O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Usimlik va xayvonlarga bog’liq nomlar



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/151
tarix05.07.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#135817
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   151
Toponimika majmua B. Abduraxmonov

Usimlik va xayvonlarga bog’liq nomlar. 
Konibodom aslida Kandibodom, ya`ni Bodom 
shaxridir, deb yozgan Zaxiriddin Bobir. Amu daryodagi Pattkesar 
(patta 
— daraxt, tolning 
bir navi), Qozog‘istondagi Toldiqo`r-g‘on, Qarag‘anda 
(qarag’an 
— tikanli buta), Qatortol, 
Ko`kterak, Terakzor o`simliklarga bog‘liq nomlarga mi-sol bo`ladi. 
Amudaryoda Maymunto`qay nomli chakalakzor bor; bu — bir zamonlar janub 
maxluqi maymunning shu erlargacha tarqalganidan dalolat. Kurkuldak (qush), Qoplonqir, 


Zirabuloq nomlari, CHirchiq bo`yidagi g‘azalkent 
(g’azol 
— kiyik, ruscha 
gazel’) 
xam shunday. 
Baykal ko`lining o`rtasidagi orollardan to`rttasi Tushkan‘i deb ataladi. Maxalliy axoli 
tushkan deb, quyonni aytadi. Darxaqiqat, bu orollarda quyonlar ko`p tarqalgan. 
Ittifoqimiz kartasida Bukovina 
(buk 
daraxti) degan joy bor. 
Ruminiyadagi bir qishloqning nomi Kirosaya, ya`ni «Olcha qishlog‘i». Bu erda 
chaqaloq tug‘ilishi bilan ol-cha daraxti o`tqazish rasm bo`lganki, natijada qishloq 
olchazorga aylangan. 
Ozarbayjondagi Xinaluk qishlog‘i xinazorlari bi-lan mashxur. 
g‘arbiy Evropadagi SHvartsval‘d («Qora o`rmon»), Janubiy Afrikadagi Drakon tog‘lari 
(drakon 
— o`sim-lik), ekvator bo`yidagi Galapagos orollari 
(galapa
go—toshbaqa; bu 
orollarda yirik toshbaqalar uchraydi), Florida (ko`zakalamzor), Kokos orollari — javzi 
xindiy (yong‘oq), SHrta Osiyodagi Qoplonsirt, Kap-tarxonalarning nomi xam shu tarzda 
paydo bo`lgan. 
Foydali qazilmalarga bog‘liq nomlar. Qirg‘izistondagi Toshko`mir va Moylisuv, 
Qozog‘istondagi Jezqazg‘an, g‘arbiy Xitoydagi Qoramoy shaxri, SHrta Osiyodagi 
Kumushkon, Nebitdog‘ shaxri, Tuzkon, Oltinkon, Achchiq-tosh, Surmatosh, Oltintopgan, 
Qo`rg‘oshinkon nomlari shu erlardagi foydali qazilmalarni bildiradi. 
Argentina mamlakatining nomi 
argentus 
— «kumush» nomidan olingan. Ural tog‘larining 
temir rudasi topilgan joyi Magnitnaya tog‘i, uning yonidagi shaxar esa Magnitogorsk deb 
ataladi. Turkiyada, Istanbul yonida Marmara dengizi bor. Dengizning bunday atalishiga 
undagi bir oroldan marmartosh qazib olinishi sabab bo`lsa kerak. Tog‘li Oltoy avtonom 
oblastida Terligxaya, ya`ni «terlab turadigan qoya» tog‘i bor. Tog‘ning yonbag‘ridan yaltiroq 
suyuqliq tomchi-tomchi bo`lib chiqib turgan. Tekshirib ko`rilsa, bu simob ekan. 
xunar-kasbdan va ma`muriyatdan olingan nomlar. 
SHzbekistondagi Bo`zchi, Bordonchi, Bo`yoqchi qishloqlari, Toshkent shaxrida yaqin 
vaqtgacha mashxur bo`lgan g‘o`za-bozor, CHoponbozor, Tabibko`cha, Qalandarxona, 
egarchi, Uqchi, Pichoqchilik, Qoziko`cha, Maxkama, Urda, Xonaqo singari nomlar axolining 
xunar-kasbidan 
merosdir. 
Boshqa 
shaxarlarimizda 
xam, 
dunyoning 
ko`pgina 
mamlakatlarida xam bu xil nomlar bor. 
Dushanba shaxrining bir mikrorayoni SHishaxona deb ataladi. Nega? Arxeologlar bu 
erda karvonsaroy qoldiqlari, qadimgi lagan-piyola siniqlarini topishgan; demak, bu erda 
qadimda kulolchilik-chinnisozlik korxonasi bo`lgan. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin