73
lekin RNK sintezlanmaydi. 2 kun davomida retikulotsit qonda
aylanadi, keyin RNK si kamaygan sayin yetilgan eritrotsitga aylanadi.
Oddiy gematologik usullarda bo‘yalgan surtmalarda,
retikulotsitlar kulrang-pushti rangda - polixromatofil.
Retikulotsitlarni hisoblash usullari
Hozirgi kunda retikulotsitlarni hisoblashni unifitsirlangan usuli,
brilliant krezil ko‘ki, azur I yoki azur 11 bilan bo‘yalgandan keyin,
bevosita oyna yoki probirkada sanash keng qo‘llaniladi.
1. Usul prinsipi. Eritrotsitlarni ishqoriy bo‘yoqlar bilan
bo‘yagandan so‘ng, donali-to‘rli substansiyasini aniqlash va sanash.
2. Reaktivlar:
a) brilliant krezil ko‘kining absolyut spirtda to‘yintirilgan
eritmasi (absolyut spirt tayyorlash uchun 96% li etanolni mis
kuporosi kukunida ushlab turish kerak ) 100 ml spirtga 1,2 g bo‘yoq;
b) azur I eritmasi: azur I – 1 g, ammoniy oksalat – 0,4 g, natriy
xlorid – 0,8 g, etil spirti 96% – 10 ml, distillangan suv - 90 ml.
Eritmani yopiq flakonda, 2–3 kunga termostatga 37 °C ga, ko‘yiladi
va vaqti-vaqti bilan chayqatib turiladi. Keyin xona haroratsigacha
sovutiladi va qog‘ozli filtrda filtrlanadi.
Eritma qora shishali
idishda saqlanadi. Quyqa hosil bo‘ladigan bo‘lsa, eritma qaytadan
filtrlanishi kerak;
v) azur II eritmasi: azur II - 1 g, natriy sitrat – 5 g, natriy
xlorid – 0,4 g, distillangan suv – 45 ml. Eritma termostatda 37
°C da 2 sutkaga qoldiriladi, vaqti-vaqti bilan chayqatib turiladi.
Erishini tezlatish uchun bo‘yoqni kuchsiz olovda 15–20 min
davomida, qaynashgacha olib bormasdan qizitish mumkin. Xona
haroratsigacha sovutiladi va filtrlanadi. Eritma qora shishali idishda
saqlanadi
3. Bo‘yoq oynasida:
• yaxshilab yuvilgan va yog‘sizlantirilgan buyum oynasi gorelka
alangasida qizdiriladi. Shisha tayoqcha bilan oynaga bo‘yoqlardan
74
biri tomiziladi va silliqlangan oynali bo‘yoqdan surtma tayyorlanadi.
Oynaning o‘sha tomoni steklograf bilan markerlanadi. Oynani bu
holatda ko‘plab tayyorlab qo‘yish va
quruq salqin joyda saqlash
mumkin;
• shu usulda tayyorlangan oynaga, qon tomchisi tomiziladi, yupqa
surtma tayyorlanadi va shu zahoti nam kameraga joylashtiriladi.
Buning uchun chetlariga ozgina ho‘llangan marli yoki paxta
valiklari qo‘yilgan, qopqoqli Petri kosachasidan foydalaniladi;
• nam kamerada surtma 3–5 min davomida ushlanadi, so‘ngra
havoda quritiladi. Retikulotsitlarning donador-to‘rli substansiyasi,
eritrotsitlarning yashil-havorang
fonida aniq ajralib, siyohrang-
ko‘k rangga bo‘yaladi.
Probirkada bo‘yash:
• 1-usul: ishlatishdan oldin probirkada, 1%
kaliy oksalat
eritmasiga, 4 tomchi bo‘yoq eritmasi nisbatida, brilliant krezil
ko‘kin
ishchi eritmasi tayyorlaniladi;
Bo‘yoqqa 40 mkl qon qo‘shiladi (ikkita pipetka, 0,02
belgisigacha). Aralashmani yaxshilab, lekin ehtiyotkorlik bilan
aralashtirilib, 30 min ga qoldiriladi. Yana aralashtiriladi va ingichka
surtmalar
tayyorlanadi;
• 2-usul: probirkaga 0,05 ml bo‘yoq eritmasi va 0,2 ml qon
solinadi. Aralashtiriladi va 20–30 min ga qoldiriladi. Yana
aralashtiriladi va
ingichka sutmalar tayyorlanadi;
• 3-usul: probirkaga 0,3–0,5 ml bo‘yoq eritmasi va Panchenkov
apparati pipetkasi bilan 5–6 tomchi qon olinadi. Probirka rezinali
probka bilan yopiladi, Aralashmani yaxshilab, lekin extiyotkorlik
bilan aralashtirilib 1–1,5 soatlarga qoldiriladi. Yana aralashtiriladi
va ingichka sutmalar tayyorlanadi;
4.
Ryetikulotsitlarni hisoblash.
Surtmalarda eritrotsitlar sariq-yashil rangga, donador-to‘rsimon
substansiya esa ko‘k yoki ko‘k-siyohrangga bo‘yalgan. Yuqoridagi
usullar yordamida tayyorlangan surtma immersion obyektivli
mikroskop ostida ko‘riladi.