111
bitta predmet oynasida ikkita prepart tayyorlanadi. Tayyorlangan
balg‘am preparatlari to‘g‘ri tayyorlangan bo‘lsa, yopilgan oynadan
chiqmaydi. Preparat Kurshman spirallarini ko‘rish
va birlamchi
orientirovka uchun kichik (obyektiv x5, okulyar x7) hajmda, shaklli
elementlarini ajratish uchun esa katta hajmda ko‘riladi.
COVID–19 ning laboratoriya diagnostikasi
Koronaviruslar (CoV) – oddiy tumovdan tortib jiddiy
kasalliklarga, masalan, Yaqin
Sharq respirator sindromi
(MERS-CoV) va og‘ir o‘tkir respirator sindrom (SARS-CoV)
kabi kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan viruslar
oilasidir. Yangi koronavirus (nCoV) – virusning ilgari odamlarda
aniqlanmagan yangi shtammidir. Koronaviruslar – zoonozlar, ya’ni
hayvonlardan odamlarga yuqadigan patogenlar sanaladi. Puxta
o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra,
odamlarda SARS-CoV
bilan kasallanish manbai viverra, MERS-CoV esa bir o‘rkachli
tuyalar ekanligi aniqlangan.
Eng so‘nggi bo‘lib Xitoyda aniqlangan koronavirus COVID–19
deb nomlangan va u juda jiddiy kasallikka olib kelishga qodir.
Koronavirus bo‘yicha tekshiruv Novel Coronavirus (2019-
nCOV) Nucleic Acid Diagnostic Kit PZR (polimer zanjir
reaksiyasi) tahlili uchun reagentlar jamlanmasi hamda Xitoyning
Sansure Biotech kompaniyasi ishlab chiqargan RNK ekstraksiyasi
uchun reagentlar jamlanmasi yordamida olib boriladi.
Koronavirus (Covid–19)
uchun laboratoriya testlari
Bugungi kunda koronavirus infeksiyasini aniqlashning turli
usullari qo‘llaniladi. Ba’zi testlarni faqat laboratoriyada, boshqalari
dorixonadan maxsus to‘plamlarni sotib olib, uyda aniqlash mumkin.
•
PZR testi. Inson biomaterialida COVID–19 DNKsi bor
yoki yoʻqligini koʻrsatadigan laboratoriya tadqiqoti.
•
RT-LAMP. PZR testining analogi, bu yerda asosiy e’tibor
DNKga emas, balki RNKga qaratilgan.
112
•
Antigen testi. Biomaterialda o‘ziga
xos virusli oqsillar
mavjudligini aniqlaydigan ekspress diagnostika usuli.
•
Immunoxromatografiya. Qon testi orqali virusni aniqlash.
•
Koronavirusga qarshi antitelalarni tekshirish. Bu odamning
COVID–19 bilan kasallanganligi, uning immun tizimi infeksiyaga
qarshi tura olmasligini aniqlaydi.
Birinchi to‘rtta usul bir xil vazifaga ega. Ular amalga oshirishning
murakkabligi, sarflangan vaqti, aniqligi bilan farqlanadi. Beshinchi
usul alohida ahamiyatga ega.
PZR-polimeraza zanjiri reaksiyasidir. Buni faqat laboratoriyada
qilish mumkin, chunki u DNKning molekulyar tuzilishini
o‘rganishni talab qiladi.
Jarayonning mohiyati quyidagicha:
•
Nazofarenksdan tampon bilan surtma olinadi.
•
Biomaterialning DNKsisining kerakli qismi ajratiladi.
•
Ushbu maydonni kuchaytirish (bir necha marta)
vizualizatsiya uchun maqbul bo‘lgan hajmgacha amalga oshiriladi.
•
Ko‘rsatilgan parchalar o‘rganiladi.
•
Agar DNK bo‘lagini nusxalashda virus paydo bo‘lishda
davom etsa, bemor infeksiyalangan.
•
Bir necha kun ichida PZR testining natijalarini tayor bo‘ladi.
Tahlil olish uchun maxsus naychalar PZR tahlili uchun bir martalik probirka