Toshkent-2012 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/27
tarix01.04.2017
ölçüsü2,8 Kb.
#13033
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27

Etiologiyasi. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi — Toxorlasma gandii,
Toxorlasma avlodiga, Cocidia guruhiga, Srorozoa sinfiga, Rrotozoa
ti piga  mansubdir.  Toxorlasma  so‘zi  “yoy”  yoki  “arka”  mansini
bildirsada, tanasining shakli uning rivojlanish bosqichiga va rivojla-
nish o‘rniga bog‘liq bo‘ladi. Trofozoit (endozoit) bosqichida tanasi-
ning tuzilishi yarimoy shaklida yoki apelsin kesmasini eslatadi. Oldi
tomoni ingichkaroq, orqa tomoni esa yo‘g‘onlashgan bo‘ladi. Tanasi
ikki  qavatli  qoplama  (pellikula)  bilan  qoplangan,  uzunligi  4—7
mkm, eni — 2—4 mkm hajmda bo‘ladi. Hujayra plazmasi bir tusli
(gomogen) bo‘lib, orasida mayda granulalar mavjud. Yadrosining
diametri 1,5—2 mkm. Ramanovskiy—Gimza usuli bilan bo‘yalganda
yadrosi qizil rangga, hujayra plazmasi esa kulrang—zangori rangga
bo‘yaladi. Toksoplazmalar sirg‘anish tarzida harakatlanadi.
Toksoplazmozlar hujayra ichida istiqomat qiluvchi parazitlar
bo‘lib, ikki xil (jinsiy hamda oddiy bo‘linish) yo‘l bilan ko‘payadi.
Jinsiy  ko‘payishi  —  gametogoniya,  asosan  mushuk  va
mushuksimon yovvoyi hayvonlarning ichak epitelial hujayralarida
sodir bo‘ladi. Og‘iz orqali tashgan parazitlar ovqat—hazm yo‘lida
epitelial  hujayralarga  joylashib  oladi  va  ko‘plab  b  o‘  l  i  n  i  sh
(shizogoniya) yo‘li bilan ko‘payib m e r o z o i t l a r hosil qiladi.
Keyinchalik bu merozoitlarning bir qismi erkak (m i k r o g a m e
t a), boshqa qismi urg‘ochi (m a k r o g a m e t a) hujayralarga
aylanadi. Gametotsitlar parazit yuqqanidan 3—15 kun keyin butun
ingichka ichak bo‘ylab, ko‘proq quyi qismida aniqlanadi.
Bu ikki xil gametalarning qo‘shilishidan puxta qobiqqa o‘ralgan,
20—100 mkm kattalikdagi o o s i s t l a r vujudga keladi. Najas

118
orqali tashqi  muhitga tushgan  ootsistlar uzoq  vaqt saqlanishlari
mumkin.  Bir  necha  kundan  keyin  (harorat,  namlik  va  kislorod
yetarli bo‘lgan taqdirda) har bir ootsistdan to‘rttadan sporozoiti
bo‘lgan ikkita s p o r o s i s t a hosil bo‘ladi va ular endi invazion
(yuqish) xususiyatiga ega bo‘ladi.
Jinsiz ko‘payishi, — o‘z ichiga endodiageniya, endopoligeniya
va shizogoniyalarni olib, oraliq xo‘jayinlarning barcha a’zolarida va
shu jumladan mushukning ichagida sodir bo‘ladi. Bunday ko‘payish
vegetativ ko‘payish bo‘lib ikki xil: endozoit va sistozoit turida kechadi.
Endozoit  toksoplazm  invaziyasining  boshlang‘ich  davriga  va
shuningdek, generalizatsiyalashgan jarayonga xos. Kasallikning latent
surunkali kechimi davrida esa sitozoit kuzatiladi.
Endozoitlar (taxizoitlar) endotelial hujayralar, jigar parenxi-
matoz hujayralari, gistiotsitlar, limfotsitlar, pnevmotsitlar, miokard
tolalari, neyronlar va boshqa parazit ko‘payishi mumkin bo‘lgan
hujayralarning sitoplazmasida topiladi. Toksoplazmlar faqat tirik
hujayra ichida ko‘payadi va juda qisqa (to boshqa hujayraga kirib
olguncha bo‘lgan) vaqt davomida hujayradan tashqarida bo‘lishi
mumkin. Yana shu narsa aniqlanganki (Kaufman H va boshqalar.,
1962), toksoplazmning virulentli shtammlari virulentligi kamroq
bo‘lgan shtammlariga nisbatan 2—3 marta tezroq ko‘payar ekan.
Odam organizmiga tushgan parazitlar retikuloendotelial sistema
hujayralariga  joylashib  olib,  ko‘ndalang  bo‘linish  yoki  ichki
kurtaklanish (endodiogeniya) yo‘li bilan ko‘payadi. Ichi parazitlar
bilan  to‘lgan  hujayralar  p  s  e  v  d  o  s  i  s  t  l  a  r  deb  ataladi.
Psevdotsistlar yorilishidan ajralib chiqqanni toksoplazmlar boshqa
sog‘lom hujayralarga kirib yana ko‘payadi va yana psevdotsistlar
hosil qiladi.
Surunkali toksoplazmozda bemor a’zolarida xuddi hayvonlar
a’zolarida bo‘lgan singari haqiqiy sistlar ham hosil bo‘lishi mumkin.
Ular keyinchalik yoki qotib—ohaklanib qoladi yoki yorilib ichidan
chiqqan toksoplazmlar boshqa sog‘lom hujayralarga o‘tishi oqibatida
kasallikning qaytalanishiga (residivga) sababchi bo‘ladi.
Parchalangan hujayralardan ajralib chiqqan parazitlarning juda
tezlik bilan boshqa sog‘lom hujayralarga kirib olishi, ularning faol
xarakatidan darak beradi. Hujayra ichiga bunchalik tez (yaponiyalik

119
olim Hirai K va boshqalarning kuzatishlari bo‘yicha — bir necha
sekund  davomida)  kirib  olishga,  parazit  nafaqat  o‘zining  faol
harakati, balki o‘zidan ajratadigan maxsus faktor (REF) yordamida
erishadi(Lycke va b., 1966).
Tekshiruvlar  shuni ko‘rsatdiki — toksoplazm barcha ti pdagi
hujayralarda ko‘paya oladi, shuning uchun ham barcha turdagi sut
emizuvchilar va parrandalar oraliq xo‘jayin bo‘lib xizmat qiladi.
Biroq sitopatogen ta’sir  muddati turlicha bo‘lib,  u hujayra ti piga va
yoshiga (Akinshina G.T., 1964), shuningdek, parazitning ko‘payish
ritmiga  (Kaufman  H  va  b.,  1968)  bog‘liq.  Toksoplazmning
ko‘payish ritmi uning virulentlik xususiyatiga mutanosib ekanligi
aniqlangan.
Toksoplazmlar asosan RES hujayralarida, xususan makrofag-
larda ko‘payadi. Ko‘payish asosan hujayra plazmasida sodir bo‘ladi,
biroq  toksoplazmda  hujayra  yadrosiga  kirish  va  ko‘payishga
moyillik (tropizm) ham aniqlangan.
Sistalar devorining mohiyati va uning paydo bo‘lish mexanizmi
juda  murakkab  bo‘lib,  hali  yetarli  o‘rganilmagan.  Sistalar  ham
ko‘pincha hujayra ichida joylashadi, biroq hujayradan tashqarida
bo‘lishi ham mumkin.
Ko‘pchilik  hollarda  sistalar  atrofida  hujayra  infiltratsiyasi
kuzatilmaydi,  faqat ayrim yondosh  gistotsitlarda o‘choqli gi pertro-
fiya ko‘rilishi mumkin.
Toksoplazmning virulentlik va antigenlik xususiyati uning turli
shtammlarida turlichadir.
Aniqlanishicha, antigen tarkibida proteindan tashqari 12—15%
miqdorida polisaxarid fraksiyasi mavjud, demak toksoplazma antigeni
oqsil—uglevod majmuidan tashkil topgandir.
Trofozoit  bosqichida  toksoplazmlar  termik  hamda  ba’zi
kimyoviy moddalar ta’siriga chidamsizdir. Ular qizdirilganda (55°C)
tez, 50% li spirt, 2% li xloramin, 1% li fenol eritmalari ta’sirida
5—10 daqiqa  davomida nobud  bo‘ladi, quritish  va quyosh  nuri
ta’siriga ham chidamsizdir.
Epidemiologiyasi.  Toksoplazmoz  zaminimizning  barcha
qit’alarida uchraydigan, zooantroponoz kasallikdir. Kasallikning
sinantrop va tabiiy o‘choqlari mavjud. Tabiiy o‘choqlarda tekshirilgan

120
hayvonlar va qushlarning barcha turlarida toksoplazmoz aniqlangan.
Ular (ayniqsa quyonlar) orasida ommaviy abortlar bilan kechuvchi
yirik va og‘ir epizootiyalar kuzatilib turadi. Epidemiologik nuqtayi
nazaridan  toksoplazmozni  qishloq  xo‘jaligi  va  uy  hayvonlarini
zoonozi deb qaralmog‘i kerak. Odam, odatda, sinantrop o‘choq-
larda, ya’ni aholi yashaydigan joylardagi o‘choqlarda epidemiologik
halqaga qo‘shiladi.
Sinantrop o‘choqlarda — mollar, qo‘y, echki, cho‘chqa, ot,
tuya, eshak, it, mushuk, tovuq, o‘rdak, g‘oz, kurka, sayroqi qush-
lar,  shuningdek,  uy  kemiruvchilari kasallik  manbayi  bo‘lib  xiz-
mat qiladi. Ayniqsa mushuklar, a’zosida toksoplazmozlarning jinsiy
ko‘payishi sodir bo‘lganligi uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Hozirda odamning, oraliq xo‘jayin bo‘lmish hayvonlar (qishloq
xo‘jalik hayvonlari,  it, kemiruvchilar)  bilan muloqatda  bo‘lishi,
amalda  kasallik  yuqishiga  olib  kelmasligi  aniqlangan.  A’zosida
toksoplazmlar bo‘lgan odam ham boshqa oraliq, xo‘jayinlar singari
atrofdagilarga deyarli epidemiologik xavf tug‘dirmaydi. Shuningdek,
toksoplazmni donorlik qoni orqali yuqishi yoki havo—tomchi yo‘li
bilan, transmissiv va jinsiy yo‘llar bilan yuqishi, maxsus tekshiruv-
lar asosida inkor etilgan.
D.N.Zasuxinning  (1980)  takidlashicha,  yuqish  toksoplazm-
ning barcha rivojlanish bosqichida — ya’ni endozoitlar, sistalar va
ootsistalar orqali sodir bo‘ladi. Ootsistalarning alimentar yo‘l bilan
yuqishi nafaqat xom go‘sht, balki ootsistlar bilan ifloslangan barcha
ovqat  turlari,  shuningdek  ifloslangan  qo‘l,  yaxshi  yuvilmagan
sabzavot, ho‘l mevalar (qulupnay) va boshqalar orqali ham (xuddi
geogelmintozlar  singari)  sodir  bo‘lishi  mumkin.
Kasallikning yuqishi asosan og‘iz orqali —alimentar yo‘l bilan,
xom yoki chala pishirlilgan go‘sht yoki qiyma iste’mol qilinganda
(tatib ko‘rilganda) sodir bo‘ladi. Bu borada sut va sut mahsulot-
larining roli ham deyarli yo‘qdir.
Toksoplazmlar  yuqishining  ikkinchi  yo‘li  —  mushuklar
ajratgan  oosistlarni  turli  yo‘llar  bilan  (ifloslangan  qum,  tuproq
yoki bevosita mushukning o‘zini tegishi tufayli ootsistlarni qo‘lga,
idish—tovoqlarga o‘tishi sababli) og‘izga tushishidir. Xom go‘sht
bilan ishlovchi — qassoplar, oshpazlar, uy bekalari, shuningdek

121
ayrim soha tibbiyot xodimlariga parazit jarohatlangan teri yoki shilliq
qavatlar orqali  yuqishi ham  taxmin etiladi.  Bunday (geooral  va
kontaminatsion) yuqish mexanizmi kam kuzatilsada, mushukning
epidemiologik ahamityatini kamaytirmaslik kerak.
Aniqlanishicha, mushuk yo‘q hududlarda (masalan, ba’zi bir
orollarda) toksoplazmoz nafaqat odamlarda, balki qishloq xo‘jalik
hayvonlarda  ham  yo‘q  ekan.  Shuning  bilan  birga,  mushuk  bor
joylarda aholining turli qatlamlari, shu jumladan go‘sht yemaydi-
ganlar  (vegitarianlar)  ham  toksoplazmoz  bilan  zararlanganligi
ko‘rilgan. Bu holat, mushuk toksoplazmozni epidemiologiyasida
markaziy o‘rin tutadi degan xulosa qilishiga asos bo‘ladi. Demak,
toksoplazmozning epidemiologik halqasini quyidagicha ifodalash
mumkin 
(Zarvaraqdagi 3-rasmga qarang).
Laboratoriya xodimlariga kasallikni yuqishi, ularning jarohat-
langan terilariga kuchli virulentli toksoplazmlar tushgan taqdirdagina
sodir bo‘ladi. Ayrim hollarda ona qornidagi homilaga kasallik platsenta
orqali yuqishi mumkin. Bu holat onaga toksoplazmoz homiladorlik
paytida yuqqan taqdirdagina va onada parazitemiya bo‘lib platsentada
cheklangan  jarohatlanish  bo‘lgan  hollardagina  sodir  bo‘ladi.
Binobarin, tug‘ma toksoplazmoz bo‘yicha xavfli guruhga (gruppa
riska)  faqat  shu  homiladorlikkacha  hech  toksoplazm  invaziyasi
bo‘lmagan, ya’ni immuniteti yo‘q homilador ayollargina kiritilmog‘i
kerak (Lqsenko A.Ya., 1984). Homiladorlikdan oldin (hatto homila-
dorlikka  yaqin  kunlarda)  toksoplazmozni  yuqtirgan  ayollar
kasallikni homilaga yuqtira olmiaydilar, chunki homiladorlik davriga
kelib  taxizoidlarning  rivoji  to‘xtagan,  sistalar  esa  to‘qimalarga
joylashib olgan bo‘ladi.
Ko‘pchilik olimlarning takidlashi bo‘yicha ona o‘z hayotida
toksoplazmozni homilaga faqat bir marta yuqtirishi mumkin xolos.
Ya’ni, hayotida bir marta toksoplazmozli bola tuqqan ayol keyingi
homiladorlikdan qo‘rqmasligi mumkin (Lisenko A.Ya., 1984).
Kasallik yer kurrasining barcha qit’alarida va barcha iqlimiy
sharoitlarda  tarqalgandir.  Dunyoning  ko‘pchilik  o‘lkalarida
o‘tkazilgan tekshiruvlarda aholining 6 dan 90% da toksoplazmga
qarshi  antitelolar  borligi  qayd  etilgan:  aholining  toksoplazmoz
bilan zararlanganlik darajasi G‘arbiy Yevropa va Shumoliy Amerika

122
davlatlarida 25—50% bo‘lsa, Afrika, Markaziy va Janubiy Amerika
o‘lkalarida 90% ni tashkil etadi. Umuman Yer yuzi aholisining
uchdan bir qismi toksoplazmoz bilan zararlangan deb hisoblanadi
(Yornham R., 1971). Aholining zararlanish darajasi issiq o‘lkalarda
sovuq o‘lkalarga nisbatan, qishloqlarda shahardagiga nisbatan yuqori
bo‘lishi hamda hudud dengiz sathidan qancha yuqori bo‘lsa, shuncha
zararlanish kam bo‘lishligi aniqlangan. Masalan, Islandiyada —
4—11% bo‘lsa, Ganduras, Gaiti singari issiq tropik o‘lkalarda —
64—68% bo‘lgan. Iqlimliy sharoitning ta’siri hatto bir o‘lka hududida
ham seziladi. Aholi orasida infeksiyaning uchrashi yoshga qarab
ham ortib boradi.
Kasallikning tarqalishiga yil fasllari ta’sir ko‘rsatmaydi.
Odamlar  orasida  kasallikka  moyillik  yuqori  emas,  ko‘proq
yoshlar  kasallanadi. Kasallik  60  yoshdan  katta   shaxslarda  kam
uchraydi.
Patogenezi. Og‘iz orqali tushgan to‘qima sistalari va ootsistalardan
ajralgan bradizoitlar va sporozoitlar ko‘proq ingichka ichakning
quyi qismida tezlikda epitelial hujayralari, so‘ngra esa limfa oqimi
orqali  regionar  (mezenteral)  limfa  tugunlariga  o‘tadi.  Bu  yerda
toksoplazmlar ko‘payib yallig‘lanish chaqiradi va ajralib chiqqan
taxizoitlar boshqa hujayralarga o‘tib, ularni ham zararlashi oqibatida
ko‘plab mayda nekrozli o‘choqlar paydo bo‘ladi. Buni invaziyaning
boshlang‘ich bosqichi, yoki birlamchi affekt deb qaraladi. So‘ngra
tuzilishi jihatidan  sil yoki qoraoqsoq  granulemalarini eslatuvchi
infeksion  granulema  hosil  qiladi.  A.Ya.Lisenkoning  (1984)
takidlashicha,  boshlang‘ich  bosqichdagi  o‘zgarishlar  klinik  na-
moyon bo‘lmaydi, ya’ni kasallikning inkubatsion davriga to‘g‘ri
keladi.
Keyinchalik toksoplazmlar qonga tushib qon orqali butun tanaga
tarqaladi  va  retikuloendotelial  sistemasi  a’zolariga  (jigar,  taloq,
limfatik tugunlar), boshqa parenximatoz a’zolar va shuningdek nerv
sistemasi, yurak mushaklari hamda skelet muskullariga joylashib
oladi. Bu invaziyaning generalizatsiyalashgan bosqichidir. Parazit
a’zolarda ko‘payib borib, organizmda ularga qarshi immunitet ortgan
sari uzoq yillar yoki umrbod saqlanuvchi sistalar hosil qiladi. Nerv
sistemasi hamda mushaklarda nekroz o‘choqlari paydo bo‘lib, ular

123
keyinchalik qotib—ohaklanib qoladi. Ohaklanish toksoplazmozga
juda xos belgilardandir.
Parazit yuqishi bilan uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonga tushishi
(homilaga platsenta orqali yuqqanda yoki laboratoriya sharoitida
yuqqanda)  juda  xavflidir,  chunki  hali  immunologik  jarayon
rivojlanmaganligi  sababli  sepsis  yuzaga  kelishi  va  o‘lim  bilan
yakunlanishi mumkin. Chunonchi, patologik jarayonning og‘ir-
yengilligi ko‘p jihatdan organizmning immunologik holati bilan
belgilanadi.
Odamlar toksoplazmozga nisbatan chidamli bo‘lganliklari tufayli
ularda og‘ir septik holatlar juda kam kuzatiladi. Generalizatsiya
bosqichining boshlanishidanoq qonda antitelolar aniqlanadiki bu
holat immunitet rivojlanayotganidan dalolat beradi.
Organizmda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar ko‘pchilikda klinik
namoyon bo‘lmay, patologik jarayon turg‘un kompensatsiyalashadi
va kasallik birlamchi — latent turda kechadi. Zararlanganlarning
faqat 1% da xastalik sust, qaytalanib turuvchi surunkali turda va
faqat 0,2—0,5% bemorlarda o‘tkir, dekompensatsiyalashgan va og‘ir
turda namoyon bo‘lishi mumkin.
Shuning bilan birga, kasallikni latent kechimi yoki toksoplaz-
moz  tashuvchilik  davrida  immunodepressantlarni  qo‘llash
kasallikning zo‘riqishi va generalizatsiyasiga olib kelishi va hatto
o‘limga sabab bo‘lishi mumkin.
Ko‘pchilik  hollarda,  immunitetni  ortib  borishi  bilan,
generalizatsiya bosqichi bir necha haftadan keyin p a r a z i t n i n g
p e r s i s t e n s i ya s i bosqichiga o‘tadi. Hujayradan tashqaridagi
parazitlar o‘ladi, faqat orqa miya suyuqligida uzoqroq aniqlanib
turadi.  Taxizoitlarning  ko‘payishi  to‘xtab  (asosan  mushaklar  va
MNS da), hujayra sistalari paydo bo‘ladi. Juda kamdan-kam holarda
sistalar yorilib faqat ayrim bradizoitlar boshqa hujayralarga kirib
yangi  sistalar  hosil  qilishi  mumkin.  Bu  bosqichda  gumoral
antitelolar kam, teri allergik sinamasi esa turg‘in musbat bo‘ladi.
Toksoplazmozda  tabiiy  immunitet  oldiniga  taxizoitlar,
keyinchalik (so‘nggi bosqichda) — bradizoitlar tomonidan antigenli
qitiqlanib turadi. Hujayra sistasi ichidagi bradizoitlar doimiy ravishda
o‘zidan immunogen metabolitlar ajratib turadi. Buning oqibatida

124
immunitet ma’lum bir darajada doimiy ushlanib turadi. Biroq bu
immunitet  persistensiya  bosqichidagi  parazitni  yo‘qotish  uchun
yetarli  bo‘lmasada,  organizmni  residivlardan  va  reinvaziyadan
himoyalashga  yetarlidir.  Binobarin,  toksoplazmozda  immunitet
nosterildir. Toksoplazmozda B- va T-lifotsitlar aktivligining susayishi
tufayli uzoq vaqt immunosupressiya holati yuzaga keladi. O‘ldirilgan
yoki avirulent toksoplazmlar bilan immunizatsiya qilish virulentli
parazit shtammlarining yuqishidan himoya qilaolmasada patologik
o‘zgarishlar og‘irligini kamaytiradi.
Toksoplazmoz patogenezida organizmda bo‘ladigan allergik
o‘zgarishlarning ahamiyati juda kattadir. Bunda kuzatiladigan allergik
yuqori sezgirlik (ãèïåð÷óâñâèòåëíîñò)  sekinlashgan ti pda   bo‘ladi.
Homiladorlikning birinchi oylarida, qorinda homila zararlangan
taqdirda, ko‘pincha bola nobud bo‘ladi va bola tashlash yoki o‘lik
tug‘ish hollari kuzatiladi. Shuningdek, homila rivojining buzilishi
(embriopatiya) va bola turli yetishmovchiliklar bilan tug‘ilishi ham
mumkin.  Homiladorlikning  so‘nggi  davrlarida  zararlangan  bola
generalizatsiyalashgan toksoplazmoz alomatlari bilan tug‘iladi.
Patologik  anatomiyasi.  Orttirilgan  toksoplazmozda,  asosan
limfatik tugunlarda — retikular  gi perplaziya,  granulemalar,  ba’zan
nekroz o‘choqlari kuzatiladi. Orttirilgan toksoplazmozning og‘ir
generalizatsiyalashgan turida, kamqonlik alomatlari, seroz qobiqlarda
qon  quyilishlar,  miyada  qon  dimlanishi,  o‘pka  shishishi  yoki
zotiljam o‘choqlari, jigar va taloqda nekroz o‘choqlari ko‘riladi.
Jarohatlangan to‘qimalarda parazitlar (trofozoitlar) topiladi.
Tug‘ma  toksoplazmozda,  bosh  miya  yarimsharlari  to‘la
rivojlanmay qolishi mumkin. Ependimaning jarohatlanishi, miya
qorinchalarida  chandiqlar  hosil  bo‘lishi  tufayli  gidrotsefaliya
rivojlanadi. Homila kechroq jarohatlanganda — miya qobig‘i qismida
nekroz  o‘choqlari,  qobiq  ostida  ohaklanish,  miya  to‘qimasi  va
qobiqlarida hosilali yallig‘lanish alomatlari kuzatiladi. Aksariyat,
meningoensefalitga xos o‘zgarishlar, ko‘zda esa endoftalmit belgilari
ko‘riladi.
Tug‘ma  toksoplazmozning  generalizatsiyalashgan  turlarida
miyaning jarohatlanishi, jigar va taloqning kattalashuvi, sariqlik,
miokardit,  zotiljam,  ichakning  yarali  jarohatlanishi  singari

125
o‘zg ari shlar  ani qlanadi .  Ayri m  hollarda  kasalli kni ng
generalizatsiyalashgan  va  visseral  turlarida  miyada  o‘zgarish
kuzatilmasligi mumkin. Bu o‘zgarishlarning barchasi toksoplazmoz
uchun spesifik emasdir.
Klinikasi. Toksoplazmozning klinik namoyon bo‘lishi juda ham
xilma-xildir. Kasallikning asta-sekin rivojlanishi va ko‘proq boshla-
nishda birlamchi-latent yoki birlamchi surunkali turda rivojlanishi
tufayli ko‘pincha inkubatsion davrini aniqlash qiyin bo‘ladi. Biroq
kasallik odamga laboratoriya sharoitida yuqqanda inkubatsion davr
2  hafta  (3—10  kun)  bo‘lgan.  Kasallikning  yuqish  mexanizmiga
qarab orttirilgan va tug‘ma toksoplazmoz turlari, klinik kechishiga
qarab o‘tkir, surunkali va latent kechimi farqlanadi.
Klinik tasnifi
I. Orttirilgan toksoplazmoz
1.  O‘tkir  toksoplazmoz  —  odatda,  kasallikning  generalizat-
siyalashgan,  og‘ir  turi  bo‘lib,  o‘tkir  boshlanadi  hamda  isitma,
umumiy kuchli intoksikatsiya, jigar va taloqning kattalashuvi bilan
namoyon  bo‘ladi.  Faqat  ayrim  bemorlarda  kasallik  umumiy
quvvatsizlik, mushaklarda og‘riq, qisqa muddatli ich ketishi singari
prodromal belgilar bilan boshlanishi mumkin. Ko‘pchilik bemorlarda
turli  (aksariyat  qizamiqsimon)  toshmalar  hamda  markaziy  nerv
sistemasini (ensefalit, ensefalomielit singari) og‘ir jarohatlanishi
kuzatiladi.  Ensefalit  alomatlari  har  doim  generalizatsiyalangan
toksoplazmozning boshqa klinik belgilari (isitma, miokardit, jigar
va ba’zan taloqning kattalashuvi va b.) fonida namoyon bo‘ladi.
I. Orttirilgan toksoplazmoz
II. Tug‘ma toksoplazmoz
1. O‘tkir
— ensefalitik,  serebral
— tifsimon
— toshmali
2. Surunkali
3. Latent
— birlamchi
— ikkilamchi
1. O‘tkir  (birlamchi generalizatsiya)
2. Surunkali
3. Latent
4. Rezidual

126
Kasallikning  kechimi har  doim  og‘ir  bo‘lib, ba’zan  o‘lim  bilan
yakunlanadi. O‘tkir toksoplazmoz ensefalitsiz o‘tishi ham mumkin.
Bunda kasallik tifsimon yoki toshmali turda kechadi.
Hayotda orttirilgan toksoplazmozning og‘ir kechimi juda kam
(asosan laboratoriya sharoitida favqulotda yuqtirganlarda, boshqa
kasalliklardan  toliqqanlarda  yoki  immunodepressantlar  bilan
davolanganlarda) kuzatiladi.
Asosiy  klinik  belgilarning  namoyon  bo‘lishiga  qarab  o‘tkir
orttirilgan toksoplazmozning quyidagi turlari farqlanadi (Lisenko
A.Ya.,  1984):  1)  limfadenopatik,  2)  visseral,  3)  serebral,
4)  ko‘z.
L  i  m  f  a  d  e  n  o  p  a  t  i  k  turi  ko‘p  uchraydi  (60—90%).
Ko‘pchilik bemorlarda uzoq davom etgan subfebril harorat fonida
kattalashgan  (barcha,  ko‘proq—chuqur  bo‘yin)  limfatik  bezlar
aniqlanadi.  Kattalashgan  bezlar  qattiq,  og‘iriqsiz  bo‘ladi.
Bemorlarning bir qismi lohaslik, quvvatsizlik, mushaklarda, boshda
va tomoqda og‘riqqa shikoyat qiladilar. Limfadenit oylab davom etishi
mumkin, biroq ko‘pchilikda yengil kechib, to‘satdan tuzaladi.
V i s s e r a l turi miokardit, pnevmoniya, enterokolit, sariqsiz
gepatit singari alomatlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin.
Toksoplazmozda  endokardit  ko‘p  kuzatiladi.  Bemorda
quvvatsizlik, vaqti-vaqti bilan ekstrosistoliya, AB pasayishi, EKG
da — miokardda diffuz o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘ladi.
Nafas  sistemasidagi  jarohatlanish  surunkali  bronxit,
interstitsial  pnevmoniya  hamda  ko‘krak  ichki  limfa  bezlarining
kattalashuvi ko‘rinishida bo‘ladi. Ayrim bemorlarda enterokolit va
xolesistit alomatlari kuzatiladi.
Toksoplazmozda kuzatilishi mumkin bo‘lgan sariqsiz gepatitni
aniqlash  qiyin,  chunonchi  jigar  testlari  ko‘pincha  o‘zgarmaydi,
faqat bilvosita bilirubin biroz ortishi mumkin xolos.
S e r e b r a l turi ko‘proq, ayniqsa bolalarda, ensefalit yoki
ensefalomielit ko‘rinishida namoyon bo‘lib, klinik jihatdan boshqa
etiologiyali ensefalitlardan farqlanmaydi. Bu holat, har bir sporadik
ensefalitli bemorda toksoplazmozga serologik tekshiruvlar o‘tkazish
kerakligini taqozo etadi.

127
Ayrim  toksoplazmozli  bemorlarda  serebral  aroxnoidit  va
rodikulonevrit alomatlari ham kuzatilishi mumkin.
Ortti rilg an  toksoplazmozda  ko‘zning  jarohatlani shi
(xorioretinit) kam kuzatiladi.
Patologik jarayonning so‘nishida kasallik i k k i l a m ch i  s u -
r u n k a l i  turga o‘tib, ba’zi bir q o l d i q  (r e z i d u a l) belgilar
(simptomatik tutqanoq, aqlning pastligi va b.) namoyon bo‘ladi.
Bir qisim rekonvalessentlar klinik belgilarsiz parazit tashuvchi bo‘lib
qoladi.
2.  Surunkali  toksoplazmoz  —  ko‘pchilik  a’zolarning  (nerv
sistemasi, ko‘z, miokard, muskullar va b.) jarohatlanishi, subfebril
harorat hamda surunkali intoksikatsiya belgilari bilan davomli va
sust kechuvchi kasallikdir. Xastalik asta-sekin, umumiy quvvatsizlik,
ishtahaning pasayishi, uyquning buzilishi, tajanglik, yurak sohasida
og‘riq,  mushaklar  va  bo‘g‘imlarda  og‘riq,  ba’zan  ko‘rishning
buzilishi kabi alomatlar bilan namoyon bo‘lib boradi.
Kuzatilganda bemorlarning deyarli barchasida tana haroratining
subfebril darajada ko‘tarilganligi ko‘riladi. Isitma oylab davom etishi
yoki vaqti-vaqti bilan to‘lqinsimon, apireksiya davri bilan almashib,
ko‘tarilib turishi mumkin. Tarqoq — ham periferik (bo‘yin, qo‘ltiq
osti, chov), ham ichki (mezenteral) limfa tugunlarining kattala-
shuvi (ya’ni generalizatsiyalashgan limfadenopatiya) juda ko‘pchilik
bemorlarda kuzatiladi. Ba’zan mezadenit kuchli namoyon bo‘lib,
xato diagnozlarga (sil mezodeniti, appenditsit, adneksit va b.) olib
keladi. Limfatik tugunlar oldiniga yumshoq, ushlaganda og‘riqli,
keyinchalik esa kichrayib, qattiqlashib, kam og‘riqli yoki og‘riqsiz
bo‘lib qoladi. Bemorlarning yarmidan ko‘pida jigar, aksariyatida
taloq ham kattalashgan, jigar bir oz og‘riqli bo‘lsada, faoliyatining
o‘zgarishi deyarli kuzatilmaydi.
Spetsifik miozit ham toksoplazmozda ko‘p uchraydigan belgidir.
Mushaklar og‘riqli bo‘lib, ichida og‘riqli qattiq tugunlar aniqlanadi,
rentgenda esa ayrim bemorlarda, mushak orasida ohaklanish ko‘riladi.
Ba’zan  bo‘g‘imlarda  og‘riq  bo‘lsada,  yallig‘lanish  alomatlari
bo‘lmaydi.
Yurak-tomir  sistemasining  zararlanishi  ham  ko‘pchilik
bemorlarda  kuzatilib,  qon  bosimining  pasayishi,  ba’zan  tomir

128
urishining tezlashuvi, ekstrasistoliya, yurak tonlarining xiralashuvi
hamda  yurak  chegarasini  chapga  kengayishi  kabi  belgilar  bilan
namoyon bo‘ladi. EKG da esa deyarli barcha bemorlarda miokardda
o‘choqli yoki tarqoq o‘zgarishlar aniqlanadi. Endokard va perikardda
o‘zgarish bo‘lmaydi.
Surunkali  toksoplazmozda  nafas  a’zolarining  zararlanishi
kuzatilmaydi.  Ovqat  hazm  qilish  a’zolarining  zararlanishi  —
oshqozon  sohasida  biroz  og‘riq,  ko‘ngil  aynashi,  ishtahaning
pasayishi, qorin kepchishi, qabziyat kabi alomatlar bilan namoyon
bo‘ladi. Oshqozon shirasi tekshirib ko‘rilganda, uning ozayganligi,
tarkibida kislota kamayganligi kuzatiladi. Rentgenda ko‘rilganda
yo‘g‘on ichakning harakat faoliyati buzilganligi ko‘riladi. Aksariyat
bemorlar ozib ketadi.
Ko‘pchilik bemorlarda asab sistemasida o‘zgarishlar kuzatiladi
va ko‘p turli bo‘ladi. Ko‘proq kuzatiladigan alomatlar markaziy
nerv  sistemasi  bilan  bog‘liq  bo‘ladi,  periferik  nerv  esa  kam
zararlanadi. Ko‘pchilik bemorlarda nevrotik belgilar (ruhiyatning
tez o‘zgarishi, ish qobiliyatining pasayishi, tajanglik, o‘zida har
xil xastaliklarni qidirish, ayniqsa o‘sma kasalligi haqida o‘ylash va
undan qo‘rqish va b.) kuchsiz namoyon bo‘ladi. Ayrim bemorlarda
esa  kuchli  isteriya  ti pidagi  nevroz,   diensefal  o‘zgarishlar,   sust
kechuvchi  ensefalit  va  simpatik  tutqanoq  singari  og‘ir  holatlar
kuzatilishi  mumkin.  Qon-tomir  vegetativ  o‘zgarishlari  barcha
bemorlarda uchraydi. Ko‘pchilik bemorlar ko‘zida — xorioretinit,
uveit  singari  o‘zgarishlar  bo‘lib,  ular  borgan  sari  uzoqni
ko‘rolmaydigan bo‘lib boradilar. Endokrin bezlarini faoliyatining
buzilishi oqibatida — hayz siklining buzilishi, shahvoniy ojizlik,
buyrak usti bezining ikkilamchi yetishmovchiligi, ba’zan qalqon-
simon  bez  faoliyatining  susayishi  singari  alomatlar  kuzatiladi.
Periferik qonda — leykopeniya, neytropeniya, nisbiy limfotsitoz,
eozinofillarning  ortishiga  moyillik  namoyon  bo‘ladi.  EChT  esa
o‘zgarmaydi.
Surunkali  toksoplazmozda  biron-bir  a’zoni  ajralgan  holda
jarohatlanishi  kamdan-kam  kuzatiladi.  Shuning  uchun  ham
kasallik turlarini jarohatlanadigan a’zolar bo‘yicha belgilanishi
asosli emas.

129
3. 
Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin