99
Transsudat, ekssudatdan farqli o‘laroq, yallig‘lanishsiz kelib
chiqadigan suyuqlik bo‘lib, u gomeostazni
tartibga soluvchi
tizimli omillarning suyuqlikning shakllanishi va rezorbsiyasiga
ta’siri natijasida tana bo‘shliqlarida to‘plangan suyuqlikdir.
Transsudatning solishtirma og‘irligi ekssudatnikidan pastroq va
ekssudatlar uchun 1,015 g / ml dan yuqori bo‘lsa, transsudatlarda
1,015 g / ml dan kam. Transsudatlardagi umumiy protein miqdori
30 g / l dan kam, ekssudatlarda esa 30 g / l dan yuqori.
Ekssudatdan transsudatni tekshirishga imkon beruvchi sifatli
test mavjud. Bu taniqli Rivalta testidir. U 60 yildan ko‘proq vaqt
oldin laboratoriya amaliyotiga kirgan va biokimyoviy usullar ishlab
chiqilgunga qadar soddalashtirish hamda
foydalanish imkoniyati
paydo bo‘lgunga qadar, tana bo‘shliqlaridagi suyuqliklarining
diagnostikasida muhim o‘rin egalladi, bu
Rivalta testining sifat
usulidan miqdoriy xususiyatlarga o‘tish imkonini berdi.
Rivalta testi
Sirka kislotaning kuchsiz eritmasi (100 ml distillangan suv + 1
tomchi muzli sirka kislotasi) solingan tor silindrga tekshiriluvchi
ekssudativ suyuqlik tomchilab qo‘shiladi. Agar bu tomchi pastga
tushib, uning orqasida cho‘zilgan loyqalik chizig‘ini bersa, suyuqlik
ekssudatdir. Transudatlar ijobiy test bermaydi.
Sitologik va bakteriologik tekshirish
Sitologik tekshirish yangi (nativ) va bo‘yalgan
preparatlarni
mikroskopiya qilish yo‘li bilan olib boriladi. Surtmalar
tayyorlash uchun tekshiriladigan suyuqliklarni sentrifugalashda
hosil bo‘ladigan cho‘kmalardan foydalaniladi. Uchta preparat
tayyorlanadi. Nativ preparatlar ayrim hujayra elementlari o‘rtasidagi
nisbatni taxminiy aniqlash uchun xizmat qiladi. Romanovskiy –
Gimza bo‘yicha bo‘yalgan surtmalarda leykogrammani sanaladi.
Tekshirilayotgan suyuqlikdagi o‘sma hujayralarini topish
100
uchun kamida 10–30 ta bo‘yalgan preparat tayyorlanadi. Shu
maqsadda suyuqlikni kamida 6 marta takror sentrifugalanadi.
Ekssudatlarda hujayra elementlaridan ko‘proq leykotsitlar topiladi,
ulardan 50–80% neytrofillardir yiringli
protsesslarda ularning
miqdori juda ko‘payadi, yaxshi kechganda esa ancha kamayadi.
Limfotsitlar yallig‘lanish protsessi boshlanishining 2-haftasida
paydo bo‘ladi. Sitoz sil kasalligida limfotsitlar hisobiga, ayniqsa,
yaqqol ifodalanadi. Zardobda hujayralar sil plevritining surunkali
formalarida va jarohatli gemorragik ekssudatlarda rezorbsiya davrida
paydo bo‘ladi. Mikrofaglar o‘smali va yiringli sil ekssudatlarida
uchraydi. Mezoteliy hujayralari transsudatlarda ham, ekssudatlarda
ham paydo bo‘lishi mumkin. Limfogranulematozda Berezovskiy-
Shternbergning bir yoki ikkita yadroli kattaligi 32 dan 80 r. gacha
bo‘lgan tiniq gigant hujayralari paydo bo‘ladi. Bundan tashqari,
hujayra tashqarisidagi strukturalar orasida xolesterin kristallari
va shilliq topilishi mumkin. Bakterioskopik tekshirish seroz
ekssudatda sil mikobakteriyasini topish maqsadida o‘tkaziladi.
Bunda Gram bo‘yicha va Sil-Nilsen bo‘yicha bo‘yalgan,
quruq
fiksatsiya qilingan preparatlardan foydalaniladi. Tekshirish uchun
flotatsiyalar va dengiz chuchqachalariga yuqtirish qo‘llaniladi.
Serologik tekshirishlar ekssudatlarda, transsudatlarda va
bo‘g‘imlardan olingan suyuqliklarda spesifik antitelolar borligini
aniqlash uchun o‘tkaziladi. Bunda serodiagnostikaning hamma
usullaridan foydalanish mumkin.
Seroz ekssudatlarda deyarli
3% oqsil bo‘ladi, ularda sitoz o‘rtacha, asosan limfotsitlardan
tashkil topgan, lekin hujayralarning boshqa turlari: neytrofillar,
monotsitlar, eozinofillar, makrofaglar uchrashi ham mumkin.
Eozinofilli ekssudatlar nisbatan kam: o‘smalarda, o‘pka
gangrenasida va turli sabablardan kelib chiqqan plevritlarda
uchraydi. Eozinofillar miqdori 90% dan ortiq bo‘lishi mumkin.
Seroz-yiringli va yiringli ekssudatlar odatda serozli sil meningitida
hosil qiluvchi flora tushganda asorat sifatida paydo bo‘ladi.
Gemorragik ekssudatlar aksari xavfli o‘smalarda,
gemorragik
101
diatezlarda va ko‘krak qafasiga tegib yaralanishlarda uchraydi.
Ekssudatda sifat jihatidan o‘zgargan eritrotsit hujayralarini ko‘plab
topsa bo‘ladi. Xilez ekssudatlar limfa tomirlar, ayniqsa qorin
bo‘shlig‘idagi limfa tomirlar yorilganda paydo bo‘ladi. Bunda
yog‘ miqdori 9,2% gacha, oqsil esa 3,5% gacha bo‘ladi. Xilez
ekssudatlar turib qolganida ivishi mumkin. Psevdoxilez ekssudatlar
buyrakning lipoid degeneratsiyasi (aynishi) oqibati bo‘lishi
mumkin. Jarohatdan olingan ekssudatlar ko‘pchilikni
tashkil
etgan florani va infeksiyani topish maqsadida tekshiriladi. Buning
uchun jarohatni yiringdan tozalanadi va steril oyna bilan undan
jarohat ekssudatining nusxasini olinadi. Surtmalarni bo‘yaladi va
mikroskopiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: