U. P. Shukurova, M. R. Sobirova, N. X. Muxamedova



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/55
tarix11.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136343
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55
Klinik laboratoriya tekshirish usullari 01-11

Qon guruhini aniqlash
Bordi-yu tekshirilayotgan qon AB(IV) guruhga mansub bo‘lsa, 
qon guruhini aniqlash uchun olingan hamma zardoblar bilan 
agglutinatsiya ro‘y beradi. Bu AB(1V) guruhga mansub standart 
zardob bilan qo‘shimcha nazorat tekshirish zarur bo‘ladi. Mana 
shu zardob bilan agglutinatsiya ro‘y bermasligi tekshirilayotgan 
qonning AB(IV) guruhga mansub deh hisoblashga imkon beradi.
Rezus-faktorning mos kelish-kelmasligini sinash
Sitratsiz probirkaga retsipiyent qonidan 2–3 ml olinadi, qon 
ivib qolganidan keyin laxtasi shisha tayoqcha bilan ko‘chiriladi va 
qon sentrifugalanadi. Shu probirkadan ikki tomchi zardobi olinib, 
Petri kosachasiga solinadi, unga yarim tomchi donor qoni qo‘shilib, 
aralashtiriladi va kosacha suv hammomiga qo‘yiladi (42–45“C), 
10 minutdan keyin kosacha olinib, ohista tebratib turilgan holda 
yorug‘likka tutib qaraladi. Agglutinatsiya paydo bo‘lishi ushbu 
qonni quyish mumkin emasligini ko‘rsatadi.
Qalin tomchi tayyorlash
Bezgak plazmodiylari bor-yo‘qligiga qonni tekshirib ko‘rish 
uchun qalin tomchi tayyorlanadi. Odatdagi usul bilan barmoqning 
yumshoq joyidan qon olinadi. Igna sanchilgan joydan chiqqan qon 
tomchisiga buyum oynasining yuzi tekkiziladi.


65
Ayrim holda tushirilgan 2–3 tomchi qon boshqa oynaning 
hurchagi bilan surkatiladi. Quruq surtma ustiga 30–40 minutga 
Romanovskiy bo‘yog‘i qo‘yiladi (surtmani fiksatsiya qilmasdan 
turib), so‘ngra bo‘yalgan tomchi ohista suv bilan chayiladi va 
preparat tik holida quritiladi.
Qon ivuvchanligini aniqlash
Qon ivuvchanligi pasayib qolganda, ko‘p qon ketadi. Shoshilinch 
yordam ko‘rsatishga chaqiriq bo‘lganida yoki navbatchilik vaqtida 
ko‘pincha ana shunday hodisaga duch kelib turiladi. Bunday 
hollarda navbatchi tibbiyot xodimi qon ivish vaqtini aniqlaydi.
Qon ivish vaqti deganda qon ivuvchi sistemaning faollik 
ko‘rsatganligi tushuniladi. Bu ko‘rsatkich qonning yot yuzaga 
tekkan vaqtidan boshlab, to qon laxtasi paydo bo‘lguncha oradan 
o‘tadigan vaqtga teng bo‘ladi. Steril igna sanchilganida chiqqan 
birinchi qon tomchisi artib olinganidan keyin, tutib turilgan iliq 
buyum oynasiga 8–10 tomchi qon tushirib yig‘iladi.
Bunda fibrin paydo bo‘la boshlaydigan qon ivish 
boshlanadigan paytdan to fibrin laxta bo‘lib, to‘la 
cho‘kib tushadigan qon batamom qoladigan paytgacha
оradan o‘tadigan vaqt qayd qilinadi (har 30 sekundda shu qondan 
ingichka shisha tayoqcha yurgizib, uni ohista ko‘tarib ko‘riladi). 
Mana shu qonning ivish vaqti bo‘ladi, bu vaqt me’yorda 5–6 
daqiqani tashkil etadi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin