BALG‘AM HOSIL BO‘LISHI VA UNING TARKIBI.
BALG‘AMNI KLINIK TEKSHIRISH
Balg‘am (sputum) – nafas yo‘llaridan yo‘tal bilan ajraladigan
patologik sekret. Balg‘amni tekshirish nafas organlaridagi patologik
jarayon xarakterini va uni etiologiyasini aniqlashga yordam beradi.
Balg‘amning sutkalik miqdori 1 dan 1000 ml gacha va undan
ko‘p o‘zgarib turadi. Nafas yo‘llari yallig‘lanishlarida kam
miqdorda bag‘am ajraladi:
•
laringit, traxeit, o‘tkir bronxit;
•
xurujsiz bronxial astma;
•
bronxopnevmoniya
Ko‘p miqdorda balg‘am quyidagilarda ajraladi (0,5 dan 2
l
gacha):
•
Bronxoektatik kasallik
•
O‘pka abssessi
•
Ko‘pgina gijja kasalliklarida
Empiema yorilganda balg‘am miqdori 4
l
gacha yetishi
mumkin. Balg‘amning sutkalik miqdori ba’zi o‘pka kasalliklarida
ko‘p miqdorda ajralganda aniqlanadi. Bunda balg‘amni o‘lchov
silindrida joylashtiriladi, 1 soat davomida balg‘am tingandan keyin
qavatlarga bo‘linishi aniqlanadi.
Balg‘am rangi. Balg‘am rangi tarkibidagi leykotsitlar miqdori
va eritrotsitlar aralashmasiga bog‘liq. Eritrotsitlar aralashmasi
gemosedirin xarakteri o‘zgarishi qizil, zang rangda o‘zgarishi bilan
bog‘liq. Balg‘am qizg‘ish tusli yoki qonli bo‘yalishi mumkin.Malina
rangli balg‘am rak autolizi yoki o‘pkaning boshqa yomon sifatli hosi-
lalarida, sariq rangli balg‘a umumiy sariqlik va jigar o‘pka absess-
lari yorilganda, qora rangli balg‘am ko‘mir changlari kam miqdorda
aralashganda bo‘ladi. Jigarrang balg‘am (shokolasimon) abssessda,
bronxoektazda, plevra yempiemasi yorilganda bronx orqali anaerob
bakteriyalarnig gemosiderin fermenti ajralishi natijasida kuzatiladi.
Zangsimon balg‘am krupoz pnevmaniyada eritrotsitlaming parcha-
lanib gematinning paydo bo‘lishi va alveolalarga kirishi bilan bog‘liq.
104
Balg‘amning rangi vino, kofe, dori preparatlari va boshqalar
bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Surunkali bronxit, o‘pka tuberkulezida balg‘am 25–100 ml
ajralishi mumkin.
Balg‘am suyuq, cho‘ziluvchan, dildiroq, yopishqoq konsis-
tensiyali bo‘lishi mumkin. Balg‘amning yopishqoqligi tarkibidagi
mikroorganizmlar, proteolitik fermentlami balg‘amni parchalash
qobiliyati bilan bog‘liq. Bronxlarda yallig‘lanish jarayoni
kuchayganda oqsillar, leykotsitlar, patogen mikroorganizmlar
umumiy miqdorini oshishi bilan bir qatorda balg‘amning suyulishi
kuzatiladi. Seroz, shilliq, shilliq yiring, seroz-yiring, qonli va
astmatik balg‘am ajratiladi. Balg‘am xarakteri rangini mikroskopik
tekshirilganda aniq qo‘yiladi.
Shilliqli balg‘am odatda rangsiz yoki biroz oq, yopishqoq
bo‘ladi. O‘tkir bronxitda, yuqori nafas yo‘llari katarida, bronxial
astma xuruji to‘xtaganda kuzatiladi. Seroz balg‘am rangsiz, suyuq,
ko‘pikli bo‘ladi, o‘pkaning o‘tkir shishida kuzatiladi. Seroz-yiringli
balg‘am sariq yoki yashil rangli yopishqoq, surunkali bronxit,
traxeit, bronxopnevmaniyada hosil bo‘ladi.
Toza yiringli bir jinsli, yarim suyuq, yashil-sariq rangli balg‘am
o‘pka absessi bronxga ochilganda, bronx bo‘shlig‘iga plevra
empiemasi yorilganda kuzatiladi. Qonli balg‘am o‘pkadan qon
ketganda, (tuberkulez, rak, aktinomikoz), toza qonli, shuningdek,
aralash xarakterli. Masalan, balg‘am bronxoektazlarda shilliq
yiringli qonli chiziqlar bilan, o‘pka shishidaseroz-qonli, o‘pka
infarktida yoki kichik qon aylanish doirasi dimlanishida shilliq-qonli,
o‘pka absessi va gangrenasida yiring qonli yarim suyuq bo‘ladi.
Agar qon sekin ajralsa, gemoglobin uni gemosederinga aylanadi va
zang rangini beradi, bu krupoz pnevmoniya uchun xarakterli.
Astmatik balg‘amda ko‘p miqdorda eozinofil granulotsitlar va
Sharko-Leyden kristallari bo‘ladi.
Qavatlarga bo‘linishi: quyuq bo‘lmagan ko‘p ajraladigan
kasalliklarda shisha idishda qavatlarga ajraladi.
105
Ikki qavatli balg‘am – yiring va seroz suyuqlik, o‘pka absessi
uchun xarakterli.
Uch qavatli balg‘am – yiring, seroz, ko‘pikli shilliq aralash-
bronxoektatik kasallik, gangrena ba’zida tuberkulezda (kavernada).
Balg‘amning hidi ko‘pincha bo‘lmaydi. Agar yangi ajralgan
balg‘am bo‘lsa, sassiq yoki chirigan hidli bo‘ladi. Rak hujayralari
yemirilganda yoki o‘pka gangrenasida bo‘lishi mumkin, to‘qima
parchalanganligidan dalolat beradi. Bo‘shliqlarda turib qolganda
balg‘amdagi oqsillarning parchalanishidan hid bo‘lishi mumkin
(abssess, bronxoektazlarda, ba’zida tuberkulyozda).
Balg‘amda reaksiya muhiti odatda ishqoriy. Oshqozon soki
aralashganda (qonli qayt qilganda) va parchalanganda u kislotali
bo‘ladi. Balg‘amda parazitlar patologik elementlar har xil
aralashmalar mavjud bo‘lganda qora va oq fonda Petri chashkasida
ko‘ruv o‘tkaziladi. Ajralgan elementlarni oddiy ko‘z bilan
balg‘amda aniqlash mumkin:
•
Kurshman spirallari zich katta bo‘lmagan spiralsimon oq
iplar ko‘rinishda;
•
fibrin laxtalari – oqish va qizg‘ish daraxtsimon shoxlangan
hosilalar (fibrinoz bronxitda, kamdan kam kru-poz pnevmoniyada);
•
Guruchsimon don (yasmiq) – katta bo‘lmagan sariq-yashilsi-
mon zich yumaloq, ohaklangan elastik tolalar, xolesterin kristallari,
sovundan tashkil topgan, detrix probkalari-shakli va tarkibi bo‘yicha
yasmiqqa o‘xshash lekin tuberkulyoz mikobakteriyalaridan tashkil
topmagan va sassiq hid taratuvchi (gangrenada, surunkali abssessda,
yiringli bronxitda, bronxoektazda); mikobakteriyalardan tashkil topgan.
Epiteliy va boshqa hujayra elementlari. Yassi epiteliy – og‘iz
bo‘shlig‘i, burun-halqum, hiqildoqusti va ovoz boylamlari shilliq
qavatidagi epiteliy bo‘lib, katta bo‘lmagan piknotik yadroli va
gomogen sitoplazmali yassi ingichka hujayralardan iborat. Barcha
balg‘am namunalarida aniqlash mumkin.
Silindrik yoki prizmatik xilpillovchi epiteliy har xil shaklda
bo‘lishi mumkin, asosan ponasimon, kamroq dumaloq, uchburchak,
106
noto‘g‘ri shaklli, dumaloq yoki oval yadro asosan ekssentrik,
hujayraning bazal qismiga yaqinroq joylashadi.
Alohida hujayra nafas yo‘llari shikastlanishlarida (bronxit,
bronxial astma) barcha balg‘amda ko‘p miqdorda uchraydi.
Neytrofil granulotsitlar kattaligi oshganda, yumaloq, ba’zida
noto‘g‘ri shaklda diametri 10–12 mkm donador sitoplazmali va
yadroli bo‘ladi, bir necha segmentlardan tashkil topgan.
Nafas organlarining turli yallig‘lanish jarayonlarida paydo
bo‘ladi, ko‘proq yiringli yallig‘lanish, yog‘li distrofiya va
yemirilishlarda kuzatiladi, shu sababli preparatning ba’zi joylarida
donador strukturasiz massa topiladi.
Eozinofil granulotsitlar balg‘amda alohida hujayralar,
shuningdek, guruh va to‘da ko‘rinishida ham uchraydi. Hujayralar
yumaloq shaklli, donador bir xil o‘lcham va bir xil shaklli bo‘ladi.
Nativ preparatda eozinofil leykotsitlami yirik bir xil donadorligi
uchun boshqa hujayralardan oson farqlanadi. Eozinofillarni aniq
aniqlash uchun qon surtmali preparat Pappengeym bo‘yicha (8–10
minut) bo‘yaladi. Ko‘p miqdorda eozinofillar balg‘amda allergik
holatlarda (bronxial astma, eozinofil bronxit) gelmintozlarda (o‘pka
exinokokkozi) uchraydi.
Eritrotsitlar balg‘amda o‘pka to‘qimasi buzilganda o‘zgarmagan
holda pnevmoniya, o‘pka infarktida va boshqalarda kuzatiladi.
Alveolyar makrofaglar – yirik yumaloq shaklli hujayralar,
o‘lchami 10 dan 25 mkmgacha (leykotsitlardan 2–3 marta katta)
retikuloendotelial hujayralardan kelib chiqqan. Bo‘yalgan
preparatda sitoplazmasi ko‘pikli, och-ko‘k rangi, aniq konturga
ega. Alveolyar makrofaglar uchun sitoplazmasida har xil
aralashmalar – fagotsitirlangan ko‘mir changi, tabachiy pigment,
rangsiz mielin donachalari, yog‘ tomchilari va boshqalar borligi
xarakterli. O‘zida gemosiderin yoki eritrotsit saqlovchi alveolyar
makrofaglar siderofaglar deb nomlanadi. Bu asosan mitral stenozda
kichik qon aylanish doirasida dimlanish bo‘lganda, shuningdek,
o‘pka infarkti, qon quyilish va pnevmoniyalarda kuzatiladi. Bu
107
hujayralarni aniqlash uchun berlin lazur reaksiyasida aniqlanadi,
yopilgan oyna olinib, preparat havoda quritilganda, tillarang-
sariq alveolyar fagotsitlarlar aniqlanadi. Preparatga 1–2 tomchi
5% sariq qon tuzi eritmasi va 2–3 minutdan keyin 1–2 tomchi 3%
steklom quyiladi hamda kattalashtirib o‘rganiladi. Gematosiderin
donachalari bo‘lganda ko‘k ranga bo‘yaladi.
Yog‘li distrofiya yoki lipofag hujayralari turli o‘lchamda,
yumaloq shaklda, sitoplazmasi yog‘ tomchilari bilan to‘lgan
bo‘ladi. Pnevmoniyaning boshlang‘ich bosqichlarida, qon aralash
shilliq balg‘am bo‘lganda bu hujayralar to‘planishi xarakterli.
Alveolyar makrofaglar barcha balg‘amda kam miqdorda
bo‘ladi, biroq surunkali yallig‘lanish kasalliklarida ko‘proq bo‘ladi.
Alveolyar makrofaglarning funksiyasi har xil hujayra va gumoral
immunitet reaksiyalarda, lizosomal fermentlar, prostaglandin,
interferon, siklik nukleotidlar, bir qancha komplement
komponentlari va boshqa moddalar sekretsiyasida qatnashadi.
Limfotsit, fibroblast va boshqa hujayra elementlarini faollashishiga
hamda qayta ishlab chiqarilishiga ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega.
Yomon sifatli o‘sma hujayralari balg‘amda kam uchraydi,
asosan o‘smaning endobronxial o‘sishi va parchalanishida kuza-
tiladi. Nativ preparatda bu hujayralar o‘zining atipizmi bilan: katta
o‘lchamda, har xil majruh shaklli, yirik yadroligi bilan ajralib
turadi.
Bronxlar surunkali yallig‘lanish jarayonlarida metaplaziya-
langan epiteliy bilan qoplanganda atipik xususiyatga ega bo‘lib,
o‘sma hujayralardan kam farqlanadi. Shuning uchun o‘sma
hujayralarni faqat atipik komplekslar ko‘ringanda shu bilan birga
polimorf hujayralar asosan tolalar asosida yoki elastik tolalar bilan
birga joylashganda aniqlanadi.
Elastik tolalar biriktiruvchi to‘qima elementlari bo‘lib,
balg‘amda o‘pka to‘qimasi yemirilganda paydo bo‘ladi: o‘pka
tuberkulezi, raki, abssess, gangrena va exinokokkozda. Elastik
tolalar ingichka yaltiroq, ikki konturli, o‘tkir tolalar shaklida,
108
kengligi bir xil. Ularni balg‘amni har tomchisida aniqlab
bo‘lmaydi, oson topish uchun ularni konsentratsiyalash va bo‘yash
usullari qo‘llaniladi, bunda elastik tolalar saqlanib qolib, och qizil
rangda ajralib turadi. Korallsimon tolalar yog‘kislota tuzlari bilan
qoplangan elastik tolalar. Bu tolanii balg‘amda aniqlanishi sil
kavernasi borligidan dalolat beradi. Ohakli elastik tolalar – dag‘al,
kalsiy tuzlari bilan to‘yingan, tayoqchasimon hosilalar. Sil o‘chog‘i
parchalanganda balg‘amda aniqlanadi.
Fibrin to‘rsimon joylashgan paralel ingichka tolalardan iborat.
Balg‘amda fibrinlar ko‘pincha yallig‘lanish jarayonlarida (fibrinoz
bronxit, tuberkulez, aktinomikoz, krupoz pnevmoniya) kuzatiladi.
Kurshman spirallari shilliq har xil o‘lchamdagi hosilalar.
Kurshman
spirallari
mikroskopik
shilliq
spiralsimon
yumoloqlashgan leykotsitlar va Sharko-Leyden kristallaridan
tashkil topgan. Kurshman spirallari ko‘pincha bronxial astmada,
shuningdek, boshqa patalogik jarayonlarda (har xil bronxitlar,
pnevmoniya, abssesse, o‘pka raki), obstruktiv komponentlarda
kuzatiladi.
Sharko-Leyden kristallari har xil o‘lchamdagi rangsiz, oktaedr
shaklda bo‘lib, kompas strelkasini eslatadi. Ular eozinofillar
parchalanganda oqsil mahsulotlaridan hosil bo‘ladi, shuning uchun
yangi ajralgan balg‘amda har doim ham aniqlanmaydi. Bronxial
astma, eozinofil bronxit, o‘pkaning gelmintlar bilan zararlanishida
bu kristallar xarakterli hisoblanadi.
Gematoidin kristallari nekrotik to‘qimalarda qon quyilganda
uchraydi (gemoglobinning kislorodsiz muhitda parchalanishidan).
Bu o‘tkir uchli rombsimon kristallar sarg‘ish rangda. Absessda
ba’zida o‘pka gangrenasida balg‘amda topiladi.
Xolesterin kristallari rangsiz, to‘g‘ri burchakli ko‘rinishda
bo‘ladi, yopiq bo‘shliqlarda (abssess, tuberkulez, exinokokkoz)
yog‘ning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi.
Yog‘ kislota kristallari – bo‘shliqlarda balg‘amning turib qolishi
natijasida (tuberkulez, abssess, bronxoektaz) yuzaga keladi.
109
Aktinomitset druzalari (nur zambrug‘lari) makroskopik mayda,
zich, sariq don ko‘rinishida bo‘ladi. Markaziy to‘plamdan nur
ko‘rinishida tarqalgan, uchlari kolbachasimon kengaygan ipchalari
bor tuzilma. Gram usulida bo‘yalsa ipchalar binafsha rangda,
qavariqlari esa pushti rangga bo‘yaladi. O‘рkа aktinomikozida
balg‘amning nativ preparatida aktinomitset druzlaridan tashqari
yirik ksantom hujayralar ham ba’zida ko‘p miqdorda aniqlanadi.
Shuning uchun bu hujayralar bo‘lganda aktinomitset druzlarini
izlash zarur.
Kandida avlodiga mansub achitqi zambrug‘i – kurtaklangan
hujayralar va qiska kurtakli psevdomitseliy tolalardir (hujayra
yumaloq yoki oval shaklda, psevdomitseliy – bo‘g‘imli, shoxlangan,
mutovkalarda joylashgan sporalar). Juda kuchsiz bemorlarda
antibiotiklar bilan uzoq davolanganda uchraydi.
Exinokokk elementlari balg‘amda o‘pka exinokokkozida
aniqlanadi. Tekshirilganda mayda pufaklar, pufak xitin qavati
qismlari, shuningdek, exinokokk ilgaklari aniqlanadi. O‘pka
exinokokkozida balg‘amda, shuningdek, hujayralar, xolesterin
kristallarini aniqlash mumkin.
Balg‘amda shuningdek askarida lichinkalari, pnevmotsist
tuxumlari, trixomonadalarni ham aniqlash mumkin. Bakteriyalar
bo‘yalgan surtmada aniqlanadi.
•
Sil mikobakteriyalari – o‘pka tuberkulezida.
•
Pnevmokokklar – shilliq, qonli balg‘amda krupoz
pnevmoniyada va surunkali bronxitda.
•
Streptokokki va stafilokokki – o‘pka abssessida yiringli
balg‘amda, bronxoektazda, bronxitda va pnevmoniyada;
•
Fridlender diplobatsillalari – pnevmoniyalarda.
Balg‘amni klinik tekshiruv ko‘zdan kechirish, miqdorini
o‘lchash, fizik, ximik tarkibini o‘rganish, mikroskopik,
bakterioskopik va sitologik tekshiruvlarini o‘z ichiga oladi.
Material yig‘ish qoidalari: balg‘amni tekshirish uchun og‘iz
chayilgandan keyin quruq shisha banka yoki chashka Petriga
110
ertalab (yaxshisi ovqatdan oldin) olinadi. Eski balg‘amda saprofit
flora ko‘payadi, shaklli elementlari buziladi. Zarur hollarda
balg‘am sovuq joyda (muzlatgichda) saqlanadi, lekin 2–3 soatdan
ko‘p emas. Uzoq saqlanganda kam chidamli mikroorganizmlar
(streptokokk) o‘ladi, chirish jarayoni boshlanib, tekshirish natijasi
noto‘g‘ri chiqadi.
Dostları ilə paylaş: |