Toshkent-2012 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/27
tarix01.04.2017
ölçüsü2,8 Kb.
#13033
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27

(Zarvaraqdagi 9-rasmga
qarang).
Askaridoz — dizenteriya, qorin tifi singari ko‘pchilik yuqumli
kasalliklarni hamda ba’zi-bir ko‘z va boshqa yuqumli bo‘lmagan
kasalliklar kechimini og‘ir asoratlashi mumkin.
Bulardan tashqari, askaridoz organizmning mudofaa kuchini
keskin  kamaytiradi,  immunitet  taqchilligini  yuzaga  keltiradi  va
patologik qarishga sababchi bo‘ladi (Savchuk N.A. va b., 1968).
Qayta-qayta yuqishi tufayli nisbiy immunitet rivojlanadi.
Klinikasi. Askaridozning klinik kechimi juda turlicha — klinik
belgilarsiz  kechimdan  tortib,  juda  og‘ir  kechimgacha,  hatto
o‘limgacha bo‘lishi mumkin. Kasallikning migratsion bosqichi 5—7
kun davom etib, ba’zan belgilarsiz o‘tadi. Kasallik yuqqanidan
2—3  kun  keyin  bemorda  loxaslik,  loqaydlik,  quvvatsizlik,  tez
toliqish, serzardalik, terlash, bosh og‘rig‘i, ba’zan isitma (ko‘proq
subfebril,  ayrimlarda  38—40°C),  bo‘g‘imlarda  va  mushaklarda
og‘riqlar,  terisida  qichishish,  urtikar  toshma  yoki  eshakyemi
ko‘riladi. Qo‘l va oyoq barmoqlarida mayda pufakchalar toshadi.
Limfatik tugunlar, jigar va taloq kattalashadi. Ayrim bemorlarda
lichinkaning jigarga o‘tgan davrida o‘ng qovurg‘a ostida og‘riq, qorin
kepchishi, jigar kattalashishi va biroz jigar faoliyatining buzilishi
alomatlari kuzatiladi. Bu bosqichga, asosan o‘pka sindromi (Leffler
sindromi)  xos:  bemor  quruq  yoki  shilimshiq,  ba’zan  qonli
shilimshiq  balg‘amli  yo‘taladi,  hansirab  nafas  oladi,  ko‘kragida
og‘riq sezadi, ba’zan bo‘g‘ilib, ko‘karadi (astmatik kompanent),
qon tupuradi. Ayrim bemorlarda plevrit ham rivojlanishi mumkin,
bunda  ko‘krakdagi  og‘riq  va  hansirash  kuchli  bo‘ladi.  Eshitib

188
ko‘rilganda, ko‘pchilikda bronxopnevmoniyaga xos belgilar, rentgenda
— ko‘proq o‘ng tomonida 3—4 sm kattalikdagi o‘choqli infiltrat
ko‘riladi. O‘choqli infiltratlar juda o‘zgaruvchan bo‘lib, ko‘pincha
tarqoq bo‘ladi, ayrim hollarda sezilmaydi. Ular unchalik turg‘un emas
— bir necha soatdan 6—10 kungacha, faqat ayrim hollarda 1 oy va
undan ortiq saqlanishi mumkin. Takroran rentgenda ko‘rilganda,
ko‘plab Lefflerning «uchib yuruvchi infiltratlari» aniqlanadi, ularning
ko‘rinishi tez-tez o‘zgarib, bir joyda yo‘qolib ikkinchi joyda paydo
bo‘lib turadi. Bu o‘zgarishlar qonda eozinofillarning ko‘payishi (40—
60% gacha) va ba’zan EChT ning (20—40 mm/s gacha) ortishi
bilan kuzatiladi. Leykotsitlar soni ortmaydi yoki biroz leykotsitoz,
ayrim hollarda gi perleykotsitoz bo‘lishi mumkin.
Kasallikning surunkali (ichak) bosqichi bemorlarning uchdan
bir qismida oshkor belgilarsiz o‘tadi. Ko‘pchilikda oshqozon-ichak
va nerv sistemalari faoliyatining buzilishi alomatlari bilan namoyon
bo‘ladi.  Bemorning  ishtahasi  buziladi,  tez-tez  ko‘ngli  aynaydi,
ba’zan qusadi, so‘lak ajralishi ko‘payadi, qorni g‘ijimlab, ko‘pincha
tutqanoqsimon  va kuchli  og‘riydi,  uyqusi  buzilib, ish  qobiliyati
pasayadi, bolaning psixomotor rivojlanishi susayib, ongi zaiflanadi,
injiq va tajang bo‘lib qoladi, ozib ketadi. Ichining kelishi ba’zan
suyuq, ba’zan esa qabziyat bo‘ladi. Kamdan-kam hollarda askaridozli
bemorlarda  vestibular  o‘zgarishlar,  tutqanoq  xurujlari  va  hatto
meningial alomatlar kuzatiladi. Qonda biroz eozinofiliya, ba’zan
gi poxrom anemiya  va  trombotsitopeniya  bo‘ladi.
Asoratlar.  Askaridozning  ichak  bosqichidagi  asoratlari  juda
xilma-xil bo‘lib, ba’zan og‘ir kechadi. Parazitlar ichakdagi operatsiya
choklarini yirtishi va oqibatda peritonit rivojiga sabab bo‘lishi mumkin.
O‘rmalab  kirishi  oqibatida  o‘tkir  appenditsit,  obturatsion  sariq
kasalligi, yiringli xolesistit, xolangiogepatit, jigar abssessi va og‘ir
pankreatit rivojlanishi mumkin. Ichak tutilishi, ayrim hollarda
(2,6—2,8%), askaridalarning ichakda to‘p bo‘lib qolishi oqibatida
bo‘ladi. Bolalarda, uyqusi vaqtida, askaridalarni o‘rmalab oshqozon,
qizilo‘ngach, tomoq orqali traxeyaga o‘tib, bo‘g‘ilib qolishi oqibatida
o‘lishi  hollari  ham  kuzatiladi.  Askaridozni  ichak  amyobiazi,
nospesifik yarali kolit, dizenteriya, qorin tifi, balantidiaz singari
kasalliklar  bilan  birga  kechishi  ayniqsa  xavflidir,  chunki  bunda

189
ko‘pincha askaridalar ichakni teshib qorin bo‘shlig‘iga tushadi va
peritonit rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Ayrim hollarda askaridalar
yurakning o‘ng qorinchasida, o‘pka arteriyasida, burunoldi bo‘sh-
liqlarida ham topilgan.
Oqibati.  Askaridozning  asoratlanmagan  kechimi  yaxshi.
Asoratlanganda esa keskin yomonlashadi.
Diagnostikasa. Askaridozning migratsion davrida aniqlash ancha
mushkul. Epidemiologik anamnezi mos kelgan taqdirda, yuqori
eozinofiliya hamda o‘pka jarohatlanishi alomatlari bo‘lgan har bir
bemor askaridozga shubha qilinmog‘i kerak. Ayrim bemorlarning
balg‘amida  askarida  lichinkalarini  topish  mumkin.  Bu  davrda,
diagnostika uchun immunologik usullar (askaridalarning tirik lichin-
kalarida  presi pitatsiya  reaksiyasi,   halqa  presi pitatsiya,   tateks—
agglutinatsiya, bilvosita gemagglutinatsiya va boshqa reaksiyalar)
qo‘llanishi mumkin.
Askaridozning ichak bosqichida bemor axlatida gijja tuxumini
topilishi eng oson va eng samarali usul hisoblanadi. Ayrim bemorlarda
axlat bilan (ba’zan qusiq bilan ham) askaridaning o‘zini chiqishi
kuzatiladi.  Siydikda  uchuvchi  yog‘  kislotalarini  aniqlash  (ular
askaridalarning hayot jarayonida ajraladi) usulidan ham keng foyda-
laniladi. Ichakni rentgen orqali ko‘rish usuli ham ba’zan qo‘l kelishi
mumkin.
Davolash.  Hozirda  askaridozning  lichinkali  (migratsion)
bosqichida ham ta’sir etuvchi samarali dorilar yaratilgan. Masalan,
mintezol  (tiabendazol)  —  har  kuni  50  mg/kg  dan  5—7  kun
davomida, kunlik doza 2—3 bo‘lib ichiriladi. Vermoks (mebendazol)
— bir kunda 2 mahal 100 mg dan 3—4 kun beriladi. Bu dorilarni
berish bilan birga, albatta antigistamin dorilar (suprastin, tavegil,
dimedrol va boshqalar) berilishi kerak.
Askaridozning keyingi (ichak) bosqichida, ko‘proq levomizol
(dekaris,  ketroks),  kombantrin,  vermoks  qo‘llanadi.  Ular  juda
samarali bo‘lishi bilan birga qo‘llanishi oson, noxush ta’siri kam
dorilardir.
L e v o m i z o l — tabletkada chiqariladi. Kattalarga 150 mg
dan  bir  marta,  kechki  ovqatdan  keyin  beriladi.  Bu  dorining
samaradorligi 80—100%. Faqat 1% bemorlarda noxush (ishtahaning

190
buzilishi, biroz ko‘ngil aynashi, qusish, bosh og‘rig‘i kabi) ta’sir
ko‘rsatadi. Dekaris bolalarga 2,5—5,0 mg/kg hisobidan beriladi.
Homilador ayollarga berish mumkin emas.
K o m b a t r i n (pirantel) — suspenziya yoki tabletka shaklida
chiqariladi. Bu dori 10 mg/kg hisobidan bir marta, ovqatlanish
paytida beriladi. Kombatrin 90% bemorlarda to‘liq samara beradi.
M  e  b  e  n  d  a  z  o  l  (vermoks)  —  100  mg  dan  tabletkada
chiqariladi. Uni askaridozli bemorlarga ham xuddi enterobiozdagi
tizimda beriladi. Samaradorligi 80—90% ni tashkil qiladi. Noxush
ta’sir ko‘rsatmaydi. Vermoks ko‘proq poliinvaziyali, ya’ni askaridoz
bilan birga yana boshqa invaziyasi bo‘lgan bemorlarni davolashda
ishlatiladi.
Sobiq Ittifoqda ishlangan yangi m e d a m i n preparati ham
askaridozni davolashda yaxshi samara bilan keng qo‘llanilmoqda.
Uni sutkalik dozasi 10 mg/kg bo‘lib bir kun, poliinvaziyalarda esa
uch kun beriladi.
Askaridozni  davolashda  yana  naftamon,   pi perazin  (va  uning
tuzlari) singari dorilardan yoki zond yordamida oshqozonga kislorod
yuborish  usulidan  ham  foydalanish  mumkin.  Biroq  ularning
samaradorligi biroz kamroqdir.
Profilaktikasi. Askaridozga qarshi olib boriladigan choralar bir
vaqtda, kompleks ravishda olib borilgan taqdirdagina samara berishi
mumkin. Ular kasallik manbayini zararlantirish (bemorni davolash)
va yuqish yo‘llarini qirqishga (tuproqqa, suvga va ulardan sabzavot,
ho‘l mevalar va qo‘lga askarida tuxumlari tushmasligiga) qaratilmog‘i
kerak.
Askaridoz keng tarqalgan o‘choqlardagi barcha aholi orasida
bir yilda ikki marta gijjadan forig‘ etish choralari o‘tkaziladi.
Tuproq va suvni najas bilan ifloslanishining oldini olishga
qaratilgan sanitariya—himoyalash choralarini o‘tkazilishi juda
muhimdir. Zararsizlantirilmagan odam axlatidan go‘ng sifatida
foydalanish qat’iyan man etiladi. Umuman aholining sanitariya
madaniyatini hamda ichak kasalliklari (ayniqsa ularning yuqish
yo‘llari)  haqidagi  ma’lumotini  oshirish  juda  muhim  aha-
miyatga ega.

191
Trizotsefalyoz  (qilbosh,  trihosephalosis)
Trixotsefalyoz — asosan oshqozon-ichak tizimi a’zolarining
faoliyatini buzilishi bilan kechadigan, surunkali gelmintozdir.
Qilbosh odamlar orasida eng keng tarqalgan gijjalar jumlasiga
kiradi. Uning tarqalishi ham ko‘pincha askaridozning tarqalishi
hududlariga mos keladi. Markaziy Osiyoda, jumladan O‘zbekis-
tonda, trixotsefalyoz o‘choqlari asosan tog‘li va tog‘ oldi tumanlarida
topiladi. Kasallik Farg‘ona, Namangan, Qashqadaryo va Samarqand
viloyatlarida keng tarqalgan.
Etiologiyasi.  Kasallikni  qo‘zg‘atuvchisi  —  qilbosh,  Tricho-
cerhalus  trichiurus,  nematoz  bo‘lib,  uning  bosh  qismi  tanasiga
nisbatan ingichka (qilsimon) bo‘lganligi uchun qilbosh deb ataladi.
Erkagining uzunligi 3—4,5 sm, dum qismi spiralsimon burilgan.
Urg‘ochisining  uzunligi  —  3,5—5,5  sm  bo‘ladi,  dum  qismi
konussimon bo‘ladi. Odam ichagida qilbosh 4—5 yil yashaydi.
Qilboshning tuxumi 0,047—0,054 x 0,022—0,23 mm kattalikda,
cho‘zilgan  bochka  yoki  limon  shaklida  bo‘lib  ikki  chetida
po‘kaksimon bo‘rtmasi bor. U bir necha qavat qoplama bilan qoplan-
gan, najasda tillarang — sarg‘ish tusda ko‘rinadi.
Qilbosh asosan ichakning ko‘richak qismida, ko‘p bo‘lganida
yo‘g‘on ichakning boshqa qismlarida, faqat ayrim hollarda ingichka
ichakda ham istiqomat qiladi. U o‘zining qilsimon bosh qismi bilan
ichak shilliq pardasiga chuqur kirib oladi, tanasi esa ichak bo‘shlig‘ida
osilib qoladi. Ko‘pchilik kuzatuvchilarning fikricha u odam qoni
bilan oziqlanadi.
Ichakda qilboshning soni bittadan tortib o‘nlab, yuzlab va hatto
minglab bo‘lishi mumkin.
Urg‘ochi gijjalar ichakda qo‘ygan tuxumi (bir sutkada 1000
dan 3500 gacha) tashqi muhitga najas orqali ajraladi. Tashqi muhitda
(asosan  tuproqda)  tuxumdan  lichinka  rivojlanishi  uchun  30°C
(15—90°C) atrofida harorat, yetarli namlik va kislorod talab etiladi.
Harorat qancha yuqori bo‘lsa u shunga tez rivojlanadi. Sharoit yetarli
bo‘lgan taqdirda lichinkalar 1—17 (salqinroq iqlimli hududlarda
20—24) kun davomida rivojlanadi. Og‘iz orqali tushgan lichinkalar
o‘n ikki  barmoq  ichakning  so‘rg‘ichlari  orasiga  joylashib olib,

192
3—10 kun davomida shu yerda saqlanadi. So‘ngra ichak bo‘shlig‘iga
qayta tushib ko‘richakka keladi va shu yerda rivojlanib balog‘atga
yetadi.
Qilbosh  yuqqan  kundan  boshlab,  to  balog‘atga  yetguncha
bo‘lgan  rivojlanish  jarayoni  30—45  kun  davom  etadi.  Qilbosh,
umuman 5—6 yil ba’zan undan ham ortiq yil yashaydi.
Epidemiologiyasi. Kasallik manbayi, najasi bilan gijja tuxumini
ajratuvchi odam. Trixotsefalyoz — ichak—og‘iz yo‘li bilan yuquvchi
geogelmintoz, antroponoz hisoblanadi. Kasallikning yuqish yo‘llari
xuddi askaridozga o‘xshash. Qilbosh, ichida invazion xususiyatli
lichinkalari  bo‘lgan  gijja  tuxumlarini  og‘iz  (ifloslangan  qo‘l,
sabzavotlar, mevalar, suv va b.) orqali ichakka tushishi oqibatida
yuqadi.
Qilboshning tuxumi tashqi muhitda, jumladan quyosh radiat-
siyasi ta’siriga, 
askarida tuxumiga nisbatan chidamliroq. Ular past
harorat ta’siriga juda chidamsiz, masalan, — 5°C da 10—12 kun
davomida barcha tuxumlari o‘ladi. Biroq qor ostida bemalol qishlashi
mumkin.  Tashqi  muhit  sharoiti  qulay  bo‘lgan  taqdirda  qilbosh
tuxumlari tuproqda bir yilgacha va undan ortiq yashashi mumkin.
Trixotsefalyoz yer yuzida keng tarqalgan. Ayniqsa namlik yuqori
bo‘lgan tropik, subtropik hamda mo‘tadil iqlimli o‘lkalarda ko‘p
uchraydi.
Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekistonda, trixotsefalyoz bilan
ko‘proq  bog‘cha  yoshidagi  yoki  boshlang‘ich  maktab  yoshidagi
bolalar kasallanadi. Tropik o‘lkalarda barcha yoshdagi odamlar orasida
barobar keng tarqalgan.
O‘zbekistonda  kasallikni  eng  ko‘p  yuqish  mavsumi  iyun—
sentabr oylariga to‘g‘ri keladi.
Patogenez va patologik anatomiyasi. Odam ichagida rivojla-
nayotgan gijja lichinkalarini qonga tushishi kuzatilmaydi. Ichakning
asosan ko‘richak qismida balog‘atga yetgan gijja o‘zining qilsimon
ingichka bosh qismi bilan shilliq qavatga  chuqur kirib, joylashib
oladi. Tanasi esa ichak bo‘shlig‘ida erkin osilib turadi. Binobarin
ichak devorini jarohatlaydi va mayda qon quyilishlarga sabab bo‘ladi.
Ichakda gijja miqdori ko‘p bo‘lganda ichak shilliq pardasining ko‘p
qismi  jarohatlanadi,  infiltratsiya,  shish  va  ba’zan  gemorragik

193
alomatlar hamda eroziya, nekroz va yaralar paydo bo‘ladi. Ayrim
hollarda kuchli tiflit alomatlari kuzatiladi.
Qilboshning allergik ta’siri tufayli ko‘richak va to‘g‘ri ichak shilliq
pardasida eozinofilli yallig‘lanish rivojlanadi va oqibatda surunkali
ich ketish kuzatiladi. Bunda bemor najasida ko‘plab eozinofillar va
Sharko—Leyden kristallari aniqlanadi.
Ichakdagi nerv tolalarini doimiy qitiqlanishi oqibatida oshqo-
zonni va birinchi navbatda markaziy nerv sistemasi hamda boshqa
a’zolarning faoliyati buziladi.
Jarohatlangan ichak yuzasiga bakterial floraning yoki proto-
zoalarning (masalan: shigellyoz, amyobiaz) ta’siri kasallik kechimini
og‘ir asoratlantiradi. Bunday asoratlanishlar ayniqsa tropik o‘lkalarda
ko‘p  kuzatiladi.
Invaziya ko‘p bo‘lgan taqdirda organizmning ozuqalanishi va
undagi modda almashinuvi jarayoni buzilishi mumkin.
Tixotsefalezning qo‘zg‘atuvchisi gematofag hisoblanadi. Jahon
Sobliqni  Saqlash  Tashkiloti  (JSST)  ning  (1988)  ma’lumotiga
qaraganda — bir dona parazit bir sutkada 0,005 ml qon iste’mol
etadi. Undan tashqari, qilbosh ichak shilliq qavatining hujayralari
bilan ozuqalanadi va uni jarohatlaydi.
Trixotsefalez  patogenezida,  parazitdagi  modda  almashinuvi
hosilalari ta’sirida organizmda yuzaga keladigan allergik o‘zgarishlar
ham katta ahamiyatga ega 
(Zarvaraqdagi 10-rasmga qarang).
Klinikasi.  Kasallikning  birlamchi  klinik  belgilari  parazit
yuqqanidan 1—1,5 oy o‘tgach ko‘rina boshlaydi. Trixotsefalezning
klinik kechimi  juda ko‘p omillarga: invaziyaning  ko‘p-ozligi va
davomiyligi,  yo‘ldosh  kasalliklarning  mavjudligi,  organizmning
reaktivlik darajasi va boshqalarga bog‘liq. Shuning uchun ham kasallik
gohida sust namoyon bo‘lsa, gohida juda og‘ir kechadi. Chunonchi,
tropik o‘lkalarda, invaziya darajasi juda yuqori bo‘lgan joylarda
(masalan;  Kubada)  trixotsefalezning  kechimi  yomon  oqibatli
bo‘lishi mumkin.
Ko‘pchilik holatda trixotsefalezning klinik ko‘rinishi oshqozon-
ichak  yo‘li  a’zolarining  faoliyatining  buzilishi  belgilari  bilan
cheklanadi.  Bemorni  ko‘proq  ko‘ngil  aynashi,  ishtahaning
pasayishi,  so‘lak  oqishi,  ichning  suyuq  kelishi  yoki  qabziyat,

194
meteorizm qorinda, ko‘proq o‘ng pastki qismida, og‘riq bezovta
qiladi. Ba’zan qorni gijimlab qattiq og‘riydi. Bunday cheklangan
tiflit alomatlari, aksariyat, surunkali appenditsit deb baholanadi.
Agar qilbosh ichakning chuvalchangsimon o‘simtasi ichiga kirib
qolsa, unda sanchiqli og‘riq, agarda unga infeksiya qo‘shilsa haqiqiy
appenditsit xuruji kuzatiladi. Biroq iqlimiy sharoiti mo‘tadil bo‘lgan
hududlarda trixotsefalyoz subklinik turda kechadi.
Qilboshning zaharli ta’siri — intoksikatsiya tufayli bemorning
uyqusi buziladi, boshi og‘riydi, o‘qtin-o‘qtin boshi aylanadi, ish
qobiyati pasayadi, bolalarda ba’zan tutqanoq xurujlari kuzatiladi.
Invaziya darajasi yuqori bo‘lgan taqdirda (endemik o‘choqlarda),
kasallik ko‘pincha bakterial yoki protozoali ichak infeksiyalari bilan
birgalikda og‘ir va asoratli kechadi. Bunda ko‘pincha diareya surunkali
tus oladi, axlatida shilliq va qon aralashmasi, ichakda og‘riq, tenezm
(og‘riqli kuchaniq) kuzatiladi hamda bemor kundan-kunga ozib
ketadi. Kasallik bakterial infeksiya bilan birga kechganda, ayniqsa
bolalarda, to‘g‘ri ichakni tushishi (chiqib qolishi) ko‘riladi. Invaziya
uzoq  davom  etganida  gi poxromli  yoki  normaxromli  kamqonlik
rivojlanadi. Anemiya rivojlanishiga faqat parazitning ovqatlanish tarzi
emas balki qon yo‘qotilishi, oziqlanishning buzilishi va ichakdan
temirning  so‘rilishini  buzilishi  ham  sabab  bo‘ladi.  Kasallikning
boshlang‘ich bosqichida rivojlanadigan eozinofiliya, har doim ham
kuzatilavermaydi. Invaziya darajasi yuqori bo‘lgan bemorlardagina
ozroq eozinofiliya (10—20%) ko‘riladi.
Invaziya ko‘p bo‘lgan bemorlar ichagini rektoskop yordamida
ko‘rilganda ba’zan sigmasimon va to‘g‘ri ichak devorida osilib turgan
parazitlarni ko‘rish mumkin. Hatto invaziya darajasi kam bo‘lgan
bemorlarning yarmidan ko‘pida enterokinaza va ishqoriy fosfataza
aktivligini  ortishi  hamda  C,  B
1
,  B
2
  vitaminlari  muvozanati
buzilganini ko‘rish mumkin.
Oqibati. Ko‘pchilik holatlarda kasallikning oqibati yaxshi bo‘ladi.
Biroq invaziya darajasi yuqori bo‘lganda va ayniqsa, boshqa bakterial
yoki parazitar ichak kasalliklari qo‘shilganda, oqibati yomon bo‘lishi
mumkin.
Tashxisoti. Trixotsefalyoz tashxisi najasda qilbosh tuxumini
aniqlashga  asoslanadi.  Bunda  koprogelmintoskopiya  usuli  yoki

195
Fyulliborn va Katoning «selofanli qalin surtma» usullari juda kam
samara  beradi,  E.V.Kalantaryan  (1937)  taklif  etgan  koprogel-
mintoovoskopik usulidan foydalanish ko‘proq musbat natija beradi.
Najasni  ko‘rilganda,  unda  yopishqoq  quyuq  shilliq  va  qon
aralashmasi  ko‘rinadi.  Mikroskop  ostida  ko‘rilganda  qilbosh
tuxumlaridan  tashqari,  Sharko—Leyden  kristallari,  eozinofillar
va boshqa ekssudativ va epitelial hujayralar bo‘ladi.
Davolash. Trixotskfalyozni davolash, bugungi kunda ham ancha
murakkab vazifa hisoblanadi.
Hozirda, gijja haydovchi dorilardan — mebendazol, albendazol
hamda yuqori samarali — difezil va bemosat keng qo‘llanadi.
Difezil  va  bemosat  —  ittifoqda  yaratilgan  eng  original
(samaradorligi  40—60%)  dorilardan  hisoblanadi. 
Naftamonning
esa  samaradorligi  30—40%.  Bu dorilarni  berishda  hech  qanday
maxsus  tayyorgarlik  yoki  surgi  berish  talab  etilmaydi.  Bu  ikki
preparat bir xil tartibda va dozada beriladi. Ularni — 5 yoshgacha
bo‘lgan bolalarga — 2,5 g, 6—10 yoshlilarga — 3,5—4,0 g, 11—15
yoshda — 4,0—4,5 g, 15 yoshdan katta bolalar va kattalarga — 5 g
dan 5 kun davomida beriladi. Ko‘rsatilgan miqdordagi dorini
30—50 g suvda (yoki iliq qandli sharbatda) yaxshilab aralashtirib
sutkalik dozasini uchga bo‘lib ovqatlanishdan 1—2 soat oldin ichiriladi.
Bu  dorilar  ichilganda  kuzatilishi  mumkin  bo‘lgan  (17%)
noxush belgilar (qorinda og‘riq, ko‘ngil aynash, qusish, quvvat-
sizlik, bosh og‘rig‘i, ba’zan ich ketishi, taxikardiya) tez yo‘qoladi.
Jigar faoliyati yaqqol buzilgan shaxslarga naftamon berish qat’iyan
mumkin emas.
Tiabendazol va mebendazollarning yuqori samaradorligi haqida
ma’lumotlar  bor.  A.A.Karimov  va  b.  (1975)  trixotsefalezni
davolashda  tiabendazol qo‘llab  68,6% da  samarali natija  olgan.
Preparatni 1 kg og‘irlikka 35 mg hisobida bir kunda bir marta
2  kun  davomida  hech  qanday  tayyorgarliksiz  beriladi.  Ayrim
bemorlarda  kuzatilgan  noxush  holatlar  (ko‘ngil  aynash,  bosh
og‘rig‘i  va  bosh  aylanishi)  dori  berish  to‘xtatilgach  1—2  kun
davomida yo‘qolgan. Tiabendazol homilador ayollarga va buyrak
faoliyati buzilgan shaxslarga berilmaydi.

196
Mebendazol (vermoks) — kattalarga va 9 yoshdan katta bolalarga
100  mg  (1  tabletka)  dan  kunda  2  mahal,  3—4  kun  davomida,
shuningdek a l o b e n d a z o l — sutkada 400 mg dan haftada 2—3
marta beriladi. Homilador ayollarga vermoks berish mumkin emas.
Davolash  samaradorligini  aniqlash  uchun  o‘tkaziladigan
koproovoskopiya nazorat tekshiruvi davolash to‘xtatilgandan 3—4
hafta keyin o‘tkaziladi. Agar davolash kursi natija bermagan bo‘lsa,
takroriy kurs faqat 2—3 oydan so‘ng o‘tkazilishi mumkin.
Profilaktikasi. Profilaktik choralar xuddi askaridozdagi singari
o‘tkaziladi.
Trizinellez  (trichinellosis)
Trixinellez — odam va sut emizuvchi hayvonlarda (gelminto-
zoonoz)  uchraydigan  o‘tkir  kasallik  bo‘lib,  isitma,  muskullarda
qattiq og‘riq, toshma va yuqori eozinofiliya bilan namoyon bo‘ladi.
Trixinellez  ko‘proq  o‘rta  iqlimli  va  shimoliy  mintaqalarda
uchrasada,  kasallikning  keng  tarqalishi  Afrika,  Tailand,  Yangi
Zenlandiya, ko‘proq Amerika va Kanadada shuningdek G‘arbiy
Yevropa davlatlari hududlarida ham qayd etilgan. Kasallikni epidemik
tarqalishi Belorussiya, Ukraina va hatto Gruziya va Qozog‘istonda
ham o‘tgan. O‘zbekistonda to‘ng‘iz go‘shti iste’mol qilgan ovchilarda
(Najmiddinov  T.X.  va  b.,  1965)  hamda  Toshkentda  surunkali
trixinellez hodisasi (Alimdjanova R.Yu., 1985) kuzatilgan.
Etiologiyasi. Trixinellezning qo‘zg‘atuvchisi — yumaloq gijja
Trichimella sriralis juda mayda bo‘lib, urg‘ochisining uzunligi
4 mm ga yaqin, erkagining uzunligi — 1,2 — 1,6 mm, ularning
eni 0,04—0,06 mm ga teng.
Jinsiy yetilgan trixonellalar ingichka ichakda, lichinka bosqichida
esa odam va ko‘pchilik hayvonlarning mushaklari orasida istiqomat
qiladi.  Yuqishi  faqat  lichinkalari  orqali  sodir  bo‘ladi.  Chunki
trixinellalar tirik (lichinka) tug‘uvchi gijjadir. Yangi tug‘ilgan lichin-
kaning uzunligi — 0,08—0,11 mm bo‘ladi va xo‘jayini mushaklari
orasida kattalashib 0,9—1,0 mm ga yetadi.
Ichakka tushgan lichinkalar tezda kapsulasidan ajraladi va ichak
shilliq qavatiga kirib olib 1,5—2 sutka davomida jinsiy yetuk gijjaga

197
aylanadi. Ular tez orada urchib, 86 soatdan keyin, 10—30 kun,
ba’zan 50 kun  davomida tirik lichinkalar tug‘a  boshlaydi. Bitta
urchigan urg‘ochi gijja yuzlab va 2000 gacha tirik lichinka tug‘ishi
mumkin.  Ichakdagi  jinsiy  yetuk gijjalarning  umri  1,5—2  oydan
oshmasada mushak orasidagi lichinkalar yillab yashaydi.
Ichakning limfatik oraliqlari va tomirlarida tug‘ilgan lichinkalar
limfa va qon oqimi orqali butun organizmga tarqaladi va asosan
faqat ko‘ndalang-targ‘il mushaklarda ushlanib qolganlarigina yashab
qoladi. Ko‘proq diafragma, til, chaynov, qovurg‘a oralig‘i va boldir
mushaklari orasida joylashadi va jarohatlaydi.
Yuqqanidan  17—18  kun  o‘tgach  lichinkalar  spiral  shakliga
kiradi va shu paytdan boshlab invazion xususiyatga ega bo‘ladi.
3—4-haftalarda lechinkalar atrofida fibrinli kapsula hosil bo‘ladi.
Keyinchalik  bu  kapsulalar  kaltsiy  bilan  ohaklanadi.  Ohaklanish
jarayonining o‘zi 2 yil va undan ortiq davom etadi. Kapsulaga o‘ralgan
lichinkalar, xo‘jayini  organizmida 10—40 yil  yashaydi. Kapsula
ohaklangach  parazit  o‘ladi.  Lichinkalarning  bir  qismi  hatto
ohaklangan  kapsula  ichida  ham o‘z  hayotini  ko‘p  yillab  saqlab
qolishi mumkin.
Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin