U. P. Shukurova, M. R. Sobirova, N. X. Muxamedova


Seroz bo‘shliqlardagi suyuqliklarda oqsilni miqdoriy aniqlash



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/55
tarix11.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136343
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55
Klinik laboratoriya tekshirish usullari 01-11

Seroz bo‘shliqlardagi suyuqliklarda oqsilni miqdoriy aniqlash
Aniqlash tartibi. Avval sulfosalitsil kislotasi bilan oqsilni 
sifatiy tahlili (bor-yuqligi) aniqlanadi. Loyqalik darajasiga qarab 
suyultiriladi. “Terlab” – ajralib chiquvchi suyuqliklar (transsudatlar, 
ekssudatlar) ko‘p oqsil tutgani uchun, hamma vaqt uni aniqlash 
uchun asosiy suyultirma – 1:100 nisbatda tayyorlanadi. Bu maqsadda 
probirkaga 9,9 ml natriy xloridning izotonik eritmasi va 0,1 ml 
sinaluvchi suyuqlik quyiladi. So‘ng ajralib chiqqan suyuqlikni 
asosiy eritma bilan suyultiriladi. Probirkaga 1,25 ml 100 marta 
(yoki undan ortiq) suyultirilgan suyuqlik va 3,76 ml 3% sulfosalitsil 
kislotasining eritmasi quyiladi. Probirkani aralashtiriladi. Boshqa 
probirkaga (kontrol uchun) 1,25 ml suyultirilgan suyuqlikni va 
3,75 ml natriy xloridning izotonik eritmasi quyiladi. 5 daqiqadan 
so‘ng FEK da 590–650 nm (sarg‘ish pushti yoki qizil svetofiltr) 
to‘lqin uzunligida ishchi qirralarining o‘rtasidagi masofa 5 mm 
(0,5 sm) bo‘lgan kyuvetalarda kontrol qarshisida o‘lchanadi. Hisob 
kalibrovka grafigi bo‘yicha bajariladi. Kalibrovka grafigini tuzish 
uchun standart eritmadan ishchi suyultirmalar tayyorlanadi va u 
tajriba sinamasidek qayta ishlab chiqiladi.


102
Olingan natijalarni SI birligida ifodalash uchun ularni 10 ga 
ko‘paytirish lozim.
Transsudatlarda oqsilning miqdori 5 dan 25 g/l (0,5–2,5 g%), 
ekssudatlarda esa 30–80 g/l (3–8 g%) atrofida bo‘ladi.
Nazorat savollari
1. Seroz bo‘shliqlarda suyuqlikni paydo bo‘lish sabablarini 
bilasizmi?
2. Seroz bo‘shliqlarda suyuqliklarning tasnifi va xossalarini 
aytib bering.
3. Seroz bo‘shliqlarda suyuqliklarining tarkibi nimalardan 
tashkil topadi?
4. Ekssudat nima?
5. Transsudat nima?
6. Ekssudat va transsudatning bir-biridan farqini tushuntirib 
bering.
7. Seroz bo‘shliqlarda suyuqliklarining fizikaviy va kimyoviy 
xossalarini tekshirishni tushuntirib bering.
8. Mikroskopik tekshirish uchun surtma tayyorlashni aytib 
bering.
9. Transsudatlar va ekssudatlarda oqsilning miqdori qancha 
bo‘ladi?
10. Rivalt testi haqida aytib bering.


103

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin