120
TANOSIL KASALLIKLARI. JINSIY A’ZO
AJRATMALARINI KLINIK TEKSHIRISH
Venerologiya – tanosil kasalliklarining klinik kechishini,
epidemiologiyasini, ularni aniqlash
va oldini olish choralarini
o‘rganadi.
Diagnostikasi va profilaktikasi. Tashxis imkoni boricha
laborator tekshirishlarga asoslanib qo‘yilishi lozim.
Zaxmni aniqlash-diagnostik usullari:
1. Eroziya, yara ajratmalari, limfa tugunlari punktatlarini nativ
holatda
mikroskopik tekshirib, Treponema pallidum izlanadi.
2. Qonning serologik tekshiruvlari:
– komplementlar birikishi reaksiyasi (RSK yoki Vasserman
reaksiyalari);
– immunoflyuorestsentsiya reaksiyalari (RIF);
– treponemalarni immobilizatsiyalash reaksiyasi (R1BT).
3. Likvorni serologik tekshirish:
– immunoflyuorestsentsiya reaksiyalari (RIF);
– treponemalarni immobilizatsiyalash reaksiyasi (RIBT);
– komplementlar birikish reaksiyasi (RSK).
4. Polimeraz reaksiya (PTsR).
5. Gistologik tekshiruvlar (bioptat).
6. Rentgenologik tekshiruvlar, terapevt, otolaringolog, okulist,
nevropatolog, pediatr maslahatlari.
Dostları ilə paylaş: