117
Qirish (grattaj) – teri kasalliklardagi toshmalarni tekshirish
maqsadida ishlatiladi. Shuningdek:
1. Buyum oynasi yoki o‘tmas skalpel yordamida amalga oshiriladi.
2. Teri qipiqlanishini, uning xarakteri (mayda plastinkali, yirik
plastinkali, kepaksimon), tangachalarni teri yuzasiga qanchalik
qattiq birikkanligini aniqlash mumkin.
3. Tangachalar va qaloqlarning pastki teri toshma elementlari bilan
qanchalik birikkanligini, qaloqlarning quruqlik va namlik darajasini,
qaloq ustidagi teri xarakteridan aniqlanadi. Ba’zan qirganda og‘riq
seziladi (diskoid qizil yugirikda, Bene-Mesherskiy simptomi).
4. Bu usul psoriazda (psoriatik uchlik), rang-barang temiratki
(Baltser sinamasi), parapsoriazda va ikkilamchi zaxmda (oblatka
simptomi) qo‘llaniladi.
5. Tirnoq bilan qirganda ehtiyot bo‘lish kerak, chunki bunda
zararlanish kuzatilishi mumkin (dermatomikoz, papulez sifilid).
Dostları ilə paylaş: