Bezgakning asoratlari. Og‘ir asoratli kechim asosan tropik
bezgakka xosdir. Bezgak komasi, algid bezgak, gematuriyali isitma
singari og‘ir asoratlar asosan tropik bezgakda kuzatilib, ko‘p o‘limga
sabab bo‘ladi. Umuman bezgakdan bo‘ladigan o‘limning 98% tropik
bezgakning asoratli kechimi tufayli bo‘ladi.
Bezgakning s e r e b r a l shakli ko‘pincha kasallik
boshlanganidan 24—48 soat o‘tgach, aksariyat ozg‘in odamlarda
yuzaga keladi va oqibatda bezgak komasi rivojlanadi.
Bezgak komasi tropik bezgakda eng ko‘p uchraydigan serebral
asoratlardandir. Bezgak komasi asosan birlamchi kasallangan,
83
davolanmagan bemorlarda va asosan ko‘p zararlangan endemik
o‘choqlarda uchraydi.
Komada bo‘ladigan murakkab patogenetik noadekvat reak-
siyalarga — gi perergik reaksiyalarga shay, allergik holatda bo‘lgan
shaxslar ko‘proq moyil bo‘ladi. Bu holat bezgakda bo‘ladigan
asoratlarning ko‘pchiligida yetakchi rol o‘ynaydi.
Bezgak komasi asosan birlamchi bezgakning asorati bo‘lib,
odatda, 2—3 xurujdan keyin boshlanadi. Aksariyat koma darakchi
belgilar — kuchli bosh og‘rig‘i, retroorbital og‘riq, bosh aylanishi,
keskin quvvatsizlik, irodaning susayishi yoki aksincha, bezovtalik,
besaramjonlik bilan boshlanadi. Komaning kechimida uch bosqichni
farqlash mumkin: s o m n o l e n s i ya bosqichida, bemorda
apatiya yoki asabiy jumbush holati, o‘jarlik, dezorientatsiya,
xotiraning chalkashligi, barcha reaksiyalarning tormozlanishi, pay
reflekslarini oldin kuchayishi, so‘ngra esa susayishi kuzatiladi.
K o m a d a n o l d i n g i (prekoma) davrda — bemorda doimiy
taxikardiya, nafasi yuzaki va tezlashgan, gi potoniya, tana harorati
40—41
°
C, shuningdek ataksiya, amneziya, tirishish, ba’zan
tutqanoqsimon tirishish, karaxlikning ortib borishi, chuqur uyqu
holatlari kuzatiladi. Ba’zan bemor qisqa muddatga xushiga keladi,
savollarga bir xil qisqa javob berib yana tezda sopor holatiga tushadi.
Pay reflekslari zo‘raygan, patologik reflekslar paydo bo‘ladi.
Haqiqiy komada — bemor xushsiz, tashqi ta’sirlarni sezmaydi.
Ko‘zi yumiq yoki yarim ochiq, qarashi begona, mushaklari
taranglashgan, jag‘i qotib qolgan (trizm), ensa mushaklari
taranglashgan, Kerniga, Brudzinskiy simptomlari musbat, ba’zan
Babinskiy, Gordon patologik belgilari aniqlanadi. Pay va qorin
reflekslari yo‘qolgan, vegetativ faoliyat keskin buzilgan. Ko‘z
qorachig‘i kengaygan, uning refleksi so‘nib boradi va keyingi bos-
qichda yo‘qoladi.
Bezgak komasida periferik qonda har doim ko‘p miqdorda
P.falcifarum halqachalari, kasallik uzoqroq davom etsa — gamontlar
ham topiladi. Ba’zi olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra 5% bemorlarda
koma davrida qonda parazit topilmaydi. Shuning uchun tropik bezgakda
parazitemiya darajasi hatto sutka davomida ham keskin o‘zgarishini
hisobga olib, qonni (qalin tomcha va surtmani) qayta-qayta tek-
shirish lozim.
84
Bezgak komasi har doim ham aniq xos belgilar bilan namoyon
bo‘lavermaydi. Ensefalopatiya, u yoki bu o‘choqli jarohatlanish,
belgilari, tutqanoqsimon sindrom va boshqa markaziy asab sistema-
sining jarohatlanishi belgilari yetakchi bo‘lishi mumkin. Miyada
mayda, ko‘proq nuqtasimon, kamdan-kam holatda yirik qon
quyilish alomatlari kuzatilishi mumkin.
Bezgak algidi bezgakning kam, asosan endemik o‘choqlarida
uchraydigan biroq eng og‘ir asorati bo‘lib, ko‘pincha o‘lim bilan
yakunlanadi. Patogenetik jihatidan algid — toksik—infeksion shok
deb qaraladi va uning asosida, qonda parazitning erigan sitotoksini
aylanashi oqibatida xuddi boshqa etiologiyali shoklarda bo‘lgani
singari gi pertermiya va gemodinamikaning buzilishi, aylanuvchi
plazma miqdorining kamayishi, bemor organizmining suvsizlanishi
bilan bog‘liq bo‘lgan, xos metabolitik o‘zgarishlar yotadi.
Bezgak algidining patogenezida buyrak usti bezining o‘tkir
yetishmovchiligi ma’lum bir rol o‘ynaydi. Deyarli har doim bemor
qonida juda ko‘p miqdorda — 1 mkl da 150000 dan 500000 gacha
P.falcifarum topiladi. Algid, tropik bezgakning asorati sifatida yoki
bezgak komasining yakuni sifatida namoyon bo‘ladi va, odatda,
har doim o‘lim bilan tugaydi.
Bemorning umumiy ahvoli juda og‘ir. Bemor hushida bo‘lsada
ruhiyati juda ezilgan (prostratsiya), loqayd ba’zan koma holatida
yotadi. Bemorning chehrasi istirobli, ko‘zlari chuqur botgan, atrofi
ko‘kargan, qarashlari farqsiz — facies Hirrosratica. Terisi sovuq,
sovuq yopishqoq ter bilan qoplangan, lablari, qo‘l va oyoq barmoq-
lari uchi ko‘kargan. Teri tarangligi pasaygan. Tana harorati 35
°
C va
undan kam. Nafas olishi tezlashgan, yuzaki. Tomir urishi ojiz,
tezlashgan yoki i psimon. Sistolik va diastolik bosimlar pasaygan
(80 mm sim.ustinidan past), ko‘pincha diastolik bosim aniqlanmaydi.
Yurak tonlari bo‘g‘iq. Jigar va taloq kattalashgan. Ko‘ngil aynashi,
doimiy o‘xchiq, aksariyat hollarda ichning suvdek suyuq (xuddi
vabodagi singari) kelishi mumkin. Vaqtida tegishli davo tadbirlari
o‘tkazilmasa, bemor o‘tkir qon tomir yetishmovchiligidan o‘ladi.
Hozirda klassik bezgak algidi kam uchraydi, biroq organizm-
ning tez suvsizlanishi va gi povolemiya oqibatida yuzaga keladigan
yurak-tomir kollapsi nisbatan ko‘p kuzatiladi.
85
Gemoglobinuriyali isitma (GUI) bezgakning asoratlari qatorida
berilgan bo‘lsada, uni to‘liq manoda bezgak infeksiyasi tufayli yuzaga
kelgan asorat deb qaramaslik kerak. U tropik bezgakni xali yaxshi
o‘rganilmagan asorati bo‘lib, unda qon tomir ichida o‘tkir (im-
mun—allergik genezli) gemoliz sodir bo‘ladi va gemoglobinuriya,
isitma va gemolitik sariqlik bilan namoyon bo‘ladi. Bu asorat qadimda,
bezgakni davolashda xinin keng ishlatilgan davrlarda ko‘p uchragan.
GUI ning patogenezi haqida ko‘p turli tushunchalar bo‘lgan,
biroq oxirgi yillarda tug‘ma enzimopatiya — G—6—FDG fermenti
taqchilligi (oqibatida eritrotsitlar rezistentligining pasayishi) asosiy
patogenetik omil deb qaralmoqda.
P.falcifarum ning eritrotsitar turlari tomonidan uzoq vaqt
bo‘ladigan antigenli qitiqlanish va xininni tartibsiz ichish, tartibida
gapten sifatida xinin bo‘lgan autoantigenlar va ularga qarshi
autoantitelolar hosil bo‘lishiga olib keladi. Oqibatda sensibilizatsiya
holati rivojlanib xuddi o‘sha shtammi bilan reinfeksiya bo‘lishi yoki
xinin qabul qilinishi «hal qiluvchi» omil bo‘ladi va tomir ichida
o‘tkir gemoliz boshlanadi. Qonda gemoglobin miqdori 0,114 gl
ortsa, u buyraklar orqali ajratila boshlaydi. Eritrotsitlarning
parchalanishi agar bevosita buyrak tomirlarida sodir bo‘lsa, u holda
gi pergemoglobinemiya bo‘lmasdan ham gemoglobinuriya bo‘lishi
mumkin.
GUI, odatda, to‘satdan, ko‘pincha bezgakka qarshi preparat
(xinin, primaxin, sulfanilamidlar va b.) qabul qilingandan keyin
4—6 soat o‘tgach boshlanadi. Bemor titrab-qaqshab tezlikda tana
harorati 39—40°C va undan ortiq darajagacha ko‘tariladi, belda,
jigar va taloq sohasida og‘riq paydo bo‘ladi, kuchli terlaydi. U
adinamiya holatida bo‘lib, boshi, mushaklari va bo‘g‘imlari qattiq
og‘riydi, qayta-qayta to‘q rangli safro qusadi. Tez orada siydik to‘q
jigarrang (pivo, qizil vino yoki qora kofe) rangli bo‘lib qoladi. Uni
tekshirilganda ikki qatlam: pastkisi — to‘q jigarrang, to‘q—loyqa
detritli va yuqorisi — tiniq, qizil vino rangida bo‘ladi. Siydikda yuqori
konsentratsiyada oqsil (10—20 g/l) va o‘t pigmentlari aniqlanadi.
Bemorda tezlik bilan anemiya rivojlanadi, sariqlik ortib boradi, jigar
va taloq kattalashib og‘riqli bo‘ladi, gemorragik sindrom rivojnanishi
mumkin. Gemoglobinuriyani eng xavfli ifodasi — o‘tkir buyrak
86
yetishmovchiligidir. Bunda shok yoki shoksiz fonda oliguriya
rivojlanadi — oz-oz qora moysimon siydik ajralib turib keyin
butunlay to‘xtaydi. Qonda qoldiq azot kreatinin va mochevina
ko‘rsatkichlari tez ortadi, uremiya va koma rivojlanib, 3—4 kundan
keyin bemor o‘ladi. O‘lmay qolgan bemorlarda diurez tiklanadi,
poliuriya bo‘lishi mumkin, albuminuriya keskin kamayadi. Sariqlik
gemolitik xarakterga ega bo‘lib jigar zararlanganda esa sariqlik yana
ortib, qonda bog‘langan bilirubin ham paydo bo‘ladi, jigar va taloq
og‘riqli bo‘lib qoladi. Qonda P.falcifarum bemorlarning yarmida
aniqlanadi, biroq gemolizni ortishi bilan yo‘qoladi va keyin
rekonvalessentli davrida yana paydo bo‘lishi mumkin.
GUI ning og‘ir kechimida ko‘pincha o‘tkir buyrak yetish-
movchiligi, qon tomir kollapsi, shok hollari rivojlanib 20—30% da
o‘lim bilan yakunlanadi. Oqibatda, yaxshi kechganda 3—5 kundan
keyin gemoliz to‘xtab, bemor asta-sekin tuzaladi. Ko‘pincha isitma
xuruji bir marta bo‘ladi, biroq gemoglobinuriyali isitma takrorlanishi
ham mumkin. Qayta xurujlar xuddi shu shart-sharoitlarda bir
necha yillardan keyin ham takrorlanishi mumkin.
U ch k u n l i k b e z g a k n i x a v f l i k e ch i m i
organizmning reaktivligini keskin pasayishi sababli og‘ir qo‘shimcha
infeksiyalar qo‘shilishi oqibatida yuzaga keladi. Bu asorat ko‘proq
bahor oylarida 4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kuzatiladi.
Bunda, odatda, 2—3 xurujdan keyin bemorning ahvoli keskin
yomonlashadi, qattiq bosh og‘rig‘i, tana haroratini 41°C va undan
ortiqqa ko‘tarilib ketishi, xushni yo‘qotishi, tirishish, psixomotor
qo‘zg‘alishlar, nafasning buzilishi kabi alomatlar yuzaga keladi va
bola tezlikda halok bo‘ladi. Bunday asorat organizmda latent holatida
bo‘lgan neyrovirus infeksiyasining aktivlashuvi oqibatida yuzaga
keladi deb qaralmoqda.
Uch kunlik bezgakda kam bo‘lsada kuzatilishi mumkin bo‘lgan
asoratlardan yana biri, odatda, kimyoviy davolanish fonida
rivojlanadigan gemoglobinuriyadir.
Bezgakni yuqorida keltirilgan, asoratsiz, asoratli ti pik
kechimlaridan tashqari noti pik turlari ham mavjud.
N i q o b l a n g a n b e z g a k (Malariae larvata) kasallikning
bu turida asosan visseral patologiya — granulyomatozli gepatit va
87
splenit rivojlanib uning oqibatida portal gi pertenziya, turg‘un
anemiya, shuningdek, nevrologik o‘zgarishlar va toshmalar
(eshakemi ) kuzatiladi.
Sh i z o i t l i b e z g a k, odatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki
konservatsiyalangan donor qoni quyilgani oqibatida yuzaga keladi.
Konservatsiyalangan qonda plazmodiyalar 14 kungacha saqlanadi.
Shizoitli bezgak, odatda, qisqa inkubatsion davrdan keyin
boshlanadi, nisbatan yengil kechadi, xurujlar sinxron bo‘lib,
kechikkan residivlar bo‘lmaydi. Biroq davolash kechiktirilganda,
ayniqsa yosh bolalarda o‘lim bilan yakunlanishi ham mumkin.
H o m i l a d o r a yo l l a r d a b e z g a k, ayniqsa tropik tezgak
og‘ir kechadi. Ularda ko‘proq visseral patologiya — sariqlik, toksik
gepatit, istisqo, shish va kuchli anemiya kuzatiladi. Tropik
bezgakning serebral shakli homilador ayollarda homilasi bo‘lmagan
ayollarga nisbatan 2 marta ko‘p uchraydi. Bezgakdan bo‘ladigan
o‘lim homilador ayollarda homilasiz ayollarga nisbatan 2—3 baravar
ortiq bo‘ladi. Bezgak infeksiyasi homilaning rivojiga ham yomon
ta’sir etadi, oqibatda homilaning o‘lik tug‘ilishi yoki vaqtdan oldin
tug‘ilishi hollari kuzatiladi. Bezgakli ayollardan tug‘ilgan chaqaloq-
larning o‘limi 33% ga yetadi. Bezgakli ayollardan tug‘ilayotgan bolaga
kasallik homila davrida (platsenta orqali) yoki tug‘ruq davrida yuqishi
va tug‘ma bezgak rivojlanishi mumkin.
B o l a l a r d a b e z g a k n i n g kechimida ham ayrim xos
xususiyatlari mavjud. Ko‘krak yoshida bo‘lgan bolalarda bezgak xuruji
ati pik kechadi. Xuruj oldidan bo‘ladigan titrab-qaqshash kam
bo‘ladi, terisi oldin oqarib, keyin ko‘karadi, xuruj so‘ngida terlash
ham kuchsiz bo‘ladi. Xurujlar oralig‘idagi davr ham aniq emas,
ba’zan tana harorati yuqori bo‘lib qoladi. Jigar, taloq kattalashib,
anemiya rivojlanadi. Og‘ir kechimida ko‘pincha meningoensefalit
alomatlari — qusish, tirishish, toksikoz, infeksion—toksik shok va
ichak faoliyatining buzilishi kuzatiladi.
Bezgakdan keyingi qoldiq holatlar (metamalyariya). Bunday
kasalliklar bezgakni to‘liq davolanmaganda yoki moyillik beruvchi
endogen va ekzogen omillar bo‘lganda yuzaga keladi. Bu kasalliklar
bezgakning oqibati bo‘lib, bezgakning qo‘zg‘atuvchi parazitlarning
takroriy ishtirokisiz rivojlanadi. Masalan, bezgakdan keyingi
88
gi poregenerator anemiya, suyak milkining funksional yoki organik
yetishmovchiligi va gepatolienal sistemada patologik o‘zgarishlar
tufayli yuzaga keladi. Kuchli splenomegaliya, gemolitik sariqlikka,
B
1
— avitaminozi va oqsil yetishmovchiligi bezgakdan keyingi jigar
sirroziga olib keladi.
Bezgakka o‘z vaqtida tashxis qo‘yib to‘g‘ri davolansa undan
bo‘ladigan o‘lim 0,2—0,3% dan oshmaydi.
Tashxisoti. Kasallikning klinik kechimining o‘ziga xosligi,
epidemiologik ma’lumotlarning aniqligi va laborator tekshiruvlarni
osonligi diagnostikani ancha osonlashtirsada, vrachlarimizning
xotirasidan bezgakni ancha uzoqligi ko‘p diagnostik xatolarga olib
keladi. Masalan; K.M.Lobanning (1983) kuzatishi bo‘yicha,
poliklinika sharoitida chetdan kirib kelgan bezgak kasalligining 46,8%,
tropik bezgakda esa hatto 70% da diagnostik xatoga yo‘l qo‘yilgan.
Bezgakka tashxis qo‘yishda avvalo isitmaning xurujli bo‘lishi,
uni titrab-qaqshash va kuchli terlash hamda gepatosplenomegaliya
va anemiya bilan kuzatilishini, shuningdek, epidemiologik anam-
nezni — oxirgi 2 yil ichida enedemik zonada bo‘lganligi yoki oxirgi
3 oy ichida gemotransfuziya olganligi singari ma’lumotlarni e’tiborga
olishimiz lozim. Qonda gemoglobin ko‘rsatkichining pasayganligi,
eritrotsitlar miqdorining kamayganligi, retikulotsitoz, anizotsitoz,
poykilotsitoz aniqlanishi va EChT ortishi ham tashxis qo‘yishda
muhim ahamiyatga ega. Qo‘yilgan tashxis albatta qonda parazitni
aniqlash bilan tasdiqlanishi kerak.
Amaliyotda parazitozoskopiya usulidan, ya’ni — barmoqdan
yoki venadan olingan qondan tayyorlangan «qalin tomchi» (Ross
usuli) va yupqa surtmani Romanovskiy—Gimza usulida bo‘yalgach
mikroskop ostida ko‘rishdan keng foydalaniladi. Buyum oynasining
bir chetida qalin tomchi va ikkinchi yarmida surtma tayyorlash
ko‘rishni osonlashtiradi. Yaxshilab quritib, qotirib bo‘yalgan
preparat immersion sistema ostida mikroskopda ko‘riladi.
Qalin tomchida parazit surtmaga qaraganda 40 marta ko‘p
aniqlanadi. Parazitning turi va shaklini aniqlash uchun esa surtma
qulay. Parazitologik tekshiruvda aniqlangan plazmodiyalarni ham
miqdoriga, ham sifatiga e’tibor bermoq kerak. Masalan; qalin
tomchida bir ko‘rish doirasida 10 va undan ortiq parazitning topilishi
89
yoki 1 l qonda 100 x 10
9
plazmodiyalarning bo‘lishi yoki 5% dan
ortiq eritrotsitlarning jarohatlanganligini aniqlash yoki P.falcifarum
ni oraliq bosqichlarini topilishi, har doim, tropik bezgakni og‘ir
kechimi va bezgak komasi yoki boshqa xavfli asorat rivojlanishidan
darak beradi.
Prazitologik tekshiruvlar yordamida kasallik muddatini ham
aniqlash mumkin: qonda faqat uziksimon bosqichdagi trofozoitlarni
bo‘lishi kasallikning boshlang‘ich davrlari (12—14 kundan kam),
ham uzuksimon,ham gametotsitlarning aniqlanishi esa keyingi
bosqichi (2 haftadan keyin), va nihoyat, faqat gametotsitlarning
topilishi oxirgi bosqichlari (yoki davolanish oqibati) ketayotganidan
dalolat beradi.
Parazitemiya darajasini aniqlash kasallikning og‘ir yengilligini
aniqlash imkonini beradi. Parazitemiyani 4 ta darajasi farqlanadi:
1. ++++ — ko‘rish doirasida 10 tadan ortiq parazit, ya’ni
1 mkl qonda 5000 tadan ortiq parazit,
2. +++ — ko‘rish doirasida 1 tadan 10 tagacha parazit, ya’ni
1 mkl qonda 500—5000 parazit,
3. ++ — 100 ta ko‘rish doirasida 10—100 parazit, ya’ni 1 mkl
qonda 50—500 parazit,
4. + — 100 ta ko‘rish doirasida 1—10 parazit, ya’ni 1 mkl
qonda 3—50 parazit.
1 mkl qonda 100 000 plazmodiyadan ortiq bo‘lgan parazitemiya
kasalligining oqibati yomonligidan dalolat beradi.
Bir marta olingan qonda parazitning topilmasligi kasallikni
inkor etmaydi. Qonning isitmali paytida ham isitma yo‘q paytida
ham takroran (bir kunda 4—6 martagacha) olinadi.
Qon zardobida qilinadigan laborator tekshiruvlar (serologik
usullar), asosan, donorlar tanlashda latent bezgakni inkor etish
uchun va endemik o‘choqlarda aholining bezgak bilan zararlanganlik
darajasini aniqlash va o‘tkazilgan bezgakka qarshi chora-tadbirlarning
samaradorligini baholash uchun qo‘llaniladi.
Bezgakning diagnostikasida qo‘lanilladigan serologik usullardan
eng sezgir va eng spesifiklari — sust gemagglyutinatsiya reaksiyasi
(RPGA), bilvosita immunofluoressent reaksiya (NRIF), immuno-
90
logik diagnostika reaksiyasi (RID) va enzim bilan nishonlangan
antitelolar reaksiyasi (REMA) dir.
Serologik reaksiyalar, immunitet, ko‘proq visseral belgilar bilan
davomli kechuvchi bezgak turlarini, shunga o‘xshash kechuvchi
surunkali gepatitlar, nevritlar va gemolitik anemiyalardan ham
farqlashda qo‘l keladi.
Bezgakning boshlang‘ich davridagi klinik alomatlari, ko‘pchilik
isitmali kasalliklar (qorin tifi, o‘tkir respirator kasalliklar, KU—
isitmasi, leptospiroz va b.) belgilariga o‘xshab, tashxisni qiyinlash-
tiradi.
Qorin tifida kasallik asta-sekin rivojlanadi, isitma kundan—
kunga ortib boradi va u doimiy ti pda bo‘lib, kunlik harorat tebranishi
1°C dan ortmaydi. Bemor isitmada bo‘lishiga qaramasdan rangi
oqargan, behol, tormozlangan holatda bo‘ladi va asosan bosh
og‘rig‘i, uyqusizlik va ishtaxasizlikka shikoyat qoladi. Ko‘pchilikda
nisbiy bradikardiya aniqlanadi. Tilning ko‘rinishi (qalin kulrang
yoki qo‘ng‘ir-kulrang karash bilan qoplangan, qirg‘oqlari toza
qizargan, tish izlari bor) juda xos bo‘ladi. Qorinning o‘ng pastki
qismida Padalka simptomi ko‘pincha musbat bo‘ladi va shu soha
paypaslab ko‘rilganda quldirash aniqlanadi. Ko‘pincha qonda
(kasallikning 3-kunidan keyin) leykopeniya, nisbiy limfotsitoz va
aneozinofiliya kuzatiladi.
O‘tkir respirator kasalliklarda, odatda, isitma kasallikning
1—2 kunlarida yuqori bo‘lib, 3—5 kunlarida normallashadi.
Gri ppdan boshqa respirator kasalliklarda ko‘pincha intoksikatsiya
alomatlari ko‘rinmaydi. Bemorni asosan bosh og‘rig‘i (ko‘proq
peshona va qovoq usti qismida), ko‘z olmasini qimirlatganda og‘riq,
yorug‘likka qarayolmaslik va tumov alomatlari: burun bitishi, quruq
og‘riqli yo‘tal, tomoq qirilishi, tovushning o‘zgarishi kabi alomatlar
bezovta qiladi. Ko‘rilganda ko‘z va tomoq shilliq qavati qizargan,
jigar va taloq kattalashmagan bo‘ladi.
KU—isitmasida bemorning yuzi va ko‘zlari qizargan ko‘z olmasi
(ayniqsa harakatlantirganda) va ko‘z atrofi, qovoq sohasi og‘riqli.
Kasallikning 3—4 kunlarida jigar kattalashadi. Keyinchalik o‘choqli
pnevmoniya alomatlari (chuqur nafas olganda ko‘krakda og‘riq,
91
biroz balg‘amli yo‘tal, o‘choqli quruq yoki nam xirillashlar va
perkutor o‘zgarishlar) yuzaga keladi.
Leptospirozga — mushaklarda, ayniqsa boldir mushagida og‘riq,
qizamiqsimon toshmalar, gemorragik alomatlar (ko‘zga va teriga
qon quyilishi, burundan va ichakdan qon ketishi), buyrak sohasi
urib ko‘rilganda og‘riq, siydikda — oqsil, silindrlar, eritrotsitlarning
paydo bo‘lishi, leykotsitlarni ortishi, qonda esa qoldiq azotning
konsentratsiyasini ortishi xosdir. Ayrim bemorlarda serozli meningit
rivojlanishi mumkin. Leptospirozning tashxisi serologik reaksiyalar
yordamida tasdiqlanadi.
Klinik amaliyotda bezgak yana boshqa ko‘pchilik o‘xshash
kasalliklardan, jumladan: qora oqsoq, visseral leyshmanioz,
borreliozlar, arbovirus kasalliklari, sepsislar, ba’zi bir ichak
kasalliklari va gepatitlardan farqlash kerak.
Davolash. Bezgak bilan og‘rigan bemorlar albatta kasalxonaga
yotqizilishi, bezgakka qarshi dorilar hamda patogenetik va
simptomatik dorilar bilan to‘liq davolanishi kerak.
Bezgakka qarshi ishlatiladigan etiotrop kimyoviy dorilar o‘z
ta’sir doirasi jihatdan ikki guruhga bo‘linadi.
S hizot r op p r ep ar atlar . Parazi tni ng ji nsi z turlari ga
(shizontlarga) ta’sir etadi. Bu dorilar o‘z navbatida yana ikki guruhga
bo‘linadi: gamatoshizotrop — asosan parazitni eritrotsitar
bosqichlariga (trofozoitlar va shizoitlarga) ta’sir etuvchi va
gistoshizotrop — asosan parazitni to‘qima bosqichidagi turlariga
ta’sir etuvchi dorilar.
Bezgak xurujlarini va uning asosiy klinik rivojini to‘xtatishga,
asosan gematoshizotrop (shizotrop deb ham yuritiladi) dorilar
berish yo‘li bilan erishish mumkin. Bu guruhdagi dorilar eng
samaralisi 4—aminoxinolin hosilalari: xloroxin (xingamin, delagil,
rezoxin), amodiaxin, plakvenil va b., shuningdek xinin, akrixin,
bigumal, xlorodin va nisbatan yangi preparatlardan — 4—
xinolinmetanrol hosilasi (mefloxin) va 9—fenantrenmetanol hosilasi
(WR—33063).
Gistoshizotrop dorilardan — 8—aminoxinolin hosilalari — prima-
xin va xinotsid, shuningdek ham gematoshizotrop ham gistoshizot-
rop ta’siriga ega bo‘lgan xloridin va bigumal yaxshi samara beradi.
92
Gamotrop preparatlar. Plazmodiyalarning jinsiy turlariga ta’sir
etadi. Bu preparatlar ham ta’siri jihatidan ikki xil bo‘ladi: gamon-
totsidlar (primaxin, xinotsid) — bemor yoki parazit tashuvchi
shaxslar qonidagi parazitni parchalovchi va gamostatiklar yoki
sporontotsidlar (bigumal, xloridin) — gamontlarga chivin
organizmida ta’sir etib sporogoniyani to‘xtatuvchi preparatlar.
Etiotrop dorilar bemorga birlamchi tashxis qo‘yilishi bilan
darhol buyurilishi kerak. Bemordan qalin tomchi va surtmaga qon
olinishi bilan tahlil natijasini kutmasdan gematoshizotrop preparat
— odatda, xloroxin beriladi. Bezgakni, ayniqsa tropik bezgakni
davolashda kechikish uni og‘ir asoratli kechimiga va hatto o‘limga
olib keladi.
Xloroxin (delagil) barcha turdagi bezgak plazmodiyalarining
eritrotsitar bosqichlariga juda kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Xloroxin tabletkada 0,25 g tuzi (0,15 g asosi), ampulada — 5%
5 ml dan chiqariladi. Immuniteti bo‘lmagan bemorlar uchun
davolash kursi 3 kun, kattalarga bir kursga — 2—2,5 g preparatning
tuzi(1,2—1,5 g asosi) beriladi. Davolashning birinchi kunidan sutkalik
dozasi ikki marta: boshlanishda 4 tabletka, keyin 6—8 soat o‘tkazib
2 tabletka, ovqatdan keyin ko‘p suv bilan ichiladi. Tropik va to‘rt
kunlik bezgaklarda davolash kursi 5 kungacha uzaytiriladi.
Xloroxin juda kuchli ta’sir etuvchi dori bo‘lib, uning organizm
suyuqliklaridagi konsentratsiyasi, oxirgi doza qabul qilingandan
keyin bir hafta o‘tgach 50% ga kamayadi. U P.vivax, P malariae va
Povale ning gamontlariga ham ta’sir etadi, biroq P.falcifarum ning
gamontlariga mutlaqo ta’sir etmaydi. Davolash kursi to‘g‘ri
o‘tkazilganda bemorlarning yarmida 24 soatdan keyin, qolganlarda
48 va ayrimlarda 72 soatdan keyin tana harorati normallashadi:
parazitlar esa qondan 48—72 soatdan keyin yo‘qoladi.
4-aminoxinolinlar nafaqat etiotrop, balki yallig‘lanishga qarshi
va desensibilizatsiyalovchi ta’sir ham ko‘rsatadilarki, ularning bu
xususiyati boshqa guruh dorilariga nisbatan samaradorligini oshiradi.
Biroq xloroxinni tomirga yuborilganda og‘ir asorat — qon bosimi-
ning keskin pasayishi, kollaps va hatto o‘lim bo‘lishi mumkin.
Bunday asoratlar dorini mushak orasiga yuborilganda ham, kam
bo‘lsada, kuzatilishi mumkin. Agar xloraxinni glukokortikoidlar
93
fonida glukoza eritmasiga qo‘shib mushak orasiga yoki tomirga
tomchilab yuborilsa bunday asoratlar bo‘lmaydi (Loban K.M. va
b., 1983).
4-aminoxinolin preparatlaridan yana plakvenil va amodiaxinlar
ham keng ishlatiladi. Ularni qo‘llash tizimi 2-jadvaldan keltirilgan.
2-jadval
Dostları ilə paylaş: |