9.2. Jamiyat ishtirokchisining ulushi to‘liq to‘langan davrgacha bo‘lgan muddatda to‘langan
qismi bo‘yichagina begonalashtirilishi mumkin.
9.3.Jamiyat ustav fondidagi ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaxsning foydasiga voz kechish,
oddiy yozma shaklda amalga oshirilishi kerak.
X. JAMIYATNING HUJJATLARINI SAQLASH
10.1. Jamiyat quyidagi hujjatlarni saqlashi shart:
— jamiyatning ta’sis
hujjatlari, shuningdek jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritilgan hamda
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar;
— jamiyat muassislari yig‘ilishining jamiyatni tashkil etish va
jamiyatning ustav fondiga
qo‘shiladigan pulsiz hissalarning pul bahosini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni, shuningdek jamiyatni
tashkil etish bilan bog‘liq boshqa qarorlarni o‘z ichiga olgan
bayonnomasi;
— jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat;
— jamiyatning o‘z balansida turgan mol-mulkka bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
— jamiyatning filiallari va vakolatxonalari to‘g‘risidagi
nizomlar;
— jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishlarining, jamiyat kuzatuv kengashi,
jamiyatning
kollegial ijro etuvchi organi va jamiyatning taftish komissiyasi majlislarining bayonnomalari;
— jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik
tashkilotining xulosalari;
— qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.
10.2. Yuqorida aytib o‘tilgan hujjatlar ijro etuvchi organ joylashgan joyda saqlanadi.
10.3. Agarda amaldagi qonun hujjatlari bilan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lmasa, jamiyat
mazkur ustavning 10.1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni doimiy saqlaydi.
10.4. Jamiyat har qanday ishtirokchining talabi bilan unga axborot, shuningdek ta’sis
hujjatlarini unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan taqdim qilishi yoki nusxa berishi shart.
Dostları ilə paylaş: