92
Aniqlash tartibi. Sentrifuga probirkasiga 5
ml yangi
tayyorlangan ishchi eritmasi va 0,5 ml orqa miya suyuqligi quyiladi.
Probirkani sinchkovlik bilan aralashtiriladi. 10 daqiqadan so‘ng
fotoelektrokalorimetrda 410–480 nm (ko‘k–binafsha svetofiltr)
to‘lqin uzunligida ishchi qirralari orasidagi masofa 10 mm (1
sm) bo‘lgan kyuvetalarda kontrol (0,5
ml orqa miya suyuqligi
va 5 ml natriy xloridning izotonik eritmasi) qarshisida o‘lchash
amalga oshiriladi. Hisob kalibrovka grafigi bo‘yicha olib boriladi.
Buning uchun standart eritmadan
suyultirmalar tayyorlab,
xuddi
tajribadagi sinamadek qayta ishlab chiqiladi va ularning natijasiga
ko‘ra kalibrovka grafigi tuziladi.
Ilova 1. Agar loyqa cho‘ka boshlasa, uni foto elektrokalorimetrda
(FEK) o‘lchashdan oldin probirkani yaxshilab chayqatiladi.
2. Tekshirishdan oldin Pandi reaksiyasini qo‘yish
maqsadga
muvofiq. Agar reaksiya 3 yoki 4 ball deb baholansa, unda orqa miya
suyuqligini natriy xloridning izotonik eritmasi bilan suyultiriladi va
suyultirish nisbati hisobga olinadi.
3. To‘g‘ri chiziqli bir-biriga moslik kalibrovka grafigini tuzishda
1,0 g/l (100 mg%) ga qadar saqlanadi. Oqsil konsentratsiyasi ortiq
bo‘lganda sinama suyultiriladi va suyultirish nisbatini hisoblashda
e’tiborga olinadi.
Olingan natijalarni SI birligida ifodalash uchun u 10 ga
ko‘paytiriladi.
Normada oqsil miqdori lyumbal orqa miya suyuqligida 220– 230
mg/l (22–33. mg%), sisternal suyuqlikda – 100–200 mg/l (10–22
mg%), ventrikulyar suyuqlikda – 120–200 mg/l 12–20 mg%)ga teng.
Yangi tug‘ilgan bolalarda orqa miya suyuqligi 600–900 mg/l
(60–90 mg%) oqsil tutadi.
Dostları ilə paylaş: