O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/151
tarix05.07.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#135817
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   151
Toponimika majmua B. Abduraxmonov

aholining kasb 
- hunari bilan bog'liq holda paydo bo'lgan joy nomlari 
ko'p. Bunday nomlarga Degrez, 
Taqachi, O'qchi, Pichoqchilik, Zargarlik, Xizmatchi, Shifokorlar shaharchasi, To'qimachilik, 
Aviasozlar shaharchasi, Talabalar shaharchasi va boshqalarni misol qilib keltirsa bo'ladi. 
Xususiy hunarmandchilik man etilgan va hunarmandlar ta'qib qilingan sovet davrida kasb - 
korlik, hunarmandchilik bilan bog'liq bo'lgan joy nomlarining ko'pi o'zgartirib yuborildi. Bunday 
nomlarni iloji bo'lgan joylarda tiklansa, yomon bo'lmaydi va tarixdan dalolat berib turadi. 
4. 
Kishilarning ism - shariflari, taxalluslari bilan bog'liq nomlar. 
Toshkentda bunday nomlar 
juda ko'p va ular xilma - xil. O'rta Osiyoni Rossiya bosib olgandan keyin va sovet davrida ko'p 
mahalliy nomlar o'zgartirlib, O'zbekistonga, Toshkentga hech qanday aloqasi bo'lmagan kishilar 
nomlari qo'yildi. Lekin joylarga kishilar nomini qo'yishga juda berilib ketmaslik kerak. 
3
H.Hasanov Geografik nomlar siri. 1985. 101-bet 


Memorial nomlar bundan mustasno, albatta. O'zbek xalqining jahon fani va madaniyati 
taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan, taniqli olim, yozuvchi, shoirlar, sarkardalar, ma'rifiy 
namoyondalar, xalq ustalari nomlarini Toshkentda hurmat va g'urur bilan e'tirof qilishadi.
Ularning nomlari ko'chalar, maydonlar, bog'lar, hiyobonlarga, o'quv yurtlari, ayrim muassasa, 
korxona, tashkilotlarga qo'yilgan. Lekin kishilar nomlari berilgan joylarga o'sha shaxs haqida 
ma'lumotnoma yozib qo'yilsa yaxshi bo'lardi. Amir Temur, Bobur, Ulug'bek, Beruniy, Navoiy, 
Mashrab, Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Muqimiy, Furqat, Abdulla Qodiriy, Fitrat, Abdulla 
Avloniy, G'ofur G'ulomlarning kimligini ko'pchilik yaxshi biladi. Lekin chet ellik sayyohlar 
hammasi ham bilmasligi mumkin. Huddi shunday Yunusobod mavzeyi kimning nomiga 
qo'yilganligini ko'pchilik bilmasa kerak. Bu joyni nisbatan yaqinda, 1919 yilda taxtapullik Yunus 
ismli kosib bu yerga kelib, o'zlashtira boshlagan. Yer ochib, dehqonchilik qilgan. Keyinchalik 
taxtapullik ko'p oilalar kelib unga qo'shilishgan. Bu yer shu tariqa obod bo'lgan. Mavze nomi 
birinchi bo'lib qo'riq ochib, obod qilishni boshlagan Yunus aka nomi bilan Yunusobod deb 
ataladigan bo'lgan. 
5. Toshkentda ma'nosini tushunish qiyin bo'lgan 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin