U. P. Shukurova, M. R. Sobirova, N. X. Muxamedova


Leykotsitar formulani aniqlash



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/55
tarix11.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136343
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55
Klinik laboratoriya tekshirish usullari 01-11

Leykotsitar formulani aniqlash
Leykotsitar formula bo‘yalgan surtmalarda hisoblaniladi. Aniq 
hisoblash uchun kamida 200 ta leykotsitni hisoblab ko‘rish zarur.
Surtma tayyorlash texnikasi:
• 
qon surtmasi yog‘sizlantirilgan buyum oynasida tayyor-
lanadi;
• 
barmoqning igna sanchilgan joyi quruq paxta sharigi bilan 
artiladi va buyum oynasining chetidan 1,5–2 sm qon tomchisi suriladi;
• 
chetlari kesilgan, silliqlangan buyum oynasini qon 
tomchisidan 45° burchak ostida o‘rnatiladi va qon silliqlangan buyum 
oynasiga bir tekis tarqalishi uchun, tomchiga ozgina ta’sir etiladi;
• 
so‘ngra, qonni bir tekis taqsimlab, bosmasdan silliqlangan 
buyum oynasi, buyum oynasi bo‘ylab o‘tkaziladi; 
• 
surtma yupqa va tekis bo‘lishi zarur;
• 
surtma havoda quritiladi va 3–5 min metil spirtida yoki 5–10 
min May - Gryunvald eozinmetil ko‘ki eritmasida fiksatsiyalanadi;
• 
keyin surtma Romanovskiy – Gimza usuli bilan 30- 40 
min davomida bo‘yaladi, bo‘yoqning ortiqchasi oqar suvda yuvib 
tashlanadi va surtma quritiladi.
Romanovskiy – Gimza bo‘yog‘i (zavodda tayyorlangan) 
quyidagi tarkibga ega: azur II – 3 g; suvda eruvchan sariq eozin – 
0,8 g; glitserin – 250 ml; metil spirti – 250 ml (asosiy eritma).
Ishni boshlashdan oldin undan extempore, 1–2 tomchi asosiy eritma 
1 ml distillangan suv bilan aralashtirilib, ishchi eritma tayyorlanadi.
Pappengeym bo‘yicha kombinirlangan bo‘yashdan ham 
foydalanish mumkin: fiksatsiyalanmagan surtmaga pipetka 


69
yordamida, May-Gryunvaldning tayyor bo‘yoq-fiksatori qo‘shiladi. 
3 minutdan keyin qoplovchi surtma bo‘yoqqa teng miqdorda 
distillangan suv qo‘shiladi va bo‘yashni yana 1 min davom ettiriladi. 
Keyin bo‘yoq yuvib tashlanadi va surtma havoda quritiladi. 
Quritilgan surtmani Romanovskiy bo‘yog‘ini yangi tayyorlangan 
suvli eritmasi bilan 8–15 min davomida qayta bo‘yaladi. Bu usul 
suyak ko‘migi punktatlari surtmalarini bo‘yash uchun eng yaxshi 
usul hisoblanadi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin