U. P. Shukurova, M. R. Sobirova, N. X. Muxamedova



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/55
tarix11.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136343
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55
Klinik laboratoriya tekshirish usullari 01-11

Nazorat savollari
1. Balg‘am hosil bo‘lishini tushuntirib bering.
2. Balg‘amni tarkibi qanday?
3. Nafas yo‘llari va a’zolari kasalliklarida balg‘amning tarkibi 
qanday bo‘ladi?
4. Balg‘amni tekshirishning diagnostik ahamiyatini aytib bering.
5. Nativ preparat tayyoralsh texnikasini tushuntirib bering.


115
6. Balg‘amni fizikaviy xususiyatlarini aytib bering.
7. Balg‘amni mikroskopik tekshirish uchun preparat tayyorlashni 
tushuntirib bering.
8. Balg‘am tarkibida sil mikobakteriyalarini aniqlashni 
tushuntiring.
9. Balg‘amda bakteriyalar qanday aniqlanadi?
10. Alveolyar makrofaglar haqida aytib bering.
11. Kurshman spirallari va Sharko-Leyden kristallari balg‘amda 
qachon aniqlanadi?
12. Balg‘am rangi tarkibidagi qanday elementlar aralashmasiga 
bog‘liq bo‘ladi?
13. Balg‘amda elastik tolalar qachon paydo bo‘ladi?
14. Eozinofillar balg‘amda qaysi holatlarda uchraydi?
15. Koronavirus uchun tezkor testlar to‘g‘risida nimalarni 
bilasiz?
16. Koronavirus antitelo testlari haqida aytib bering.


116
TERI KASALLIKLARINING TASNIFI. TERI 
KASALLIKLARINI KLINIK TEKSHIRISH
Teri organizmning tashqi qoplami hisoblanib, bir qator murakkab 
fiziologik vazifalarni bajaradi. Teri moddalar almashinuvida faol 
ishtirok etadi. Asosan suv, mineral, yog‘, uglevod, vitamin va 
energiya almashuvlarida. Teri organizmning hayotiy jarayonida 
ishtirok etib, bir qator zarur vazifalarni bajaradi: immun, himoya, 
sekretor, nafas olish-chiqarish, rezorbsion, termoregulyator, 
retseptor, almashinuv va boshqa.
Teridagi morfologik toshmalar. Birlamchi va ikkilamchi elementlar.
Teri tanani qoplab turuvchi organ bo‘lib, bir qancha fiziologik 
vazifalarni bajaradi. Lekin ba’zi holatlarda terining normal holati 
buzilib, terida har xil patologik o‘zgarishlar, ya’ni kasalliklar 
vujudga keladi. Masalan, ichki va tashqi ta’sirlar sababli teri 
yallig‘lanishi natijasida qizarish, shishish, og‘rish, issiqlanish va 
vazifasi buzilishi sababli bo‘lgan o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin. 
Patologik o‘zgarishlar asosida paydo bo‘ladigan teridagi morfologik 
toshmalar klinik belgilar sifatida ifodalanadi.
Teri va shilliq pardalarda paydo bo‘lgan toshmalar turli xil bo‘lishi 
mumkin va ular birlamchi hamda ikkilamchi toshmalarga ajratiladi.
Birlamchi element deb sog‘lom va o‘zgarmagan terida paydo 
bo‘lgan toshmalarga aytiladi. Ikkilamchi elementlar esa teridagi 
birlamchi elementlarning rivojlanib, o‘zgarishi natijasida paydo 
bo‘ladigan toshmalardir.
Toshmalarni birlamchi, ikkilamchi turlarga ajratish muhim 
darajada shartlidir. Lekin. bunga qaramasdan, ularning amaliyotdagi 
o‘rni juda ham yuqori. Chunki ko‘p holatda har bir kasallikda 
terida faqat shu kasallikka xos birlamchi toshma(lar) paydo 
bo‘ladi. Shuning uchun ham teridagi birlamchi toshmaga asoslanib 
bemorga kasallik tashxisi qo‘yiladi. Darhaqiqat, teri toshmalari 
dermatologiya alifbosi hisoblanadi. Ularni bilish teri kasalliklariga 
to‘g‘ri tashxis qo‘yishimizga katta yordam beradi.


117
Qirish (grattaj) – teri kasalliklardagi toshmalarni tekshirish 
maqsadida ishlatiladi. Shuningdek:
1. Buyum oynasi yoki o‘tmas skalpel yordamida amalga oshiriladi.
2. Teri qipiqlanishini, uning xarakteri (mayda plastinkali, yirik 
plastinkali, kepaksimon), tangachalarni teri yuzasiga qanchalik 
qattiq birikkanligini aniqlash mumkin.
3. Tangachalar va qaloqlarning pastki teri toshma elementlari bilan 
qanchalik birikkanligini, qaloqlarning quruqlik va namlik darajasini, 
qaloq ustidagi teri xarakteridan aniqlanadi. Ba’zan qirganda og‘riq 
seziladi (diskoid qizil yugirikda, Bene-Mesherskiy simptomi).
4. Bu usul psoriazda (psoriatik uchlik), rang-barang temiratki 
(Baltser sinamasi), parapsoriazda va ikkilamchi zaxmda (oblatka 
simptomi) qo‘llaniladi.
5. Tirnoq bilan qirganda ehtiyot bo‘lish kerak, chunki bunda 
zararlanish kuzatilishi mumkin (dermatomikoz, papulez sifilid).

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin