Yuqumli kasalliklarni davolash asoslari
Yuqumli kasallik bilan og‘rigan bemorlarni davolash murakkab
jarayon bo‘lib, ko‘p omillarni e’tiborga olish lozim. Davolashni
tashkil etishda bir tomondan kasallik qo‘zg‘atuvchisidan tezroq
qutulishga harakat qilinsa, ikkinchi tomondan, bu maqsadga erishish
uchun bemor organizmiga yordam berish, uning himoya kuchlarini
oshirish kerak. Ikkala tomonning o‘zaro ta’siri oqibatida to‘qima va
hujayralarda ro‘y beradigan patologik jarayonlarni tezroq tugatishga
ham intilish zarur. Dori-dormonlarni tayin qilishda kasallik davri
ham hisobga olinadi. Har bir kasallik turiga qarab davolash sxemalari
mavjud. Lekin, kasallikni emas, balki bemorni davolash lozim.
Shuning uchun davolash jarayoni har bir bemorning o‘ziga xos
xususiyatlarini e’tiborga olgan holda tayinlanadi.
Dori-dormanlar qanday maqsadda tavsiya etilishiga qarab
yuqumli kasalliklarda quyidagi davolash usullaridan foydalaniladi:
1. Etiotrop ( spesifik ) davolash.
2. Patogenetik (nospesifik) davolash.
3. Simptomatik davolash.
Etiotrop (spesifik) davolash maqsadida kasallik qo‘zg‘atuvchisiga
ta’sir ko‘rsatuvchi preparatlar qo‘llanadi. Ular juda xilma-xil.
Antibiotiklar, sulfanilamid preparatlar, boshqa kimyoviy prepa-
26
ratlar, bakteriofaglar, spetsifik zardoblar, gamma-globulinlar
yuqumli kasalliklar mikroblariga bevosita ta’sir etuvchi preparatlar
hisoblanadi.
Spetsifik davolash tayin qilinganda quyidagi taomillarga e’tibor
qilish lozim:
1. Preparat kasallik qo‘zg‘atuvchisiga ta’sir kuchiga ega bo‘lishi
kerak.
2. Qo‘llanadigan dori yetarli dozada va ma’lum muddatga
tayinlanadi.
3. Preparat yaxshi so‘rilishi va infeksiya o‘chog‘iga yetib borib
ta’sir qilishi lozim.
4. Tayinlanayotgan dori bemor organizmiga salbiy ta’sir
ko‘rsatmasligi yoki bunday ta’siri juda kam hollarda uchraydigan
bo‘lishi darkor.
Keyingi yillarda yuqumli kasalliklarni davolashda keng qo‘llanib
kelayotgan preparatlar antibiotiklar hisoblanadi. Ular mikroblarga
nisbatan asosan bakteriostatik ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni kasallik
mikroblarning ma’lum taraqqiyot bosqichini to‘xtatadi. Oqibatda
mikrob bemor organizmida ko‘payish xususiyatini yo‘qotadi.
Bunday holatda bemorning himoya kuchlari mikrobni oson yengish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Patologik jarayon tez to‘xtaydi va tuzalish
boshlanadi. Ba’zan antibiotiklar ta’sirida mikroblar nobud bo‘ladi.
Bunga antibiotiklarning bakteriotsid ta’siri deyiladi.
Yuqumli kasalliklarni davolashda antibiotiklardan foydalanish
tibbiyot sohasida yaxshi natija berdi. Yuqumli kasalliklardan o‘lim
hollari va asoratlari keskin kamaydi. Bemorlarning shifoxonalarda
yotish muddati sezilarli darajada qisqardi.
Har bir antibiotik ma’lum guruh mikroblariga kuchli ta’sir
ko‘rsatadi. Masalan, penitsillin guruhga kiruvchi antibiotiklar
(benzilpenitsillin, oksatsillin, ampitsillin, ampioks, bitsillin va h.k.)
asosan kokk guruhi mikroblariga qarshi keskindir. Shu xususiyatiga
ko‘ra, bu antibiotiklar meningit, pnevmoniyada yaxshi naf bersa,
ichak infeksiyalarida kam qo‘llaniladi.
Keyingi yillarda sintetik ravishda olingan antibiotiklar amaliyotda
ko‘p ishlatilmoqda. Jumladan, sefalosporinlar. Hozirgi vaqtda
sefalosporinlarning 3 avlodi tibbiyot amaliyotida keng qo‘llanmoqda.
27
Seporin, kefzol, sefamezin, sefaleksin, mefoksin, sefobid, klofa-
ranlar shular jumlasidan.
Shuningdek, tetratsiklin guruhiga kiruvchi antibiotiklar:
tetratsiklin, oksitetratsiklin kabi preparatlar, kamroq hollarda bo‘lsa
ham, qo‘llanib kelmoqda. Ular tabletka holida chiqarilgani uchun
foydalanishga qulaydir. Grammusbat va grammanfiy mikroblar
qo‘zg‘atgan kasalliklarni davolashda yaxshi naf beradi.
Levomitsetin (xloramfenikol) ichak infeksiyalarini davolashda
yaxshi naf beradi. Ayniqsa ich terlama, vabo, rikketsiyalarda keng
qo‘llanadi. Levomitsetin tabletka va inyeksiya qo‘llash uchun
levomitsetin suksinat holida chiqariladi.
Ichak infeksiyalari salmonellyoz, shigellez, esherixiozlarni
davolashda polimiksin guruhiga kiruvchi polimiksin, aminogluko-
zidlardan gentamitsin, kanamitsin kabi preparatlardan foydalaniladi.
Brutsellyoz, sil, rikketsiozlarni davolashda streptomitsin,
linkomitsin, rifampitsin, doksitsiklin kabi preparatlar yaxshi samara
beradi.
Keyingi yillarda xorijiy farmatsevtik korxonalar antibiotiklarni
suspenziya holatida chiqarilmoqda. Siklar, baktrim, ori prin deb
nomlangan preparatlar shular qatoriga kiradi. Ular bolalarni
davolashda juda qulay. Shakar aralashtirib tayyorlangan uchun ta’mi
ham achchiq emas. Shuning uchun bolalar uni bajonidil ichadilar.
Odatda, antibiotiklar bilan davolash kursi tayinlanadi. Bunda
preparat ma’lum muddat (3—5—7 kun va h.k.) davomida aniq
soatlar (6—8, yoki 12 soat) oralig‘ida takroran yuborib turiladi.
Antibiotiklar tabletka, kapsula, suyuqlik yoki suyultirib
yuboriladigan kukun (poroshok) holida chiqariladi. Ichiladigan
antibiotiklar foydalanish uchun qulay. Inyeksiya qilib yuboriladigan
antibiotiklar mushak orasiga (meningitda, shuningdek, orqa miya
kanaliga) shpris vositasida yoki vena tomiriga tomchilab
yuboriladigan suyuqliklar (glukozaning 5% li eritmasi, fiziologik
eritma) bilan aralashtirib yuboriladi. Shpris bilan inyeksiya qilib
yuboriladigan antibiotiklar, odatda, 0,5% novokain, distillangan
suv yoki korxona tomonidan antibiotikka qo‘shimcha qilib
chiqarilgan suyuqlikda eritilib, dumba sohasiga yuboriladi.
28
Antibiotiklarni faqat zarurat bo‘lgan hollardagina qo‘llash lozim.
Ularni zaruratsiz ishlatish, palapartish davolash natijasida mikrob-
larda antibiotikka nisbatan turg‘unlik xususiyati paydo bo‘ladi. Shu
sababli bemordan yuqumli kasallik mikrobi topilganda laboratoriyada
bu mikrobning qaysi antibiotikka sezuvchan ekanligi ham aniqlanadi.
Keyin aynan mikrob sezgir bo‘lgan antibiotik tayin qilinadi.
Mikrobni sezgir bo‘lmagan antibiotik bilan davolash natija bermaydi.
Antibiotiklarning salbiy ta’siri ham bor. Antibiotikni inyeksiya
sifatida yuborganda nisbatan ko‘proq uchraydi. Allergiya reaksiyasi
teri qizarishi, toshma toshishi, badan qichishishi, qusish, tomir
urishi tezlashuvi holida namoyon bo‘lishi mumkin. Ba’zan allergik
shok ro‘y beradi. Uning oqibatida onda-sonda o‘lim hollari uchrab
turadi. Bunday ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish uchun hamshira
bemorga birinchi marta dori ichirish, ayniqsa inyeksiya qilish oldidan,
ushbu dorilar jumladan, antibiotiklarga nisbatan allergiya bor-
yo‘qligini surishtirish shart. Antibiotiklar qo‘llaganda bemorda yuz
bergan har qanday g‘ayri-tibiiy reaksiya haqida (hatto u yengil
bo‘lsa ham) hamshira shifokorni xabardor qilishi lozim.
Antibiotiklar uzoq muddat yoki katta dozalarda qo‘llanganida
zamburug‘li kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Ular kandidoz
kasalliklari deb ataladi. Tilning chaqa bo‘lishi, og‘iz shilliq qavatida
mayda oq toshmalar paydo bo‘lishi kandidozning ko‘p uchraydigan
va dastlabki alomatlari hisoblanadi. Bunday hollarda qo‘shimcha
ravishda vitamin preparatlari, shuningdek, zamburug‘larga qarshi
nistatin, levorin kabi dorilar tavsiya etiladi.
Antibiotiklar og‘iz orqali buyurilganida me’da-ichak yo‘llaridagi
foydali, normal flora vakillari bifido— va laktobakteriyalarni ham
kamaytirib yuboradi. Buning oqibatida ichakning normal
mikroflorasi, ya’ni foydali va shartli—patogen mikroblar o‘rtasidagi
mutanosiblik buziladi. Bu holat ichak disbakteriozi deb ataladi. U
tana haroratining ko‘tarilishi, qaytadan ich ketishi kabi alomatlar
bilan namoyon bo‘ladi. Disbakteriozni davolash uchun bifidum-
bakterin, laktobakterin, bifikol, kolibakterin kabi preparatlar
qo‘llanadi. Ularni 2—3 hafta davomida kuniga 2 marta og‘iz orqali
ichish tavsiya etiladi. Bunday hollarda bifidobakteriya achitqisidan
foydalanib tayyorlangan qatiq — bifillin ham yaxshi naf beradi.
29
Uni bolaning yoshiga qarab 50—100 ml dan kuniga 1—2 marta
ichish buyuriladi. Davolash kursi 3—4 hafta.
Yuqumli kasalliklarni davolashda sulfanilamid preparatlardan
ham foydalaniladi. Norsulfazol, streptotsid, etazol, sulgin, ftalazol
kabi preparatlar shular jumlasiga kiradi. Odatda, sulfanilamid
tabletka holida chiqariladi va kasallik turiga qarab har 6 soatda
0,5—1 grammdan ichish uchun buyuriladi. Uzoq ta’sir etish
xususiyatiga ega bo‘lgan sulfapiridazin, madribon kabi preparatlarni
kuniga 1—2 marta ichish yetarlidir. Sulfanilamid preparatlar ko‘p
hollarda antibiotiklar bilan birga beriladi. Bunda ular bir-birining
ta’sirini kuchaytiradi. Bu preparatlarning ham odamga salbiy ta’siri
bo‘lishi mumkin. Me’da va ichak shilliq qavatlari shikastlanishi,
me’da va ichak shirasi ajralishining kamayishi bunga misol bo‘la
oladi. Sulfanilamidlarni ko‘p dozada va uzoq vaqt ichilsa buyrakda
tosh paydo bo‘lishi mumkin. Buning oldini olish uchun ko‘p
miqdorda suyuqlik ichish, ayniqsa ishqorli mineral suvlar tavsiya
etiladi.
Kimyoterapevtik preparatlardan nitrofuran va 8-oksixinolin
guruhga mansub dorilar ham yuqumli kasalliklarni davolashda
qo‘llanadi. Ayniqsa, furazolidon, furadonin, enteroseptol, intesto-
pan, furatsillin, 5-NOK preparatlari ba’zi hollarda ta’sir kuchi
jihatdan antibiotiklardan qolishmaydi. Ulardan ayrimlari parazitar
va zamburug‘ kasalliklarida ham ta’sir ko‘rsatadi.
80-yillargacha yuqumli kasalliklarni davolashda bakteriofaglar
ham keng qo‘llanar edi. Bakteriofag so‘zi aniq tarjima qilinsa,
mikroblar yalmog‘izi ma’nosini bildiradi. Bakteriofag mikrobning
o‘zi ishlab chiqargan mahsulot, ba’zilar uni mikrobning virusi,
deb ham ataydilar. Bakteriofag ta’sirida mikrob qobig‘i yoriladi va
mikrob hujayrasini leykotsitlar osongina yutib yuboradi. Mikrob
yo‘q joyda bakteriofag bo‘lmaydi. Har bir mikrobning o‘z
bakteriofagi bor. U o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega,
ya’ni faqat o‘z “xo‘jayiniga” qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan,
shigellyoz bakteriofagi ichbyrug‘ mikroblariga, salmonellyoz
bakteriofagi—salmonella mikroblariga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
Bakteriofaglar suyuq va tabletka holida chiqariladi. Amaliyotda
ichterlama, shigellyoz va salmonellyoz, stafilokokk bakteriofaglari
30
qo‘llanadi. Ular kasallikning dastlabki kunlarida qo‘llansa, yaxshi
natija beradi. Odatda, bakteriofagni och qoringa ichish tavsiya etiladi,
chunki me’da shirasi ta’sirida bakteriofag tez parchalanadi. Bundan
ehtiyot qilish maqsadida bakteriofag tabletkalarining usti pektin
qobig‘i bilan qoplanadi. Hozirgi vaqtda bakteriofaglar ko‘proq
profilaktika maqsadida qo‘llanmoqda. Uni yuqumli kasallik o‘chog‘ida
bemor bilan yaqin muloqotda bo‘lganlarga beriladi.
Keyingi yillarda yuqumli kasalliklarning oldini olishda va
davolash maqsadida interferondan foydalanilmoqda. U viruslar
qo‘zg‘atadigan kasalliklarda qo‘llanadi. Virus odam organizmiga ta’sir
etishiga javoban hujayralarda virusga qarshi ta’sir etuvchi interferon
hosil bo‘ladi. Bu preparatni hozir sanoat sharoitida odam
leykotsitlaridan ajratib olinadi. Hozirgi vaqtda interferon gri pp va
virusli gepatitlarni davolashda yaxshi samara bermoqda. Mikrobning
o‘zi emas, uning toksini bemor organizmiga kuchli ta’sir ko‘rsatishi
tufayli kelib chiqadigan yuqumli kasalliklarni davolashda hozir
ham davolash zardoblari keng qo‘llanadi. Ulardan foydalanish,
zardoblar tarkibida muayyan kasallik mikroblariga qarshi zid tanacha
(antitelo) lar ko‘p miqdorda mavjudligiga asoslangan. Odatda,
zardob olish uchun otdan foydalaniladi. Ma’lum muddat davomida
otga mikrob yoki uning toksini yuborib turiladi. Oqibatda ot
organizmida kuchli zid tanachalar paydo bo‘ladi. Mikrob yuborish
yo‘li bilan olinadigan zardob antimikrob zardob deb ataladi. Toksin
yuborilishiga javoban hosil bo‘ladigan, antitoksin tutgan zardob
antitoksik zardob deb ataladi. Hayvondan olingan zardob avval
texnologik jarayonlar vositasida qo‘shimcha moddalardan xoli qilinadi
va quyuqlashtirib, kuchi oshiriladi. Korxona sharoitida tajriba
hayvonlarida zardobning kuchi va shikastlovchi ta’siri yo‘qligi sinab
ko‘riladi. Unga yopishtirilgan qog‘ozda preparat va uni ishlab
chiqargan korxonaning nomi, miqdori, turkumi, tekshirilgan kuni
va yaroqlik muddati ko‘rsatiladi. Odatda, bu muddat 6—12 oyga
teng bo‘ladi. Zardobni salqin joyda, ya’ni sovutgichda saqlash lozim.
Antitoksik zardob dozasi xalqaro birlik (XB) da antimikrob zardob
kuchi — ml da ifodalanadi.
Zardob qo‘llanishidan oldin xona harorati darajasida iliq bo‘lishi
kerak. Uni muskul orasiga, vena tomiriga, teri orasiga va teri ostiga
31
yuborish mumkin. Davolash maqsadida zardobni kasallikning
dastlabki kunlarida qo‘llash samaralidir. Baqt o‘tishi bilan qondagi
toksinlar organizmning hujayra va to‘qimalari bilan birikma hosil
qiladi. Bu birikmalarga zardob yetarli ta’sir ko‘rsata olmaydi.
Zardob hayvonlar qonidan olib tayyorlangani uchun uning
tarkibida odam organizmiga yot oqsillar saqlanib qoladi. Uni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri odam organizmiga yuborilsa, allergik reaksiya
ro‘y berishi mumkin. Uning oldini olish maqsadida zardobni bemor
organizmiga avval oz miqdorda, bo‘lib-bo‘lib yuboriladi. Bu usul
Bezredka usuli deb ataladi. Undan foydalanganda organizmning
begona oqsilga sezuvchanligi pasayadi. Uni desensibilizatsiya deyiladi.
Shunday usul vositasida yuborilgan zardobga nisbatan, odatda,
allergiya reaksiyasi kuzatilmaydi.
Bu usul quyidagicha amalga oshiriladi. Dastlab suyultirilgan
(1:100 nisbatda) zardobdan 0,1 ml olib teri ostiga yuboriladi. Hech
qanday noxush alomatlar bo‘lmasa, 30 daqiqadan so‘ng 0,2 ml
zardob muskul orasiga yuboriladi. Undan so‘ng 1,5 soat o‘tgach,
zardobning qolgan hamma dozasi yuboriladi.
Zardobni vena tomiri orqali yuborilganida dastlab 0,1 va 0,2 ml
zardobni ko‘rsatilgan vaqt oralatib, teri ostiga va muskul orasiga
yuboriladi. Qolgan doza 400,0 ml osh tuzining 0,9% li eritmasi
yoki 5% li glukozaga aralashshrib, tomchilab yuboriladi.
Dastlabki soniyalarda ogoh bo‘lib turiladi. Allergik reaksiya
alomatlari paydo bo‘lsa, dori yuborish darhol to‘xtatiladi. Vena
tomiriga zardob yuborish faqat shifokor nazoratida amalga oshiriladi.
Zardob bilan davolash bir necha kun davom etsa va ular
orasidagi muddat 3 kundan oshmasa, qayta yuborilayotganida zardob
bir yo‘la belgilangan dozada yuboriladi (desensibilizatsiya qilinmaydi).
Davolash maqsadida zardob qo‘llanganida ba’zi bemorlarda
3 xil allergik reaksiya kuzashlishi mumkin.
1. O‘sha zahoti ro‘y beradigan reaksiya. U, odatda, anafilaktik
shok sifatida namoyon bo‘ladi. To‘satdan teri rangi oqarishi, qattiq
terlash, ixtiyorsiz peshob ro‘y berishi, qon bosimining pasayib
ketishi, tomir urishi g‘oyat tezlashishi, nafas qisishi anafilaktik
shok alomatlari hisoblanadi. Bunday holatda zudlik bilan tibbiy
yordam ko‘rsatilmasa, o‘lim ro‘y berishi mumkin. Eslatib o‘tilgan
32
alomatlardan birortasi paydo bo‘lgan zahotida, zardob yuborish
to‘xtatiladi. Yurak tomirlar faoliyatini yaxshilash uchun efedrin,
mezaton (1,2 ml), sulfokamfokain (2,4 ml) teri ostiga yuboriladi,
kislorod beriladi. Nafas qisganida atropin (0,5—1 ml) qilinadi.
Desensibilizatsiya qiluvchi preparatlardan dimedrol yoki pi polfen,
tavegil muskul orasiga yuboriladi. Og‘irroq hollarda muskul orasiga
gormonal preparatlar prednizolon (30—60 ml) yoki gidrokortizon
(125 ml) yuboriladi. Bemorga issiq choy ichiriladi.
2. Erta paydo bo‘ladigan reaksiya, kasallikning 4—6 kunlari
paydo bo‘ladi. Belgilari: badan uvishib, tana harorati ko‘tariladi,
yuz qizaradi, terida qichishadigan toshmalar paydo bo‘ladi. Bu
reaksiya bir necha soatdan 1—2 kungacha davom etadi. Ko‘pincha
desensibilizatsiya qiluvchi preparatlar: dimedrol, pi polfen, kaltsiy
xlorid eritmasi bilan davolash yaxshi natija beradi.
3. Kechikib ro‘y beradigan reaksiya u zardob yuborilganidan
so‘ng 8—10 kun o‘tgach namoyon bo‘ladi. Uni zardob kasalligi
deb ataladi. Bu kasallikda tana harorati ko‘tariladi, limfa tugunlari
kattalashadi, qichishadigan toshma paydo bo‘ladi, bo‘g‘imlarda
shish va og‘riq yuzaga keladi. Barcha allergik holatlarda kuzatilganidek,
qonda eozinofiliya aniqlanadi. Davolash desensibilizatsiya qiluvchi
dorilar bilan olib boriladi.
Davolash zardob qo‘llanishiga javoban ro‘y berishi mumkin
bo‘lgan nohush ta’sirotlar oldini olish uchun har safar bemor-
dan, ilgari shunday preparatlar olgani, u holda qanday reaksiya
bo‘lgani surilishtiriladi. Mabodo, ilgari allergik reaksiya alomatlari
kuzatilgan bo‘lsa, zardob tavsiya etilmaydi.
Amaliyotda quyidagi zardoblar davolash va profilaktika maqsad-
larida qo‘llanadi: bo‘g‘maga, qoqsholga, botulizmga, kuydirgiga va
ilon zahariga qarshi va h.k.
Davolash zardoblari qo‘llanganida kutilmagan reaksiyalar
bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va foydalanish qulay bo‘lishi uchun
zardobdan uning asosiy ta’sir ko‘rsatuvchi qismi ajratib olinadi.
Gammaglobulin — shunday preparat hisoblanib, zardobdagi zid
tanachalar asosan qon oqsillarining ana shu turida bo‘lar ekan.
Gammaglobulin donor qoni yoki yo‘ldosh (platsenta) qonidan
olinadi. Bu preparatlar asosan profilaktika maqsadida, ba’zan
33
davolash uchun ishlatiladi. Ko‘pincha 1,5—3 ml dan ampulada
chiqariladi. Profilaktika maqsadida gammaglobulin qizamiq, virusli
gri pp va virusli gepatitda bemor bilan muloqotda bo‘lganlarni
kasallanishdan muhofaza qilish uchun qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda
hayvonlardan olingan (geterogen) gammaglobulin ishlatilmaydi.
Asosan odam qonidan olingan qizamiqqa, virusli gepatitga, gri ppga
va stafilokokka qarshi gammaglobulinlar hozirgi kunda qo‘llanil-
moqda. Odatda, gammaglobulin yuborilganida allergik reaksiya
kuzatilmaydi. Preparat muskul orasiga yuboriladi.
Ilgari ba’zi yuqumli kasalliklar (brutsellyoz, ich terlamasi,
kuydirgi, ichburug‘ va h.k.) ni davolashda vaksina ham qo‘llanar
edi. Ularning samarasi kam bo‘lganligi tufayli keyingi yillarda deyarli
foydalanilmaydi.
Patogenetik davolash. Ilgari ta’kidlab o‘tilganidek, yuqumli
kasalliklarni davolash murakkab jarayon bo‘lib, faqat mikroblarga
qarshi ta’sir etuvchi dorilarni qo‘llash yetarli samara bermaydi.
Davolash jarayonida hayotiy muhim a’zolar va qon aylanish, nafas
olish, moddalar almashinuvi sohalaridagi o‘zgarishlarni bartaraf
etish ham katta ahamiyatga ega. Bemor organizmi himoya quvvatini
oshirish ham muhim. Ana shu maqsadlarni ko‘zlab olib boriladigan
davolash muolajalari patogenetik davolash hisoblanadi.
Avvalo, yuqumli kasallikning o‘rta va og‘ir kechishida doimo
uchraydigan intoksikatsiyani kamaytirish va yo‘qotishga harakat
qilanadi. Unchalik og‘ir bo‘lmagan hollarda ko‘p miqdorda suyuqlik
(mineral suvlar, choy, qatiq, kompot va h.k) ichirib turish
organizmning zaharli moddalardan tezroq xalos bo‘lishiga yordam
beradi. Og‘irroq hollarda qo‘shimcha ravishda 2—3 kun suyuqliklarni
vena tomiriga ham tomchilab yuboriladi. Bu maqsadda osh tuzining
0,9% li eritmasi, Ringer eritmasi, 5% li glukoza eritmasi, gemodez
qo‘llanadi. Bemorning ahvoliga qarab kuniga 0,5—2 litr suyuqlik
tomchilatib yuboriladi. Tuzli eritmalarga 5% askorbin kislotadan
5—10 ml qo‘shib yuborilsa, davolash samarasi yuqoriroq bo‘ladi.
Bemorga ko‘p miqdorda suyuqlik berilganida, organizmdan
ajralib chiqayotgan suyuqlik miqdorini ham hisoblab borish lozim.
Agar siydik kam ajralayotgan bo‘lib, qon bosimi me’yorida saqlanib
qolgan bo‘lsa, siydik haydovchi gi potiazid, furosemid kabi
34
tabletkalar ichiriladi. Lozim bo‘lgan hollarda, laziksdan 2—4 ml
muskul orasiga yuborib, ortiqcha suyuqlikni tanadan chiqarib
yuborishga erishiladi.
Intoksikatsiya yurak-tomir tizimi faoliyatiga sezilarli ta’sir
ko‘rsatadi. Uni e’tiborga olib, kofein, kordiamin kabi preparatlar
ichish uchun beriladi yoki ukol qilib yuboriladi. O‘pka va yurak
faoliyatiga bir yo‘la ijobiy ta’sir qiladigan sulfokamfokain preparatini
2—4 ml dan teri ostiga yuborib turish tavsiya etiladi. Kasallik og‘ir
kechganda to‘satdan o‘tkir yurak-tomir yetishmovchiligi (kollaps)
ro‘y berishi mumkin. Bunday holatda to‘satdan bemor rangi
oqaradi, labi ko‘karadi, qo‘l-oyoqlar muzlaydi, ko‘zlari ichiga
botib ketadi. Bo‘yin tomirlari bo‘rtib chiqadi. Tomir urishi tez va
sustroq bo‘ladi. Nafas olish tezlashadi. Qon bosimi pasayadi. O‘z
vaqtida tabiiy yordam ko‘rsatilmasa ahvoli mushkullashib, infeksion-
toksik shok sindromi yuzaga keladi. U kapillarlarda qon aylanishi
(mikrosirkulatsiya) buzilishi, gi poksiya va metabolik atsidoz
alomatlari bilan namoyon bo‘ladi. Birinchi navbatda yurak, buyrak,
o‘pka va jigar faoliyati keskin buziladi. Shok avjiga chiqqan davrida
bemorning butun tanasi sovib qoladi, teri nam bo‘ladi, ko‘karib
ketadi. Maksimal qon bosimi simob ustunining 90 mm idan ham
pasayib ketadi. Nafas olish g‘oyat yuzaki 40—50 gacha boradi.
Siydik ajralishi keskin kamayib, to‘xtab qoladi.
Bunday holatdagi bemorlarga tibbiy yordam zudlik bilan
ko‘rsatilishi kerak. Qo‘l-oyoqlariga issiq rezina xaltacha qo‘yiladi.
Darhol gormon preparatlari: prednizolon (60—90 mg), gidro-
kortizon (125—200 mg), yoki geksametazon tomir orqali tuzli
eritmalarga aralashtirib yuboriladi. Reopoliglukin, trisol, preparatlari
infeksion-toksik shokni davolashda yaxshi naf beradi. Geparin,
kontrikal, trental kabi preparatlar mikrotsirkulatsiyani yaxshilaydi.
Yurak faoliyatini yaxshilash uchun vena tomiriga korglukon yoki
strofantin ham eritmaga qo‘shiladi. Tuzli eritmalar bilan askorbin
kislota eritmasi (10 ml) ham qo‘shib yuborish maqsadga muvofiq,
1—2 kun 100 ml dan albumin qo‘yib turish foydalidir. Bemorga
albatta kislorod berish lozim. Ma’lum vaqtgacha kislorodni uzluksiz
berib turish tavsiya etiladi. Buning uchun kislorod burunga kiritilgan
rezina kateter vositasida yzoq muddat berib turiladi. Bemor biroz
35
tuzalganidan so‘ng uni barokamerada kislorod berib davolash
mumkin.
Yuqumli kasalliklarda o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka
tiqilishi kabi holatlar ham uchrab turadi. Jumladan, poliomielit,
gri pp, difteriyada nafas olish buzilishi mumkin. Bunday holatda
sun’iy nafas oldirish apparati ulanadi, traxeostomiya qilinadi. Sun’iy
apparat bemorning bir maromda nafas olishini taminlaydi.
Difteriyada esa hiqildoqdan havo butunlay o‘tmay qolishi mumkin.
Shunga ko‘ra traxeostomiya qilinadi.
Gri pp g‘oyat og‘ir kechganida o‘pka tiqilishi holati ro‘y berishi
mumkin. U nafas qisishi, havo yetishmovchiligi, yo‘tal, ko‘piksi-
mon, qon aralash balg‘am ajralishi bilan ifodalanadi. Bemor
bezovtalanadi, ko‘karib ketadi. Qon bosimi pasayadi.
O‘pka tiqilishi holati ro‘y berganida bemor o‘tqizib qo‘yiladi.
Ma’lum muddatda qo‘l-oyoqlariga rezina bog‘lag‘ich taqiladi. Bilakdan
300—400 ml qon olish mumkin. Bemorga spirtdan o‘tkazilgan
kislorod berib turiladi. Eufillinning 2,4% li eritmasidan 5—10 ml
vena tomiriga yuborilsa, yaxshi naf beradi. Shuningdek, 40% li 10
ml glukozaga korglukon yoki strofantin (0,5—1 ml) aralashtirib
yuboriladi. Efedrin, glukonat kaltsiy preparatlari ham qo‘llanadi,
2—4 ml laziks muskul orasiga yuboriladi.
Yuqumli kasalliklarni patogenetik davolashda vitamin
preparatlari ham keng qo‘llanadi. Ular bir tomondan organizmning
himoya quvvatini oshirsa, ikkinchi tomondan kasallik natijasida
kamayib ketgan vitaminlar o‘rnini qoplaydi. Vitaminlar vositasida
moddalar almashinuvi ham yaxshilanadi. Amaliyotda davolash
uchun B
1
,
B
2
, B
6
, B
12
, P, C vitaminlari keng qo‘llanadi. Ular
kukun, tabletka, draje holida ichish va ampulada inyeksiya qilish
uchun chiqariladi.
Ilgari yuqumli kasalliklar og‘ir kechganida organizm himoya
kuchlarini ko‘tarish maqsadida qon yoki plazma quyish tavsiya
etilar edi. Qon quyish uchun ko‘rsatmalar hozi p qayta ko‘rib
chiqilgan. Uni faqat hayotiy zarur hollardagina quyishga ruxsat
etiladi. Masalan, ichterlamada ichakdan qon ketganida yoki virusli
gepatit komasida. Qon plazmasi quyilganida virusli gepatitlar va
SPID tarqalish xavfi g‘oyat yuqoridir. Shu sababli bu preparat
36
hozir “quvvatni oshirish” maqsadida qo‘llanmaydi. Ularning o‘rniga
albumin, alvezin, protein kabi preparatlar muvaffaqiyatli qo‘llan-
moqda.
Gormonal preparatlar ham yuqumli kasalliklarni davolashda
patogenetik vosita sifatida ishlatiladi. Ular moddalar almashinuvini
yaxshilash vositasida organizmning himoya kuchlarini oshiradi,
yallig‘lanish jarayonini pasaytiradi. Bu preparatlar kuchli
desensibilizatsiya xususiyatiga ham ega. Shu bilan bir qatorda ularning
salbiy tomonlari ham bor. Qondagi qayd miqdorining ko‘payishi,
qon bosimining ko‘tarilishi, immunitetning pasayishi shular jumla-
siga kiradi. Gormonal preparatlar qo‘llanilganda organizmda natriy
tuzlari ko‘proq ushlanib qoladi va shish paydo bo‘lishi mumkin.
Kaliy tuzlari esa aksincha, ko‘plab ajralib, gi pokaliemiya yuzaga
keladi.
Ijobiy va salbiy tomonlarini e’tiborga olib, yuqumli kasalliklarni
davolashda gormonal preparatlar puxta o‘ylab, qisqa muddatga
tayinlanadi. Asosan ular kasallik og‘ir kechgan hollarda qo‘llanadi.
Amalda prednizolon, gidrokortizon, geksametazon preparatlari
(tabletka yoki ampulada chiqarilgani)dan foydalaniladi. Qandli diabet,
gi pertoniya, me’da yarasi kasalliklari bor bemorlarga o‘ta zarurat
bo‘lmasa, gormonal preparatlar buyurilmaydi.
Fizioterapevtik muolajalar ham ba’zan yuqumli kasalliklarni
davolashda patogenetik vosita sifatida qo‘llanadi. Poliomielit va
botulizmdan tuzalish davrida uqalash, davolash gimnastikalari
qo‘llanadi. Brutsellyozni davolashda isituvchi muolajalardan
foydalaniladi. Umuman olganda, yuqumli kasalliklarda fizioterapevtik
muolajalar qo‘llanishi cheklangan.
Dostları ilə paylaş: |