Toshkent-2012 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/27
tarix01.04.2017
ölçüsü2,8 Kb.
#13033
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27

Profilaktikasi. Avvalo kasallik tarqalgan o‘choqlarda va umuman
aholi yashaydigan va ishlaydigan joylarda (ayniqsa shaxtalar va yer
osti inshootlarida) tuproqni ozoda saqlash, ayniqsa odam axlati
tushmasligi choralarini ko‘rish kerak. Gijjasi bor odamlarni ajratish
va davolash zarur.

208
IV.  ICHAK SISTODOZLARI
Teniarinxoz — surunkali kechimga moyil, ko‘proq oshqozon—
ichak yo‘lining yuqori qismini jarohatlash bilan kechadigan gijja
kasalligidir.
Teniarinxoz  —  og‘iz  orqali  yuquvchi  (peroral),  antroponoz
biogelmintozdir.
Etiologiyasi. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi — Taeniarhynchus
saginatus — (sepenp bichiy), rivojlanib yetilgan davrida bu gijjaning
uzunligi 7—10 metrgacha, eni 1,5—2,0 sm ga boradi. Gijjani tasmali
(lentasimon) bosqichida — yirikkina (1,5—2,0 mm diametrli) boshi
(skoleks), bo‘yni va bo‘lakchalardan iborat uzun — tasmasimon
tanasi bor. Tumshug‘ida 4 ta kuchli so‘rg‘ichi bor. Tanasi esa 2000
ga yaqin bo‘lakchalardan (proglotid) iborat. Proglotidning paydo
bo‘lishi va rivojlanishi gijjaning bo‘yin qismidan boshlanib, yetilgan
sari quyi qismiga surilib boradi (Zarvaradagi 12-rasmga qarang).
Parazitni tasmali bosqichi odam (asosiy xo‘jayini) ning ingichka
ichagida parazitlik qaladi. Ichakda rivojlanib yetilgan gijjadan uzilib
chiqqan bo‘lakchalar najas orqali tashqariga chiqariladi. Barcha
sestodlar  singari  T.Saginatus  ham  germafrodit  bo‘lib,  har  bir
bo‘lakcha ichida ham erkak, ham urg‘ochi a’zolar yetiladi. Har
bitta gijja bo‘lakchasida juda etilgan (18—32 gacha shoxlangan)
bachadon bo‘lib, ularning ichida 145000—175000 tagacha tuxum
bo‘ladi.  Tashqariga  ajralgan  gijja  bo‘lakchalari  har  xil  yo‘llar
(ifloslangan  xashak,  yem,  suv  va  boshqalar)  bilan  shoxli
qoramollar organizmiga kiradi. Qoramol ichagida gijjaning lichinkalari
parda  ichidan  chiqib,  qonga  tushadi  va  muskullar  orasidagi
biriktiruvchi  to‘qimalarga o‘rnashib,  yumaloq pufakka  o‘xshash
shaklga kiradi — ya’ni finnalar hosil bo‘ladi. Ana shunday tarkibida
finnalari  bo‘lgan  qoramol  go‘shtini  yetarli  yaxshi  pishirmasdan
iste’mol qilinganda bu finnalar odam ichagiga tushadi va rivojlanib
balog‘atga yetadi. Ba’zan odam ichagida bir vaqtda bir necha gijja
parazitlik qilishi mumkin.

209
Epidemiologiyasi. Teniarinxozning birdan—bir manbayi ichagida
shu  gijja  bo‘lgan  (ya’ni,  invaziyalangan)  odam  hisoblanadi.
Invaziyalangan  odam  shoxli  hayvonlar  uchun  kasallik  manbayi
bo‘ladi. Odamga esa parazit lichinkalari, asosan, tarkibida finnalar
bo‘lgan mol go‘shtini pishirmasdan yoki chala pishirilgan holda
iste’mol qilinganda yuqadi. Qassoplar va ularning oila a’zolari, uy
bekalari,  xom  go‘sht  iste’mol  qiluvchilar  va  maktab  yoshidagi
bolalar ko‘proq kasallanadi. Odam organizmida bu gijja 25 yil, va
undan ortiq parazitlik qiladi. Bu parazitni yashash va rivojlanishi
jarayoni murakkab. Parazitning jinsiy yetilgan (yetuklik) bosqichi,
asosiy  xo‘jayini  bo‘lmish  odam  organizmida  o‘tsa,  lichinkali
bosqichi,  asosan  oraliq  xo‘jayini  —  yirik  shoxli  qoramollar
organizmida o‘tadi va o‘rtacha 1—1,5 yil davom etadi. Ba’zan shimol
bo‘rilari, qo‘toslar va boshqalar. Ham oraliq xo‘jayin bo‘lishlari
mumkin. Kasallikni keng tarqalashi ko‘proq kuz va qish oylarida
kuzatiladi. Bunga, shu mavsumda shoxli mollarni nazoratsiz ko‘p
so‘yilishi sabab bo‘ladi.
O‘zbekistonda  gijjaning  bu  turi  ko‘proq  Xorazm,  Buxoro,
Toshkent, Samarqand viloyatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘istonda
tarqalgan. Umuman bu kasallikning eng ko‘p tarqalgan endemik
zonasi (zararlanish ko‘rchatgichi 10% dan ortiq) Janubiy Afrika
hamda O‘rta yer dengizining sharqida joylashgan o‘lkalar hisob-
lanadi. Shuningdek, teniarinxoz Kavkaz orti, Dog‘iston, Markaziy
Osiyo va Sibir o‘lkalarida ham tarqalgan.
Patogenezi va patologik anatomiyasi. Odam ichagiga tushgan
gijja lichinkasi pardalaridan ajralib chiqqach so‘rg‘ichlari yordamida
ingichka ichak shilliq pardasiga yopishib oladi. Ichakda u yetilib
2,5—3 oyda yirik gijjaga aylanadi va yillab parazitlik qilib yashaydi.
Gijja va uning ajralmalari odam organizmida kuchli mexanik,
toksik va allergik ta’sir ko‘rsatadi. Gijjaning so‘rg‘ichlari va shuningdek
uzun tanasi ichak shilliq pardasini shikastlaydi va ichakda keng
nerv—reflektor qo‘zg‘alish o‘choqlarini paydo qiladi. Gijja bo‘lak-
chalarining tez-tez aktiv holda ichakdan chiqib turishi esa orqa
peshob sohasini jarohatlaydi. Nerv-reflektor ta’siri tufayli oshqozon
shirasi va o‘t moddasini ajralishi buziladi. Ba’zan gijja ichakka taqilib
qolishi, shuningdek appenditsit, xolesistit yoki pankreatit alomatlari

210
rivojlanishi mumkin. Bulardan tashqari, bir necha metrli gijjani
doimiy ravishda xo‘jayini hisobiga ovqatlanishi ham organizmni
(ayniqsa gijja ko‘p bo‘lsa) juda toliqtiradi va shuning uchun bunday
bemorlar doimo ochlik his etadilar.
Gijjadagi modda almashinuvi tufayli hosil bo‘ladigan chiqin-
dilari zaharli va allergik ta’sir ko‘rsatadi. Allergik reaksiyalar —
terida toshmalar toshishi, qonda eozinofiliya ortishi bilan namoyon
bo‘ladi (Zarvaraqdagi 13-rasmga qarang).
Klinikasi. Kasallikning klinik belgilari asosan surunkali kechimi
davrida namoyon bo‘lib, juda turlicha (bilinar—bilinmas simptom-
lardan  tortib,  to  juda  og‘ir  kechimlargacha)  bo‘lishi  mumkin.
Ko‘pincha teniarinxoz juda kam belgilar bilan, faqat ichakdan gijja
bo‘lakchalarini yoki, ayniqsa, gijja to‘dasini ajralib chiqishi bilan
namoyon  bo‘ladi.  Boshqa  belgilar:  biroz  quvvatsizlik,  bosh
aylanishi, serzardalik ochiqish, qorinda (ayniqsa, ko‘richak soha-
sida) og‘riq kabi alomatlardan iborat bo‘ladi. Og‘riqning ko‘proq
qorinning o‘ng pastki qismida sezilishining boisi, gijja bo‘laklari
(proglotidlar) ning reseptorlarga boy bo‘lgan bu aginiev qopqog‘i-
dan o‘tish davrida bo‘ladigan kuchli qitiqlanishidir. Ayrim bemorlarda
— tez toliqish, tinka qurishi, tajanglik, tez-tez ochiqish (keyincha-
lik esa aksincha ishtahasizlik), o‘qtin—o‘qtin qorin og‘rig‘i, qorin
kepchishi,  ko‘ngil  aynash,  ba’zan  ich  ketishi  kabi  alomatlar
kuzatiladi. Ba’zi bir bemorlarda uyquning buzilishi, tez-tez bosh
aylanishi, ayrim hollarda hatto tutqanoq tutishi va boshqa nevrologik
alomatlar ko‘rilishi mumkin. Qonda — leykopeniya, eozinofiliya
ba’zan biroz kamqonlik kuzatiladi.
Asoratlari. Ba’zan gijja bo‘lakchalari chuvalchangsimon ichakka,
o‘t pufagiga, o‘n ikki barmoq ichakka, oshqozon osti beziga o‘rmalab
kirishi mumkin. Ayrim hollarda gijja qorin bo‘shlig‘ida, vaginada va
hatto burun bo‘shlig‘ida ham topiladi. Kamdan-kam holatlarda
(ichakda bir vaqtda bir necha parazit bo‘lgan taqdirda) bu gijja,
ichak tutilib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Diagnostiksi. Teniarinxoz tashxisi asosan — gijja bo‘lakchalarini
vaqti-vaqti bilan ichakdan faol ravishda o‘rmalab chiqib turishi
yoki axlat bilan ajralib turishini kuzatishga asoslanadi. Teniarinxoz-
ning diagnostikasida qo‘llanadigan laborator usullar orasida najasdan

211
Kato va Geyn usulida tayorlangan surtma bilan bir vaqtda flatatsion
usulni  qo‘llash  eng  yuqori  samara  beradi.  Bunda  o‘tkazilgan
tahlillarning 94,7% da onkosferalar aniqlanadi. Bemor axlatida yoki
anus atrofidan olingan surtmada aniqlangan gijja tuxumini cho‘chqa
solityori tuxumidan farqlash juda qiyin.
Davolash. Teniarinxozni davolashda oxirgi yillarda asosan yuqori
samarali va kam zaharli bo‘lgan fenosal (yomezan, niklozamid,
sestotsid, vermitin va boshqalar) keng qo‘llanmoqda.
Fenosal — bir berishda (sutkalik dozasi ham shu): 5 yoshgacha
bo‘lgan bolalarga — 0,5—1,0 g, 6—9 yoshdagilarga — 1—1,5 g,
10—12 yoshda — 1,5—2,0 g, 13 yosh va undan kattalarga — 2 g
dan beriladi. Fenosalni yotishdan oldin yoki nahorga berilgani
ma’qul. Uni berishdan oldin chorak stakan suvda 1—2 g sodani
eritib ichiriladi.
Fenosal  zaharsiz  bo‘lsada  uni  homilador  ayollarga  ayniqsa
homiladorlikning boshlang‘ich davrida berish man etiladi. Ayrim
bemorlarda preparat ko‘ngil aynash, qusish, qorinda og‘riq, bosh
aylanishi,  quvvatsizlik  qabziyat  yoki  ich  ketish  kabi  noxush
alomatlar berishi mumkin.
Fenosal bilan davolash uchun maxsus tayyorgarlik qilish shart
emas. Surgi ham berilmaydi, huqna ham qilinmaydi. Faqat yengil
hazm bo‘luvchi taomlar parhezi tavsiya etiladi.
Fenosal  bilan  davolash  ko‘pincha  faqat  1  kun  davomida
(ambulatoriya yoki uyda) o‘tkaziladi. Birgina fenosalning o‘zi bilan
davolanganda faqat 79,5% bemorlar gijjadan to‘liq forig‘ bo‘ladi.
O‘tkazilgan davo natija bermagan taqdirda preparatni yana 3 kundan
keyin  takroran berish  mumkin.
Hozirda fenosaldan tashqari boshqa, tarkibida fenosal bo‘lgan
—  dixlosal  yoki  trixlosal  singari  dorilar  ham  ishlatilmoqda.
Jumladan,  fenosalni  trixlorofen  bilan  qo‘shma  preparati,  ya’ni
«trixlosal» (yoki «dixlosal») bir kun berilganda samaradorlik 85,6%,
ikki kun berilganda esa 93,2% bo‘ladi (Djumaev M.D., 1996). Bu
preparatlarni xomilador ayollarga va bolalarga ham berish mumkin.
Trixlosal boshqa shu qatori preparatlardan o‘zining zaharsizligi va
noxush  ta’sir  ko‘rsatmasligi  bilan  farqlanadi.  Bu  preparatlar
ovqatlanishdan 1—1,5 soat oldin shirin choy bilan ichiriladi. Agar,

212
nahorga  2  g  sodani  suv  bilan  ichirib,  5—10  daqiqa  dan  so‘ng
preparatni (fenosal 2g trixlorofen 1 g) suvli suspenziya holatida
ichirilsa, natija yanada samaraliroq bo‘ladi.
Bu kasallikni  davolashda qadimda keng qo‘llab  kelingan —
qirqquloqning efirdagi ekstrakti, qovoq urug‘i yoki akrixin singari
dorilar hozirda (kam samarali hamda ayniqsa qirqquloq, zaharli
bo‘lganligi uchun) juda kam qo‘llanadi.
Profilaktikasi. Bu kasallik oldini olishda ayniqsa aholining sanitariya
madaniyatini  ko‘tarish  (go‘shtni  faqat  yaxshi  pishirilgan  holda
iste’mol  qilish,  yaylovlarni  ifloslantirmaslik,  chorva  xo‘jaliklarini
ozoda  saqlash),  bemorlarni  aniqlab  davolash,  go‘shtlarni  albatta
veterinarlar ko‘rigidan o‘tkazish katta ahamiyatga egadir.
Tenioz  (Taeniosis)
Tenioz  —  asosan  oshqozon-ichak  yo‘lining  yuqori  qismini
jarohatlash bilan surunkali kechadigan gijja kasalligidir.
Gijjaning  bu  turi  nisbatan  kam  tarqalgan  bo‘lib,  ko‘proq
Yevropa, Afrika, Markaziy va Sharqiy Amerika singari davlatlarda
tarqalgan. O‘zbekistonda ahyon—ahyonda uchrab turadi.
Etiologiyasi. Tenioz kasalligini qo‘zg‘atuvchi gijja Taenia solium,
ya’ni cho‘chqa soliteridir. U o‘zining tuzilishi jihatidan qoramol
soliteriga o‘xshab ketadi, biroq tumshug‘ida 4 ta so‘rg‘ichidan tashqari
22—32 ta ilmoqli hartumi ham bor. Shuning uchun uni qurollangan
soliter deb ham atashadi. Bu gijja ham tasmasimon, nisbatan biroz
kaltaroq  (1,5—2,0  m)  bo‘lib,  1000  ga  yaqin  bo‘lakchalardan
(proglottidlardan) tashkil topgan. Yetilgan bo‘lakchalarda tuxumga
to‘lgan bachadoni bo‘ladi.
 Bo‘lakchalar, odamning axlati orqali, asosan uzilib tushgan
holda ajraladi, proglotidlarning faol ajralishi esa teniozda kuzatilmaydi.
Ajratadigan tuxumi morfologik jihatdan qoramol soliteri tuxumidan
deyarli farqlanmaydi. Bu gijjaning rivojlanishi ham asosiy (odam)
va oraliq (asosan uy cho‘chqasi) xo‘jayinlar a’zolarida almashinib
o‘tadi (Zarvaraqdagi 14-rasmga qarang).
Epidemiologiyasi. Tenioz, peroral biogelmintoz antroponozdir.
Kasallik manbayi invaziyalangan odam hisoblanadi. Balog‘atga yetgan

213
gijja odam ichagida (asosan ingichka ichakda) yashaydi. Yetilgan
bo‘lakchalarida gijja tuxumi (onkosfera) bilan to‘lgan bachadoni
bo‘ladi.  Gijja  bo‘lakchalari  vaqti-vaqti  bilan  tanasidan  bo‘linib
(uzilib) axlat orqali tashqi muhitga ajralib turadi.
Ifloslangan  suv  va  turli  yem-xashak  ozuqalar  orqali  oraliq
xo‘jayin  bo‘lmish  uy  cho‘chqalari  (kamdan-kam  hollarda  —
yovvoyi cho‘chqalar, itlar, mushuklar va hatto odam) organizmiga
tushadi va ularning mushaklari orasidagi biriktiruvchi to‘qimada
tuxumlardan, diametri 7—10 mm bo‘lgan lichinkalar — sistitser-
kalar (Cysticercus sellulosus) paydo bo‘ladi. Demak, bu gijja uchun
odam nafaqat xo‘jayin balki, ayrim hollarda, oraliq xo‘jayin ham
bo‘lishi mumkin.
Cho‘chqa soliteri odamga asosan yaxshi pishirilmagan cho‘chqa
go‘shti iste’mol qilganda yuqadi.  Bundan tashqari, gijja tuxumi
sog‘lom odamga boshqa bemor odamdan yoki gijjali odamni o‘zidan-
o‘ziga yuqishi mumkin. Bunda yuqish yo‘llari — bemorning najasi
bilan ifloslangan qo‘l, sabzavotlar, mevalar va turli oziq-ovqatlar
bilan gijja tuxumini og‘izga tushishi tufayli yuzaga keladi. Autoinvaziya
esa, asosan, tuxumli gijja bo‘lakchalarini ingichka ichakdan oshqo-
zonga qusuq orqali o‘tishi tufayli sodir bo‘ladi. Bu kasallikka barcha
birdek moyildir, immunitet masalalari xali yaxshi o‘rganilmagan.
Patogenezi. Teniozda — ya’ni gijja odam ichagida istiqomat
qilgan  taqdirda  (odam  asosiy  xo‘jayin  bo‘lganda)  bir  yoki  bir
necha yetilgan parazit ingichka ichakda, ko‘p yil davomida yashaydi.
Bunda  organizmda  bo‘ladigan  patogenetik  o‘zgarishlar  xuddi
teniarinxozdagi kabi bo‘ladi.
Sistitserkozda esa (ya’ni, odam oraliq xo‘jayin bo‘lganida) —
odam organizmiga gijja tuxumlari (finnalar) kirganidan 2—2,5 oy
o‘tgach  turli  a’zolarda  (ko‘proq  til,  bo‘yin,  qovurg‘a  va  skelet
muskullarida, teri osti to‘qimasida, ko‘zda, bosh miyada, kamroq
—  yurak,  jigar,  o‘pka,  qorin  bo‘shlig‘ida)  sistitserklar  (lichin-
kalar) rivojlanadi. Bu lichinkalarning diametri 5—8 mm bo‘lib,
ular bir necha yil davomida halok bo‘lmay saqlanadi. Sistitserkalar
asosan mexanik ta’sir ko‘rsatib atrofdagi to‘qimalarning ezilishiga
va yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi. Ular ko‘p bo‘lgan taqdirda toksik
ta’sir ko‘rsatadi va antigenlari organizmda sensibilizatsiyaning ya’ni

214
allergik o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Barcha a’zolarda (ko‘zdan
tashqari) sistitserkning atrofi fibrozli kapsula bilan o‘ralib kistalar
hosil bo‘ladi. Keyinchalik kistalar devoriga kaltsiy tuzlari o‘tirib
ohaklanib qoladi.
Klinikasi. Ko‘pchilik holatlarda tenioz klinik belgilarsiz kechishi
mumkin. Bunday hollarda kasallik faqat gijja bo‘lakchalarining axlat
orqali ichakdan ajralib chiqishi bilan oshkor bo‘ladi.
Yuqorida aytganimizdek, bu gijjaning bo‘lakchalari ichakdan
aktiv holda ajralib chiqmaydi. Ba’zan bemorlarda ko‘ngil aynash,
vaqti-vaqti bilan qusish, ich ketishi, qorinda og‘riq, bosh aylanishi,
uyquning buzilishi, xushdan ketish, kamdan-kam hollarda tutqanoq
xuruji kuzatiladi. Surunkali davrida kasallikning belgilari teniarinxoz
belgilariga o‘xshab ketadi. Biroq barcha simptomlar kuchli namoyon
bo‘ladi va kasallik nisbatan og‘ir kechadi.
Sistitserkozning  klinikasi  esa  juda  xilma-xil  bo‘lib,  uning
joylashgan qismiga, ko‘p-ozligiga va rivojlanish bosqichiga bog‘liq
bo‘ladi. Sistitserkalar terida, teri osti to‘qimasida yoki mushaklar
orasida joylashganida ko‘pincha klinik namoyon bo‘lmaydi yoki teri
ostida qattiq tuguncha sifatida aniqlanishi mumkin.
Sistitserkozni markaziy nerv sistemasida va ko‘zda bo‘lishi eng
ko‘p uchraydigan va og‘ir kechadigan invaziyalardan hisoblanadi.
Yetilgan  gijja  bilan  invaziyalangan  shaxslarda,  sistitserkoz
teniozning asorati deb, agarda yetilgan gijjalar yo‘q bo‘lsa — mustaqil
nozologik shakli (ya’ni kasallik) deb baholanadi.
Sistitserkoz kasalligi umuman surunkali (15 yilgacha va undan
ortiq) kechishga moyil bo‘lib, u xatarli kasallikdir.
Oqibati. Teniozning oqibati sistitserkoz rivojlanishi mumkin
bo‘lganligi tufayli murakkabdir. Sistitserkoz rivojlanganda esa oqibati
yomon bo‘lishi ham mumkin.
Diagnostikasi. Teniozning tashxisi ham xuddi teniarinxozdagi
singari  axlat  bilan  ajralib  chiqqan  gijja  parchasini  ko‘rish  yoki
tuxumini aniqlashga asoslangan. Lekin, sistitserkozni aniqlashda
esa ancha murakkab usullarni (biopsiya, rentgenologik, miyada—
bosh  miyani  rentgenografiyasi,  angiografiyasi,  tomografiyasi,
ultratovush  va  boshqalar)  qo‘llashga  to‘g‘ri  keladi.  Serologik
usullardan — komplement biriktirish reaksiyasi, sust gemagglu-

215
tinatsiya  reaksiyasi  hamda  FAR  (qonda  va  miya  suyuqligida)
qo‘llanadi.  Bu  reaksiyalarni  qo‘yishda  sistitserka  antigenidan
foydalaniladi.
Davolash.  Teniozni  davolashda,  sistitserkoz  rivojlanishi
xavfining  oldini  olish  maqsadida,  ichakka  gijjani  bevosita
parchalovchi dorilarni (fenosal, dixlorofen, trixlorofen) qo‘llash,
parchalangan  gijja  bo‘laklaridan  onkosferalar  ajralib  chiqib
sistitserkoz rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin degan xavf mavjud
edi.  Biroq  N.N.Ozereskovskaya  va  boshqalar  (1985)  bu  xavfni
asossiz ekanligini isbotladilar. Teniozda fenosal qo‘llashning eng
samarali tizimi ishlab chiqilgan (Marsinovskiy E.A. nomli TPITI
xodimlari). Unda fenosal (dozasi xuddi teniarinxozdagi singari)
ertalab nahorda ichirilib, 2 soatdan keyin yengil nonushta va yana
1 soatdan keyin — tuzli surgi beriladi. Yana 2 haftadan keyin shu
kursni takrorlash tavsiya etiladi.
Teniozni davolashda, shuningdek, qirqquloqning efirli ektrakti
ham ishlatiladi.
Sistitserkozni davolashda esa prazikvantel (biltritsid) — kuniga
16,6 mg/kg hisobidan 14 kun beriladi, yoki 50 mg/kg hisobidan
10 kun beriladi. Bu dori qo‘llanishi davrida allergik reaksiyaga yo‘l
qo‘ymaslik maqsadida glyukokortikoidlar ham berib boriladi. ?n
davomida) qo‘llash ham samara berishi mumkinligi haqida ayrim
ma’lumotlar bor. Zarurat bo‘lganida sistitserka kistalari jarrohlik
yo‘li bilan olib tashlanadi
Profilaktikasi. Tenioz tarqalishining oldini olish ham xuddi
teniarinxozda o‘tkaziladigan chora-tadbirlarni o‘tkazish yo‘li bilan
amalga  oshiriladi.  Birinchi  navbatda  va  ayniqsa  cho‘chqachilik
xo‘jaliklarida veterinariya xizmati bilan hamkorlikda epidemiologik
chora-tadbirlar o‘tkaziladi.
Gimenolepidoz  (Hymenoleridosis)
Gimenolepidoz — asosan oshqozon-ichak sistemasi faoliyati-
ning  buzilishi  bilan  namoyon  bo‘ladigan  surunkali  parazitar
kasallikdir.  Gimenolepidoz  peroral  antroponoz,  kontagioz

216
gelmintozdir. U barcha (ayniqsa issiq) o‘lkalarda, shu jumladan
Markaziy Osiyoda keng tarqalgan gijja turlaridandir.
Etio logiya si. Gi m enolepi dozni ng qo‘zg‘a tuvchi l ari :
1 )  Hymenoleris nana (pakana gijja, karlikoviy sepenp) nisbatan
kichkina (bo‘yi 1,5—2,0 sm, ayrimlari 5 sm gacha, eni 0,55—0,7
mm) gijja bo‘lib, uning boshi (skoleks) da 4 ta so‘rg‘ichi, kichkina
hartumi va 20—30 ta ilmoqlari bor, tanasi — strobila, 160—1000
tagacha germofradit bo‘lakcha (proglotit) lardan tashkil topgan.
2)  Hymenoleris  diminuta  (kalamush  gijjasi,  krisiniy  sepenp)  —
uzunligi 10—60 sm, eni 2,5—4,0 mm li gijja bo‘lib, boshida ilmoqlari
bo‘lmaydi.
Pakana gijja rivojlanish jarayonini odam organizmini o‘zida to‘liq
o‘tkaza oladi, shuning uchun ham odam shu gijjaga ham oraliq,
ham  asosiy  xo‘jayini  hisoblanadi.  Gijja  tanasidagi  bo‘lakchalar
tuxumlar  bilan  liq  to‘la,  bachadondan  iborat  bo‘ladi.  Har  bir
bachadonda 180 ta gacha lichinkali tuxumi bo‘ladi.
Bu gijjalar odamning ingichka ichagida yashaydi va ularning
soni har bir bemorda 200 va undan ortiq bo‘ladi. Boshqa teniidlardan
farqli o‘laroq, bu gijjaning tuxumlari faqat gijja bo‘laklari tashqariga
chiqarilgandan  keyingina  emas,  balki  ichakni  ichida  ham
(bo‘lakchaning yorilishi yoki undan siqib chiqarilishi yo‘li bilan)
ajraladi 
(Zarvaraqdagi 15-rasmga qarang).
Bu holat bemor ichagida autoinvaziya hodisasi yuz berishiga
olib keladi.
Epidemiologiyasi. Bemorning axlati bilan tashqariga ajratilgan
gijja  bo‘lakchalarida  (va  alohida  ajralgan  holda  ham)  ko‘plab
tuxumlari bo‘lib, ularda yetilgan lichinka — onkosfera bo‘ladi va
atrofdagi  har  xil  buyumlarni  ifloslantiradi.  Shu  ifloslangan
buyumlardan  (ayniqsa  hojatxona  eshigining  bandlari,  unitazlar,
tuvaklar, o‘yinchoqlar) va oziq-ovqatlar orqali kontakt yo‘li bilan
og‘izga tushadi. Bu gijja tuxumlarining tarqalishida pashshalar ham
ma’lum rol o‘ynashi mumkin.
Ichakda gijjadan ajralgan onkosferalar, qaytatdan ichak shilliq
qavatiga kirib olib, ichak ichki autosuperinvaziyasini yuzaga keltirish
qobiliyatiga ega.

217
H.diminuta — zoonoz, og‘iz orqali yuquvchi gelmintozdir. Bu
gijjaning  manbayi  va  oxirgi  xo‘jayini  —  kemiruvchi  (sichqon,
kalamush) lar, oraliq xo‘jayini — burga, suvarak va boshqalarning
lichinkalari  hisoblanadi.  Parazitni  odamga  yuqishi  bunday
hasharotlar lichinkalarini  sezmagan holda yutib  yuborish orqali
sodir bo‘ladi. Ichak ichki autosuperinvaziya hodisasi kuzatilmaydi.
Gimenolepidoz  —  ko‘proq  shahar  aholisini,  ayniqsa  4—14
yoshdagi  boallarni  zararlaydi.  Kasallikni  o‘tkazgan  shaxslarda
immunitet masalalari xali yaxshi o‘rganilmagan. Tashqi muhitda,
ayniqsa quruqlikda va issiqlikda gijja tuxumlari tez nobud bo‘ladi. Uy
haroratida 3—4 sutka, suvda esa 18—20°C da 35 kungacha saqlanadi.
Karbol kislotasi, xlor ohagi singari dezinfeksiyalovchi moddalar
ta’sirida 5—30 daqiqada nobud bo‘ladi.
Patogenezi va patologik anatomiyasi. Immunitet. Og‘iz orqali
odam organizmiga tushgan gijja tuxumining ustki qobig‘i oshqozon-
ichak fermentlari ta’sirida eriydi va ichakka lichinkalari (onkosfe-
ralar)  tushadi.  Lichinkalar  ingichka  ichak  vorsinkalari  orasida
joylashib olib, sistitserkoidga aylanadi; 4—7 kundan keyin sistitser-
koid vorsinkalarni parchalab ichak bo‘shlig‘iga tushadi va ichak shilliq
pardasiga yopishib olib 14—15 kunda yetilgan gijjaga aylanadi. Yetilgan
h.nana odam ichagida 2 oydan ortiq yashamaydi, biroq, ichak ichida
autosuperinvaziya  xususiyatiga  ega  bo‘lganligi  tufayli  u  odam
organizmida, ayniqsa immunitet ojizligida, ko‘p martalab qayta-
qayta sikillar berishi va ko‘plab miqdorda to‘planishi mumkin.
Boshqa  gijjalar  singari  bu  gijja  ham  organizmga  turli  xil
(patogenetik, mexanik, toksik va allergik) ta’sir ko‘rsatadi. Doimiy
mexanik qitiqlanish oqibatida, ayniqsa parazitlar soni ko‘p bo‘lgan
taqdirda, avvaliga ichak devorida infiltrativ yallig‘lanish, keyinchalik
esa  nekroz  (ba’zan  chuqur,  hatto  ichak  mushak  qavatigacha)
rivojlanadi va yara paydo bo‘ladi, bundan tashqari, vorsinkalarni
yemirilishi oqibatida ichakda so‘rilish qobiliyati ham keskin buziladi.
Invaziya yuqori (ichakda o‘nlab va yuzlab ming parazit) bo‘lgan
taqdirda ichakning jarohatlanishi og‘ir va xavfli bo‘lishi mumkin.
Gijjadagi modda almashinuvi va ularning parchalanishi oqibatida
paydo  bo‘lgan  hosilalarning  toksik  va  allergik  ta’siri  hamda
autosensibilizatsiya sababli organizmda ko‘plab patologik jarayonlar

218
yuzaga keladi. Buning oqibatida, ichakdan tashqari boshqa a’zolarda
ham, jumladan: jigarda, limfa tugunlari va boshqalarda granulematoz
o‘zgarishlar  va  nekrozlar  kuzatiladi.  Doimiy  ravishda  nerv—
reflektor ta’sirlar bo‘lib turishi oqibatida MNS faoliyati ham buziladi.
Ba’zan miyada turg‘in o‘choq paydo bo‘lishi va oqibatda tutqanoq-
simon  tirishishlar  kuzatilishi mumkin.  Gijjaning  umum—toksik
ta’siri tufayli organizmda immunogenez susayadi, bu holat boshqa
yuqumli  kasalliklarni  (dizenteriya  va  b.)  og‘ir  yoki  surunkali
kechimiga sabab bo‘ladi. Gimenolepidoz, odatda, qisqa vaqt 1—3
oy  davom  etadi.  Immunitet  taqchilligi  tufayli  superinvaziyalar
bo‘lgan taqdirda esa ko‘proq yosh bolalarda, kasallik uzoq va turg‘un
davom etadi.  Ko‘pchilik bolalar  10—14 yoshga  yetganlarida bu
kasallikdan butunlay tuzalib ketadi.
Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin