O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/151
tarix05.07.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#135817
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   151
Toponimika majmua B. Abduraxmonov

“g'aroyib” nomlar 
ham uchraydi. Shunday 
nomlaga Jinko'cha, O'g'riko'cha, Alvastiko'prik, Xotinko'prik, Pushtihammom, Ho'jatarashkan 
kabi nomlar misol bo'la oladi. Jinko'cha deb juda tor, zim - ziyo, odam kam yuradigan ko'chaga 
aytishgan. Alvasti ko'prikni ikki xil izohlashadi: ko'prikka go'yo Ali (Hazrat Ali) qadam bosgan 
emish. ―Ali qadam bosdi‖ iborasi o'zgarib, Alvasti bo'lib ketgan deyishadi. Bu izoh haqiqatiga 
to'g'ri kelmaydi. Bu ko'prik tepalar orasida, pastak, bir vaqtlar qo'rqinchli joyda bo'lganidan, bu 
joy alvasti (jinlar, ―opa‖lar) ko'prigi degan nom olgan. Xotinko'prik urush vaqtida erkaklar 
urushda bo'lib, ayol kishi boshchiligida ayollar qurgan ekan. Shundan Xotinko'prik nomini 
olgan. Ho'jatarashgan nomli mahalla Toshkentning Sebzor dahasida bo'lgan. Nomi Ho'jai Tarozu 
ishgan, ya'ni ―noto'g'ri tarozi ishlatgan ho'ja‖ degan iboradan kelib chiqqan. 
6. Toshkentda 
har xil tasodifiy, ismi - jismiga to'g'ri kelmaydigan bema'ni nomlar 
ham bor. 
Respublikamiz istiqlolga erishgandan keyin bunday nomlarning ko'pi o'zgartirildi, asl nomlari 
tiklandi, lekin ayrim joylarda hali ham saqlangan. Boychechak, Vijdon, Grammplastinka, Jonon, 
Znamya, Intizom, Iskra, Ko'sak, Lochin, Mashhur, Muloyim, Odob, Palma, Paxta, Ravshan, 
Sadaf, Tajriba, Muxbir, Tarbiya, Uylanish, Farmon, Shamol, Shanba, Yashna, Yaxshi, Harakat, 
Hurmatli va boshqalar bunga misol bo'ladi. 
Umuman olganda nom qo'yish, hoh u farzandiga nom qo'yish bo'lsin, hoh shahar, qishloq, 
maydon, mavze, ko'chaga nom qo'yish bo'lsin, katta san'atdir. Nom qo'yishda yaxshi o'ylab, 
shoshmasdan mulohaza qilib ish tutish kerak. Aslida nomni ma'muriy tashkilotlar qarori bilan 
qo'ymaslik kerak, nom o'zi shakllansin, shunda haqiqiy nom bo'ladi. Keyinchalik o'zgartirib, 
katta harajat qilib o'zgartirilmaydi. Toshkentda bunday o'zgarmas nomlar ko'p: Chorsu, 
Beshyog'och, Olmazor, Qoraqamish, Chilonzor, Sergeli, Yunusobod, Oltintepa, Chuqursoy, 
Anhor va boshqalar.

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin