62
qon tomchisiga tekkizib olinadi. So‘ng buyum oynasi qon tomchisi
yuqoriga qaratilgan holda stol ustiga qo‘yiladi yoki uning uzun
tomonidan bosh va ko‘rsatkich barmoq bilan ushlab turiladi. O‘ng
qo‘lga silliqlangan qoplama oyna yoki buyum oynasi olinib, uni
qon tomchisi oldiga 45° burchak ostida qo‘yiladi. Sal harakat bilan
qoplama oyna qon tomchisining chetiga tekkiziladi va qon qoplama
oynaning butun eniga yoyilib ketadi. Shundan so‘ng qoplama
oynanitez harakat qildirib, tomchidan qonsurtmasi tayyorlanadi. Bir
necha minutdan so‘ng, ya’ni surtma qurigach, u 3 minut davomida
mctil spirtida fiksatsiyalanadi: surtmani absolut spirtda yoki
barobar miqdordagi etil spirit va efirdan tashkil topgan Nikiforov
aralashmasida ham fiksatsiya qilsa bo‘ladi. Bu fiksatsiyalovchi
suyuqliklarda surtma 10–20 minut turishi kerak. Fiksatsiyadan
so‘ng surtma metilen sinkasi, eozin va metil spirti yoki glitserinda
erigan metilenazurdan iborat Romanovskiy bo‘yog‘ida bo‘yaladi.
Bo‘yoqlarning bu aralashmasi yadro, protoplazma va undagi turli
kiritmalarni turli tuslarga bo‘yash uchun kerak. Bu narsa shaklli
elementlarning morfologik xususiyatini aniq o‘rganish imkonini
beradi. Romanovskiy bo‘yog‘i qon surtmasiga, 20–30 minut
qo‘yiladi. Shundan so‘ng bo‘yoqni surtmadan to‘kib tashlab, u
distillangan suv bilan yuviladi va filtrlovchi qog‘oz yordamida
ohista quritiladi. Qonning bo‘yalgan surtmasiga bit tomchi
immersion moy tomizilib, uni kattalashtirgich (mikroskopning
immersion obyektivi) ostida tekshiriladi.
Dostları ilə paylaş: