O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Joyning tabiiy xususiyatlarini ifodalovchi nomlar



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/151
tarix05.07.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#135817
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   151
Toponimika majmua B. Abduraxmonov

1. Joyning tabiiy xususiyatlarini ifodalovchi nomlar. 
―Toshkent yetti qiru yetti o'rda 
o'rnashgan‖ degan ibora bor. Haqiqatdan ham shunday. Navoiy ko'chasida Anhor ko'prigi ustida 
Chorsu tomonga diqqat bilan nazar solsangiz, shahrimiz yer yuzasining o'r - qirligini ko'rasiz. 
Yer yuzasining bunday holati shahardagi joy nomlarida aks etgan. Masalan, Jarariq, Jarko'cha, 
Chuqursoy, Chuqurko'prik, O'rko'cha, Zahariq, Pastak degan nomlar bor. Bular shahar yer 
yuzasining past, soylik joylariga to'g'ri keladi. Oltintepa, Sho'rtepa, Kuloltepa, Oqtepa, 
Ganchtepa kabi joy nomlari qir, balandlik joylarga to'g'ri keladi. 
Toshkent juda qadimdan sug'orib dehqonchilik qilinadigan vohada joylashgan. Chirchiq 
daryosidan juda ko'p ariqlar chiqarilgan, aholini suv bilan ta'minlash uchun quduqlar qazilgan
hovuzlar bunyod etilgan. Ko'p joy nomlari mana shu inshootlar bilan bog'liq holda paydo 
bo'lgan. Bularga Bo'zariq, Damariq, Zog'ariq, Shofayziquloq, Shoshariq, Tarnovboshi, Jo'nariq, 
Tersariq, Qorasuv, Shirinquduq, Kattahovuz, Sassiqhovuz, Hovuzlik kabi nomlar misol bo'ladi. 
Toshkentda o'simliklar bilan bog'langan joy nomlari juda ko'p: Bodomzor, O'rikzor, Olmazor, 
Sebzor, 
Qatortol, 
Qatorterak, 
Yettiterak, 
Ko'kterak, 
Yakkatut, 
Qo'shtut, 
Yong'oq, 
Beshqayrag'och, Mingo'rik, Chilonzor, Qoraqamish kabi nomlar shular jumlasidandir. Hayvonlar 
nomi ilan bog'langan nomlar kamroq uchraydi: Bo'rijar, Kaptarxona, Sakbon (Sag'bon), 
Chivintepa va boshqalar. 
2. Toshkentda shaharning boy tarixi kabi 
tarixiy nomlar 
ham ko'p. Anhor, Jangob, Beshyog'och, 
Xadra, Chorsu, Namozgoh, Salor, Darxon, Arpapoya, Kamolon, Eskijo'va kabi nomlar bilan 
qanchadan qancha tarixiy voqealar bog'langan. Anhor arabcha ―nahr‖ - daryo so'zining ko'plik 
shakli. Toshkentdagi ariqlar umumiy nom bilan anhor deyilgan. Bu arablar istilosi davridan 
qolgan nom. Hozirgi vaqtda Toshkentni suv bilan ta'minlaydigan ariqlardan eng kattasi Anhor 
nomi bilan ataladi. 
Jangob nomi ayrim tadqiqotchilarning fikricha, jang bo'ladigan joy. Aslida jang tomoshalari
sport o'yinlari o'tkaziladigan joy bo'lgan. Beshyog'och nomi uzunlik (masofa) o'lchov birligidan 
olingan. Bir yog'och 7 - 8 kmga teng bo'lgan. Eski Toshkentdan Beshyog'och darvozasigacha 
masofa besh yog'ochga teng bo'lgan. Shundan darvoza nomi shunday deb atalgan. Hadra ikki 
so'zdan: had - chegara va roh - ko'cha so'zlaridan hosil bo'lgan. Bu ko'cha xon o'rdasidagi 
chegara ko'cha bo'lgan. Chorsu to'rt suv emas. To'rt nomi ma'nosini anglatadi. Toshkentning 
asosiy ko'chalari shu yerda kesishgan (tutashgan). Binobarin, Chorsu chorraha so'zidan kelib 
chiqqan. Chorsuning bozor degan ma'nosi ham bor. 
Arpapoya nomining arpa ekilgan joyga hech bir aloqasi yo'q. U ikki so'zdan ―aropa‖ - handak va 
―poy‖ - oyoq - chekka so'zlaridan iborat. Qadimda ko'pchilik o'rta asr shaharlari kabi Toshkent 
atrofiga ham mudofaa handagi qazilgan. Hozirgi Arpapoya o'rnidagi handak chekkadagi, poy - 
oyoqdagi handak bo'lgan.
3. Toshkent juda qadimdan hunarmandchilik markazi bo'lib kelgan. Shu boisdan 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin