Kanada — kanadaliklar, Kuba — kubaliklar, Mal‘ta—mal‘taliklar, SHri-Lanka—
shrilankaliklar, Pokiston — pokistonliklar, Indoneziya — indoneziyaliklar...
SHaxslarning ism-familiyalariga qo`yilgan nomlar. Agar geografik karta tilga kirsa edi,
jasur sayyox va safarchilarning xizmatlari namoyon bo`lar edi. Kartada ko`pgina olim va
dengizchilarning — o`sha erni tekshirgan, o`sha erdan suzib o`tgan yoki muxim asar
yaratganlarning nomlari mangu saqlanadi. Barents dsngizi, Vil‘-kitskiy bo`g‘ozi, Laptevlar
dengizi, CHelyuskin burnl, Kuk bo`g‘ozi, Gudzon daryosi, Tasmaniya oroli, Belinsga-uzen
dengizi, Mikluxo-Maklay qirg‘og‘i, Bass bo`g‘ozi, Flnnders oroli, Kupers-krik daryosi bunga
misol bo`la oladi. Uzoq SHarq kartasida Atlasov oroli, Xabarovsk, Makarov va Nevel‘sk
shaxri kabi nomlarni o`qib, rus dengizchilari va safarchilarini eslaymiz.
Atoqli rus geografi va etnografi, akademik D. N. Anuchin nomiga atalgan muzlik, burun,
ko`l va srol bor. Okeanograf va kartograf, akademik YU. M. SHokal‘s -kiy nomi bir necha
orol, muzlik, tog‘ va bo`g‘ozlarga be-rilgan. Antarktidada 1961 yili kashf etilgan bir
toqqa qozoq geografi CHo`qan Valixonovning nomi tso`-yildi.
Oy sirtidagi kraterlarga Beruniy va Ulug‘bek, Mer-kuriy planetasidagi krater, tog‘lik
va tekisliklarga Pushkin, Lermontov, SHevchenko. CHexov, Tolstoy, Repin kabi mashxur
shaxslarning nomlari berilgan. Oltoyda ikki cho`qqi Rerix nomi bilan ataladi; biri—1926
yilda Oltoyda yashagan atoqli sharqshunos va rassom N. K- Rerix va ikkinchisi uning
o`g‘li, rassom YU. N. Rerix. SHrta Osiyo kartasida Semyonov muzligi, Korje-nevskaya
cho`qqisi, Prjeval‘sk shaxri, Ulug‘bek stantsiya-si ::abilar mavjud.
Kartalarda tarixiy shaxslar, sarkardalar, xatto mash`um qaroqchi va bosqinchilarning
nomlari xam uchraydi; masalan, Vashington (AQSH prezidenti), Dreyk bo`g‘ozi (mashxur
dengiz qaroqchisi). Boliviyaga Janu-biy Amerika qaxramoni Simon Bolivar nomi
qo`ynlgan. Angliya qirolichasi Viktoriya nomidagi orol, ko`l, shar-shara va boshqa ob`ektlar
uchraydi.
Afsonaviy va diniy nomlar. Ush shaxridagi Taxti Sulaymon, Amudaryodagi
Duldulotlagan (xazrat Ali-ning uchar oti daryoning shu joyidan sakrab o`tgan e mish),
Kofirnixon daryosi labidagi (Tojikistonda, Xonaqo qishlog‘i yonidagi) kechik—Poyi Duldul,
Oxan-garon oldidagi «Alining qiyasi», Sirdaryodagi Farxod qoyasi, Farg‘ona vodiysidagi
SHoximardon, Toshkentda-gi Qaykovus arig‘i, Turkmaniston chegarasidagi Zulfi-qor
yo`lagi («Alining qilichi chopgan» dara), SHri Lan-ka (TSeylon) dagi Odamota cho`qqisi
(go`yo Odam Alay-xissalom o`sha erda osmondan tushgan empsh) — barchasi afsonaviy
nomlar ekani yaqqol ko`rinib turipti.
Dunyo kartasida turli dinlarning bayrami, avliyo va muqaddas shaxslar sharafiga
qo`nilgan joy nomlari xam uchraydi. Ular kartada aksari
Dostları ilə paylaş: