Yuqumli kasalliklarning tasnifi
(klassifikatsiyasi)
Yuqumli kasalliklar qaysi muhitda tarqalishiga qara 2 ga bo‘linadi.
Faqat odamzodga xos bo‘lgan kasalliklar antroponoz kasalliklar
deb ataladi. Bu kasalliklar hayvonlarda aslo uchramaydi. Qizamiq,
difteriya, ich terlama va boshqalar ana shu guruhga kiradi.
Brutsellyoz (qora oqsoq), quturish, toun (o‘lat), salmonellyoz
kabi xastaliklar odamda ham, hayvonlarda ham uchraydi. Bunday
kasalliklar zoonoz xastaliklar deb ataladi.
Yuqumli kasalliklarni sinflarga bo‘lishda yuqish mexanizmini
asos qilib olgan holda, epidemiologik nuqtayi nazardan guruhlarga
bo‘lish qulay hisoblanadi. Ana shu jihatdan yondoshilganda, kasallik
mikrobi asosan qayerda joylashishiga qarab, yuqumli kasalliklar
quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Ichak infeksiyalari. Bu kasalliklarda mikrob odam tanasiga
zararlangan suv yoki oziq-ovqatlar orqali tushadi. Kasallik mikrobi
asosan, me’da-ichak yo‘llarida joylashib, ko‘payadi. Shuning uchun
kasallikka xos patogistologik o‘zgarishlar ichakda ro‘y beradi. Ba’zan,
masalan, virusli A va E gepatitlarida kasallik qo‘zg‘atuvchisi
ichaklardan jigarga ham o‘tib, uni jarohatlaydi.
14
Bu guruhga kiruvchi infeksiyalarda kasallik qo‘zg‘atuvchisi
bemor tanasidan asosan najas, ayrim hollarda, siydik orqali
tashqariga chiqadi. Tashqi muhitda mikrob turli yo‘llar bilan suv
va oziq-ovqatlarga tushib qolishi mumkin. Hojatxonalar suv bo‘yiga
yoki unga yaqin joyda qurilganda, ekinlar sharbat usulida sug‘oril-
ganida, pashshalar sababli shunday tarqalish hollari kuzatiladi.
Bemorni bevosita parvarish qiluvchilar ozodalikka e’tibor berma-
ganlarida, ifloslangan qo‘llari orqali kasallik mikroblarini o‘zlariga
yuqtirib oladilar. Bu kasalliklarni kamaytirishda aholi saniatriya
madaniyatini oshirish va toza ichimlik suv bilan ta’minlashda katta
ahamiyatga ega.
2. Nafas yo‘llari infeksiyalari. Bu guruhga kiradigan kasallik
mikroblari bemor tanasidan nafas chiqarganida, yo‘talganida,
aksirganida yoki gapirganida atrofdagi havoga ajralib chiqadi va
sog‘lom kishi tanasiga nafas yo‘llari orqali tushadi. Shu tariqa
kasallikka xos bo‘lgan o‘zgarishlar, asosan, burun, tomoq, halqum,
kekirdak, bronxlar shilliq qavatida ro‘y beradi, ba’zan o‘t ham
jarohatlanadi. Ayrim kasalliklarda esa mikrob qonga o‘tadi.
Bu guruhga kiruvchi gri pp va o‘tkir respirator kasalliklar
g‘oyat keng tarqalgan xastaliklar hisoblanadi. Bolalarda nafas yo‘llari
kattalarga nisbatan ko‘proq uchraydi.
Boshqa guruhga kiruvchi xastaliklarga nisbatan bu guruhga
mansub kasalliklar tez va oson tarqalishini e’tiborga olib, o‘z vaqtida
aniqlab bemorni alohidalash zarur. Kasallikdan saqlanish maqsadida
ba’zi hollarda, doka niqob taqish tavsiya etiladi. Qizamiq, ko‘kyo‘tal,
difteriya, epidemik parotit (tepki), meningokokk infeksiyasi, gri pp
va o‘tkir respirator kasalliklar shu guruhga kiradigan xastaliklardan
hisoblanadi.
3. Qon orqali o‘tadigan (transmissiv) infeksiyalar. Bu guruhga
mansub kasalliklarda sog‘lom odamga kasallik qo‘zg‘atuvchisi turli
hasharotlar chaqishi natijasida qon orqali yuqadi. Ular asosan
rikketsioz kasalliklardir. Ushbu kasallikni qo‘zg‘atuvchi rikketsiyalar
bakteriyalar va viruslar o‘rtasida oraliq o‘rinni egallaydi. Rikketsioz-
larning ba’zilari bemordan sog‘lom odamga qon so‘ruvchi bo‘g‘im-
oyoqlilar vositasida yuqadi. Masalan, toshmali tifda bit ana shunday
vositachi hisoblanadi. Boshqa ko‘pgina rikketsiozlar sog‘lom odamga
15
kanalar rikketsioz kasalliklarining ko‘pchiligi kanalar faoliyati
uchun qulay tabiiy sharoit mavjud joylarda qayd qilinadi. Shu sababli
ularni kasalliklarning oldini olishda hasharotlar chiqishidan
saqlanish muhim ahamiyatga ega.
Yuqish mexanizmi jihatdan bezgak va gemorragik isitmalar
ham shu guruhga kiradi.
4. Tashqi qoplam infeksiyalari. Kasallik mikroblari odamga teri
orqali yuqadi. Bu guruhga asosan 2 ta kasallik kiradi: saramas va
qoqshol. Saramas qo‘zg‘atuvchisi streptokokk sog‘lom odamga bemor
yoki bakteriya tashuvchidan yuqsa, qoqshol mikrobi va uning
sporalari tuproqda bo‘ladi. Teri shikastlanganda ular tuproq orqali
tushib kasallik paydo bo‘ladi.
5. Turli yo‘llar bilan yuqadigan infeksiyalar. Bu guruhga
mansub kasalliklarda patogen mikrob odam tanasiga turli yo‘llar
bilan tushadi. Ayniqsa, zoonoz kasalliklardan brutsellyoz, tulyare-
miya, kuydirgi, toun mikroblari shu tariqa yuqadi. Brutsellyoz
teri va og‘iz orqali yuqsa, tulyaremiya va kuydirgi kasalliklari
qo‘zg‘atuvchisi odam tanasiga teri, nafas yo‘llari va og‘iz orqali
tushishi mumkin. Keyingi yillarda fan erishgan yutuqlarga asoslanib,
virusli gepatitlarni ham shu guruhga kiritish mumkin. Virusli gepatit
A va E lar og‘iz orqali yuqadi. Virusli gepatit B teri va shilliq
qavatlardan bevosita yoki bilvosita muloqotda, shuningdek, tibbiyot
anjomlaridan parenteral yo‘l bilan yuqadi. “C” virusli gepatit esa
virus tutgan donor qoni orqali yuqadi.
Hozirgi vaqtda “boshqariladigan infeksiyalar” degan ibora ham
paydo bo‘ldi. Bu guruhga emlash yo‘li bilan oldini olish mumkin
bo‘lgan yuqumli kasalliklar kiradi. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti
(JSST) ning tavsiyasiga ko‘ra, 5 yoshgacha bo‘lgan har bir bola
quyidagi 6 ta kasallikka qarshi albatta emlangan bo‘lishi kerak: sil,
poliomielit, difteriya, ko‘kyo‘tal, qoqshol va qizamiq. Bulardan
tashqari mamlakatimizda bolalar, shuningdek, tepki (epidemik
parotit) ga qarshi ham emlanadi. Bu kasalliklar boshqariladigan
infeksiyalar guruhiga kiradi.
Qisqa vaqt ichida juda keng tarqaladigan, ko‘pincha og‘ir
kechadigan yuqumli kasalliklarga o‘ta xavfli xastaliklar deyiladi. Bu
guruhga vabo, toun (o‘lat) va kuydirgi kasalliklari kiradi. Har bir
16
mamlakat o‘z hududini ushbu kasalliklar chetdan kirib kelishi va
tarqalishining oldini olish tadbirlarini ko‘radi. U xalqaro shartnoma
talablariga mos bo‘lishi kerak.
Yuqumli kasalliklar tashxisining asosiy usullari
Yuqumli kasalliklar avj olgan davrda tashxis qo‘yish unchalik
murakkab emas. Bu davrda har bir kasallikning o‘ziga xos bo‘lgan
klinik alomatlari yaqqol ifodalangan bo‘ladi. Eslatib o‘tilganidek,
yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishning asosiy tamoyillaridan
biri — kasallikni erta aniqlash va tarqalib ketishiga yo‘l
qo‘ymaslik. Bu ancha murakkab ish va ko‘p jihatdan mutaxassi-
sining tajribasi hamda malakasiga bog‘liq. Yuqumli kasallikni
aniqlashda boshqa sohalarda foydalaniladigan ananaviy usullar bilan
bir qatorda ba’zi maxsus usullardan ham foydalaniladi.
Anamnez. Albatta bemorning hayot anamnezi bilan bir qatorda
ushbu kasallik anamnezi ham surushtiriladi. Imkon boricha, kasallik
qachon va qanday alomatlar bilan boshlanganligi aniqlanadi. Keyingi
kunlarda ularga qanday alomatlar qo‘shilgani, dastlabki alomatlar
qaysi yo‘sinda rivojlangani so‘raladi. Bemorning o‘zi tibbiyot xodimi
uchun anamnezda nimalar e’tiborga loyiq ekanini bilmasligi mumkin.
Shu sababli savollar orqali undan kerakli ma’lumotni olish zarur.
Jumladan, tana harorati ko‘tarilgani, necha darajaga borgani, kunning
qaysi davrida ko‘proq namoyon bo‘lganini bilish ahamiyatli. Bosh
og‘rishi, uyqu buzilishi faqat umumiy alomatlar bo‘lmay, ayrim
yuqumli kasalliklargagina xos bo‘ladi. Hatto boshning qaysi joyi
og‘riyotganini bilish ham ahamiyatga ega. Tanada toshmalar paydo
bo‘lishi, ularning ko‘rinishi, qaysi tartibda toshgani, qancha muddat
saqlanib turgani kabi ma’lumotlar ham kasallikning asl mohiyatini
aniqlashga yordam beradi. Ichak infeksiyalariga tashxis qo‘yishda
qorindagi og‘riq, uning qaysi joyda ko‘proq sezilayotgani, ko‘ngil
aynishi, qusish, ich buzilishi, bu alomatlarning takrorlanishi kabi
ma’lumotlar tashxis qo‘yishni osonlashtiradi.
Bemorning kasallik anamnezini yig‘ganda, unda turli narsalar
va dori-darmonlarga nisbatan o‘ta sezuvchanlik (allergiya) holati
bor-yo‘qligini bilish ham zarur.
17
Yuqumli kasallik bilan og‘rigan bemordan anamnez yig‘ishda
kasallikning qaysi yo‘l bilan yuqib qolgani ham surishtiriladi. Uni
epidanamnez yig‘ish deyiladi. Bu maqsadda bemor yuqumli kasalligi
bor odam bilan muloqotda bo‘lganligini, u qachon ro‘y berganini
aniqlash muhimdir. Ayniqsa, oila a’zolaridan birortasida shunday
xastalik oldinroq boshlangan bo‘lsa, uning atrofidagi oila a’zolariga
kasallik yuqish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Bemorning turmushda yoki
kasb sohasiga ko‘ra kasal hayvonlar bilan muloqotda bo‘lishi esa
zoonoz kasalliklarga e’tiborni qaratadi.
Epidanamnezi yig‘ishda bemorning kasallik yuqishi mumkin
bo‘lgan joylarga borib qaytganini bilish ham zarur. U yerda qachon
va qancha muddat turganini aniqlash, o‘sha yerdan biror yuqumli
kasallikni orttirib kelganini gumon qilishga asos bo‘ladi. Parenteral
muolojalar vositasida yuqadigan kasalliklar (virusli B, C va D
gepatitlar) ni aniqlashda yuqadigan kasalliklar, jarrohlik operat-
siyalar, qon quyish, tishni davolash, akusher-ginekolog tekshiruvi
kabi tadbirlar bo‘lganini surishtirish zarur. Bemorning hayot tarzi,
kasbni aniqlash ham tashxis qo‘yishga yordam beradi.
Bemor ilgari boshidan kechirgan yuqumli kasalliklarni hamda
qanday emlashlar olganini aniqlash ham, epidanamnez tarkibiga
kiradi.
Yuqumli kasallik anamnezini yig‘ayotganda gumon qilinayotgan
xastalikning yashirin (inkubatsion) davrini ham esda tutish lozim.
Anamnezdan so‘ng bemorni ko‘rilayotgan vaqtdagi shikoyatlar
hisobga olinadi.
Bemorni bevosita ko‘zdan kechirganda avvalo uning ruhiy
holatiga e’tibor beriladi. Bemor betoqat yoki aksincha atrofdagilarga
befarq bo‘lishi, shok yoki hushsiz (koma) holatda bo‘lishi mumkin.
Ba’zan ayrim mushaklarda tutash tirishish kuzatiladi (masalan,
qoqsholda). Bosh orqaga tortib ketish hollari ham bo‘ladi. Odatda,
shu alomatlarga tayanib, bemorning umumiy ahvoliga baho beriladi.
U qoniqarli, o‘rta og‘irlikda, og‘ir va g‘oyat og‘ir bo‘lishi mumkin.
Bemorni obyektiv ko‘zdan kechirish e’tibor bilan amalga oshi-
rilsa, kasallik tashxisini aniq qo‘yishga yordam beradigan anchagina
alomatlarni topish mumkin. Teri va ko‘rinib turadigan shilliq
qavatlarda intoksikatsiyaga xos bo‘lgan belgilar ko‘rinadi. Ko‘p
18
yuqumli kasalliklarda intoksikatsiya ta’sirida teri oqaradi (ayniqsa
tif—paratif kasalliklarida, difteriyada). Gri pp, qizamiq kasalliklarida
esa aksincha teri va shilliv qavatlarda gi peremiya ro‘y beradi.
Tanada ko‘p miqdorda suv va tuz yo‘qotilganida esa teri tarangligi
pasayib, u bujmayib yoki burishib qoladi. Bu holat vabo va boshqa
o‘tkir diareya kasalliklarida kuzatiladi. Uzoq davom etgan yuqumli
kasallikda bemor ozadi. Bu holat ham terini ko‘zdan kechirganda
aniq ko‘rinadi. Asosan jigar xastalanishi bilan kechadigan yuqumli
kasalliklarda teri va ko‘zga ko‘rinadigan shilliq qavatlar sarg‘ayadi.
Gemorragik isitmalarda esa teri, ko‘z va ko‘rinadigan shilliq qavatlarida
qon quyilishlar — gematomalar bo‘ladi.
Ba’zan yuqumli kasalliklarda terida turli toshmalar paydo bo‘ladi.
Ular ekzantemalar deb umumiy nom bilan yuritiladi. Ichki a’zolar
yoki shilliq qavatlardagi toshmalar enantema deb ataladi. Ekzante-
malar quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi.
1. Rozeola — pushti rang kichkina (diametri 2—3 mm) dog‘lar.
Ular teri ustida bo‘rtib turmaydi. Terini bosilsa yoki tarang qilinsa,
rozeola yo‘qoladi. Uzoq saqlanmay, 1—2 hafta davomida iz qoldirmay
yo‘qolib ketadi. Ich terlamasi, paratiflar va toshmali tifda paydo
bo‘ladi.
2. Petexiya — rozeoladan biroz maydaroq bo‘lib, teri orasiga
qon quyilishi natijasida paydo bo‘ladi. To‘q qizil rangli, terini bosilsa
yoki tarang qilinganda yo‘qolmaydi. Toshmali tif, gemorragik
isitmalar meningokokksemiyada kuzatiladi.
3. Papula — rozeolaga o‘xshab pushti rangli bo‘ladi. Farqi
shuki, papula teri yuzasidan biroz bo‘rtib turadi. Barmoq uchi
bilan paypaslaganda seziladi. U qizamiq kasalligiga xos xarakterli
toshmalardir.
4. Vezikula — ichida tiniq suv tutgan mayda pufakcha. U
suvchechak kasalligiga xos toshma hisoblanadi va juda ko‘p toshadi.
Odatda, terida vezikula toshmagan joy qolmaydi. Keyin ular qurib,
tushib ketadi. Hozir butunlay tugatilgan chinchechakda ham avval
vezikula toshadi. Keyinroq pufakcha ichidagi suyuqlik yiringlab,
toshma pustulaga aylanadi.
5. Eritema — ma’lum kattalikda terida yaxlit qizarish paydo
bo‘lishi, masalan, saramas kasalligida.
19
6. Allergik toshma. U, odatda, allergiyasi bor odam o‘ziga
to‘g‘ri kelmaydigan ovqat mahsulotlarini iste’mol qilganda, dori-
darmon qabul qilganda yoki chang ta’sirida kelib chiqadi. Bunday
toshmalar o‘zbek tilida eshakyem deb ataladi. Ular yirik, qattiq
bo‘lib, teri ustidan bo‘rtib turadi. Butun tanaga yoki tananing bir
qismiga toshishi mumkin. Toshma bor joyda kuchli qichishish
seziladi.
Ba’zi yuqumli kasalliklar, masalan, tounda periferik limfa
tugunlari kattalashadi.
Yuqumli kasalliklarda organizmning mikrobga nisbatan javob
reaksiyasi sifatida, odatda, tana harorati ko‘tariladi. Uning davo-
miyligi va xususiyatini kuzatib borish ham tashxis qo‘yishda yordam
beradi. Uzoq kunlar davomida ertalabki va kechki tana harorati
ko‘rsatkichlarini chizib borish natijasida isitma egri chizig‘i kelib
chiqadi. Tana haroratining o‘zgarib borishi va harorat egri chizig‘ining
ko‘rinishiga qarab, yuqumli kasalliklarda isitmaning quyidagi turlari
faqlanadi.
1. Doimiy isitma. Tana harorati bir necha kun baland bo‘ladi.
Ertalabki isitma kechkisidan pastroq bo‘ladi, lekin ularning farqi
bir gradusdan oshmaydi. Bunday isitma ich terlama va toshmali tif
uchun xos.
2. Remittirlovchi (darmonni quritadigan) isitma. Unda tana
harorati bir necha kun baland bo‘ladi. Ertalabki va kechki isitmalar
farqi 1°C dan ortiq bo‘ladi. Ammo ertalab pasaygan holida ham
tana harorati 37°C dan yuqoriligicha qoladi. Sepsisda, sil kasalligida
kuzatiladi.
3. Intermittirlovchi (almashib turadngan) isitma. Tana harorati
to‘satdan 39—40°C gacha ko‘tarilib, kun davomida normaga tushadi.
Haroratning ko‘tarilgan va tushgan vaqtdagi farqi 3—4°C gacha
bo‘ladi. Bir xil vaqt oralig‘idan so‘ng harorat shunday ko‘tarilib,
yana tushishi bir necha marta takrorlanadi. Bunday isitma bezgak
kasalligiga xosdir.
4. Qaytalama isitma. Tana harorati qisqa muddatda yuqori
qo‘tarilib, 5—6 kun doimiy isitmadagidek saqlanib turadi. Keyin
to‘satdan me’yorgacha pasayib, 5—6 kun 37°C dan oshmay turadi.
So‘ngra yana shiddat bilan ko‘tarilib, avvalgisiga o‘xshash holat
20
takrorlanadi. Shunday ahvol 3—4 marta qaytalanishi mumkin.
Qaytalama tiflarda uchraydi.
5. To‘lqinsimon isitma. U asosan brutsellyoz kasalligiga xarak-
terli. Tana harorati asta-sekin, kuniga 0,5—1°C dan ko‘tarilib, bir
necha kundan so‘ng, pasaya boshlaydi. So‘ng yana asta ko‘tarilib,
keyin pasayadi.
Tana harorati 38°C dan oshmasdan bir necha kun saqlanib
tursa va asta me’yorga kelsa, subfebril isitma deyiladi. U ko‘pincha
yuqumli kasalliklar yengilroq kechgan hollarda kuzatiladi.
Isitma davri tugaganida tana harorati to‘satdan yoki asta-sekin
pasayishi mumkin. Haroratning 2—3 soat mobaynida to‘satdan
pasayib, me’yorga kelishi kritik pasayish deyiladi. Harorat 3—4
kun mobaynida asta-sekin pasaya borib me’yorga kelishi lizis deb
ataladi. Isitma kritik pasayishini bemor juda og‘ir o‘tkazadi, yurak
va qon tomir sistemasiga zo‘r keladi. Shy boisdan ko‘pincha ana
shu davrda kollaps holati ro‘y beradi. Uni e’tiborga olib hamshira
postida doimo efedrin, kordiamin, kofein kabi dorilar oldindan
tayyor turishi kerak.
Yuqumli kasalliklarga tashxis qo‘yishda laboratoriya usullaridan
keng foydalaniladi. Ular o‘z mohiyatiga ko‘ra 2 guruhra bo‘linadi:
1. Bemorda yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchisini bevosita topishga
qaratilgan usullar. Bakteriologik va bakterioskopik usullar shu
maqsadda qo‘llanadi
2. Yuqumli kasallik mavjudligini bemor tanasida ro‘y beradigan
o‘zgarishlar vositasida (bilvosita) aniqlash. Bu maqsadda serologik,
allergik, biokimyoviy va boshqa usullar hisoblanadi.
Laboratoriya tekshirishlarini amalga oshirishda kasallikning
kechishi, davri va o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinadi. Masalan,
xastalikning dastlabki davrida bakteriologik usuldan kengroq
foydalanilsa, 5—6 kundan so‘ng serologik usullar ko‘proq
qo‘llaniladi. Har qanday laboratoriya tekshiruvida hamshira albatta
unga tegishli yo‘llanma to‘ldirishi kerak. Yo‘llanmada shifoxonaning
nomi, bemorning ismi-sharifi, yoshi, kasallik bayon raqami,
qachon, qanday tahlil va nima maqsadda olingan, kim olgani
ko‘rsatiladi. Olingan tahlil yo‘llanma bilan birga (biksda) labora-
toriyaga yuboriladi.
21
Bakteriologik yoki bakterioskopik tekshirish maqsadida
bemordan turli tahlil olinadi. Bo‘g‘ma, meningokokk infeksiyasiga
tekshirish uchun tomoqdan sterillangan tampon bilan surtma
olinadi. Tif—paratif kasalliklarida bilak venasidan qon olib ekiladi.
Umuman olganda, bakteriologik tekshirishga olinadigan tahlil
maxsus muhitlarga ekiladi. Bu muhitlar aynan shu kasallik
mikroblari ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratib, boshqa
mikroblar o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydi. Material ekiladigan muhitlar
bakteriologiya laboratoriyalarida tayyorlanib, sterillanadi. Keyin
bo‘limlarga tarqatiladi. Masalan, tif—paratif mikroblarini topish
uchun bilakdan olingan qon steril holatda safroli muhitga ekiladi.
Tekshirish natijasi esa 3—4 kun, ba’zan 5—7 kundan so‘ng ma’lum
bo‘ladi. Bakterioskopiya usulidan foydalanilganida natija tez olinadi.
Jumladan, bezgak, qaytalama tiflarga tashxis qo‘yishda bemor
barmog‘idan qon olib, maxsus oynachaga surtma tayyorlanadi. Uni
mikroskop ostida ko‘rib, kasallik qo‘zg‘atuvchisini bir necha soat
ichida topish mumkin. Kuydirgi kasalligida teridagi yaradan biroz
olinib, surtma tayyorlanadi. Mikroskopdan foydalanib, unda
kuydirgi mikrobi topiladi.
Virusologik tekshirishlar, bakteriologik usullarning bir ko‘rini-
shi hisoblanadi. Lekin ular ancha murakkab, uzoq davom etadi va
malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Viruslar
ko‘payishi uchun bakteriyalar o‘sishi mumkin bo‘lgan muhitlar
to‘g‘ri kelmaydi. Shunga ko‘ra bemordan olingan surtma yoki boshqa
narsa viruslarni topish maqsadida, hujayra kulturasiga yoki tovuq
tuxumiga ekiladi. Natija 1—2 hafta yoki undan ham ko‘proq vaqt
o‘tgandan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Gri pp, poliomielit, quturish
kasalliklari va boshqalarga tashxis qo‘yishda bu usul qo‘llanadi.
Virusologik tekshirishlar uchun olingan ashyo (maxsus muhitga
ekilguncha) muzlatilgan holda laboratoriyaga yetkaziladi.
Eslatib o‘tilganidek, yuqumli kasalliklarga tashxis qo‘yishda
serologik usullardan ham keng foydalaniladi. Agglyutinatsiya
reaksiyasi, passiv (bilvosita) gemagglutinatsiya reaksiyasi, komple-
mentni bog‘lash reaksiyasi, presi pitatsiya, O — agregatgemag-
glutinatsiya reaksiyalari serologik reaksiyaning turli ko‘rinishi
hisoblanadi. Qaysi xilidan foydalanishdan qat’i nazar, barcha
22
serologik reaksiyalar qon zardobida yuqumli kasallik mikrobiga qarshi
paydo bo‘ladigan antitelolarni aniqlashga asoslangan. Bu zid
tanachalar, odatda, qonda kasallikning 3—4 kunidan boshlab paydo
bo‘ladi va kasallik davom etgan sari ularning qondagi miqdori orta
boradi. Jarayonning ana shu mohiyatini e’tiborga olib, serologik
reaksiyalar uchun tekshirishda bemor qoni kasallikning 3—4
kunlari (passiv gemagglutinatsiya reaksiyasi uchun), hatto 7—8
kunlari (agglutinatsiya reaksiyasi uchun) va undan so‘ngi muddat-
larda olinadi.
Serologik reaksiya qo‘yishi uchun bemordan 3—4 ml (passiv
gemagglutinatsiya uchun 0,5—1,0 ml) qon olib, zardobi ajratiladi.
Ularga tegishli diagnostikum qo‘shilsa, mikroblar bir-biriga
yopishib, cho‘kma hosil qiladi. Bu agglutinatsiya deyiladi. Odatda,
reaksiya qo‘yish oldindan qon zardobi probirkalarda bir necha marta
suyultiriladi. Ular ko‘pincha quyidagi raqamlar bilan belgilanadi:
1:2, 1:4, 1:8, 1:16, 1:32, 1:64, 1:128, yoki 1:10, 1:20, 1:40, 1:80,
1:160, 1:320, yoki bo‘lmasa 1:100, 1:200, 1:400, 1:800 va hokazo.
Demak, navbatdagi probirkadagi zardobning suyulish darajasi
oldingidan 2 hissa ko‘p bo‘ladi. Qator terilgan probirkalarda cho‘kma
hosil bo‘lsa, uning eng oxirgisidagi zardobni suyultirish darajasi
inobatga olinadi. U reaksiya titri deb hisoblanadi. Masalan,
1:2—1:128 nisbatlarida eritilganiga to‘g‘ri kelsa (tabiiyki, bu holda
1:2—1:16 larda ham cho‘kma hosil bo‘lgan bo‘ladi) reaksiya titri
1:32 deb belgilanadi. Odatda, yuqumli kasallikning 2-haftasi
davomida olingan qondagi serologik reaksiya titri 1-haftadagi olingan
natijadan yuqoriroq bo‘ladi.
Tif-paratif kasalliklari, qaytalama tiflar, brutsellyoz diagnosti-
kasida, difteriya, qoqsholga qarshi immunitet holatini aniqlashda
serologik reaksiyalardan foydalaniladi.
Serologik reaksiyalar turkumiga kiruvchi lyuministent diagnos-
tika, immunoferment analiz (IFA) va radioimmun analiz (RIA)
usullari keyingi yillarda yuqumli kasallikla diagnostikasida tobora
keng qo‘llanilmoqda. Bu reaksiyalarni qo‘yish uchun g‘oyat kam
miqdordagi (0,05—0,1 ml) qon zardobi yetarli. Bu miqdordagi
zardobni olish uchun bemor barmog‘idan qon olinsa ham yetarli
bo‘ladi. Hozirgi vaqtda virusli gepatitlar diagnostikasida IFA va RIA
23
usullaridan keng foydalaniladi. Shuningdek, qondagi immunoglo-
bulinlar, ayniqsa M va G immunoglobulinlarni aniqlash ham
amaliyotda keng qo‘llanilmoqda.
Yuqumli kasalliklar diagnostikasida allergik usullar boshqalarga
qaraganda kamroq qo‘llaniladi. Bu reaksiya bemor organizmining
u yoki bu mikrobdan tayyorlangan allergenga sezgirligini aniqlashga
asoslangan. Reaksiyaning qo‘yish uchun bemorning bilak sohasiga
shpris va igna vositasida 0,1 ml allergen teri orasiga yuboriladi.
24—48 soat davomida igna sanchilgan joy atrofida diametri 20 mm
dan ortiq bo‘lgan yaqqol qizarish va bo‘rtish paydo bo‘lishi ijobiy
natija hisoblanadi, ya’ni bemorda ushbu kasallik bor, deb gumon
qilish mumkin. Sil kasalligini aniqlashda tuberkulin, brutsellyozni
aniqlashda esa brutsellin yuborib allergik sinov qo‘yish usullaridan
foydalaniladi. Odatda, kasallik to‘satdan boshlanadi. Badan qaqshab,
bemor sovqotadi. Ustiga duch kelgan narsani yopib yotsa ham
isimaydi. Oradan 1—2 soat o‘tgach, isitma ko‘tarilib ketadi va tana
harorati 41°C, ba’zan undan ham yuqori darajaga ko‘tariladi. Bu
vaqtda bemorning badani qizib ketadi, ustidagi barcha narsalarni
olib tashlaydi. Isitma ko‘tarilgan vaqtda bemor bosh og‘rishi, ko‘ngil
aynashidan shikoyat qiladi. Bemorning yuzi va terisi qizargan,
paypaslab ko‘rganda issiq bo‘ladi.
Tashxis qo‘yishda biokimyoviy usullardan foydalanish bevosita
kasallik qo‘zg‘atuvchisini aniqlash imkonini bermaydi. Ammo ayrim
a’zo to‘qimalarining jarohatlanishi, u yoki bu kasallikka xos bo‘lgan
o‘zgarishlarni aniqlashga yordam beradi. Jumladan, qondagi bilirubin
hamda alanin va aspartat transaminazalar miqdoriga qarab virusli
gepatitlar haqida o‘ylash mumkin.
Yuqumli kasalliklarga tashxis qo‘yishda qon, siydik, najas va
safroni umumiy klinik tekshirish ham kerakli ma’lumotlar beradi.
Ba’zan yuqumli kasalliklarning dastlabki davrida periferik qonda
leykotsitoz, neytrofilez va eritrotsitlarning cho‘kish tezligi (EChT)
tezlashishi kuzatiladi. Ayniqsa, meningokoksemiyada leykotsitlar
soni nihoyatda (1litrda 30—40 , 10
9
gacha) oshib ketishi kuzatiladi.
Virusli gepatitlar, gri pp kasalligida, odatda, leykotsitlar soni ka-
mayishi va EChT sekinlashishi xarakterli. Yuqumli kasallik cho‘zilib
ketgan hollarda qonda limfotsitoz va monotsitoz ko‘proq uchraydi.
24
Masalan, brutsellyozning surunkali turlarida shunday holat ko‘proq
uchraydi.
Ko‘pgina yuqumli kasalliklarda mikrobning zaharli mahsulotlari
buyrakka ham ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun intoksikatsiya avjiga
chiqqan davrda siydik ajralishi kamayadi. Ba’zan siydikda oqsil
moddasi paydo bo‘ladi (albuminuriya). Bunday holatda siydikdan
solishtirma og‘irligi ham ortadi. Virusli gepatitlarda qondagi miqdori
ortib ketgan bilirubinning ma’lum qismi urobilin holida siydik bilan
ajralib chiqadi. Natijada siydik to‘q sariq rangga ega bo‘ladi. Unga
yodning spirtli eritmasidan tomizilsa yashil halqa hosil bo‘lib, o‘t
pigmentlari borligidan darak beradi.
Kasallikning turli davrida najasni tekshirib borish ham ayrim
yuqumli kasalliklarda yordamchi ahamiyatga ega. Virusli gepatitlar
avjiga chiqqan davrda safro jigarda dimlanib, ichakka tushmay qolgani
tufayli najas rangi oqish bo‘lib qoladi. O‘tkir diareya kasalliklari
uchun najas ko‘rinishining o‘zgarishi asosiy belgilardan hisoblanadi.
Suyuq najasda qon, shilimshiq aralashmasi bo‘ladi. Undan tayyor-
langan surtmani mikroskop ostida qaralganda, shilliq, leykotsitlar
va hatto eritrotsitlar bo‘lishi mumkin. Shuningdek (parazitar
kasalliklarda), xastalik qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan oddiy mikroblar,
gijjalar yoki ularning tuxumlari ko‘rinadi.
Bemorning turli a’zolarini bevosita tekshirish ham kasallik
tashxisini to‘g‘ri qo‘yishda yordam beradi. Ko‘pgina yuqumli
kasalliklarda intoksikatsiya oqibatida til quriydi, karash bilan
qoplanadi. Ba’zi xastaliklarda (gri pp, difteriya) tomoqda yallig‘lanish
alomatlari, parda paydo bo‘lishi kuzatiladi. Ichak infeksiyalarida
qorinni paypaslaganda uning turli sohalarida og‘riq borligi aniqlanadi.
Virusli gepatitlar uchun jigar kattalanishi o‘ziga xos klinik alomatlar-
dan hisoblanadi. Bezgak, visseral leyshmanioz kasalliklarida jigar
va taloqning sezilarli darajada kattalashganini kuzatish mumkin.
Yuqumli kasalliklarda turli a’zolarning holatini o‘rganishda
tibbiyot asboblardan ham keng foydalaniladi. Me’da-ichak yo‘llari
holatini tekshirishda gastrofibroskopiya, kolonofibroskopiya kabi
endoskopik usullar keng qo‘llanadi. Bu asboblar yordamida me’da
va ichaklar shilliq qavatining holatini bevosita ko‘rish, rasmini olish
25
yoki bir parchasini namuna sifatida kesib olib, mikroskopda
tekshirish mumkin.
Avvalgi paytlarda virusli gepatitlarda jigar to‘qimasining
morfologik holatini tekshirish uchun shu sohada terini maxsus
igna bilan teshib, jigar to‘qimalaridan namuna olinar edi. Uni
mikroskopda ko‘rib, jigar to‘qimasidagi o‘zgarishlarga baho beriladi.
Bu usul ancha murakkab va bemorga jarohat yetkazishi tufayli
hozir kam qo‘llaniladi. Keyingi yillarda ichki a’zolar, jumladan,
jigar va o‘t pufagi holatini aniqlashda ultratovush apparatlari ko‘p
qo‘llanmoqda. Ular foydalanish uchun g‘oyat qulay va bemorga
hech qanday ozor bermaydi.
O‘pkadagi o‘zgarishlarni aniqlashda rentgen apparati va
flyurograflardan keng foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |