26.06.2023, 08:26
3-mavzu: Tarbiyaning umumiy metodlari
https://tarbiyaviy.uz/asos/mavzular/m3/m3.htm#r1
3/13
4.
Jamoaning shakllanganlik darajasi.
O‘zini o‘zi
boshqarishning
jamoa shaklining rivojlanishi bilan bog‘liqlikda pedagogik ta’sir ko‘rsatish
metodlari ham o‘zgarmasdan qolmaydi. Bizga ma’lumki boshqaruvning
moslashuvchanligi tarbiyachining tarbiyalanuvchilar
bilan muvafaqqiyatli
hamkorligining zaruriy sharti.
5. Tarbiyalanuvchilarning individual o‘ziga xosliklari.
Umumiy
metodlar, umumiy dasturlarning o‘zi tarbiyaviy o‘zaro ta’sir etishning asosi
bo‘la olmaydi. Ularni indivudual va shaxsiy tuzatish zarur.
Insonparvar
pedagog har bir shaxs o‘ziga xosligini rivojlanishiga, o‘ziga
xosligini
saqlashga, o‘zining «Men»ini amalga oshirishiga imkon beradigan metodlarni
qo‘llashga harakat qiladi.
6. Tarbiyaviy shart-sharoitlar.
Unga moddiy, psixofiziologik,
sanitar-
gigienikdan tashqari sinfda yuzaga keladigan munosabatlar: jamoadagi iqlim,
pedagogik rahbarlik usuli va boshqalar tegishlidir.Ma’lumki, mavhum shart-
sharoitlar bo‘lmaydi, ular hamisha aniq. Ularni
birlashuvi aniq holatlarda
ko‘rinadi. Tarbiya amalag oshadigan sharoit pedagogik vaziyatlar nomini oldi.
Dostları ilə paylaş: