3-mavzu: Tarbiya usullari va shakllari I. Reja



Yüklə 323,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix04.07.2023
ölçüsü323,96 Kb.
#135647
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-mavzu Tarbiyaning umumiy metodlari

tarbiya usullari
deb ataladi. Tarbiya usullari – umumiy
metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda,
usullar – bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o‘zining
tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan o‘rganilmagan so‘qmoq. Agar uni


26.06.2023, 08:26
3-mavzu: Tarbiyaning umumiy metodlari
https://tarbiyaviy.uz/asos/mavzular/m3/m3.htm#r1
2/13
boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng
ustunli yo‘llar – metodlarga aylanishi mumkin. Tarbiya metod va usullarini
bilish, ularni to‘g‘ri qo‘llay olishni egallash – bu pedagogik mahorat
darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biri. Tarbiya metod va usullarining
aloqadorligi ana shunda.
Amaliyotda 
tarbiya vositalari
tushunchasi ham ajratiladi. Usullar
deganda ta’sir ko‘rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig‘indisi
tushuniladi. Vosita – bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat –
tarbiya vositasi, biroq uni ko‘rsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni
ko‘rsatish – bu usullar. So‘z (keng ma’noda) – tarbiya vositasi, biroq replika
taqkoslash – usullar. Bu bilan bog‘liqlikda ba’zan tarbiya metodlari qo‘yilgan
maqsadni muvafaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va
vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi shuningdek metodning tuzilishida
usullar va vosita albatta mavjud bo‘ladi.
2. Tarbiya metodlarining maqsadi va mazmuni
Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum
yo‘lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas.
Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan
baholash mumkin.
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga
bog‘liq.
1. Tarbiyaning maqsad va vazifalari.
Maqsad nafaqat metodlarni
oqlaydi, balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday bo‘lsa, unga erishish
metodlari unga muvofiq bo‘lishi zarur. 

Yüklə 323,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin