Patogenezi. Kri ptosporoidoz oshqozon-ichak infeksiyalari
qatoriga kiradi. Chunki kri ptosporidiyalar odam organizmiga
asosan og‘iz orqali tushib ichak epitelial hujayralari yuzasida (yoki
sitoplazmasida) paydo bo‘lgan merozoitlar juda ko‘p enterotsitlarni
jarohatlaydi. Ko‘pchilik enterotsitlarda degenerativ o‘zgarishlar va
epitelial hujayralar yuzasida kratersimon botiqlar kuzatiladi.
161
1-rasm.
Bezgak plazmodiylarining
rivojlanish sikli.
2-rasm.
Bezgak taloqni
kattalashuvi.
3-rasm.
Toxoplazma gondi va
rivojlanish sikli.
4-rasm.
Amyobali dizen-
teriyada yo‘g‘on ichak shilliq
qavatining ko‘rinishi.
162
5-rasm.
Lyamlioza qo‘zg‘atuvchisi
- Lamblia intestinalis vegativ va
sista shakli.
7-rasm.
Enterobiozning
rivojlanish sikli.
8-rasm.
Ascaris Lumbricoides
lichinkasi va tuxuxmlari.
6-rasm.
Enterobioz qo‘zg‘atuvchisi va
tuxumini ko‘rinishi.
163
9-rasm.
Ascaris Lumbricoides
rivojlanish sikli.
10-rasm.
Trichocephalus trichiurus
jinsiy yetilgan shakl.
11-rasm.
Ankilostomozning rivojlanish sikli.
164
13-rasm.
Teniarinxoz rivojlanish sikli.
12-rasm.
Teniarinxoz — Taenia saginata.
165
14-rasm.
Tenioz — Taenia solium boshchasini elektron mikroskop ostida ko‘rinishi.
15-rasm.
Geminolepidoz — Hymenolepis
nana yetuk shakli va tuxumlari.
16-rasm.
Fasciola hepatica tuxumlari va
lichinkasi.
166
17-rasm.
Fasciola hepatica rivojlanish sikli.
18-rasm.
O‘lat bakteriyalari — lersinia pestis.
19-rasm.
O‘lat bakteriyalarini tashuvchi burgalar.
167
20-rasm.
O‘latning teri
shaklida yaraning ko‘rinishi.
21-rasm.
O‘latning bubonli shakli.
22-rasm.
Vabo vibrionlari.
23-rasm.
Vaboda najas va qusuq moddalarning ko‘rinishi.
168
24-rasm.
Vaboning algid turida bemorning ko‘rinishi.
25-rasm.
Kuydirgi kasalligida terida yaralarning ko‘rinishi.
169
Kasallikning og‘ir kechimida ichakning keng yuzasida ichak
so‘rg‘ichlari (mikrovorsinkalar) jarohatlanadi va oqibatda ozuqa
moddalarni ichakdan so‘rilishi buziladi. Suv va elektrolitlarni
ichakdan so‘rilishi sekinlashib, aksincha plazmadan ichak bo‘shlig‘iga
ajralishi kuchayadi. Buning oqibatida xuddi vabodagi singari suvli
ich ketishi yuzaga keladi. Ichakning fermentativ faoliyati ham
buziladi. Laktozaning yetishmasligi, qandning parchalanishining
buzilishi oqibatida moy kislotalarining ko‘payishi suvni ichak
bo‘shlig‘iga yanada ko‘proq ajralishiga, najasning kislotali va qo‘lansa
hidli bo‘lishiga olib keladi. Suvli ich ketishida kuzatiladigan patologik
jarayon vabo enterotoksini ta’sirida bo‘ladigan jarayonga juda
o‘xshasada biroq, kri ptosporidilarda hech qanday toksik modda
(toksin) ajralishi kuzatilmagan.
Kri ptosporoidoz asosan oshqozon-ichak sistemasi a’zolarining
zararlanishi bilan kechsada, ayrim immunitet taqchilligi bo‘lgan
shaxslarda (ayniqsa OITS li bemorlarda) respirator a’zolarning
ham jarohatlanishi kuzatiladi. Immunitet taqchilligi bo‘lgan shaxslarda
kri ptosporoidoz ancha og‘ir kechadi.
Kasallikni o‘tkazgan shaxslarda kri ptosporidilarga nisbatan
chidamlilik, ya’ni immunitet paydo bo‘ladi. Qayta kasallanish juda
kam kuzatiladi.
Klinikasi. Kri ptosporidozning yashirin davri 4 kundan
14 kungacha. Kasallik, odatda, o‘tkir boshlanadi. Bemorning tana
harorati ba’zan 39°C va undan ortiq darajagacha ko‘tariladi, qorni
vaqti-vaqti bilan g‘ijimlab og‘riydi va ichi suvdek keta boshlaydi.
Qorindagi og‘riq ba’zan kuchli, xurujli bo‘ladi. Najasi suyuq
suvdek, qo‘lansa hidli, kamdan-kam hollarda shilliq va qon
aralashmali bo‘lishi mumkin. 30—40 foiz bemorlarda ko‘ngil aynashi
va qusish kuzatiladi. Kasallikning bu xos belgilari asosan 5 kundan
11 kungacha davom etadi, faqat ayrim bemorlarda 3—4 haftagacha
cho‘zilishi mumkin. Ko‘pchilik, immunitet taqchilligi bo‘lmagan
shaxslarda kri ptosporoidoz tez, hech qanday asorat qoldirmay
tuzalish bilan yakunlanadi. Ayrim bemorlarda unga ikkilamchi
infeksiya qo‘shilishi oqibatida turli asoratlar kuzatilishi mumkin.
Kasallik asoratsiz kechganida, degidratatsiya (suvsizlanish)
darajasi kam bo‘lib, laborator ko‘rsatgichlar (qon va siydikning
170
umumiy tahlili)da, shuningdek oshqozon va ichakni rentgenologik
tekshiruvlarida ham sezilarli siljishlar kuzatilmaydi. Immunitet
taqchilligi bo‘lmagan shaxslarda kri ptosporoidozni qaytalanishi
yoki qayta yuqishi (reinfeksiya) holatlari kuzatilmaydi.
OITS (SPID) va boshqa immunitet taqchilligi bo‘lgan (tug‘ma
gi pogammaglobulinemiyasi bo‘lgan, immunodepressantlar bilan
davolangan) shaxslarda kri ptosporoidoz og‘ir kechadi va uzoq
davom etib bemorning o‘limini tezlashtiradi.
Bunday shaxslarda kasallik, tana haroratini 39°C va undan ortiq
darajagacha ko‘tarilishi, ko‘ngil aynashi va qayta-qayta qusish,
ichning tez-tez, ko‘p miqdorda suvdek ketishi bilan namoyon
bo‘ladi. Najasida shilliq va qon aralashmasi bo‘lishi mumkin.
Bemorning sutkalik yo‘qotgan suyuqligi miqdori 10—15 l ga
(1 l dan 17 l gacha) yetishi mumkin. Kasallik davomli kechadi,
bemorlarning 63—67 foizida 4 oydan ortiq davom etadi.
Kri ptosporoidoz bilan kasallangan OITS li bemorlarning 50 foizi
yaqin 6 oy ichida o‘ladilar. OITS li bemorlarga kri ptosporoidozdan
tashqari boshqa infeksiyalar (pnevmotsitoz, kandidoz va b.) ham
qo‘shiladi albatta, biroq organizimda ich ketish tufayli bo‘ladigan
suvsizlanish va elektrolitlar taqchilligi o‘limni tezlashtiradi.
Asoratlari. Immunitet taqchilligi bo‘lmagan shaxslarda
kri ptosporoidoz asorat qoldirmaydi. Immunitet tanqisligi bor
shaxslarda esa degidratatsiya tufayli gi povolemik shok rivojlanishi
mumkin. Ayrim bemorlarda kri ptosporidilar o‘pkaga o‘tishi va o‘ziga
xos parazitar zotiljam (respirator kri ptosporoidoz) rivojlanishiga
olib kelishi mumkin.
Tashhisoti va taqqosiy tashxisot. Ich ketish alomati bo‘lgan
bemorlarda, ayniqsa 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda, agar najasi
suyuq, suvdek qo‘lansa hidli bo‘lsa kri ptosporoidoz haqida
o‘ylash kerak. Immunitet taqchilligi bo‘lgan shaxslarning
barchasida ich ketish alomati bo‘lgan taqdirda kri ptosporidilarga
tekshirish kerak. Bunday hollarda bemorning najasidan kri ptos-
poridining ootsistalarini topilishi aniq tashxis qo‘yishga asos
bo‘ladi. Ootsistalarning eng ko‘p ajralishi kasallikning 4—5-kun-
larida bo‘ladi, ich ketishi to‘xtagandan 2—3 kun keyin sistalar
ajralishi ham to‘xtaydi. Ootsistalarni aniqlash uchun bemor
171
najasidan tayyorlangan surtmani turli xil (Sil—Nilsen bo‘yicha
karbol—fuksin bilan, Kester bo‘yicha safronin bilan Romanovskiy—
Gimza bo‘yicha azur—eozin bilan) bo‘yash usullaridan foydalaniladi.
Agar bu usullar manfiy natija bersa, u holda flotatsiya usuli qo‘llanadi.
Bilvosita immunoflyuoressensiya usuli o‘ta sezgir va spetsifik tahlil
bo‘lib, hozirgi davrda amaliyotda keng qo‘llanmoqda. Tashxisot uchun
va ayniqsa kasallikning surunkali kechimini o‘tkir kechimidan farqlash
uchun serologik (immunoferment va boshqa) usullardan ham
foydalanish mumkin.
Davolash. Kasallikning o‘tkir va og‘ir kechimi davrida bemorni
kasalxonaga yotqizish va maxsus parhez tayin etish talab qilinadi.
Kri ptosporidilarga bevosita ta’sir etuvchi etiotrop dorilar hozircha
aniqlanmagan. Ko‘pchilik ichak infeksiyalari va parazitar kasalliklarni
davolashda qo‘llanadigan dorilar (antibiotiklar va boshqa ximiopre-
paratlar) ni qo‘llash kri ptosporoidozda samara bermaydi. Im-
munologik quvvati yetarli bo‘lgan shaxslarda kri ptosporoidoz
ko‘pincha o‘z-o‘zidan tuzalib ketadi. Faqat kasallikning og‘ir
kechimida va suv hamda elektrolitlarni yo‘qotish darajasi yuqori
bo‘lgan taqdirda regidratatsion davo (ko‘proq og‘iz orqali) o‘tkazish
zarur bo‘ladi. Agar kri ptosporoidoz OITS li bemorda bo‘lsa
regidratatsion davodan tashqari boshqa yo‘ldosh infeksion
kasalliklarni (pnevmotsistoz, kandidoz, mikobakterioz va bosh-
qalarni) aniqlash va ularni etiotrop davolash kerak bo‘ladi.
Profilaktikasi. Kri ptosporoidoz ko‘pincha kasalxonada
yotgan bemorlar orasida va bolalar jamoalarida tarqalib turadi.
Buning boisi, bemor najasi orqali kri ptospidilarning ootsistalari
juda ko‘p miqdorda ajralishi va atrof-muhitni ifloslantirishidir. Bunga
yo‘l qo‘ymaslik uchun bemor najasini o‘z vaqtida dezinfeksiya qilish
va shaxsiy gigiyenaga rioya qilish zarur.
Kasallik turli hayvonlardan (buzoqlar, qo‘ylar va boshqalardan)
ham yuqishi mumkin ekanligini unitmaslik kerak. Maxsus profilaktik
tadbirlar o‘tkazilmaydi.
Gijja kasalliklari (gekmintozlar)
Gijja kasalliklari (GK) — yer yuzida, odamlar va hayvonlar
orasida eng keng tarqalgan kasalliklardandir. Jahon Sog‘liqni saqlash
172
tashkiloti (VOZ) ning aniqlagan ma’lumotiga ko‘ra yer yuzida 4498
mln odam turli xil gijjalar bilan zararlangan. Birgina askaridoz bilan
yer yuzi aholisining to‘rtdan biri (1 mlrd. ga yaqin odam) zararlangan.
Ayniqsa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan
davlatlari hududida birgina tropik gelmintozlarning o‘zi bilan 700
mln. aholi kasallangan. Juda keng tarqalgan surunkali tropik GK
laridan ikki guruhi — shistosomozlar va filyariozlar, boshqa bir qancha
tropik kasalliklar qatori, Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ)
ning ilmiy izlanishlari hamda tropik kasalliklar bo‘yicha mutaxassislar
tayyorlashga mo‘ljallangan maxsus dasturiga kiritilgan. Zero, VOZ
ning bergan ma’lumotiga ko‘ra, yer yuzi aholisiga keltirayotgan zarari
bo‘yicha gelmintozlar 4-o‘rinni (diareya, tuberkulez va ishemik
kasalliklardan keyingi) egalab turibdi.
Enterobioz, askaridoz, gimenoli pidoz, shuningdek, teniidoz-
lar va keng tasmalilar mo‘tadil iqlimli o‘lkalarda ham keng
tarqalgandir.
Akademik K.I.Skryabin sobiq ittifoqda sovet gelmintologiya
maktabini yaratdi. U o‘zining safdoshlari bilan gijjalar biologiyasini,
tarqoqligini, ular chaqiradigan kasalliklar patogenezini, klinikasini
chuqur o‘rgandi hamda davolash va profilaktika choralarini ishlab
chiqdi.
Akademik E.N.Pavlovskiy va uning maktabi tabiiy — o‘choqli
zoonoz gelmintozlar epidemiologiyasini yaratdi va ular bilan kurash
choralarini yoritdi.
Odamlar va hayvonlar organizmida parazit bo‘lib yashovchi
gijja turlari juda ko‘p bo‘lib, hozirda odamlarda 270 turi aniqlangan.
Hamdo‘stlik davlatlari hududida qayd etilgan 70 turidan 30 tasi
keng tarqalgandir.
O‘zbekistonda har yili 6 mln. odam gijja kasalliklariga tekshirilib,
ulardan 200 mingdan ortiq kishida turli xil gijjalar aniqlanadi. Gijja
kasalligi bilan ko‘proq (87,5%) 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar
kasallanadi. Bizda aniqlanadigan gijjalar, asosan gimenolepidoz va
enterobiozlar va shuningdek, tenidlar, askaridalar, qilboshlar,
qisman exinokokklar (1 yilda 500 tagacha odamda) va boshqa
gelmintlardan iboratdir. Aslida esa bu parazitlarning aholi orasida
tarqoqligi yanada kengdir. Masalan, maxsus o‘tkazilgan tekshiruvlar
173
natijasi shuni ko‘rsatdiki, ayrim jamoalarda bolalarning 30—50%
enterobioz bilan, epidemik hududlarida aholining 20—30% askaridoz
va trixotsefalez bilan zararlangan.
Akademik K.I.Skryabinning tasnifi bo‘yicha gijjalar 3 guruhga
bo‘linadi:
1. Nematodlar (Nematodoses) — yumaloq shaklidagi cho‘zin-
choq gijjalar.
2. Sestodlar (Cestodoses) — tasma shaklidagi uzinchoq gijjalar.
3. Trematodlar (Trematodoses)— so‘ruvchi gijjalar.
Gijjalarning biologik xususiyatlari va invaziyaning tarqalishiga
qarab gelmintozlar — g e o g e l — m i n t o z, b i o g e l mentoz
va k o n t a k t l i (kontagiozli) gelmintozga ajratiladi.
Shuningdek, GK lari invaziya manbayiga qarab a n t r o p o n
o z gelmintozlar va z o o n o z gelmintozlar guruhiga bo‘linadi.
Gijjalarning organizmda parazit sifatida istiqomat qilishi har
doim ham klinik belgilar bilan namoyon bo‘lavermaydi. Shuning
uchun ham u yoki bu parazitning xo‘jayin a’zosida aniqlanishi
gelmintologiyada «i n v a z i ya» deb yuritiladi.
B i o g e l p m i n t o z l a r — kasallik qo‘zg‘atuvchi
parazitning rivojlanish jarayonini bir qismi odam organizmida o‘tib,
ikkinchi qismi esa bir yoki bir necha oraliq xo‘jayin a’zosida
o‘tgandan so‘ng odamga yuquvchi GK laridir. Binobarin, bunda
oraliq xo‘jayin va oxirgi, asosiy xo‘jayin farqlanadi. Parazitning
dastlabki rivojlanish davri oraliq xo‘jayin organizmida, gijjalarning
o‘sib balog‘atga yetish davri esa asosiy xo‘jayin organizmida o‘tadi.
Odatda, gelmintlarning asosiy xo‘jayini odam bo‘ladi, ya’ni gijja
o‘sib yetilgan davrida odam organizmida parazitlik qiladi. Biroq ayrim
gijja turlari (exinokokklar, alveokokklar, sparganoz va b.) uchun
odam oraliq xo‘jayin bo‘lib xizmat qiladi.
Bu guruhga barcha trematodozlar, sestozlar va ayrim nema-
todozlar: teniarinxoz, tenioz, exinokokkoz, difillobotrioz,
drakunkulez, shistosomoz, opistorxoz va boshqalar kiradi.
G e o g e l m i n t o z l a r — kasallik qo‘zg‘atuvchi parazitning
rivojlanish jarayonining bir qismi odam organizmida o‘tib, ikkinchi
qismi biron-bir notirik jismda, asosan tuproqda o‘tganidan so‘ng
174
invaziya sodir bo‘lishidir. Geogelmintozlarga askaridoz, trixotsefalez,
ankilostomidoz, strongiloidoz va boshqalar mansubdir.
K o n t a k t l i g e l p m i n t o z l a r — parazitlarni
rivojlanishi jarayonida xo‘jayini a’zosidan yetilgan yoki deyarli
yetilgan holatda ajralib chiqib boshqa odamga bevosita yuqishi oqibatida
rivojlanadigan GK laridir. Bu holat faqat gimenolepidoz va
enterobiozda kuzatiladi.
Biologik xo‘jayini bo‘lmish odamsiz, tabiatda hayotiy jarayoni
o‘tmaydigan gijjalar tomonidan chaqiriladigan kasalliklar
a n t r o-
p o n o z gelmintozlar deb ataladi.
Bunda balog‘atga yetgan gijjalar odam organizmida parazit bo‘lib
yashaydi va uning tuxumi hamda lichinkalari axlat orqali ajralib
turadi.
Askaridoz, enterobioz, gimenolepidoz, trixotsefalez, shistoso-
mozlar, teniidozlar, anki lostomi dozlar va boshqalar —
antroponozlar hisoblanadi.
Qo‘zg‘atuvchisi odam organizmida ham hayvonlar a’zosida ham
parazitlik qiluvchi, biroq epidemiologik bosqichida odam ishtiroki
shart bo‘lmagan gelmintozlar z o o n o z l a r deb yuritiladi.
Bunda balog‘atga yetgan gelmintlar faqat turli hayvonlar organizmida
yoki odam va hayvon organizmida parazit bo‘lib yashaydi. Bular
qatoriga — trixinellez, difillobotrioz, exinokokkoz, drakunkulez,
opistorxoz va boshqalar kiradi.
Odam organizmiga gijja tuxumi va lichinkalari qaysi yo‘l bilan
kirishiga qarab: p e r o r a l (og‘iz orqali kiradigan) gijjalar va p e
r k u t a n (teri orqali kiradigan) gijjalar farqlanadi. Kamdan-kam
holatda gijjalarning organizmga tushishi boshqa yo‘llar bilan sodir
bo‘ladi.
Gijjalarning odam organizmiga ta’sir
qilish mexanizmi
Odam organizmida gijjalar turli a’zolarda — asosan ingichka va
yo‘g‘on ichak bo‘shlig‘ida, vena, limfatik tomirlarda, jigarda, o‘t
pufagida, oshqozon osti bezida, teri osti yog‘ qavatida, seroz bo‘sh-
liqlar va boshqalarda istiqomat qiladi va ko‘payadi. Ayrim gijjalar
175
bir necha a’zo va to‘qimalarda parazitlik qiladi, bu holat ularning
rivojlanishi jarayonidagi migratsiya xususiyati bilan bog‘liq.
Odatda, tasmali gijjalar bitta yoki bir necha (o‘nlab) parazit
holida yashaydi. So‘rg‘ichli yoki yumaloq gijjalar esa juda ko‘p
(bir necha minggacha) miqdorda parazitlik qilishi mumkin.
Shuningdek, bir odamda bir vaqtning o‘zida bir necha xil
(2—8 gacha) gijja turi parazitlik qilishi mumkin.
Har qaysi gijja turi o‘ziga xos klinik simptomlar bersada,
ularning asosida parazitlarning odam organizmiga ko‘rsatadigan
xilma-xil (allergik, intoksikatsion, mexanik, parazitlik, immuno-
logik va boshqa) ta’sirlari yotadi.
A l l e r g i k ta’siri — gijjalarning odam organizmidagi hayot
faoliyati davomida paydo bo‘ladigan metabolik moddalar hamda
ularning parchalanishi oqibatida hosil bo‘ladigan hosilalarga nisbatan
to‘qima va hujayralarda o‘ta sezuvchanlik (sensibilizatsiya) holati
yuzaga keladi. Oqibatda bunday moddalar ta’sirida turli allergik
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi va u bemorning tana haroratining ko‘ta-
rilishi, eshakyemi toshishi, teri qichishi, nafas qisuvchi bronxit
singari alomatlar bilan namoyon bo‘ladi. Bunday allergik belgilar
ko‘proq askaridoz, ankilostomidoz va exinokokkoz singari kasal-
liklarda kuzatiladi.
Gijjaning bu hosilalari organizmga allergen sifatidagina ta’sir
etmasdan, balki i n t o k s i k a s i o n (zaharli) ta’sir ham
ko‘rsatadi.
Gijjalarning organizmga ko‘rsatadigan m e x a n i k ta’siri
birinchi navbatda ularning a’zolariga birikish moslamalari
(so‘rg‘ichlari, tishlari va b.) bilan yopishgan joyida a’zoni jarohat-
lanishi, o‘rnashgan joyining tanasi bilan ezishi hamda lichinka-
larning migratsiyasi davrida to‘qimalar butunligini buzishi bilan
bog‘liq. Buning oqibatida jarohatlangan a’zoning faoliyati buzilishi,
shu joydan qon ketishi hamda ikkilamchi infeksiyalarga yo‘l ochilishi
mumkin. Bundan tashqari, gijjalar nerv reseptorlarini (interore-
septorlarni) qitiqlashi oqibatida impulslar markaziy nerv sistemasi
orqali reflektor yo‘l bilan butun organizmga ta’sir ko‘rsatadi.
Natijada nafaqat gijja jarohatlagan a’zo balki, keyinchalik
organizmning boshqa a’zo va tizimlarining ham faoliyati buziladi.
176
Bu buzilish faqat a’zoning harakat faoliyatiga taalluqli bo‘lmasdan,
balki ko‘plab sekretor va fermentativ o‘zgarishlar ham kuzatiladi.
Gijjalarning lichinkalari o‘zlaridan ajratadigan fermentlari
(gialuronidaza, proteolitik fermentlar) ta’sirida atrof hujayralarda
bir qancha fermentativ o‘zgarishlar va oqibatda yallig‘lanish
jarayonini yuzaga keltirib chiqaradi.
Gijjalarning odam organizmida ya sh a sh t a r z i ham katta
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Gijjalar o‘z xo‘jayini organizmida parazit
bo‘lib, tayyor ozuqa moddalari hisobiga yashashi bemor salomatligiga
katta putur yetkazadi. Ayrim yumaloq gijjalar tez ko‘payib, a’zoda
ko‘p miqdorda parazitlik qilish, tasmasimon gijjalar esa ichakda tez
o‘sishi (bir kunda 7—10 sm gacha) hisobiga odam organizmida
oziq-ovqat yetishmasligi, kamqonlik va avitaminoz rivojlanishiga,
bolalarni nimjon hamda kasalmand bo‘lib o‘sishiga olib keladi.
Rivojlanib borayotgan bu yetishmovchiliklar va umum a’zoda
sodir bo‘lgan murakkab patogenetik jarayonlar sababli odam
organizmida i m m u n o l o g i k r e a k s i ya buziladi. Ayrim
gijjalar (trixinellalar, opistorxoz qo‘zg‘atuvchilari va boshqalar)
bevosita organizmning immunologik reaksiyasini faol ravishda bo‘ladi.
Oqibatda ular o‘zlarining immunosupressorlik aktivligi bilan boshqa
yuqumli kasalliklarning og‘ir kechishiga, ichak infeksiyalarida
bakteriya tashuvchilik ortishiga, hamda xavfli o‘sma kasalliklari
ko‘payishiga sababchi bo‘ladi.
Gijja kasalliklarining klinik kechishida: o‘tkir, latent va surunkali
bosqichlarni kuzatish mumkin. Kasallikning o‘ t k i r b o s q i ch i
gijja lichinkalarining odam organizmida qon oqimi va to‘qimalar
oralig‘idagi migratsiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, asosan allergik
belgilarning rivojlanishida klinik namoyon bo‘ladi. L a t e n t bosqichi
esa organizmda yosh, hali yetilmagan parazitlarning istiqomat qilishi
bilan bog‘liq bo‘lib, klinik belgilarsiz kechadi. S u r u n k a l i
bosqichi yetilgan urg‘ochi gijjalarning birinchi bor tuxum qo‘yish
davrida boshlanadi. Surunkali gelmintozlar kechimida b o sh l a n-
g‘ i ch, k e ch i k k a n va o q i b a t l a r davrini farqlash mumkin.
B o sh l a n g‘ i ch davrida kasallik belgilari juda yaqqol namoyon
bo‘ladi, chunonchi organizmda parazitlarning ko‘payishi eng avjida
bo‘ladi.
177
K e ch i k k a n davrida kasallikning klinik belgilari asta-sekin
kamayishi mumkin.
O q i b a t l a r davrida esa parazitlar mutlaqo o‘lib bitgani
holda odam organizmida qayta tiklanmaydigan chuqur o‘zgarishlar
sodir bo‘ladi.
Gijjalarning turlariga qarab, bu bosqichlarning namoyon
bo‘lishi, albatta, turlicha bo‘ladi. Kasallikning umumiy kechimi
esa parazitning turi va joylanishi, invaziyaning jadalligi va ko‘pligi
hamda odam organizmining immunobiologik holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Parazitlarning asosan qaysi a’zoda istiqomat qilishiga qarab: 1,
Ichak gelmintozlari va 2. Ichakdan tashqaridagi gelmintozlar
farqlanishi mumkin.
Ichak gelmintozlari
Ichak gelmintozlari guruhiga nematodlardan: enterobioz,
askaridoz, trixotsefalez, ankilostomidoz, trixenellez; sistodozlardan:
teniarinxoz, tenioz, gimenolepidoz va difillobotriozlar kiradi.
I. Ichak nematodozlari
Enterobioz (Enterobiosis)
Enterobioz (sinonim — oksiuroz) — odamlar orasida eng keng
tarqalgan, ichakning zararlanishi va orqa peshov (anus) atrofida
qichishish bilan kechadigan surunkali kasallikdir.
Enterobioz, aholi orasida, ayniqsa bolalar uyushgan jamoalarida
(ayrim jamoalarda 90% gacha) keng tarqalgan bo‘lib, u yer
kurrasining barcha qit’alarida uchraydi.
Dostları ilə paylaş: |