U. P. Shukurova, M. R. Sobirova, N. X. Muxamedova


Balg‘amni makroskopik tekshiruv



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/55
tarix11.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136343
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55
Klinik laboratoriya tekshirish usullari 01-11

Balg‘amni makroskopik tekshiruv
Balg‘amni o‘rganish uni ko‘zdan kechirishdan boshlanadi 
(makroskopik tekshiruv) birinchi tiniq bankada keyin Petri 
chashkada qora va oq fonda joylashtiriladi, uning miqdori, xarakteri, 
rangi, hidi, konsistensiyasi va boshqalar aniqlanadi. 
Balg‘amni mikroskoplk tekshirish
Balg‘am har doim infeksiyalangan, shuning uchun u bilan 
muloqotda ehtiyot bo‘lish kerak. Shuningdek, sil mikobakteriyalari 
qiyin buziladi, ularni sil bilan kasallanganlarda va infeksiya 
manbalarida aniqlash mumkin.
Nativ preparat tayyoralsh texnikasi
Balg‘am Petri chashkasiga solinib shpatel va igna yordamida 
yarim tiniq qatlam qolguncha tarqatiladi (igna va shpatel o‘ng 
va chap qo‘lda pero ko‘rinishida ushlanadi). Balg‘amdagi 
hosilalar buzilmasligi uchun juda ehtiyotkorlik bilan bajariladi.
Balg‘amning yarim tiniq qavati oq va qora fonlarda ko‘rinadi, rangi, 
konsistensiyasi, shakli bo‘yicha farq qilinadigan qismlari ajratib olinadi.
Topilgan hosilalar kesuvchi harakatlantiruvchi instrument bilan 
ajratiladi, ajratilgan qismni shikastlamaslikka harakat qilish kerak. 
Ajratib olingan material predmet oynasiga o‘tkaziladi, bunda 
konsistensiyasi bo‘yicha zichlari preparatning markaziga yaqin 
roq, zichligi pastlari esa periferiyaga joylashtiriladi. Material oyna 
bilan yopiladi. Odatda yig‘ilgan materialni maksimal ko‘rish uchun 


111
bitta predmet oynasida ikkita prepart tayyorlanadi. Tayyorlangan 
balg‘am preparatlari to‘g‘ri tayyorlangan bo‘lsa, yopilgan oynadan 
chiqmaydi. Preparat Kurshman spirallarini ko‘rish va birlamchi 
orientirovka uchun kichik (obyektiv x5, okulyar x7) hajmda, shaklli 
elementlarini ajratish uchun esa katta hajmda ko‘riladi.
COVID–19 ning laboratoriya diagnostikasi
Koronaviruslar (CoV) – oddiy tumovdan tortib jiddiy 
kasalliklarga, masalan, Yaqin Sharq respirator sindromi 
(MERS-CoV) va og‘ir o‘tkir respirator sindrom (SARS-CoV) 
kabi kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan viruslar 
oilasidir. Yangi koronavirus (nCoV) – virusning ilgari odamlarda 
aniqlanmagan yangi shtammidir. Koronaviruslar – zoonozlar, ya’ni 
hayvonlardan odamlarga yuqadigan patogenlar sanaladi. Puxta 
o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, odamlarda SARS-CoV 
bilan kasallanish manbai viverra, MERS-CoV esa bir o‘rkachli 
tuyalar ekanligi aniqlangan.
Eng so‘nggi bo‘lib Xitoyda aniqlangan koronavirus COVID–19 
deb nomlangan va u juda jiddiy kasallikka olib kelishga qodir.
Koronavirus bo‘yicha tekshiruv Novel Coronavirus (2019-
nCOV) Nucleic Acid Diagnostic Kit PZR (polimer zanjir 
reaksiyasi) tahlili uchun reagentlar jamlanmasi hamda Xitoyning 
Sansure Biotech kompaniyasi ishlab chiqargan RNK ekstraksiyasi 
uchun reagentlar jamlanmasi yordamida olib boriladi.
Koronavirus (Covid–19) uchun laboratoriya testlari
Bugungi kunda koronavirus infeksiyasini aniqlashning turli 
usullari qo‘llaniladi. Ba’zi testlarni faqat laboratoriyada, boshqalari 
dorixonadan maxsus to‘plamlarni sotib olib, uyda aniqlash mumkin.
• 
PZR testi. Inson biomaterialida COVID–19 DNKsi bor 
yoki yoʻqligini koʻrsatadigan laboratoriya tadqiqoti.
• 
RT-LAMP. PZR testining analogi, bu yerda asosiy e’tibor 
DNKga emas, balki RNKga qaratilgan.


112
• 
Antigen testi. Biomaterialda o‘ziga xos virusli oqsillar 
mavjudligini aniqlaydigan ekspress diagnostika usuli.
• 
Immunoxromatografiya. Qon testi orqali virusni aniqlash.
• 
Koronavirusga qarshi antitelalarni tekshirish. Bu odamning 
COVID–19 bilan kasallanganligi, uning immun tizimi infeksiyaga 
qarshi tura olmasligini aniqlaydi.
Birinchi to‘rtta usul bir xil vazifaga ega. Ular amalga oshirishning 
murakkabligi, sarflangan vaqti, aniqligi bilan farqlanadi. Beshinchi 
usul alohida ahamiyatga ega.
PZR-polimeraza zanjiri reaksiyasidir. Buni faqat laboratoriyada 
qilish mumkin, chunki u DNKning molekulyar tuzilishini 
o‘rganishni talab qiladi.
Jarayonning mohiyati quyidagicha:
• 
Nazofarenksdan tampon bilan surtma olinadi. 
• 
Biomaterialning DNKsisining kerakli qismi ajratiladi.
• 
Ushbu maydonni kuchaytirish (bir necha marta) 
vizualizatsiya uchun maqbul bo‘lgan hajmgacha amalga oshiriladi. 
• 
Ko‘rsatilgan parchalar o‘rganiladi.
• 
Agar DNK bo‘lagini nusxalashda virus paydo bo‘lishda 
davom etsa, bemor infeksiyalangan. 
• 
Bir necha kun ichida PZR testining natijalarini tayor bo‘ladi. 
Tahlil olish uchun maxsus naychalar PZR tahlili uchun bir martalik probirka


113

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin