U. P. Shukurova, M. R. Sobirova, N. X. Muxamedova



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/55
tarix11.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136343
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55
Klinik laboratoriya tekshirish usullari 01-11

Nazorat savollari
1. Qonning organizmda hosil bo‘lishi haqida aytib bering.
2. Shaklli elementlarning fiziologik ahamiyatini aytib bering.
3. Normada periferik qonda asosan qaysi sinf hujayralari 
bo‘ladi?
4. Anemiyalarning turlari va diagnostika usullarini aytib bering.
5. Leykozlar qonda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
6. Qon guruhi va rezus faktorni aniqlashning ahamiyati.
7. Qondan surtma tayyorlashni tushuntirib bering.
8. TORCH infeksiyasi to‘g‘risida aytib bering.
9. Qonni OITS infeksiyasiga tekshirishning ahamiyati.
10. Qonni qizil yugirik va bezgakka tekshirishning ahamiyati 
qanday?
11. Qonni TORCH infeksiyaga tekshirishning ahamiyati qanday.
12. Barmoqdan qon olish texnikasini aytib bering.
13.Trombosit va retikulositlarni hisoblash usullarini aytib 
bering.
14. Gemolitik analizatorlar haqida nimalarni bilasiz?
15. Eritrositlarning cho‘kish tezligini aniqlash haqida aytib 
bering.
16. Gemotokrit nima va uni aniqlash usullarini ayting.


87
ORQA MIYA SUYUQLIGINING FIZIOLOGIK 
AHAMIYATI, KASALLIKLARDA O‘ZGARISH 
SABABLARI. ORQA MIYA SUYUQLIGINI KLINIK 
TEKSHIRISH
Kattalarda likvor bosimining darajasi bemor yotgan holatda 
120–180 mm suv ustuni orasida o‘zgarib turadi. O‘tirgan holatda 
esa bu ko‘rsatkich ikki hissa oshib, 240–360 mm suv ustuniga 
yetadi. Kattalarda likvor bosimi 200 mm. suv. ustunidan oshib 
ketsa, bu miya suyuqligi bosimining oshganligidan darak beradi. 
Emadigan bolalarda miya suyuqligining miqdori 40–60 millilitrga, 
8–10 yoshlik bolalarda 100–140 millilitrga va katta kishilarda 12 
–180 millilitrga teng bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan bolalarda likvor bosimi 10–14 mm suv ustuniga, 
emadigan bolalarda 40 mm suv ustuniga, katta yoshdagi bolalarda 
100 mm. suv. ustuniga teng bo‘ladi.
Bosh miya suyuqligi bosimi o‘lchab olingandan keyin likvor 
tahlil uchun probirkaga solib olinadi va laboratoriyaga jo‘natiladi.
Miya suyuqligining fizik xossalari va tarkibi:
Tiniqligi – tiniq, 
pH – 7,4 – 7,6 
Harorati – 37 – 37,5° 
Solishtirma og‘irligi – 1006 - 1008
Xloridlar – 120 – 130 mmol/l
Glyukoza – 2,5 – 4,4 mmol/l
Oqsil – 0,033 g/l
Sitoz – 5 – 6 hujayra
Fosfor – 0,58 –0,97 mmol/l
Lyumbal punksiya. Bosh miya pardalarining yallig‘lanishi, 
miya va orqa miya o‘smalari, kranioserebral jarohatlar hamda 
shunga o‘xshash ko‘pgina kasalliklarda orqa miya suyuqligini 
olishga va tekshirib ko‘rishga zarurat tug‘iladi. Bundam tashqari, 
bu manipulyatsiya bosh miya suyuqligining bosimini o‘lchab 


88
ko‘rish, orqa miya suyuqligiga dori-darmonlar, havo, kislorod
zarur kontrast moddalar yuborish, uning hujayralar tarkibini 
tekshirib ko‘rish uchun ham ayni muddaodir.
Orqa miya punksiyasi 3–4-bel umurtqalari orasida qilinadi. 
Shu satxdan punksiya qilish umuman xavfsizdir, chunki bu yerda 
umurtqalar tashkil qiladigan naysimon kanal kengroq bo‘lib, u 
yerda orqa miyaning faqat asab ildizchalarigina bo‘ladi xolos. Shu 
tufayli orqa miyaning shikastlanish xavfi bo‘lmaydi.
Lyumbal punksiyani amalga oshirish uchun zarur asboblar:
2 ta 10 millilitrlik shpris, 2 ta qisqich, 2 ta probirka, miya 
suyuqligi bosimini o‘lchaydigan suv manometri – 1 ta, punksiya 
qilish uchun ishlatiladigan mandrenli igna – 1 ta, santimetrli 
tasmacha (likvor bosimining balandligini o‘lchash uchun). Orqa 
miya punksiyasini yotgan yoki o‘tirgan holatlarda qilish mumkin. 
Ko‘pincha bu manipulyatsiya bemorni yon tomonga yotqizib, 
bo‘yin va oyoqlarini bukkan holatida qilinadi. Shu holatda umurtqa 
pog‘onasining bel qismi orqaga chiqib turadi va umurtqa qirra 
o‘simtalari yaxshi ko‘rinadi. Punksiya qilinadigan joy spirt va 
yod eritmasi bilan yaxshilab tozalanadi. Shundan so‘ng 3–4 bel 
umurtqalari qirra o‘simtalarining orasi paypaslab topiladi. To‘g‘ri 
chamalab olish maqsadida yonbosh suyaklari qirralarini to‘g‘ri 
chiziq bilan birlashtirish maqsadga muvofiq. Chunki bu chiziq 
odatda, 3–4-bel umurtqalarining qirra o‘simtalari orasidan o‘tadi. 
Terini ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlar bilan bosib turib novokainning 
0,25 foizli eritmasi bilan mahalliy anesteziya qilinadi. In’eksion 
ignani sekinlik bilan suqib itarib, epidural bo‘shliqqa 10 millilitrga 
yaqin novokain yuboriladi. Bu manipulyatsiyani bajarish uchun 
uzun in’eksion ignadan foydalanish kerak emas, chunki u orqa miya 
qattiq pardasini teshib o‘tib ketsa, novokain eritmasi orqa miyaga 
tushishi va ko‘ngilsiz asoratlarga sabab bo‘lishi ehtimoli bor. 
Mahalliy og‘riqsizlantirish tamom bo‘lgandan keyin uzunligi 10–
12 sm va diametri 0,5–0,7 mm bo‘lgan mandrenli igna yordamida 
orqa miya punksiyasi bajariladi. Ignani osoyishta va silkitmasdan 


89
sekin itarib kirgazish kerak. Igna qirra o‘simtalari orasidan 
o‘tadigan paytda ikkita to‘siqni sezamiz, bularning birinchisi, 
umurtqalarning orqa yoychalarini birlashtiradigan sariq bog‘lam 
bo‘lsa, ikkinchisi, miyaning qattiq pardasidir. Igna shu to‘siqlardan 
o‘tganidan keyin ignadan mandren olinadi, shunda undan likvor 
tomchilab oqib chiqa boshlaydi. Miya suyuqligining bosimi baland 
bo‘lsa, likvor katta bosim bilan otilib chiqishi ham mumkin. Kichik 
yoshli bolalarda in’eksion igna bilan ham punksiya qilish mumkin.
Orqa miya suyuqligi olingandan so‘ng darhol tekshirilishi kerak, 
ammo ba’zi biokimyoviy ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun muzlatilgan 
namunalarni qo‘llash mumkin. Tadqiqotning asosiy bosqichlari:
– makroskopik tekshirish;
– mikroskopik tekshirish;
– biokimyoviy tadqiqotlar;
– bakteriologik va bakterioskopik tekshirish.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin