Klinikasi. Bemorlarning deyarli uchdan bir qismida gimenole-
pidoz klinik belgilarsiz, yoki subklinik tarzda o‘tishi mumkin. Klinik
namoyon kechganida esa bemor ishtahaning pasayganligi, bosh
og‘rig‘i, ko‘ngil aynashi, goho qusish, kindik atrofida og‘riq, ba’zan
ichning suyuq kelishi, ko‘p so‘lak oqishi, kekirish kabi alomatlarga
shikoyat qiladi. Qorinning og‘rishi asosan kechqurun bezovta qiladi,
ba’zan kuchli hurujli bo‘ladi. Qorinning og‘rig‘i ovqat yeyilishi
bilan bog‘liq bo‘lmay, najas ko‘pincha suyuq, ba’zan shilimshiq
aralash bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik bemorlar tajang bo‘lib qoladi,
ularni bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tez toliqish bezovta qiladi.
Bolalarda vaqti-vaqti bilan mushaklar tortishishi, tutqanoq singari
tirishishlar, qisqa muddatli xushini yo‘qotishlar bo‘lishi mumkin.
Ayrim bemorlarda (1—6%) allergik toshma, terining qichishishi,
vazomotor rinit, Kvinki shishi, astmatik bronxit singari alomatlar,
ba’zan jigar kattalashishi va uning faoliyati buzilganligi kuzatiladi.
Ayrim bemorlarda tana harorati vaqti-vaqti bilan subfebril darajada,
ba’zan esa qisqa muddatli, biroq yuqori darajada ko‘tarilib turadi.
Kasallik uzoq davom etganda anemiya rivojlanib, bemor ozib ketadi.
Gimenolepidoz uzoq davom etib, uni davolash uchun ko‘p
kimyoviy dorilar olgan shaxslarning ko‘pchiligida jigar kattala-
shishi va uning faoliyatining buzilganligi (aminotransferazalar
aktivligini va bilirubin miqdorini ortishi, oqsil sintezi kamayishi)
kuzatiladi.
219
Qon tekshirilganda, ayrim bemorlarda biroz gi poxrom anemiya,
leykopeniya, kamdan-kam hollarda eozinofiliya, EChT ortganligini
ko‘rish mumkin.
Oqibati. Ko‘pchilik bemorlarda yaxshi, biroq takroriy
autoinvaziyalar kasallik oqibatini og‘irlashtirishi mumkin.
Diagnostikasi. Asosan bemor najasidan gijja tuxumini, yoki
gijjaning o‘zini aniqlashga asoslangan. Bu maqsadda Folleborn va
Kalantaryan yoki Katoning sellofanli qalin tomchi usullari keng
qo‘llanadi. Biroq bu usullarning hammasi ham to‘liq ishonarli
bo‘lmaganligi tufayli 1969-yilda P.M.Lerner va V.A.Gogollar yangi,
ikki marta ortiq, ijobiy natija beradigan — flotatsiya usulini taklif
etishgan. Bu usul, ayniqsa invaziyasi kam bo‘lgan bemorlarda tashxis
qo‘yishda qo‘l keladi. Tekshiruvni uch marta takrorlash tavsiya etiladi.
Davolash. Gimenolepidozni davolashda fenasal yaxshi samara
beradi. Uni turli sxemalarda qo‘llanadi. P.M.Lerner — 1969-yilda
taklif etgan va 1975-yil VOZ tavsiya etgan tizim bo‘yicha fenosal
2 kundan, 5 kun oralab, 6—7 sikl beriladi. Fenosal 6 yoshgacha
bo‘lgan bolalarga 1 g, 6—9 yoshda — 1,5 g, 9 yoshdan ortiq va
kattalarga — 2 g dan butun sikl davomida shu dozada beriladi. Uni
nahorda ovqatlanishdan 1,5—2 soat oldin, teng miqdorda shakar
qo‘shib, ozgina suv bilan xuddi quyuq bo‘tqadek qilib, ustidan
50 ml iliq suv bilan ichiladi. Bunday davolash kursini o‘tkazish
uchun alohida tayyorgarlik talab etilmaydi. Biroq parhezi yengil
hazm bo‘ladigan taomlardan iborat bo‘lishi kerak. Surgi dori berish,
yoki xuqna qilishga ham xojat yo‘q. Davolanish davrida va yana 3—4
kun keyin bemor har kuni dushda yuvinishi va kiyimini almashtirib
turishi kerak. Bundan boshqa ham bir qancha davolash tizimlari
mavjud. Fenosal bilan birga dixlorofen yoki trixlorofen berilsa davo
kursining samaradorligi yanada ortadi.
Keyingi yillarda keng qo‘llanayotgan p r a z i k v a n e l p
(25 mg/kg dan bir marta) parazitning sistitserkoidlariga ham ta’sir
etadi, shuning uchun ham u juda samaralidir. Spetsifik davolashdan
tashqari bemorga vitaminlar berib turiladi.
Davolash natijasini nazorat qilish — 1 oydan keyin boshlanib,
har oyda bir marta 6 oy davomida o‘tkaziladi.
220
Profilaktikasi. Aholi (ayniqsa, bolalar) sanitariya madaniyatini
orttirish — shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, o‘choqlarda
sanitariya gigiyenik tadbirlarni olib borish, pashshalar, suvaraklar
va kemiruvchilarga qarshi kurashish, hojatxonalarni tez-tez
dezinfeksiya qilib turish singari choralar kasallik profilaktikasining
asosini tashkil qiladi. Biroq gimenolepidozda ichakni o‘zidan qayta-
qayta yuqish (autoinvaziya) va organizmga moslashib olish
(adaptatsiya) hodisasi bo‘lganligi tufayli, yuqorida aytilgan tadbirlar
yetarli bo‘lmaydi. Shuning uchun ham gimenolepidozni yo‘qotish
uchun avvalo invaziya manbayini yo‘qotmoq kerak. Ya’ni barcha
invaziyali bemorlarni aniqlab, ularni fenasal bilan to‘liq davolan-
gandagina kutilgan natijaga erishish mumkin.
O‘lat (chuma, pestis)
O‘lat — isitma, kuchli intoksikatsiya, limfatik tugunlarni jaro-
hatlanishi, septitsemiya va pnevmoniya bilan namoyon bo‘luvchi,
o‘tkir yuqumli kasallikdir.
O‘lat epidemiya va hatto pandemiya, turida tarqalishga moyil
bo‘lganligi tufayli o‘ta xavfli karantin (konvension) infeksiyalar
qatoriga kiradi va unga barcha «Xalqaro tibbiyot—sanitariya qoidalari»
taalluqlidir.
Tarixiy ma’lumotlar. Kasallikning «chuma» deb atalishi arabcha
«djumba» (yirik loviya) so‘zidan kelib chiqadi. Chunki ko‘pchilik
o‘latli bemorda limfatik tugunlar yallig‘lanib loviyasimon
kattalashadi.
O‘latning epidemiyalari juda qadim (eramizdan ancha oldin)
ham kuzatilib turgan.
Insoniyat tarixida o‘latning uchta yirik pandemiyalari kuzatilgan.
Birinchi pandemiya yilnomalarga «yustinian o‘lati» deb kiritilgan
bo‘lib, VI asr (530—580-yillar) da, asosan Yaqin Sharq va Yevropa
davlatlarida tarqalgan va 100 mln. odamning yostig‘ini quritgan.
Ikkinchi pandemiya 1334-yilda Xitoydan boshlanib, Hindiston,
Afrika va so‘ngra (1348-yil) Yevropaga tarqalgan. Bunda Yevropaning
1/4, aholisi, ya’ni 50 mln. odam nobud bo‘lgan. Shu pandemiya
davrida avval Venesiyada, keyinroq Rossiya tarixda birinchi marotaba
221
o‘latga qarshi karantin choralari (guarantena, guaranta giorni —
qirq kun so‘zidan) ko‘rila boshlandi. Uchinchi pandemiya,
1894-yilda Kanton va Gonkongdan boshlanib, yaqin o‘n yil ichida
barcha qit’alarning 87 port shaharlariga tarqaldi va bunda 12 mln.
odam halok bo‘ldi.
Shu pandemiya davrida yirik kashfiyotlar qilinib, ular o‘latga
qarshi kurash ishlarini ilmiy asosda tashkil etishga imkon berdi.
Fransuz olimi A.Iersen 1894-yilda bemor odamda, 1897-yilda
yovvoyi kalamushlarda o‘lat mikroblarini aniqladi va shuning bilan
o‘latni kasal kemiruvchilardan sog‘lom kemiruvchilarga va ulardan
odamlarga burgalar orqali tarqalishini isbotladi. 1912-yilda D.K.
Zabolotnoy o‘latni tabiiy o‘choqli kasallik ekanligini aniqlnadi.
1926-ylda V.A. Xavkin o‘latga qarshi vaksina tayorlashga muvofiq
bo‘ldi.
Ko‘p yillar davomida o‘lat epidemiyasiga qarshi o‘tkazilgan,
ilmiy asoslangan chora-tadbirlar tufayli yer yuzida o‘lat epide-
miyalarini tugallashga muvofaq bo‘lindi. XX asrning 30-yillaridan
boshlab keskin kamayib kelayotgan o‘lat, keyingi yillarda sporadik
holda Avstraliyadan boshqa barcha qit’alarda kuzatilmoqda.
Etiologiyasi. O‘latning qo‘zg‘atuvchisi Iersinia pestis, Iersinia
lar urug‘iga, Enterobacteriaseae oilasiga mansub, harakatsiz,
tuxumsimon, bi polar bo‘yaluvchi, 1,5—0,7 mkm kattalikdagi bak-
teriyadir. U turli shakillarda (i psimon sharsimon, kolbasimon)
bo‘lishi mumkin, grammanfiy, spora va xivchinlari yo‘q, nozik
kapsula hosil qiladi, oddiy ozuqa—muhitida 28°C (0°C dan 45°C
gacha) haroratda va 6,9—7,2 pH li sharoitda yaxshi o‘sib, virulentli
R va virulentsiz — S shakilli koloniyalar hosil qiladi. Ozuqa muhitiga
hayvon qoni yoki sulfit natriy qo‘shilsa mikrobning o‘sishi tezlashadi
(Zarvaraqdagi 16-rasmga qarang).
O‘lat qo‘zg‘atuvchisining antigenlik tizimi ancha murakkab. U,
haroratga chidamli somatik, harotga chidamsiz kapsulasi bilan
bog‘liq bo‘lgan (virulent shtammlariga xos) va boshqa 30 ga yaqin
immunogen faol antigenlarga ega. Uning patogenlik xususiyati,
ajratadigan ekzo- va endotoksinlari bilan bog‘liq. Iersiniyalar
tajavuzkor fermentlar — gialuronidoza, koagulaza, gemolizin,
fibrinolizin va boshqalarni ishlab chiqaradi.
222
Iersiniyalarning tashqi muhitda chidamliligi unga ta’sir etuvchi
omillarga bog‘liq. Haroratning pasayishi bilan mikrobning turg‘unligi
ortadi. O‘lat mikrobi —22°C da 4 oy, Q50—70°C — 30 daqiqa,
100°C da esa 1 daqiqa yashaydi. Oziq ovqatlarda , suvda va uy
jihozlarida I.restis 3 oygacha, bubondan olingan yiringda — 40
kun, qon va balg‘amda — 30 kun va undan ortiq saqlanadi. O‘lat
mikrobi odatdagi dezinfeksiyalovchi moddalarning ishchi
konsentratsiyasida (sulema 1:100, 3—5% li lizol eritmasi, 3% li
karbol kislotasi, 10% li oxak suti eritmasi) va antibiotiklar (strepto-
mitsin, levomitsetin, tetratsiklin) ta’sirida tez nobud bo‘ladi.
Epidemiologiyasi. O‘lat — tabiiy—o‘choqli transmissiv zoonoz
kasallik. Uni tabiiy, birlamchi («yovvoyi o‘lat») va sinantrop,
ikkilamchi (antropourgik) o‘choqlari («shahar», «port», «kema»,
«kalamush» o‘latlari) farqlanadi.
O‘latning tabiiy o‘choqlari,
I.pestis ning tabiiy rezervuari
bo‘lmish — yovvoyi kemiruvchilar va ularning burgalari bilan
bog‘liq bo‘lib, insonning hayotiy jarayoniga aloqador emasdir.
Tabiatda o‘lat mikrobini tashib yuruvchi kemiruvchi hayvonlarning
300 ga yaqin turlari ma’lum. Yovvoyi kemiruvchilardan tashqari
ba’zan epizootik jarayonga kalamushlar, sichqonsimonlar,
shuningdek quyonsimonlar va tulkilar ham qo‘shilib qolishi mumkin.
Qish uyqusiga ketuvchi kemiruvchi hayvonlarda o‘lat surunkali
kechadi va epidemiyalar oralig‘ida latent infeksiya sifatida saqlanadi
(Zarvaraqdagi 17 rasmga qarang).
Sinantrop o‘choqlarda infeksiya manbayi va rezervuari bo‘lib
asosan uy kalamushlari va sichqonlari xizmat qiladi. Ularda ham
o‘lat infeksiyasi ko‘pincha surunkali kechadi yoki klinik belgilarsiz
infeksiyani tashib yuruvchi sifatida namoyon bo‘ladi.
Kasallik asosan burgalar orqali yuqadi. Ularni 120 dan ortiq
turlarida I.restis topilgan. Bularning ichida eng faol yuqtiruvchilari
— kalamush burgalari, odamlar xonadonlarida yashovchi burgalar
va surka burgalari hisoblanadi. Kasallangan kemiruvchi qonini so‘rgan
burganing jig‘ildonida o‘lat mikrobi ko‘payib tiqilib (“blok”)
qolganidan so‘ng u kasallikni boshqa hayvonlarga yuqtira oladi.
Shunday qilib — “kemiruvchi — burga — kemiruvchi” halqasi
hosil bo‘ladi va tabiatda o‘latning doimiy o‘chog‘i saqlanadi.
223
Kasallikdan o‘layotgan kemiruvchini tashlab qochgan burgalar
boshqa hayvonlarga va odamlarga ham o‘tib ularga kasallikni yuqtiradi.
Aniqlanishicha o‘latni yuqishi zararlangan burgani chaqishidan
ko‘ra ko‘proq, uni teriga tushgan qusuq va najasini chaqilgan joyga
surkalishi (qashlash) tufayli sodir bo‘ladi
(Zarvaraqdagi_18-_rasmga_qarang)'>(Zarvaraqdagi 18-
rasmga qarang).
O‘latni odamlarga yuqishini bir necha yo‘llari mavjud: t r a n s-
m i s s i v — zararlangan burgalarni chaqishi; k o n t a k t —
zararlangan xo‘jalik kemiruvchilarining terisini shilish yoki so‘yilgan
tuyani go‘shti bilan ishlash; a l i m e n t a r — infeksiya bilan
zararlangan oziq-ovqatni iste’mol etish; a e r o g e n — o‘latni
o‘pka turi bo‘lgan bemorlardan yuqishi.
Odamlarda o‘lat kasalligiga moyillik yuqori — kasallanish indeksi
birga yaqin.
O‘latni o‘pka turi bilan kasallangan bemorlar atrofidagilar
uchun eng xavfli hisoblanadi. Kasallikning boshqa turlari esa burga
ko‘p bo‘lgan taqdirda tarqalishi mumkin.
Hozirgi vaqitda odamlarning o‘lat bilan kasallanishi nisbatan
kam kuzatilmoqda. JSST ning ma’lumotiga ko‘ra 1980-yilda qayd
etilgan bemorlar soni 500 kishiga yaqin bo‘lgan. Faol enzootik
o‘choqlar Janubiy—Sharqiy Osiyo, Afrika va Amerikada saqlanib
qolgan.
Patogenezi va patologik anatomiyasi. Kasallikning patogenezi
va klinik turini shakillanishi ko‘p jihatdan infeksiyani organizmga
kirish (teri, shilliq parda, nafas yo‘li) bilan bog‘liq bo‘ladi. Infeksiya
tushgan joyda (terida) birlamchi affektning hosil bo‘lishi kamdan-
kam hollarda (3—4% bemorlarda) kuzatiladi. O‘lat bakteriyalari
limfa oqimi bilan yaqin oradagi regionar limfatik tugunga tushib
juda tez ko‘payadi va joyida o‘tkir gemorragik yallig‘lanish jarayoni
yuzaga keladi va birlamchi bubon hosil bo‘ladi. Mikroblarni neytrofil
va mononuklear hujayralar yemiradi (fagotsitoz). Biroq fagotsitoz
to‘liq bo‘lmaydi va bu holat immunologik jarayonni qiyinlashtiradi.
Limfatik tugunlarni baryerlik xususiyatini yo‘qolishi tufayli
infeksiyaning generalizatsiyalanish jarayoni yuzaga keladi. Bakteriya
limfogen yo‘l bilan tarqalganda birinchi, ikkinchi, uchinchi va
hokazo tartibdagi birlamchi bubonlar hosil bo‘ladi. Infeksiya
224
gematogen yo‘l bilan tarqalganda esa ikkilamchi bubon va boshqa
ichki a’zolarda yallig‘lanishning ikkilamchi o‘choqlari paydo bo‘ladi.
Ikkilamchi bubonlar infeksiyaning organizmiga kirish joyi bilan
bog‘liq bo‘lmaydi, ular maydaroq va ko‘p bo‘ladi. Iersiniyalarning
ikkilamchi o‘choqlarda ko‘payishi o‘latning septik shakli rivojlanishiga
olib keladi. Bunda turli ichki a’zolarda septikopiemik o‘choqlar paydo
bo‘lib, infeksion-toksik shok rivojlanadi. Bakteriyalar qon orqali
o‘pkaga tushganda ikkilamchi o‘lat zotiljami yuzaga kelib, o‘pkada
tarkibida ko‘p miqdorda iersiniylar bo‘lgan seroz—gemorragik
ekssudat to‘planadi. Ayrim hollarda ichak jarohatlanadi (o‘latning
ichak shakli), va u juda og‘ir kechib deyarli har doim o‘lim bilan
yakunlanadi. Ba’zan toksik miokardit, nefrit rivojlanishi mumkin.
Shuningdek, ekximozlar, teri, shilliq va seroz pardalarga, yirik va
o‘rta qon tomir devorlariga qon quyilishlar kuzatiladi. Qon tomirlari
ichida tarqoq holda qonning ivib qolishi (DVS—sindrom) o‘latning
og‘ir kechimi patogenezida muhim rol o‘ynaydi.
O‘latda kuzatiladigan infeksion—toksik shok, qon tomir
devorlarining jarohatlanishi, DVS—sindromning rivojlanishi va
ko‘pchilik a’zolardagi og‘ir distrofik o‘zgarishlar asosan o‘lat
bakteriyalarining (ekzo- va endo-) toksini va uning tarkibidagi
fermentlar ta’siri tufayli yuzaga keladi.
O‘latning septik shaklida o‘lgan murdalarning yurak, jigar,
taloq, buyrak va boshqa ichki a’zolarida og‘ir distrofik o‘zgarishlar
aniqlanadi.
Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri o‘rtacha 6—8 kun
bo‘lib, birlamchi o‘pka va septik shakllarida bir necha soatgacha
qisqarishi va emlanganlarda 10 kungacha uzayishi mumkin. O‘lat,
odatda, kuchli qaltirash va tezlikda tana haroratini 39—40°C gacha
ko‘tarilishi bilan o‘tkir boshlanadi. Bemor qaltirab, eti junjikadi,
so‘ng tanasi qizib muskullarda va ayniqsa boshda qattiq og‘riq xis
etadi, boshi aylanadi ba’zan ko‘ngli aynab qusadi. Yuzi va ko‘zi
qizargan, lablari quruq, tili shishgan, kattalashgan, quruq, qalti-
roq, qalin oq (xuddi bo‘r surtilgandek) karash bilan qoplangan
bo‘ladi. Gapirganda g‘o‘ldirab gapiradi, so‘zlari noaniq.
O‘latda asab sistemasining jarohatlanishi juda xos bo‘lib, u
turli darajada namoyon bo‘ladi. Ba’zi bemorlarda karaxtlik,
225
tormozlanish holat bo‘lsa, boshqalarda aksincha, qo‘zg‘alish,
alahlash, gallutsinatsiya, qochib ketishga intilish, harakat koordi-
natsiyasining buzilishi, gandiraklab yurish kabi alomatlar kuzatiladi.
Og‘ir kechimida bemorning yuz ko‘rinishi ham o‘ziga xos — yuzi
kepchigan, ko‘kargan, qarashlari isterobli, qayg‘uli va qo‘rquvni
isxor etuvchi bo‘ladi (faciec restica).
Yurak-tomir sistemasining jarohatlanish alomatlari ham
yetakchi o‘rin tutadi. Yurak chegaralarining kengayganligi, tonlari
xiralashgan, taxikardiyaning muttasil ortib borishi (daqiqasiga
120 dan 160 gacha), pulsda aritmiya, arterial bosimining keskin
(og‘ir kechimida 40—30 mm gacha) pasayishi, ko‘karish va
xansirash ko‘riladi.
Qorinda og‘riq, taloq, ba’zan jigar ham kattalashgan bo‘ladi,
qabziyat ba’zan esa ich ketishi kuzatiladi.
Kasallikning og‘ir kechimida qonli yoki qahva quyqasi
ko‘rinishida qusish, ichning suyuq shilimshiq va qon aralashmasi
bilan kelishi ko‘riladi. Siydik esa kamayib, tarkibida qon va oqsil
aralashmasi bo‘ladi.
Qonda neytrofilli leykotsitoz bo‘lib, leykotsitar formula chapga
siljigan, EChT ortganligi ko‘riladi. Eritrotsitlar va gemoglobin
miqdori kam o‘zgaradi.
Aytib o‘tilgan umumiy klinik belgilardan tashqari o‘latning
har qaysi klinik shakillariga xos alomatlari ham namoyon bo‘ladi.
G.P.Rudnevning (1970) tasnifiga ko‘ra o‘latning quyidagi klinik
shakillari farqlanadi:
A. Ko‘proq cheklangan shakllari: teri, bubon, teri-bubon.
B. Ichki tarqoq, yoki generalizatsiyalashgan shakillari: birlam-
chi—septik, ikkilamchi—septik.
D. Tashqi tarqoq shakllari: birlamchi—o‘pka, ikkilamchi—
o‘pka, ichak.
T e r i sh a k l i. Teriga infeksiya tushgan joyda avval dog‘ paydo
bo‘lib, keyin tezlikda bosqichma-bosqich bo‘rtma, pufakcha,
pustula, nekrotik yara, furunkul va karbunkulga aylanib boradi.
O‘lat yarasi uzoq saqlanadi, sekinlik bilan chandiq hosil qilib bitadi.
O‘lat karbunkuli bosganda juda og‘riqli bo‘lib, ichi qonli—yiring,
ba’zan qoramtir, tarkibida juda ko‘p o‘lat mikrobi bo‘lgan ajralma
226
bilan to‘lgan bo‘ladi. Yaraning atrofi qizorgan, infiltratsiyalashgan
va teridan ko‘tarilgan (bagroviy val) bo‘ladi
(Zarvaraqdagi
19-rasmga qarang).
Pustula yaraga aylanganda yara tubida oldin sarg‘ish rangda
keyin qora (xuddi kuydirgidagi singari) qoplama (pestis
anthracicus) paydo bo‘ladi.
Terida ikkilamchi o‘zgarishlar — gemorragik toshma, ichida
suyuqligi bo‘lgan pufakchalar, ikkilamchi gematogen pustula va
karbunkullar o‘latning barcha klinik turlarida ham kuzatilishi
mumkin.
B u b o n l i sh a k l i ning asosiy belgisi limfatik bezlarni
kattalashishi, ya’ni og‘riqli bubon hosil bo‘lishidir. Bubon, ko‘proq
chovda, qo‘ltiq ostida, yoki bo‘yinda, bitta kamdan-kam hollarda
ikkita yoki undan ortiq bo‘ladi.
Birinchi kunlarida bo‘lajak bubon o‘rnida kattalashgan alohida—
alohida juda og‘riqli limfatik tugunlar aniqlanadi. Keyinchalik
atrofdagi barcha limfatik tugunlar va to‘qima yallig‘lanib yaxlit yirik
(8—10 sm gacha), qattiqlashgan og‘riqli tugun (bubon) hosil
bo‘ladi. Bubon ustidagi teri taranglashgan, silliqlashgan, biroz
ko‘kimtir, qizargan. Limfangait alomatlari ko‘rinmaydi. Bubon juda
og‘riqli bo‘ladi. Og‘riq hatto hali bubon shakillanmasdan oldin
bo‘lajak bubon o‘rnida (barvaqt belgi sifatida) paydo bo‘ladi. Og‘riq
tufayli bemor turli notabiiy holatda (bir qo‘lini yoki oyog‘ini yonga
ko‘tarib) yuradi. Mayda bubonlar, odatda, kattalarga qaraganda
og‘riqliroq bo‘ladi
(Zarvaraqdagi 20-rasmga qarang).
Kasallikning 6—8 kunidan intoksikatsiya alomatlari kamayadi.
Bubon yumshab, xamrsimon bo‘lib qoladi va 8—12 kunlarda
teshiladi, undun qon aralash yiringli—seroz suyuqlik ajraladi. Hosil
bo‘lgan oqma (fistul) uzoq vaqit bitmaydi, ikkilamchi infeksiyalar
qo‘shilsa — yirik adenoflegmonalar rivojlanadi. Bemor yaxshi
davolangan taqdirda 15—20 kun ichida bubon butunlay so‘rilab
ketishi yoki sklerozlanib qotib qolishi ham mumkin.
Bubon eng ko‘p (55%) chovda va sonda uchraydi. Eng xavfli
bubon — bo‘yin va qo‘ltiq ostida joylashganidir. Qo‘ltiq osti buboni
eng xavfli bo‘lib, 5—10% bemorlarda og‘ir ikkilamchi o‘pka shakli
bilan asoratlanadi. Kasallikning bu turida, infeksiya generalizatsiya-
227
lashgan taqdirda, o‘latning eng og‘ir asoratlari — ikkilamchi septik,
ikkilamchi yiringli meningit shakillari rivojlanib, odatda, o‘lim
bilan yakunlanadi.
Tegishli davo o‘z vaqtida o‘tkazilmagan taqdirda o‘latning
bubonli shaklida o‘lim 40% dan 90% gacha o‘rtacha 75% bo‘ladi.
Antibakterial va patogenetik davo barvaqt boshlangan bemorlarda
o‘lim juda kam bo‘ladi.
B i r l a m ch i — s e p t i k sh a k l i. Inkubatsion davri juda
qisqa — bir necha soatdan 1—2 sutkagacha. Kasallik shiddat bilan
rivojlanib, septik belgilarning tez ortib borishi, ko‘pchilik ichki
sistemalarning jarohatlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Bemorning
eti qaltirab, tana harorati keskin ortadi, boshi qattiq og‘riydi,
boshqa intoksikatsiya alomatlari — yurak tomir sistemasi faoliyatining
buzilishi, asab sistemasida o‘zgarishlar (alaxlash, bezovtalik yoki
aksincha bedarmonlik) va gemorragik sindromlar (terida yirik qon
quyilishlar, ko‘karishlar, ichki a’zolarga qon quyilishlar, oshqozon-
ichak, o‘pka, buyrak va bachadondan qon ketishlar) tez ortib
boradi. Meningoensefalit belgilari yuzaga kelishi mumkin.
Kasallikning bu turida bemorni sog‘ayib ketishi juda kamdan-kam
bo‘ladi. Ko‘pchilik holatda infeksion-toksik shok ortib borib tezlikda
koma rivojlanadi va bemor juda kuchli intoksikatsiya, gemorragik
sindrom hamda yurak-tomir yetishmovchiligi tufayli qisqa vaqtda
(bir necha soatdan 3 kungacha) o‘ladi.
I k k i l a m ch i — s e p t i k sh a k l i o‘latning boshqa klinik
shakllarini, ko‘proq bubonli shaklini asoratlantiradi. Kasallik juda
kuchli intoksikatsiya, gemorragik sindromlar bilan kechadi va
ko‘plab ikkilamchi o‘choqlar, bubonlar namoyon bo‘ladi.
Kasallikning septik turlarini bemorning hayotligi davrida
aniqlash juda qiyin.
B i r l a m ch i — o‘ p k a sh a k l i eng og‘ir, epidemiologik
jihatdan eng xavfli turidir. Kasallik to‘satdan boshlanadi. Bemorning
qayta-qayta eti qaqshab, tana harorati 39—40°C gacha ko‘tariladi
va qusadi. U, odatda, qo‘zg‘alish holatida bo‘ladi, boshi va
mushaklari qaqshab og‘riydi, ko‘zi va yuzi qizargan, kepchigan
bo‘ladi. Keyinroq ko‘kragida qattiq sanchiqli og‘riq paydo bo‘lib,
yo‘taladi, yurak urishi va nafasi tezlashadi. Yo‘talganda oldin tiniq
228
oynasimon ko‘pikli shilimshiqdan iborat, so‘ng qon aralash,
keyinchalik qonli balg‘am tashlaydi. Ba’zan (ati pik kechimlarida)
balg‘am zangsimon bo‘lishi mumkin. Balg‘am miqdori ham turlicha
(bir necha tupukdan, to juda ko‘p miqdorgacha) bo‘ladi. Balg‘am
bilan juda ko‘p miqdorda o‘lat mikrobi ajraladi. O‘lat zotiljamida
fizikal (auskultativ va perkutor) belgilar uncha ko‘p bo‘lmagani
holda, bemorning ahvoli juda og‘ir bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |