Asoratlari. Visseral leyshmaniozning kechimi, ayniqsa bolalarda
zotiljam, enterokolit, nefrit singari kasalliklar bilan yoki furun-
kulyoz, abssesslar, yarali stomatit, nekrotik gingivit va hatto noma
singari yiringli-nekrotik xastaliklar bilan asoratlanishi mumkin.
Tashxisoti. Visseral leyshmaniozning tashxisida avvalo anamnestik
ma’lumotlarni (bir yil davomida bemorni bo‘lgan joylari, iskabtopar
chaqqanligi) hamda shu kasallikka xos klinik belgilarni (birlamchi
affekt, isitma, taloq va jigarning kattalashganligi, anemiya,
leykopeniya) aniqlanishi katta ahamiyatga ega. Birlamchi affektni,
ayniqsa kichik yoshdagi bolalarda barvaqt (hatto generalizatsiyadan
ancha oldin) paydo bo‘lishi tashxis uchun juda muhimdir.
Visseral leyshmaniozni aniqlashda eng aniq samarali usul turli
a’zolarda parazitni aniqlashdir. Leyshmaniyalarni aniqlash uchun
qadimda ishlatib kelingan usullar (taloqning yoki limfa tugunlarini
punksiyasi) yoki xavfliligi, yoki kam samarali bo‘lganligi uchun
qo‘llaniladi. Hozirgi paytda suyak ko‘migidan punktat olish
(Kassirskiy N.A., 1930) usulidan keng foydalaniladi. Bu usulda
leyshmaniyalar, bolalarda 97—98% da, kattalarda 95—96% da
aniqlanadi. Ko‘pchilik holatda, olingan punktatda juda ko‘p
leyshmaniyalar topiladi, biroq ayrim bemorlarda remissiya paytida
va ayniqsa kattalarda leyshmaniyalar juda kam bo‘lishi yoki butunlay
topilmasligi mumkin. Bunday paytlarda qayta-qayta tekshirish
o‘tkaziladi.
Ayrim hollarda (5—10%) leyshmaniylarni birlamchi affekt
qirindisida yoki qonda aniqlashimiz mumkin.
Parazitologik tekshiruv uchun olingan materialdan surtmalar
tayyorlab, Romanovskiy usuli bilan bo‘yaladi va mikroskop (hozirgi
davrda hatto elektron mikroskop) ostida ko‘riladi. I.A.Kassirskiy
taklif etgan — to‘sh suyagini punksiya qilish usuli xavfli bo‘lganligi
va bundan ko‘p qon olib bo‘lmasligi tufayli 1950-yillardan boshlab
yonbosh suyagiga punksiya qilish usulidan foydalanib kelinmoqda.
Bu usul mutlaqo bexatar bo‘lib, ko‘proq punktat olish imkonini
beradi va uni bir necha bor takrorlash mumkin.
Visseral leyshmaniozni diagnostikasida ishlatilgan teri-allergik
sinama hamda (immunoferment usuli, enzim-nishonlangan
antitelolar, komplementning biriktirish reaksiyasi, immunopresi-
107
pitatsiya — immunodiffuziya va b.) reaksiyalardan faqat yordamchi
sifatida foydalanilsada, ayrim hollarda ulardan olingan ma’lumotlar
barvaqt qo‘yish uchun qimmatli bo‘lishi mumkin.
Leyshmaniyalarni undirish uchun suyakdan olingan punktat
ozuqa sifatida NNN muhitidan foydalaniladi.
Serologik usullardan — kompliment biriktirish reaksiyasi,
immunoferment analiz (IFA) va boshqalar qo‘llanadi. Biologik
usullaridan ham foydalanish mumkin.
Taqqosiy tashxisoti Visseral leyshmaniozning boshlang‘ich
davrida o‘tkir septik brusellyoz, gri pp, zotiljam, tif-paratif kasal-
liklari va ayniqsa bezgak kasalligi bilan taqqoslash zarur bo‘ladi.
Kasallikning keyingi bosqichlarida esa avvalo bezgakdan va so‘ngra
barcha taloq va jigarning kattalashishi, anemiya hamda leykopeniya
bilan keluvchi kasalliklardan farqlash kerak.
Bezgak bilan visseral leyshmanioz o‘rtasida o‘xshashlik juda
ko‘p bo‘lishi bilan birga, farqli tomonlari ham kam emas.
Leyshmaniozda isitma xuruji bezgakdagi singari tartibi (har 48
yoki 72 soatda takrorlanuvchi) bo‘lmaydi, kasallik bezgakka
qaraganda uzoqroq cho‘ziladi, leykotsitlar soni juda kamayib,
gammaglobulin esa ortib ketadi. Leyshmaniozda isitmani kun
davomida takroriy ko‘tarilishi, ya’ni Rodjers ti pida bo‘lishi ham
taqqosiy diagnostikada katta yordam beradi. Bemor qonda bezgak
plazmodiyalari topilmagan taqdirda va bezgakka qarshi qo‘llangan
davo samarasiz bo‘lgan hollarda leyshmanioz haqida o‘ylamoq kerak.
Leyshmaniozni boshqa o‘xshash kasalliklardan o‘z vaqtida
farqlamoq uchun epidemiologik va klinik anamnezini, shuningdek
klinik xususiyatlarini puxta o‘rganmoq, klinik farqlamoq va zarur
bo‘lgan laborator tekshiruvlari o‘tkazmoq kerak.
Visseral leyshmanioz agar o‘z vaqtida aniqlab spetsifik
davolanmasa 99—100% da o‘lim bilan yakunlanishi, agar o‘z vaqtida
to‘g‘ri davolansa deyarli hamma bemorlar sog‘ayib ketishligini aslo
unutmasligimiz kerak.
Davolash. Hozirgi davrda leyshmaniozni davolashda qo‘lla-
nilayotgan dorilar orasida 5-valentin surma preparatlari eng
samarali hisoblanadi. Ulardan s o l- yu s u r m i n (sin. — solyus-
tibozan — FRG, pentonstam — Angliya, glyukontin — Fransiya)
qo‘llanganda 96—100% bemorlar tuzalib ketadilar. Solyusurmin
108
1969-yildan boshlab 20% li eritma sifatida ampulada 10 ml dan
chiqarilmoqda. Bu eritmaning 1 ml da 0,041—0,047 g surma bor.
Leyshmaniozni solyusurmin bilan davolash tizimini O‘zbekis-
tonlik olim N.A.Mirzoyan (1953 y.) taklif etgan.
Preparat tizimda ko‘rsatilgan dozada har kuni bir marta, katta
yoshdagi bemorlarga esa u dozani ikkiga bo‘lib, yarmini ertalab,
qolgan yarmisini kechqurun venaga yuboriladi. Agar 7-5 marta
yuborilgandan so‘ng bemorning ahvoli tuzalishga boshlanmasa,
preparat dozasini bolalarga har bir kilogramm og‘irligiga 0,15 g
dan, kattalarga — 0,12 g dan oshirish kerak bo‘ladi.
S u r m a preparatlari bemorda zotiljam, nefrit va sariqlik
bo‘lgan taqdirda juda ehtiyotlik bilan qo‘llanmog‘i kerak. Davolash
chog‘ida dizenteriya, toksik dispepsiya, pnevmoniya, difteriya,
skarlatina singari kasalliklar qo‘shilgan taqdirda surma preparatlarini
yuborish to‘xtatilib, qo‘shilgan kasallik alomatlari tugatilgandan
keyingina qayta boshlanadi.
Solyusurminning turli yoshdagi bemorlarda qo‘llaniladigan
dozasi (N.A.Mirzoyan bo‘yicha)
Bemorning yoshi
va ahvoli
Preparatni
1-yuborish
(g/kg)
Preparatni
2-yuborish
(g/kg)
3- va undan
keyingi yubo-
rish (g/kg)
O‘rtacha
davolash
muddati, kun
7 yoshgacha
bo‘lgan bolalar hali
distrofik alomatlar
rivojlanmagan
0,05
0,1
0,15
10-12
7 yoshgacha
bo‘lgan bolalar,
distrofik alomatlari
paydo bo‘lgan yoki
boshqa kasalliklar
qo‘shilgan
0,04
0,06
0,12
14-15
7—14 yoshdagi
bolalar
0,04
0,07
0,12
12,14
14 yoshdan katta
bemorlar
0,04
0,07
0,1
14—16
109
Leyshmaniozni davolashda surmaning boshqa preparatlari ham
ishlatiladi.
N e o s t i b a z a n (sin. Bayer 693 V) — 25% li eritmasi
venaga yoki mushak orasiga yuboriladi. Birlamchi dozasi 0,1 g sutkalik
maksimal dozasi 0,4 g. kichik yoshdagi bolalarga 0,05-0,1 g, 4—5
yoshdagi boallarga — 0,1—0,2 g., 6—8 yoshdagi bolalarga —
0,1—0,25 g., 9—12 yoshdagi bolalarga — 0,1—0,3 g beriladi.
Davolash kursi 15—20 kun. Bu preparat qo‘llaganda sog‘ayish
80—90% bo‘ladi.
P e n t a m i d i n i z o t i o n a t (sin. — Lomidine) — 10%
eritmasi mushak orasiga, har bir marta bemorning 1 kilogramm
og‘irligiga 0,004 g hisobidan yuboriladi. Davo kursi 10—15 kun.
Ko‘pchilik kuzatishlar natijasiga ko‘ra leyshmaniozni davolashda
qo‘llaniladigan dorilar orasida solyusurmin eng samarali bo‘lib,
uni har kuni va ortib boruvchi dozalarda berish mumkin (Mirzoyan
N.A.). shuningdek u bilan davolash kursi ham boshqa preparatlar-
nikidan qisqa — 12 kun (masalan, surpminda — 62 kun, stibozanda
— 48 kun) ekanligini hisobga olmoq kerak.
Leyshmaniozni davolashda spetsifik dorilardan tashqari
patogenetik davo (antibiotiklar, vitaminlar, qon quyish, anemiyaga
qarshi dorilar) hamda quvvatli ovqat parhezining ham ahamiyati
kattadir.
Oqibati. Leyshmaniozning oqibati unga qo‘shilib asoratlan-
gan kasalliklar (zotiljam, dispepsiya, bezgak va b.) va ularni
davolash uchun qo‘llangan davo usullarimizning samaradorligiga
bog‘liq. Leyshmaniozni asoratlanmagan kechimida, hozirgi
davrda o‘tkazilayotgan davo tizimi 100% bemorlarda yaxshi
samara bermoqda.
Profilaktikasi. Bemorlarni vaqtida aniqlash va davolash, leysh-
manioz bilan kasallangan itlarni va boshqa hayvonlarni (kasallik
manbayini) yo‘qotish hamda leyshmanioz uchraydigan o‘choq-
larda iskabtopar chivinlarni qirish asosiy profilaktik tadbirlar
hisoblanadi.
110
Teri-leyshmaniozi (leishmaniosis cutanea)
(sin. Borovskiy kasalligi, yomon yara)
Teri leyshmaniozi — terining iskabtopar chaqishi mumkin
bo‘lgan ochiq qismida bir yoki bir necha yara hosil bo‘lishi bilan
namoyon bo‘ladigan trasmissiv parazitar kasallikdir.
Teri leyshmaniozi qamida issiq o‘lkalarda vaqti-vaqti bilan
epidemiya shaklida tarqalib turgan. Hozirgi davrda, bizning o‘lka-
mizda teri leyshmaniozining antroponoz (shahar) turi tugatilgan.
Zoonoz — tabiiy o‘choqli (qishloq) turlari esa kamdan-kam bo‘lsada
uchrab turadi.
Zoonoz teri leyshmaniozi (Sinonimlari: pendin yarasi, o‘tkir
nekrozlanuvchi teri leyshmaniozi, qishloq-sahro teri leyshmaniozi)
— aniq tabiiy o‘choqli infeksiya bo‘lib, Afrika, Osiyo (Hindiston,
Pokiston, Eron, Saudiya, Arabiston, Yaqin Sharq, Turkmaniston
va b.) o‘lkalarda, O‘zbekistonning Buxoro, Navoyi, Qashqadaryo,
Surxandaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida, shuningdek Toshkent
va Samarqand viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysida uchraydi. Teri
leyshmaniozi ham oxirgi yillarda juda kam uchraydi.
Etiologiyasi. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi Leishmania tropica
minor bo‘lib, o‘zining antigenlik va biologik xususiyatlari bilan
antroponoz (shahar) teri leyshmaniozining qo‘zg‘atuvchisi —
L.minor dan farq qiladi. L.tropica tashqi qiyofasi bo‘yicha visseral
leyshmaniozni qo‘zg‘atadigan L.Donovanidan farq qilmaydi. Ular
bir-birlaridan faqat biologik va serologik xususiyatlari bilangina
farqlanadi. Birinchi — ularning harakatsiz, ya’ni xivchinsiz davri
umurtqalilar (odam va sut emizuvchi hayvonlar) organizmida;
ikkinchi — harakatli, ya’ni xivchinli davri umurtqasizlar (chivin-
lar) organizmida o‘tadi.
Epidemiologiyasi. Teri leyshmaniozi zoonoz xilining asosiy
manbayi turli xil qum sichqonlari hisoblanadi. Sahro va yarim sahroli
hududlarda yashovchi boshqa xil yovvoyi kemiruvchilar va kamdan-
kam hollarda toshbaqalar ham infeksiya manbayi bo‘la oladi.
Kasallikni yuqtiruvchi iskabtopar chivinlar — Rhlebotomus
raratasii, Rh.camcasicus, Rh.sergenti hisoblanadi. Ular sahroda
qum sichqonlarining inida (bitta inda 500 ga yaqin) istiqomat qiladi.
111
Kasallik transmissiv yo‘l bilan, yoki qum sichqonlaridan iskab-
topar orqali odamga yuqadi. Kasallikni yuqishi sahroli hududlarda
aprel oyining ikkinchi yarmidan boshlab to setabr oyining
oxirigacha davom etishi mumkin. Iskabtoparlar asosan tunda,
ko‘proq kechqurun yarim tungacha chiqadi.
Sichqon qoni bilan iskabtopar oshqozoniga tushgan xivchinsiz
leyshmaniyalar (amastigotlar) bir sutka davomida xivchinli
(lentomonal, promastigot) shaklga o‘tadi va to‘rtinchi sutkada
iskabtopar tomog‘ida to‘planadi. Shunday qilib, iskabtopar qon
so‘rganidan 6—8 kun keyin odam va hayvonlar uchun xavfli bo‘lib
qoladi. Iskabtopar odamni chaqqanda parazit teriga kiradi va shu
tariqa kasallik yuqadi. Issiq sahroda odamlar ustlarini yopmasdan va
hatto yalang‘och yotganlari tufayli chivin chaqishi va yara hosil
bo‘lishi terining barcha qismida ham bo‘lishi mumkin.
Kasallik mavsumiy xarakterga ega bo‘lib, epidemik mavsum
asosan moy, iyun oylarida boshlanadi, eng ko‘p kasallanish esa
avgust-sentabr oylariga to‘g‘ri keladi. Ko‘proq qishloq aholisi
kasallanadi.
Endemik o‘choqlarda mahalliy bolalarga nisbatan boshqa joydan
kelgan bolalar va kattalar ko‘proq kasallanadi. Bu hol mahalliy
aholida oldindan orttirilgan immunitet borligidan dalolat beradi.
Patogenezi va patanatomiyasi. Iskabtopar chaqqanida teriga
kirgan leyshmaniyalar tezda makrofaglarga (gistiotsidlar, plazmatik
hujayralarga) kirib olib ko‘paya bo‘shlaydi. Leyshmaniyalar tushgan
joyda o‘choqli produktiv yallig‘lanish rivojlanib makrofaglarning
to‘planishi tufayli spetsifik granulemalar (leyshmaniomalar) hosil
bo‘ladi. Granulemalar makrofaglar, endotelial, plazmatik va limfoid
hujayralardan hamda fibroblastlardan tashkil topgan. Makrofaglar
ichida ko‘plab amastigetlar bo‘ladi. Oradan 1—2 hafta vaqt o‘tgach
granulemalarda destruktiv o‘zgarishlar rivojlanadi va yaralar paydo
bo‘ladi. Ayrim hollarda leyshmaniyalar limfa oqimi bo‘ylab (hatto
5—70 sm masofaga) siljishi va spetsifik tugunlar, limfangait va
limfadenitlar rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Teridagi gistologik o‘zgarishlar spetsifik granulema sohasida yirik
infiltratdan iborat bo‘lib, u terining yuza qatlamida tarqoq holda,
chuqur qatlamida esa ko‘proq tomir atrofida joylashadi.
112
Teri leyshmaniozining zoonoz shaklida infiltrat markazida
nekroz rivojlanishi va uning oqibatida yara hosil bo‘lish jarayoni
juda barvaqt yuzaga keladi. Yaralar, odatda, bitib, chandiqlanib
tuzaladi. Ayrim hollarda granulemalar yaralanmasdan so‘rilib ketishi
mumkin.
Leyshmaniozda immunitet ancha mustahkam bo‘ladi, qaytadan
kasallanish hollari juda kam uchraydi.
Klinikasi. Teri leyshmaniozining zoonoz (qishloq) xilida
inkubatsion davr qisqa — o‘rtacha 2—4 hafta, ayrim hollarda 6—8
haftagacha cho‘zilishi mumkin. Teri leyshmaniozini N.F.Rodyakin
(1962) taklif etgan klinik tasnifdan foydalaniladi: 1. Birlamchi
leyshmanioma: a) surtma davri, b) yaralanish, d) chandiqlanish
davri. «Keyin rivojlanadigan leyshmanioma. 3. Diffuz infiltratli
leyshmanioma. 4. Silsimon teri leyshmaniozi. Keyingi ikki klinik
turi leyshmaniozning antroponoz (shahar) xiliga xosdir.
Kasallik, odatda, o‘tkir boshlanadi. Dastlab chivin chaqqan
joyda chi pqonsimon bo‘rtma, papula — birlamchi leyshmanioma
hosil bo‘lib, kattalashib boradi. U tanada yallig‘lanadi, rangi qizg‘ish
ko‘kimtir, qattiq infiltratlangan bo‘lib, bezillab og‘rib turadi,
ba’zan deyarli og‘rimaydi. Orada 1—2 hafta (kattalarda 1—2 oy)
o‘tgach leyshmaniomaning markazida nekroz boshlanadi, yuzaki
quruq qora po‘st bilan qoplanib turadi. Hosil bo‘lgan yaralarning
kattaligi 10—15 mm gacha, qirrasi notekis, yoyilgan, nekrozlan-
gan, chuqur bo‘lib, nekrotik-yiringli va qonli ajralma bilan to‘lib
turadi va og‘riqli bo‘ladi.
Ba’zan leyshmanioma atrofida mayda tuguncha (limfangit) lar
— keyingi leyshmaniomalar paydo bo‘ladi. Ayrim hollarda bu
tugunchalar ham o‘z navbatida yaraga aylanadi va ular bir-biri
bilan qo‘shilishi natijasida yaralarning kattaligi bir necha santimetrga
yetishi mumkin. Kasallikning limfa tomirlari bo‘ylab tarqalishi
oqibatida limfadenitlar ham yuzaga keladi.
Yaralarning bitishi — yara tubida granulatsiya hosil bo‘lishi
bilan boshlanadi. Yara tubi donador tusga kiradi (baliq tuxumlari
simptomi) va orada 2—3 oy, ba’zan 6—8 oy o‘tgach asta-sekin
tuzalib, o‘rnida umr bo‘yi yo‘qolmaydigan chandiqlar qoladi. Yara
bitishi uzoq cho‘zilganda, ayniqsa yosh bolalarda, ko‘pincha
113
ikkilamchi yiringli infeksiya bilan asoratlanadi, abssess, flegmona,
saramas yuzaga keladi va unga tashxis qo‘yish ancha murakkablanadi.
Teri leyshmaniozining qishloq (ayniqsa, sahrolarda uchray-
digan) xilida leyshmaniomalar soni 1—2 ta, odatda, 5—10, ba’zan
50—100 ta va undan ortiq (Slavin A.N. 222 ta leyshmaniomasi bor
bemorni kuzatgan) bo‘lishi mumkin. Yaralar ko‘pincha tananing
ochiq joylarida: yuzi, qo‘l-oyoqlari, ba’zan butun tanasida
joylashadi. Bitta chivin odamning ma’lum bir joyini 10-15 marta
chaqishi mumkin, bunday hollarda leyshmaniomalar to‘p-to‘p
bo‘lib joylashadi.
Aksariyat yosh bolalar va o‘smirlar orasida silsimon teri
leyshmaniozi (metaleyshmanioz) kuzatiladi. U butun leyshma-
niozlarning 6—7% ni tashkil qiladi. Silsimon leyshmaniozda oldin
hosil bo‘lgan chandiqlar atrofida yoki chandiq ustida mayda
ko‘kimtir rangli leyshmaniozlar halqasi paydo bo‘ladi.
Silsimon teri leyshmaniozida ham xuddi sil ogurugidagidak
diaskopiyada «olma jelesi» fenomeni musbat bo‘ladi.
Ba’zan qariyalar jarohatlangan terining talaygina sathi
infiltratlanib, qalin tortib qoladi, ya’ni diffuz — infiltratli leyshma-
nioz rivojlanadi. Ko‘pchilik hollarda infiltrat asta-sekin iz qoldirmay
so‘rilib ketadi.
Tashxisoti. Teri leyshmaniozini aniqlashda ham xuddi visseral
leyshmaniozdagi kabi, avvalo epidemiologik va klinik ma’lumotlarga
hamda kasallikning qo‘zg‘atuvchisi — leyshmaniyalarni topishga
asoslanamiz.
Leyshmaniyalarni mikroskop ostida aniqlash uchun leyshma-
niomalardan qirindi (yoki so‘rma, kesma) olib, undan bir necha
surtma tayyorlanadi va uni Romanovskiy usulida bo‘yatib, ayniqsa
ostida ko‘riladi.
Leyshmaniyalar ko‘pincha hujayralar, ayniqsa monotsitlar
ichida g‘uj bo‘lib (1—2 tadan 20—30 tagacha) joylashadi.
Tekshirilayotgan preparatlarda parazit har doim ham topilavermaydi,
shuning uchun uni qayta-qayta va sinchiklab izlash kerak.
Teri leyshmaniozining tuberkuloid ti pida Montenegro reak-
siyasi musbat natija beradi.
114
Teri leyshmaniozining zoonoz xilini antroponoz xilidan farqlash
kerak. Buni osonlashtirish uchun P.V.Kojevnikov va boshqalar
(1947) quyidagi jadvalni tavsiya etishgan.
Teri leyshmaniozining ikki xilining asosiy belgilari
Belgilari
Shahar
(antroponoz) xili
Qishloq, cho‘l
(zoonoz) xili
Sinonimlari
Kech yaralanadigan
leyshmanioz, yillik yara
Erta yaralanadigan
leyshmanioz,
Pendin yarasi
Inkubatsion davri
2—6 oy, ba’zan 1—2 yil
1—4 hafta
Jarayonning rivojlanishi
Ozroq papula —
do‘mboqchalar
O‘tkir yaralangan,
ko‘pincha furunkulsi-
mon infiltratlar
Yaraning paydo
bo‘lish vaqti
Sekin
Tez
Limfangitlar
3—6 oy yoki undan
keyin
1—3 hafta
Do‘mboqchalar soni
Kam
Ko‘p
Joylashishi
Juda kam
Anchagina
Epitelizatsiyaning
hosil bo‘lish vaqti
Oyoqlarga nisbatan,
yuzda ko‘p
Yuzga nisbatan
oyoqlarda ko‘p
Faslga bog‘liqligi
Bir yil va undan ko‘p
2—6 oy
Epidemik tarqalishi
Kasallik yil davomida
paydo bo‘lishi mumkin
Kasallik asosan
yoz-kuzda (iyul-oktabr
oylarida) uchraydi
Qo‘zg‘atuvchisining
manbayi
Odam
Kemiruvchilar
Tarqalgan joylari
Asosan shaharda
Cho‘l, qishloq, qish-
loqqa yaqin shaharlarda
Leyshmaniozlarda
Borovskiy tanacha-
sining soni
Ko‘p
Kam
Oq sichqonlar uchun
virulentligi
Kam
Katta
Immunitet paydo bo‘lishi
Shahar xili bilan
kasallangan bemor
qishloq xili bilan yana
kasallanishi mumkin
Qishloq xili bilan
kasallangan bemor
shahar xili bilan yana
kasallanishi mumkin
Qo‘zg‘atuvchisi
L.trorica minlr
L.trorica major
115
Teri leyyshmaniozdagi jarohatni ko‘pchilik dermatozlardan
(furunkulez, teri raki, pastki lab o‘smasi va b.) shuningdek moxov,
zaxim, teri va limfatik bezlar tuberkulezi, retikulosarkomatoz va
boshqalardan farqlash kerak bo‘ladi.
Davolash. Bemorni kasallikning davriga, bemorning ahvoli,
kasallikning klinik belgilari va xiliga qarab davolanadi. Kasallik o‘tkir
boshlanganda va yara bosqichida yallig‘lanishiga qarshi mahalliy
dezinfeksiyalovchi eritma va malhamlar hamda mushak orasiga
monomitsin (kattalarga 250000 BR kuniga 3 mahal, davolash
kursiga 10000000 BR) yuboriladi. Monomitsin bolalarga tana
og‘irligining har 1 kg ga 4000—5000 BR hisobidan kuniga 3 mahal
beriladi. Aminoxinolon — 0,2 g dan 3 mahal, bir kursga 11—12 g
beriladi.
Yaralar ko‘p va ular yiringli infeksiyalar bilan asoratlangan
bo‘lsa, tomirga 5% solyusurmin eritmasi (bir kunda 3—10 ml,
jami 20—25 marotaba) yuborish bilan birg a antibiotik,
sulfanilamidlar va autogemoterapiya buyuriladi. Kasallik boshlanish
davrida leyshmaniomalar atrofiga monomitsin (100000 BR 0,5%
li novokaindagi eritmasi) va urotropin (40% li) eritmalarini yoki
0,5% akraxining 1 (menokran) 1% li novokain bilan aralashmasi
yuboriladi. Ana shu dorilar bilan ho‘llangan doka lattani yara ustiga
qo‘yish yoki monomitsinli, 15% li salitsin va boshqa malhamlarni
surtish ham yaxshi natija beradi. Metronidazol tabletkasi 250 mg
dan 10 kun beriladi. Hozirgi davrda teri leyshmaniozini davolashda,
ayniqsa bo‘rtmali bosqichida, lazer nurlaridan foydalanish keng
yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu usul bilan davolanganda yara chandiqsiz
bitadi. Kasallikning og‘ir kechimida 5-valentli surma preparatlaridan
foydalaniladi. Barcha davolash tadbirlari bemorning kuch-quvvatini
ko‘paytiradigan davo choralari bilan birga olib borish kerak.
Profilaktikasi. Profilaktik choralar asosan kasallik keng
tarqalgan endemik o‘choqlarda iskabtopar chivinlarni hamda kasal-
lik manbayi bo‘lgan kemiruvchi hayvonlarni yo‘qotishga qaratiladi.
Kasallik o‘chog‘ida dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi. Endemik
o‘choqlarda ishlovchi odamlarni chivin chaqishidan asrash
choralari ko‘riladi.
116
Teri leyshmaniozi qishloq (zoonoz) xili qo‘zg‘atuvchisining
toza undirmasi (ya’ni L.mojor ning tirik ultrasi) bilan (0,1—0,2
ml) emlash ham yaxshi natija beradi. Bu vaksinani endemik zonaga
kirishidan 3 oy oldin qo‘llash kerak. Emlashdan hosil bo‘lgan
immunitet umrbod saqlanadi.
Toksoplazmoz (toxorlasmosis)
Toksoplazmoz — parazitar kasallik bo‘lib, asab sistemasining
jarohatlanishi, jigar, taloq va limfatik tugunlarning kattalashuvi,
ko‘pincha skelet mushaklari, miokard va ko‘zlarning jarohatlanishi
bilan namoyon bo‘ladi.
Tarixiy ma’lumotlar. Kasallikni qo‘zg‘atuvchisi — toksoplaz-
malarni birinchi bor 1908-yilda italiyalik olim Srlendore (quyon-
larda) va uning bilan bir vaqtda fransuz olimi Nicolle va Manceaux
(Ctenodactylus gandii deb nomlanuvchi Afrika kemiruvchilarida)
aniqladilar. Srlendore toksi plazmalarni quyonlar, suv cho‘chqasi
hamda itlarga yuqtirish ustida tajribalar olib bordi va parazit haqida
birlamchi ma’lumotlarni berdi. Keyinchalik quyonlar va boshqa
kemiruvchi hayvonlarning ichki a’zolaridan topilgan bu bir hujay-
rali, harakatsiz parazitlarning tuzilishi va hayot tarzini o‘rganishlari
asosida mustaqil Toksi plazmoz (yoy, arka) jinsiga ajratdilar va
ularni — Toksoplazmoz gandii deb atadilar.
Toksoplazma grekcha «tokson» — zahar va «plazma» —
protoplazma ma’nosini anglatadi.
Toshkentda toksoplazmoz haqida batafsil ma’lumotlarni 1912-yilda
V.L.Yakimov va N.Kol-Yakimovalar chop etishgan. Ular toksop-
lazmlarni itlarda aniqlashgan. 1930-yilda D.N.Zasuxin va N.A.Gayskiylar
toksoplazmalarni G‘arbiy Qozog‘iston yumronqoziqlarida,
G.Ya.Zmeyev esa 1935-yilda Turkmaniston kalamushlarida aniqladilar.
1914-yilda odamlarda toksoplazmozni birinchi bo‘lib A.Kastelani
Seylon orolida shu xastalikdan o‘lgan soldatda kuzatdi va kasallik
qo‘zg‘atuvchisini Toxorlasma ryrogenes deb atadi.
1916-yilda Rossiyada A.I.Fedorovich bemor bola qonida bezgak
plazmodiyalarini qidira turib toksoplazmalarni aniqladi, xuddi
shunday parazitlarni u itlarda ham topdi.
117
Chexiyalik olim Janku (1923) gidrotsefaliya, chap taraflama
mikroftalm va sariq dog‘ning ikki yoqlama kolobomasi singari
holatlar bilan halok bo‘lgan 11 oylik bolani kuzatish asosida tug‘ma
toksoplazmoz kasalligi haqida batafsil ma’lumot bergan.
Keyinchalik (1937—1955-y.) amerikalik virusolog Sabin o‘z
xodimlari bilan birga odamlarda va hayvonlarda toksoplazmoz
kasalligini har taraflama chuqur o‘rgandi. Ular toksoplazmalarni
ko‘pchilik hayvonlar va parrandalarga xavfliligini aniqlash bilan birga
parazitni zararlangan hujayralarda ko‘payish tarzini ham o‘rgan-
dilar.
Dostları ilə paylaş: |