3-mavzu: Tarbiya usullari va shakllari I. Reja



Yüklə 323,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix04.07.2023
ölçüsü323,96 Kb.
#135647
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-mavzu Tarbiyaning umumiy metodlari

7. Tarbiya vositalari.
Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy
qismlari sifatida yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi.
Metodlar ular bilan mustahkam bog‘langan va birgalikda qullaniladigan
boshqa tarbiya vositalari ham mavjud. Masalan, metodlarni samarali
qo‘llanilishi uchun zaruriy yordam beruvchi ko‘rgazmali qo‘llanmalar,
tasviriy san’at asarlari va musiqa san’ati, ommaviy axborot vositalari.
8. Pedagogik malakani egallaganlik darajasi.
Tarbiyachi odatda faqat
o‘zi biladigan va qo‘llashni egallagan metodlarni tanlab oladi. Ko‘plab
metodlar murakkab bo‘lganligi bois, o‘kituvchida ko‘p kuch ishlatishni talab
etadi. Bunday mas’uliyatdan bo‘yin tovlaydigan pedagoglar ularsiz faoliyatni
tashkil etishga harakat qiladi. Natijada turli obrazli, xilma-xil maqsad, vazifa,
sharoitlardan kelib chiqib metodlardan foydalanishga qaraganda samarasi past
bo‘ladi.
9. Tarbiya vaqti. 
Qachonki, vaqt kam , maqsad esa katta bo‘lsa, «kuchli
harakatlantiruvchi» metodlar qo‘llaniladi, qulay sharoitlarda esa, tarbiyaning
«ayaydigan» 
metodlaridan 
foydalaniladi. 
Tarbiyani 
«kuchli
harakatlantiruvchi» va «ayaydigan» metodlarga bo‘linishi shartli: birinchisi
tanbeh berish va majbur qilish bilan, ikkinchisi nasihat qilish va doimiy
o‘rgatish bilan bog‘liq.


26.06.2023, 08:26
3-mavzu: Tarbiyaning umumiy metodlari
https://tarbiyaviy.uz/asos/mavzular/m3/m3.htm#r1
4/13
10. Kutiladigan natija. 
Metodni tanlayotganda, tarbiyachida
muvafaqqiyatga erishishiga ishonch bo‘lishi kerak. Buning uchun
qo‘llanilayotgan metod qanday natijaga olib kelishini oldindan ko‘ra bilish
kerak.
3.
Tarbiya metodlarining tasnifi
Zamonaviy pedagogikada ba’zilari amaliy vazifalarni hal etishga,
ba’zilari faqat nazariy vazifalarni o‘zida aks ettiradigan o‘nlab tarbiya
tasniflari mavjud.
Metodlar o‘ziga xos xarakteriga ko‘ra ishontirish, mashq,
rag‘batlantirish va tanbeh berishga bo‘linadi. Mazkur holatda metodning
umumiy xarakterli belgisi uo‘zida yo‘nalganlikni, o‘ziga xoslikni,
qo‘llanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu tasnifga metodlarning ko‘proq
umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning umumiy metodlari
mustahkam tutashib ketadi. U o‘zida ishontirsh, faoliyatni tashkil etish,
o‘quvchilarning xulq-atvorini rag‘batlantirish metodlarini qamrab oladi. I.S.
Marenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlar quyidagicha nomlanadi:
tushuntirshli-reproduktiv, muammoli vaziyatli, o‘rgatish va mashq metodlari,
rag‘batlantirish, to‘sqinlik qiluvchi, boshqarish, o‘zini-o‘zi tarbiyalash.
Tarbiyalanuvchilarga ta’sir etishi natijalariga ko‘ra metodlarni ikki
guruhga bo‘lish mumkin:
1. Axloqiy me’yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasavvur, tushuncha,
g‘oyalarni shakllantirishga ta’sir etuvchi.
2. Xulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga
ta’sir etuvchi.
Metodlar tarbiyaning maqsad va mazmuniga bogʻliq boʻladi. Tarbiya
metodlari barkamol shaxs fazilatlarini tarkib toptirishga qaratilgan boʻladi.
Shuning uchun tarbiyalanuvchilarning rivojlanganlik darajasini hisobga olish
tarbiya metodlaridan samarali foydalanishning muhim shartlari hisoblanadi.
Oʻquvchilar u yoki bu tarbiyaviy ta’sirga turlicha munosabatda boʻladi.
Bu ularning alohida xususiyatlariga, tarbiyalanganlik darajasiga, tarbiya
metodlarining qay darajada oʻrinli va samarali tanlanganligiga hamda
mohirona qoʻllanganiga bogʻliq. Tarbiya metodlarini toʻgʻri tanlash tarbiya
vazifalarini ijobiy hal qilishda oʻquvchilarning oʻz-oʻzini tarbiyalash faolligini
oshirishga yordam beradi. Masalan, oʻqituvchi birinchi sinf oʻquvchilari bilan
ishlash jarayonida oʻquvchilarni ular uchun yangi boʻlgan mehnat faoliyatini
oʻrgatishda oʻquvchilarning xulq-atvor qoidalarini, ularda kun tartibi aniq


26.06.2023, 08:26
3-mavzu: Tarbiyaning umumiy metodlari
https://tarbiyaviy.uz/asos/mavzular/m3/m3.htm#r1
5/13
boʻlishi muhimligini, ularga oʻquvchilarning qat’iy tartibga amal qilishi
zarurligini tushuntirish metodidan foydalanadi. Tushuntirish bilan bir qatorda
sinfga toʻgʻri kirib kelishga, ularni oʻqituvchi va oʻquvchilar bilan
salomlashishga, tartib-intizomni saqlashga mashq qildirib boradi. Shuning
bilan birgalikda birinchi sinf oʻquvchilarini yuqoridagi jarayonlarga dars
vaqtida odatlantirib boradi. Bu jarayonda ularning amalga oshirgan ijobiy
ishlari, oʻquv ishi natijalari ragʻbatlantirib borishni taqozo etadi. Koʻrinib
turibdiki, oʻqituvchi oʻquvchilar bilan tarbiya jarayonini olib borganda turli xil
usul va metodlarni qoʻllaydi. Tarbiya metodlarining xilma-xilligi ularni
turlarga ajratish, tasnif qilish zarurligini koʻrsatadi. Shuning uchun ularning
alohida xususiyatlarini hisobga olib guruhlarga ajratish mumkin. Tarbiyaviy
natijalarga erishishni istagan har bir oʻqituvchi (tarbiyachi) tarbiya metodlari
va ularning mohiyatini puxta oʻzlashtirib olish maqsadga muvofiqdir.
1-shakl.
Birinchi guruh metodlarining vazifasi oʻquvchining ijtimoiy ongiga
hayot, axloq, mehnat qilish munosabatlari qoida va me’yorlari haqida
tushuncha hosil qilish va bilim berishdan iborat. Tarbiya jarayonida ushbu
qoida va me’yorlar shaxsning e’tiqodi, ishonchi va hayotiy qarashlariga
aylanadi. Ushbu guruhga ma’naviy, axloqiy, estetik, mafkuraviy, huquqiy,
jismoniy, ekologik, iqtisodiy va h.k. mazmundagi suhbatlar hamda namuna
koʻrsatish metodlarini kiritish mumkin.
Ikkinchi guruh metodlari yordamida oʻquvchida ma’naviy mazmunga
oid odatlar hosil qiladi. Oʻquvchi xulqida ijtimoiy tarbiyaning mazmuniga
muvofiq ma’naviy odatlar asosida, faoliyat zaminida tarkib topadi.
Faoliyat oʻquvchilarning ijtimoiy munosabat va ijtimoiy xulq-atvor
tajribasi bilan boyituvchi muhim manba boʻlib hisoblanadi. Ikkinchi guruh


26.06.2023, 08:26
3-mavzu: Tarbiyaning umumiy metodlari
https://tarbiyaviy.uz/asos/mavzular/m3/m3.htm#r1
6/13
metodlari orasida pedagogik talab metodi ahamiyatlidir. Pedagogik talab turli
vazifalarni bajarilishi, ya’ni ijtimoiy xulq-atvor me’yorini ifodalash, u yoki bu
faoliyatda qatnashib bajarilishi zarur boʻlgan aniq bir vazifani amalga
oshirish, u yoki bu harakatni olib borishga undovchi boʻlishi mumkin.
Talablar bevosita yoki bilvosita qoʻyilishi mumkin. Bevosita talablar
qat’iy buyruq yoki koʻrsatma, ishchanlik, yoʻl-yoʻriq beruvchi tavsifdagi
koʻrinishda boʻladi. Bilvosita talablar kechinma, intilish tuygʻusini uygʻotishi
koʻzda tutilgan holda maslahat, iltimos, ta’na qilish, faoliyatiga nisbatan
qiziqish uygʻotish tarzida namoyon boʻladi. Talablar oʻquvchida u yoki bu
darajaja ong, asos, maqsad hamda e’tiqod mavjudligini nazarda tutadi. Ayni
vaqtda oʻqituvchi oʻquvchilarga nisbatan qoʻyiladigan talablarning me’yorida
boʻlishiga qat’iy ahamiyat berishi lozim.
Foydali faoliyat va maxsus tashkil qilinadigan vazifalar jarayonida ijobiy
xulq-atvor va xarakterlarga oʻrgatib boriladi.
Oʻrgatish – bu ijtimoiy xulq-atvorni odatiy shakliga aylantirish
maqsadida oʻquvchilar tomonidan rejali va tizimli tarzda tashkil etiladigan
turli harakatlar, tashkil etiladigan amaliy ishlarga undovchi faoliyatdir.
Oʻrgatish oʻquvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishning barcha
bosqichlarida samarali vosita sanaladi. Faoliyatda mashqlar mehnat, ijtimoiy
faoliyat, jamoa faoliyati hamda oʻzaro munosabat odatlarini tarbiyalashga
qaratilganligidir. Mashq qilish oʻrgatish bilan yaqin aloqada boʻladi. Agar
oʻrgatib borish negizida bolaning faoliyat jarayonini egallashi yotsa, u holda
mashq qilish faoliyati shaxs uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Mashqlantirish oʻrgatib borishga suyangan holda koʻp bora takrorlashni,
mustahkamlashni va takomillashtirib borishni nazorat qiladi, bular esa bora-
bora ijtimoiy xulq-atvorning asosi boʻlib qoladi.
Tarbiyaviy amaliyotda koʻpincha maxsus pedagogik vaziyatlarni yuzaga
keltirish zaruriyati tugʻiladi, bunda mustaqil tanlash uchun imkon boʻladi.
Pedagogik vaziyatlarda oʻquvchilar oʻz fikri va xulq-atvorini qayta
oʻzgartirishi lozim boʻlgan sharoit yaratiladi.
Ikkinchi guruh metodlari orasida musobaqa oʻquvchilar amaliy
faoliyatlarini tashkil qilish metodlari samaradorligini oshirishning zarur va
muhim sifati hisoblanadi. Musobaqa faoliyatining barcha sohalarida
oʻquvchilarning faolligi va ijodkorligini rivojlantirishga, oʻquvchilar jamoasi
faoliyatini muayyan maqsadga yoʻnaltirishga koʻmaklashadi. Musobaqa


26.06.2023, 08:26
3-mavzu: Tarbiyaning umumiy metodlari
https://tarbiyaviy.uz/asos/mavzular/m3/m3.htm#r1
7/13
toʻgʻri tashkil qilinganda jamoa hissi muvaffaqiyatli shakllanadi, intizom va
oʻquvchilarning uyushqoqligi mustahkamlanadi.
Musobaqaning alohida turi boʻyicha, shuningdek, tizimli tarzda ham
uyushtiriladi: chunonchi, eng yaxshi sinf, eng yaxshi guruh, eng yaxshi jamoa,
eng yaxshi maktab va h.k.
Tarbiya jarayonida oʻquvchilarning oʻzlari tashabbus va gʻayrat
koʻrsatishi asosida musobaqani tashkil etishlariga, uning sharti va
koʻrsatkichlarini ishlab chiqishlariga erishish muhimdir. Shuningdek,
jamoaning umumiy muvaffaqiyati, qabul qilingan majburiyatning bajarilishi,
musobaqa natijalarini stendlarda aks etishini ta’minlash toʻgʻrisida
gʻamxoʻrlik qilish zarur. Musobaqani rasmiy axborotlar uchun tashkil etish
maqsadga muvofiq emas. Jamoatchilik fikri musobaqa faoliyatining muhim
asosi boʻlib qoladi.
Birinchi va ikkinchi guruh metodlarini oʻzaro bogʻliq holda qoʻllanishi
orqali ong va xulq birligi yuzaga keladi, ammo bu oʻz-oʻzidan vujudga
kelmaydi, balki oʻqituvchining tashkilotchilik mahorati hamda uning oʻquvchi
ongi, xulqiga ta’sir etadigan vositalar xususiyatlari, ahamiyatini koʻra olishiga
bogʻliq. Bir soʻz bilan aytganda bugungi oʻquvchi tarbiya natijasida ertagni
komil inson, ya’ni jamiyatning barkamol a’zosiga aylanadi. Buning uchun
uning ongi va tafakkuri rivojlanib, ijobiy fazilatlarni oʻzida shakllantirib
borishi lozim.
Xoʻsh, inson ongi va u borliqni, atrof-muhitni anglashi uchun qanday
faoliyat darajasiga yetishi kerak?
Inson ongi – uning idroki, aql orqali hayotiy va dunyoviy haqiqatni
fahmlash asosida ma’naviy istiqbolli faoliyat darajasidir.
Aql kishining oʻz idroki, qalbi va fikri asosida dunyoviy, hayotiy
haqiqatlarni anglash va ularga oʻz faoliyatida ma’naviy-insoniy nuqtai
nazardan amal qilishdir.
Uchinchi guruh metodlariga shunday metodlar kiradiki, bularda
tarbiyalanuvchilardagi ijobiy xulq-atvorni ragʻbatlantirish, salbiy xislatlarni
tuzatish yoki oldini olish, ularning his-tuygʻulari va maqsadlariga bevosita
ta’sir koʻrsatishda foydalaniladi. Ushbu guruhga ragʻbatlantirish va jazo berish
kabi metodlar kiradi.

Yüklə 323,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin