O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


-Mavzu: O’zbekiston va Toshkent toponimlari ma’nosi



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/151
tarix05.07.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#135817
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   151
Toponimika majmua B. Abduraxmonov

8-Mavzu: O’zbekiston va Toshkent toponimlari ma’nosi 
1.Makro, mezo va mikro toponimlardan misollar.


2.O‘zbekiston viloyatlari toponimlari.
3.Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi geografik nomlar.
4.Viloyatlardagi geografik joy nomlarining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning turlari.
5.Toshkent shahri toponimlari.
Tayanch tushuncha va iboralar. 
Toponimika, toponim, urbonim, toponimst, etnonim, gidronim, oronim 
Toshkent toponimlari 
Toshkentning bunyod etilgan vaqti aniq emas. Saqlanib qolgan yozma ma'lumotlarga qaraganda 
shahar 2000 yildan ortiq tarixga ega. Bu davr mobaynida Toshkent qanchadan qancha tarixiy 
voqealarni boshidan kechirgan. Shahar ―Buyuk Ipak yo'li‖ ustida joylashganidan bu yerga turli el 
- yurtlardan har xil millatlar vakillari kelgan, ularning ko'plari shu joyda o'rnashib qolgan. Ular 
o'z jamoalarini, mahallalarini bunyod etib, mavze, ko'cha, guzar mahallalariga o'z tillaridagi 
nomlarni qo'yganlar. 
Toshkent bir necha bor yovlar bosqinini boshidan kechirgan. Mo'g'ullar, arablar, ruslar shaharni 
bosib olib, vayron qilishgan. Shahar yana tiklangan, rivojlangan. Bosqinchilar uzoq vaqt 
davomida hukmronlik qilib, o'z odamlarini ko'plab keltirishgan. Ular ham o'z tilidagi joy 
nomlarining vujudga kelishiga sabab bo'lgan. Shu boisdan Toshkentda turli xalqlar tillariga 
mansub bo'lgan xilma - xil nomlarni yonma - yon uchratish mumkin. Agar shaharlarga joy 
nomlarining xilma - xilligiga qarab sovrin beriladigan bo'lsa, Toshkent, shubhasiz, birinchi 
sovrindor bo'lar edi. 
Shu bilan birga Toshkentda joyning tabiiy xususiyatlarini ifodalovchi nomlar ham ko'p. 
Toshkent nomining o'zi haqida ham turli fikrlar mavjud. Toshkent haqidagi fikrlar Klavdiy 
Ptolomey, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg'ariy, Zahiriddin Bobur asarlarida uchraydi. 
Toshkentning joy nomlarini Y.G'ulomov, H.Hasanov, N.Mallitskiy, V.Shishkin, M.Masson, 
S.Qorayev o'rganishgan. 
Toshkent turli davrlarda turli nomlar bilan atalgan. Yozma manbalarda shaharning Tarkan, 
Binkent, Shosh, Choch, Joj, Tashkuna, Chjeshi, Tashixan, Toshkand, Toshkent nomlari mavjud. 
Ptolemey, Lifivos Petros deb atagan shahar ham aslida Toshkent bo'lsa kerak. 
Toshkent nomining etimologiyasi haqida turli fikrlar mavjud. Y.D.Polivanov ―mahalliy aholi 
arablarni tozi, tozilar deb atashardi. Toshkent nomi shu so'zdan kelib chiqqan. Toshkent shahri, 
tozilar shahari, musulmonlar shahri.
Tozi - toshi, tosh so'ziga aylangan‖ deydi. Ya'ni Toshkent 
tosh so'zidan emas, tozi so'zidan kelib chiqqan deydi.
1
M.Y.Masson Toshkent nomini choch 
so'zidan kelib chiqqan deb tushuntiradi. Arablar Chochni ―shosh‖ deb talaffuz qilishgan. 
Mahalliy aholi ―
shosh
‖ ni ―
tosh
‖ deb talaffuz qilgan. Toshkentning tosh qal'aga aloqasi yo'q deb 
tushuntiradi.
2
Abu Rayhon Beruniy ―Binket - Shosh shaharlaridan biri‖. Turkiycha nomi Toshkent. Bu 
qadimgi yunonlarning Burj ul Hijora qal'asi ―(Qonuni Ma'sudi II - jild, 576 - bet)‖. Toshkent - 
tosh qal'a. Ptolemeyning ―Geografiya‖ kitobida tosh qal'a deyilgan‖ (―Hindiston‖, 271 - bet) deb 
yozgan. 
Mahmud Koshg'ariy o'zining ―Devonu lug'atit turk‖ kitobida ―Tarkon Shoshning nomi. 
Shaharning haqiqiy nomi Toshkand, ya'ni toshdan qurilgan shahar‖ deb yozadi. (Devonu lug'atit 
turk, I, 414 - bet). Binobarin, Toshkent tosh va kent so'zlaridan tuzilgan. 
H.H.Hasanov Toshkent nomining tahlili to'g'risida dalillar keltirib, quyidagicha xulosa qiladi: 
―Ikki ming yildan ziyodroq davr mobaynida faqat ―tosh‖ so'zi (so'g'diycha ―choch‖, grekcha - 
―petros‖, xitoycha - ―shi‖, arabcha - ―hijora‖) tosh shahar, tog'u tosh etagidagi shahar, tog' 
daryosi Chirchiq bo'yidagi shahar sharafini saqlab turibdi. Bu nom ikki ming yil muqaddam ham 
ma'lum edi. Uni faqat mahalliy aholining bir qismi Choch, bir qismi Shosh shaklida yuritgan. 
1
Мурзаев Э.М. Средняя Азия М., 254 б. 
2
Массон М. Пошлое Ташкента Изд. АН РУз. № 2. 1954. 


Tarixda Toshkentning Tarkan, Binkent, Afrosiyob kabi nomlari ham uchraydiki, bular ma'lum 
davrlardagi shaharning bir qisminigina bildiradi‖.
3
Toshkent shaharida kichik joy nomlari (mikrotoponimlar) juda ko'p. Faqat ko'chalarning nomi 
2000 dan ortiq. Shahardagi joy nomlarini tahlil qilib, ularni yirik 6 ta guruhga jamlash mumkin. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin