Psoriazda diagnostik uchlikni aniqlash
Qirish buyum oynachasi yoki skalpelning o‘tmas tomoni bilan
amalga oshiriladi.
1. Qirganda elementlar qipiqlanishi oshadi va tangachalar tirnalgan
stearin tomchisini eslatadi va oq rangga kiradi (stearinli dog‘ fenomeni).
2. Epidermisni donador qatlamigacha qirganda tangachalar
tushib qoladi va pushti nam ko‘rinishga ega bo‘ladi (terminal yoki
psoriatik parda fenomeni).
3. Qirishni davom ettirganda (so‘rg‘ichsimon qatlamgacha)
plyonka yuzida qonli nuqtalar (mayda tomchilari) paydo bo‘ladi
(qonli shudring yoki Auspitz fenomeni).
Zamburug‘ni aniqlashda laboratoriya tekshiruvini o‘tkazish
uchun teridan qirma (kepak, soch, tirnoqlar) materialini olish
1. Tekshirish uchun jarohat o‘chog‘idan kepak, singan va
jarohatlangan soch tolalari, pufakchalarning ustida qotib qolgan
118
teri qoplamlari, yiring, tirnoq plastinkalarining bo‘lakchalari va
to‘qima suyuqligini olish mumkin.
2. Materialni to‘g‘ri olish – zamburug‘larni mikroskopik usulda
topishga katta yordam beradi. Zamburug‘lar davolanmagan, yangi,
shakllanib bo‘lgan o‘choqlardan ko‘plab topilishi mumkin.
3. Yassi terining zamburug‘li kasalliklarida (trixofitiya,
mikrosporiya, keratomikozlar, kandidoz, oyoq panjasi epidermof-
itiyasi, rubromikoz) o‘choqlar chekkalaridagi kepaklar skalpel
yordamida qirib olinadi. Oyoq panjasi yoki kaft mikozlarining dis-
gidrotik ko‘rinishlarida pufakchalaming tomlari, epidermis ko‘ch-
kilari qaychi yordamida kesib olinadi.
4. Uzun soch yoki tuklar zamburug‘larga tekshirilishi kerak
bo‘lsa, ular epilyatsion pinset yordamida o‘choqlardan yulib olinadi.
Agar soch teri sathidan ancha yuqori bo‘lsa, (qora nuqtachalar) ular
skalpel yordamida qirib olinadi.
5. Infiltrativ-yiringli jarayonlarda soch o‘choqning chekkasidan
olinadi.
6. Jarohatlangan tirnoqlardan tekshirish uchun material olishda
skalpel yoki qaychidan foydalaniladi.
7. Olingan material buyum oynachasiga qo‘yiladi va mikroskop
orqali tekshiriladi.
Po‘rsildoq yara va Dyuringning gerpetiform dermatozining
solishtirma tashxisi uchun ishlatiladi.
1. Yangi pufak tubi yuzasidan skalpel yoki qaynatish orqali
sterillangan o‘quvchi o‘chirg‘ichini yengil bosish bilan material
olinadi va yog‘sizlangan steril buyum oynasiga qo‘yiladi.
2. 1 daqiqa davomida material metil spirti yordamida fiksatsiya qilina-
di, xona haroratida quritiladi va Romanovskiy-Gimza bilan bo‘yaladi.
3. Preparatni tayyorlab, bo‘yagandan keyin, u 10x40 marta
kattalashtirib mikroskop ostida ko‘riladi.
4. Akantolitik hujayralar normal epitelial hujayralardan kamroq,
yumaloq shaklda, yadrosi katta bo‘lib, intensiv binafsha rangga yoki
siyoh-ko‘k rangga bo‘yaladi va salkam butun hujayrani egallaydi.
|