Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 2,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/128
tarix30.07.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#138018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

Mualliflar 
jamoasi
: S.Elmirzayev, N.Tursunova, N.Sherqoʻziyeva, 
D.Abdikarimova, M.Zokirjonov, Sh.Elmurodov 
 
 



I bob. MOLIYA BOZORINING NAZARIY ASOSLARI 
 
1.1. Moliya bozorining iqtisodiy mohiyati, ahamiyatli jihatlari, tarkibiy 
qismlari
Biznes samaradorligi (rentabelligi)ni oshirish masalasi bugungi iqtisodiy 
sharoitda eng asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Biznes samaradorligining oshib 
borishi oʻz navbatida davlat moliyaviy barqaroligi taʼminlanishi bilan birga keskin 
raqobat sharoitida jahon bozorida mustahkam oʻrin egallashda ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bunda arzon kapital jalb qilish va boshqa tomondan kapitalni 
samarali joylashtirish muhim omillardan biridir. Qoʻyilgan har ikkala vazifani 
ijobiy hal qilishda moliya bozorining amal qilish mexanizmi yordamga keladi. 
Aynan moliya bozori iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch sifatida amal 
qilishi zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarning bozordan chiqib ketishiga sabab 
boʻladi, kapital isteʼmolchisining oʻz faoliyatini toʻgʻri tashkil etishga majbur 
qiladi, iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish imkonini beruvchi texnologik 
innovatsiyalarni doimiy qoʻllab-quvvatlaydi, investitsiya loyihalaridan eng 
samaralisini tanlashni shart qilib qoʻyadi. 
Moliya bozorida pul, kredit, qimmatli qogʻozlar, valyutalar, sugʻurta 
polislari, pensiya jamgʻarmalari, qimmatbaho metallar, hosilaviy moliyaviy 
instrumentlar va boshqalar maxsus tovar sifatida muomalada boʻladi. Bunda tijorat 
banklari, birjalar, jamgʻarma institutlari, jamoaviy investitsiyalash kompaniyalari 
va boshqalar asosiy vositachilar sifatida koʻzga tashlanadi. Moliya bozorida 
kapitalga boʻlgan talab va taklif asosida vositachilar yordamida kapitalni kreditor 
va qarz oluvchi oʻrtasida qayta taqsimlash mexanizmi amal qiladi. Shundan kelib 
chiqqan holda amaliyotda pul mablagʻlari oqimini haqiqiy egasidan qarz oluvchiga 
va aksincha yoʻnaltiruvchi moliya-kredit institutlari faoliyati tashkil etiladi. Moliya 
bozorining asosiy funksiyasi boʻsh pul mablagʻlarini ssuda kapitaliga aylantirishda 
ham namoyon boʻladi. Tashkiliy nuqtai nazardan moliya bozoriga moliyaviy 
instrumentlar emissiyasi, xaridi va savdosini amalga oshiruvchi iqtisodiy 
subyektlar, moliya institutlari jamlanmasi sifatida ham qaralishi mumkin. Har bir 
moliya instituti moliyaviy instrumentlarning aniq bir toʻplami bilan u yoki bu 
operatsiyani amalga oshirish boʻyicha aniq vakolatga egaligini alohida taʼkidlash 
lozim. 
Moliya bozorining asosiy vazifasi sifatida moliyaviy resurslarning yakuniy 
isteʼmolchilari oʻrtasida jamgʻarmani samarali taqsimlashni taʼminlash masalasi 
qoʻyiladi. Bu masalani hal qilish ham obyektiv, ham subyektiv sabablarga koʻra 
murakkablik kasb etadi. Chunki moliya bozori ishtirokchilari manfaatlari bir-biriga 
qarama-qarshiligi, moliyaviy majburiyatlarni bajarish boʻyicha risklarning 
yuqoriligi va boshqa holatlar vazifaning toʻliq bajarilishiga imkon bermaydi. 
Moliya bozori aholi jamgʻarmalarini investitsiyalarga aylantirishning asosiy 
mexanizmi hisoblanadi, u investor va jamgʻaruvchi manfaatlarining oʻzaro 
muvofiqligini taʼminlaydi. Yuqoridagilar asosida moliya bozori mohiyatiga 
toʻxtalib oʻtamiz. 



Gʻarb iqtisodiy adabiyotlarida moliya bozorlari pul mablagʻlari oqimini 
jamgʻaruvchidan qarz oluvchiga yoʻnaltiruvchi bozor institutlari jamlanmasi 
sifatida keltiriladi
1
. Frederik Mishkin ortiqcha mablagʻlarga ega odamlardagi pul 
mablagʻlarini pul mablagʻlari yetishmayotganlariga oʻtkazib berishga xizmat 
qiluvchi bozorlarni moliya bozorlari deb ataydi
2
. Keltirilayotgan taʼriflar asosida 
taʼkidlash mumkinki
moliya bozori – 
moliyaviy instrumentlardan foydananish 
asosida moliyaviy vositachilar orqali vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini qayta 
taqsimlash yuza beradigan bozordir. 
Moliya bozorisiz yirik kapitalni jalb qilish va yirik loyihalarga 
investitsiyalash murakkab masaladir. Sotuvchi va xaridorlar sonining koʻpligi 
natijasida shakllangan raqobat mexanizmi orqali bozorda moliyaviy aktivga 
nisbatan yagona bozor bahosi shakllanadi va axborot shaffofligiga erishiladi. 
Bugungi yuqori texnologik imkoniyatlar sharoitida maxsus vositachilik 
tuzilmalaridagi koʻp sonli operatsiyalar hisobiga pul va boshqa aktivlar muomalasi 
xarajatlari pasaytirilishi, risklar sugʻurtalanishi, sotiladigan aktivlar turlari 
kengayishi yuz bermoqda.
Moliya bozorining rolini chuqurroq anglash uchun uning funksiyalarini 
bilish talab etiladi. 1997 yil iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati Robert 
Merton moliya bozorining quyidagi funksiyalarini ajratib koʻrsatadi: 
- kapitalni vaqt, tarmoqlararo va mamlakatlararo qayta taqsimlash; 
- kapital jamlash va korxonalarga ulush kiritish; 
- toʻlov-hisob-kitob; 
- risklarni boshqarish; 
- axborot; 
- axborotlar assimmetriyasi bilan bogʻliq muammolarning oldini olish. 
Moliya bozorining ishtirokchilari sifatida kapital jalb qiluvchilar, investorlar, 
vositachilarni ajratib koʻrsatish mumkin. Bunda oʻz-oʻzidan ayonki kapital jalb 
qiluvchilar mohiyatan qarz oluvchilar sifatida namoyon boʻladi. Investorlar esa oʻz 
kapitallarini vositachilar orqali joylashtiradilar (1.1-rasm). 
1.1-rasm. 

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin