77
IgG antitanalari paydo bo‘ladi, ularning konsentratsiyasi asta-
sekin ko‘tarilib, infeksiyadan 2–5 oy o‘tgach, cho‘qqiga chiqadi.
IgG antitanalari qonda uzoq vaqt saqlanib turadi, ba’zan esa butun
hayot davomida.
Agar homiladorlikni rejalashtirgan ayolda,
shuningdek, 12
haftalikkacha qadar bo‘lgan homilador ayollarda IgM antitanalariga
salbiy va IgG antitanalariga ijobiy natija aniqlansa, bu infeksiyaga
qarshi immunitet mavjudligidan dalolat berishi mumkin.
Agar, aksincha, IgM antitanalariga tahlil ijobiy natija, IgG
antitanalariga esa ijobiy/manfiy natija aniqlanadigan bo‘lsa, hozirda
o‘tkir jarayon borayotganini taxmin qilish mumkin.
Bunday holda,
IgG sinfidagi antitanalarning avidlik testi o‘tkaziladi, bu kasallikning
davomiyligini aniqlashga yordam beradi, bu homiladorlikning 12
haftasiga qadar ehtimoliy infeksiyada muhimdir:
•
Past avidlik (33% dan kam) birlamchi infeksiyalanish 3 oy
oldin sodir bo‘lganligi ehtimolini anglatadi.
•
O‘rtacha avidlik ko‘rsatkichi (33–66%) infeksiyalanish
yaqinda sodir bo‘lganini istisno etmaydi,
ammo yetuk IgG
antitanalari to‘liq shakllanmay qolgan infeksiyalanishga dalolat
berishi ham mumkin.
•
Yuqori avidlik (66% dan yuqori) tadqiqotdan birlamchi
infeksiya sodir bo‘lganligiga 3
oydan oshganligi, bemorda esa
ishonchli immunitet mavjudligini bildiradi.
Homiladorlikning 12-haftasidadn keyingi muddatlarda homilador
ayolda IgM antitanalariga salbiy va IgG antitanalariga ijobiy ko‘rsatkich
aniqlansa, bu holda ham IgG avidligi uchun qon tahlili zarur bo‘ladi.
Chunki tahlil IgG sinf antitanalari qaysi vaqt rivojlanganligini ko‘rsatib
bera olmaydi, o‘tkir infeksiya esa homiladorlikning erta bosqichlariga
to‘g‘ri kelgan bo‘lishi ehtimoli mavjud.
Dostları ilə paylaş: