzu: Tarbiya usullari va shakllari I. Reja


 Tarbiyada ibrat-numana koʻrsatishning tutgan oʻrni



Yüklə 323,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix04.07.2023
ölçüsü323,96 Kb.
#135647
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-mavzu Tarbiyaning umumiy metodlari

4. Tarbiyada ibrat-numana koʻrsatishning tutgan oʻrni
Farzandlarimizning kelajakda komil inson boʻlib yetishishlarida oila va
jamiyatda yaxshi tarbiya olishning oʻrni beqiyosdir. Ota-ona, ustoz-


26.06.2023, 08:26
3-mavzu: Tarbiyaning umumiy metodlari
https://tarbiyaviy.uz/asos/mavzular/m3/m3.htm#r1
8/13
murabbiylar, rahbar va yoshi kattalar qancha madaniyatli, odobli boʻlsa, shu
jamiyat va muhitda oʻsayotgan shaxslar ham shunchalik odobli boʻlib
yetishadi. Bunday sermas’uliyat ijtimoiy ishni amalga oshirish, ya’ni
yoshlarimizning odobli, xushxulqli, vijdoni pok kishilar boʻlib yetishishlari
uchun oʻz xulq-atvorimiz bilan ularga yaxshi ibrat va namuna boʻlishimiz
bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Ilgarigi zamonda shunday
maqol bor edi: «Domlaning aytganini qil-u, qilganini qilma». Hozir bu maqol
eskirdi: oʻsmir va oʻspirinlar koʻpincha ustozlari va kattalarning tashqi
yashash tarzidan oʻrnak oladilar, ya’ni ular «domlaning qilganini... qilishadi».
Bu oʻrinda ularning quyidagi haqli e’tirozlarini inobatga olish zarur.: «Nima
uchun chekmagin, ichmagin deyishadi-yu, oʻzlari chekishadi, ichishadi?»,
«Nima uchun rost gapirgin deydilar-u, oʻzlari yolgʻon soʻzlaydilar?», «Nima
uchun toʻgʻri, halol boʻlish kerak deydilar-u, oʻzlari pora oladilar?». Agar
oʻqituvchi va boshqa ana shunday soʻzda toʻgʻri-yu, amalda notoʻgʻri ish
tutishsa, shogirdlari qanday qilib uni hurmatlaydi? Undan nimani oʻrnak qilib
oladilar? Shu ma’noda tarbiyachi har vaqt oʻz soʻziga amal qilishi va
soʻzining ustidan chiqishi kerak. Ibratning aynan ana shu jihati komil inson
tarbiyasida katta ahamiyatga ega.
Ibrat tarbiyasi insonni qadimdan qiziqtirib kelgan. Bu ayniqsa,
Yunonistonnning mashhur mutafakkirlari – Aflotun va Arastuning nomi bilan
bogʻliq pandnomalaridan keng oʻrin olgan. Jumladan, Sharq mamlakatlarida
Aflotunning Arastuga, Arastuning Iskandarga nasihati va vasiyatnomalari
yaxlit asar sifatida tarqalgan. Arastuning aytishicha, tarbiyachining oʻzi
tarbiya koʻrgan, insoniy fazilatlarni egallagan boʻlishi darkor. «Shuni bilginki,
- deydi Arastu, - ta’lim-tarbiya bilan shugʻullanuvchi odam oʻzi tarbiya
koʻrmagan boʻlsa, boshqalarni tarbiya qilolmaydi. Xulqi yaxshi kishi
boshqalarni yaramas, va iflos ishlarga boshlay olmaydi. Agar sen oʻz
oʻquvchingni tarbiyalamoqchi boʻlsang, avval oʻz ruhingni yaxshilashdan
boshla. Mabodo oʻzgalar aybini bartaraf etmoqni ixtiyor etsang, bundan oldin
oʻz nafsingni nuqson va illatlardan tozalashing zarur. Ammo koʻzi ojiz
boʻlgan kishi qanday qilib koʻrga yoʻl koʻrsata oladi? Xor va tuban kishi
boshqalarga obroʻ va qadr-qimmat ato qila oladimi?».
Bulardan tashqari Sharq mamlakatlarida axloq va ta’lim-tarbiyaga oid
«

Yüklə 323,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin