Toshkent-2012 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/27
tarix01.04.2017
ölçüsü2,8 Kb.
#13033
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27

Davolash.  Vaboning  barcha  turlarida  ham  bemor  tezlikda
ixtisoslashgan kasalxona (yoki bo‘limga) yotqizilib, patogenetik va
etiotrop  davo  choralari  o‘tkaziladi.  Bemorning  ahvoliga  qarab
regidratatsiya va remineralizatsiya, ya’ni suv-tuz eritmalari bilan
davolash hech kechiktirmay tezkorlik bilan amalga oshiriladi.
Regidratatsiya ikki bosqichda olib boriladi.
Birinchi  bosqich  regidratatsiya  —  bu  birinchi  bor  bemor
organizmini  yo‘qotgan  suv  va  elektrolitlar  miqdorini  aniqlab,
o‘rnini qoplash jarayoni hisoblanadi.
Ikkinchi bosqich regidratatsiyada — bemorda ich ketish va qusish
hisobiga yo‘qotilayotgan suv hamda tuz miqdorini har kuni aniqlab,
unga  yetarli  miqdorda  tuzli  eritmalar  yuborib  korreksiya  yoki

252
kompensatsiya qilib turiladi, shu maqsadda bemorlarga quyidagi tarkibda
ishqoriy bufer, poliionli apirogen izotonik tuz eritmalaridan tashkil
topgan suyuqliklar ishlatiladi:
T r  i s o l — (uch tuzli eritma,  Fillips eritmasi ¹1,  «5—4—1» —
eritmasi), tarkibida xlorid natriya — 5 g, gidrokarbonat natriya — 4 g,
xlorid kaliy — 1 g bo‘lib, bu tuzlar 1 litr, ikki marta distillangan,
apirogen suvda eritilgan bo‘ladi. Ammo 6 soatdan so‘ng gidrokarbonat
buferi natriy karbonatga aylanib buferlik xususiyatini yo‘qotadi.
D i s o l (ikki tuzli eritma,  Filli ps eritmasi ¹ 2),  tarkibida xlorid
natriya — 6 g, gidrokarbonat natriy — 4 g, va 1 litr bidistillangan
apirogen suv.
A s e s o l xlorid natriya — 5 g, atsetat natriy — 2 g, xlorid
kaliy — 1 g, 1 litr apirogen suvdan tarkib topgan.
X l o s o l — tarkibida xlorid natriya — 4,75 g, atsetat natriy —
3,6 g, xlorid kaliy — 1,5 g, 1 litr suv bo‘ladi.
K v a r t a s o l (to‘rt xil tuzli eritma) tarkibida xlorid natriya
—  4,75  g,  atsetat  natriya  —  2,6  g,  bikarbonat  natriy  —  1,0  g,
xlorid kaliy — 1,5 g, 1 litr suvdan tashkil topgan.
L a k t o s o l (sut tuzli eritma) — tarkibi xlorid natriy — 6.2 g,
laktat natriy — 3,3. g, gidrokarbonat natriy — 0,3 g, xlorid kaliy
— 0,3 g, xlorid kaltsiy — 0,16 g, xlorid magniy — 0,1 g, 1 litr
suvdan iborat.
Tuzli eritmalarni yuborishdan oldin bemorning ahvolini har
tomonlama sinchiklab o‘rganib  bemor organizmini suvsizlanish
darajasini aniqlash lozim.
I va qisman II darajali degidratatsiya holatida bemorning ahvoli
unchalik og‘ir bo‘lmaydi va yo‘qotilgan suyuqlik va tuzlar o‘rnini
to‘ldirish uchun eritmalarni bemorga og‘iz orqali ichirilishining
o‘zi ham samara beradi.
Kasallikning  og‘ir  kechimi  —  III—IV  darajadagi  birlamchi
degidratatsiyada,   ayniqsa  gi povolemik  shok  holatida  bemorga
tezkorlik bilan regidratatsiya choralarini amalga oshirish lozim.
Bunda   asosan  Filli ps  1—2  va  kvartasol  eritmalari  samaraliroq
natija beradi.
Eritmalar  yuborishdan  oldin  38—40°C  gacha  ilitib,  kattaroq
venalardan tanlab (zarur bo‘lganda arteriya ichiga ham yuboriladi)

253
zudlik bilan 1 daqiqada 100—120 ml tezlikda 2—4 litrgacha yuboriladi,
umuman 1,5—2 soat ichida bemorga 5—7 litrgacha suyuqlik quyish
mumkin. Zarurat bo‘lsa bu eritmalarni to‘xtovsiz yoki bir vaqtning
o‘zida ikkita vena tomirdan ham yuborish mumkin. So‘ng bemor
ahvoliga qarab  suyuqlikning yuborish tezligi kamayadi  va qolgan
suyuqlik miqdori 1 daqiqada 30—60 ml dan tomchilatib yuboriladi.
Birlamchi—qoplovchi regidratatsiya davosini olgan bemorlarda
ich ketish va qusish davom etgan taqdirda, suvsizlanish ham davom
etadi. Shuning uchun bemor najasi va qusug‘ini har 2 soatda o‘lchab
turiladi  va  shu  miqdorda  suv-tuz  eritmasini  quyib  turiladi.  Bu
bemorning ich ketishi va qusishi to‘xtagunga qadar davom etadi,
so‘ngra davolash, suyuqlikni bemorga og‘iz orqali ichishi bilan olib
boriladi. Regidratatsiyaning bu usuli kompensator, ya’ni kundalik
moslangan davo deyiladi.
Suyuqlikni bemorga tez yoki sekin yuborilishi bemordagi kasallik
belgilarining o‘zgarishiga ham bog‘liq.
Suyuqlikni tez surat bilan yuborilishi, bemor umumiy ahvoli
yaxshilanishi, pulsni paydo bo‘lishi, arterial bosim, tana harorati
normal  holga    qaytishi,   gi povolemiya,   gemokonsentratsiya,
atsidoz  belgilarining yo‘qolishi,   o‘pka gi pertenziyasini  normal-
lashishi bilan to‘xtatiladi.
Suyuqlik tez surat bilan yuborilganda davolash jarayoni 40—90
daqiqani tashkil qiladi. Suyuqlik yuborish tezligini vaqtidan oldin
kamaytirish buyraklar, miokard va boshqa a’zolarda qayta tiklab
bo‘lmaydigan metabolik o‘zgarishlarga olib keladi.
Korreksiyalovchi regidratatsiya davrida bemor tomiriga har bir
daqiqada eritmadan 5—10 ml dan tomchilab yuborish kifoyadir.
Bemordan ko‘p miqdorda siydik ajralishi ijobiy darak bo‘lib,
olib borilayotgan regidratatsion davo samarali ekanligini bildiradi.
Siydikda  xlor  va  natriy  konsentratsiyasini,  najasda  natriyni
ko‘payishi  bemor  organizmini  suvsizlanish  belgilaridan  xalos
bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Bemorda ich ketish va qusuq miqdori har 4—6 soatda o‘lchab
boriladi  va  shu  yo‘qotilgan  suyuqlik  miqdoriga  qarab  poliion
suyuqliklarini  yuborib  korreksiya  qilinadi.  Agar  bemordagi
yo‘qotilayotgan  suyuqlikni  o‘lchashni  iloji  bo‘lmagan  taqdirda

254
bemorning har bir kg vazni og‘irligiga hisoblab bir daqiqada 60
ml suyuqlik yuborish mumkin.
Bemorga ko‘p suyuqlik yuborish, qonda Na miqdorini oshishi,
plazmada gi perosmotik holat rivojlanishi va hujayralarning ikkilamchi
suvsizlanishiga olib keladi. Yana xlor miqdori plazmada oshib atsidozni
zo‘raytiradi.  Ayrim  bemorlarda  xavfli  gi perkaliemiya  rivojlanishi
mumkin. Shuning uchun ham regidratatsion davo davrida qonning
kislota—ishqoriylik holati va qon plazmasining nisbiy zichligini,
gematokritni, Na, K ko‘rsatkichlarini aniqlab turiladi.
Vaboning  2-daraja  degidratatsiyasida  bemorga  24—36  soat
davomida, 3-darajasida — 36—48 soat davomida va 4-darajada —
3—4 kun davomida suyuqlik yuboriladi. Bemorda gi pokaliemiya juda
zo‘raygan taqdirda qo‘shimcha 1% kaliy xlorid eritmasini yuborish
tavsiya etiladi. Buning uchun quyidagi formuladan foydalaniladi
(Filli ps—Bulicheva formulasi):
R · 1,44 · (5—X)qV
V — 1% li kaliy xlor miqdori (ml da), R — bemorning tana
vazni (kg da), X — kaliyning bemor qon plazmasida konsentratsiyasi
(mmol/l),  5  —  kaliyning  normal  konsentratsiyasi  (mmol/l),
1,44 — koeffitsienti.
Kaliy yetishmasligini qo‘shimcha korreksiya qilishdan qat’iy
nazar, bemorga 3—4 kundan boshlab kaliy xloridni 1 g dan bir
kunda 3 mahal berib turish zarur.
Vaboni  og‘ir  kechimida  ba’zi   bemorlarda  buyraklar
shikastlanib, ko‘p miqdorda «trisol» eritmasini yuborish natijasida
gi pokaliemiya  vujudga  keladi.  Bunda  yurak  sohasida  noxushlik,
aritmiya va EKG da o‘zgarish ko‘riladi. Bu holatda darhol ikkinchi
nomerli (Filli ps ¹2)  eritmasiga o‘tish  zarur. Bemorga  yuborila-
digan eritma hamda K miqdorini bolalarda ham kattalarda ham
birdek aniq o‘lchov beradigan bir necha formulalar mavjud.
Vaboni yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi kechimini davolashda
glukoza eletrolitik suyuqliklarni og‘iz orqali ichirish (ORD — oral
regidratatsion davo), ayniqsa bolalarda davolashning fiziologik usuli
bo‘lib, deyarli asorat bermaydi. Suvsizlanish sindroma — vaboga,
enterotoksigenli esherixiozlarga va boshqa o‘tkir ichak infeksiyalarga

255
xos  gastroenterit,  enterit,  enterokolit  bilan  o‘tadigan  sekretor
diareyalar oqibatidir. Ularni davolashda JSST tavsiya etgan standart
shakar—tuz eritmasini quyidagi tarkibi tavsiya etiladi.
1. Gidrokarbonat aralashmasi: natriy xlorid — 3,5 g, natriy
bikarbonat — 2,5 g, kaliy xlorid — 1,5 g, glukoza — 20 g. Bir litr
ichimlik suv (yaxshisi qaynatib sovitilgan suv).
2. Sitratli aralashma — «Regidron»: natriya xlorid — 3,5 g,
natriy sitrat (tritsitrat) — 2,9 g, kaliy xlorid — 1,5 g, glukoza — 20 g
va 1 lit ichimlik suv.
 Eritmaga glukozani qo‘shilishi natriy va suvni ichakda qayta
so‘rilishini taminlaydi.
 JSST ning ma’lumotiga ko‘ra o‘tkir ichak kasalliklari diareyasida
ORD usulida barvaqt davolanganlarni shifoxonaga yotqizish o‘rtacha
56% gacha, shifoxonaga yotqazilgan bemorlarni o‘lishi esa 41% ga
kamaygan.
ORD  usulini  barcha  o‘tkir  diareya  bilan  o‘tadigan  ichak
infeksiyalarida shu jumladan vaboda ham kasallik boshlanishi bilan
uyda to tibbiyot xodimi, kelib ulgurgancha yoki shifoxonagacha
bo‘lgan  vaqt  ichida  qo‘llash  o‘ta  muhim  va  bebaho  tadbir
hisoblanadi, ORD ham ikki biosqichda amalga oshiriladi.
Ichirilishi lozim bo‘lgan eritma miqdori quyidagi formulaga
asosan aniqlanadi:



ml/soat
X
10
6
R h

ml/soat
 — bir soat ichida ichirilishi lozim bo‘lgan eritma miqdori;
R — bemor tana vazni (kg da); h — bemorni keskin yo‘qotgan
tana vazni; 10 — mutanosiblik koeffitsienti; 6 — birinchi bosqichda
davolash muddati.
Davolashning 1-bosqichida oral regidratatsiya punkti (ORP)
da 6 soat davomida qusib, ichi ketib, siydik bilan qancha suyuqlik
ajratgan bo‘lsa, shuncha miqdordagi eritma keyingi 12—24 soat
davomida ichiriladi. Bu ish bemorning ich ketishi to‘xtaguncha
davom ettiriladi.
Bolalarda  vaboni  davolash  murakkab  va  mas’uliyatli  chora
hisoblanadi.  Kichik  yoshdagi  bolalarda  regidratatsiya  uchun

256
qo‘llaniladigan eritmalarga albatta glukoza qo‘shilishi (1 l ga 15—20
g) va suyuqlikni biroz sekinroq yuborish zarur. Bunda suyuqlik va
tuz kamomadining 40% birinchi 2 soatda, qolgani esa keyingi
2—4 soatda to‘ldiriladi. Suyuqlikni tez yuborish bolalarda o‘pka
shishishi yoki miya shishiga olib kelishi mumkin.
Bolalarni eritmalar bilan davolash jarayonida albatta va doim
qon zardobida elektrolitlarni, ionogrammani o‘rganish, plazmaning
solishtirma og‘irligini aniqlash, qon yopishqoqligi va gematokritlarni
aniqlab, nazorat qilib borish zarur.
Agar regidratatsion davo to‘g‘ri olib borilsa, barcha yoshdagi
vabo bilan og‘rigan bolalarning o‘limi 1% dan oshmaydi.
Vabo kasalligida, bolalarda asosan kaliy tuzlari kamayib ketishini
nazarda tutish va kaliyli eritmalarni faqat diurez paydo bo‘lgandan
so‘ng yuborish tavsiya etiladi.
Vaboda  antibiotiklar,  etiotropik  ta’sir  ko‘rsatsada  kasallikni
davolashda hal qiluvchi ahamiyatga ega emas. Antibiotiklar patogenetik
davolash usulining samarasini oshiradi, jumladan bemorda diareya
muddatini  qisqartirish  bilan  organizmning  suv-tuz  tanqisligini
kamaytiradi hamda vibrion ajratish muddatini qisqartiradi.
Antibiotiklar og‘iz orqali ichiriladi. Agar bemor qusayotgan bo‘lsa,
antibiotiklar  avval  parenteral  ravishda  (morfotsiklin  —  150  g,
sigmamitsin  —  500  mg  2  mahaldan)  qon  tomirga  bir  necha  litr
regidratatsion  eritmalar  bilan  birga  yuboriladi.  Bundan  tashqari,
antibiotiklardan: tetratsiklin (0,3—0,5 g 4 mahal), levomitsetin (0,5 g
x 4 mahal) va furazolidonlar (0,1 x 4 mahal) 5 kun davomida ichiriladi.
Vabo vibrionini tashib qayta-qayta ajratib yuruvchi shaxslarga
ham  antibiotiklar  (tetratsiklin,  levomitsetin  va  b.)  3—5  kun
davomida beriladi. Faqat bir marta vibrion ajratgan, amalda sog‘liom
kishilarga antibiotik berilmaydi.
So‘nggi  yillarda  vabo  vibrionlarining  ba’zi  antibiotiklarga
nisbatan chidamliligi ortib bormoqda. Shuning natijasida ilgaridan
keng  qo‘llanib  kelinayotgan  antibiotiklardan  tetratsiklin  guruhi,
levomitsetinlarning vabo vibrioniga ta’sir kuchi juda pasayib ketgan.
O‘zbekistonda,  keyingi  yillarda  odamlardan  topilgan  vibrionlar
hammasi  01  guruhi  El—Tor  vibrionlariga,  Ogava  serovariga
mansubligi aniqlangan, ularning barchasi tetratsiklin va levomitsetin

257
ta’siriga chidamli; ampitsillinga nisbatan o‘rtacha; sifloks, tarivid,
peflatsin kabi antibiotiklarga o‘ta sezgirligi ma’lum bo‘lgan.
Vaboning og‘ir formalarida antibiotiklar regidratatsiya jarayoni
tugashi  bilan  tavsiya  etiladi.  Davolashning  korreksiya  davrida
antibiotiklarni qo‘llash samarali, chunki ular diareyaning davom
etishini 50% ga qisqartiradi va diareya miqdorini 60% ga kamaytiradi.
Kasallikning birinchi kunidanoq bemorlarga parxez taomlar
(Pevzner  bo‘yicha  4-stol)  tayin  etiladi  va  davolashning  3—5-
kunlaridan  boshlab odatdagi  taomlar,  faqat biroz  kamaytirilgan
miqdorda beriladi.
Ich  ketish to‘xtagandan  so‘ng  kaliyga  boy bo‘lgan  meva  va
sabzavotlar  (o‘rik,  pomidor,  apelsin)  va  ularning  sharbatlari
yeyishga, ichishga ruxsat beriladi.
Vabo bilan og‘rib o‘tgan shaxslarni kasalxonadan chiqarish tartibi
1. Ixtisoslashgan shifoxonada davolangan bemorlar (yoki vibrion
tashuvchilar), to‘liq davo kursi tagallangach, kasallik alomatlari mutlaqo
yo‘qolib,  bakteriologik  tekshiruvlarda  manfiy  natijalar  olingandan
so‘nggina (odatda, 8—10-kunida) shifoxonadan chiqariladi.
2.  Bakteriologik—nazorat tekshiruvlari,  etiotrop  (antibiotik)
davolash yakunlangandan keyin 24—36 soat o‘tgach qatorasiga
3 kun o‘tkaziladi.:
—  oziq-ovqat  sanoati  xodimlari  va  unga  tenglashtirilgan
guruhlarda — undan (najasdan) tashqari yana qo‘shimcha safroning
B va C porsiyalari ham 1 marta bakteriologik usulda tekshiriladi.
3.  Bunday  shaxslar  shifoxonadan  chiqarilgandan  so‘ng,
kasbidan qat’i nazar, birdaniga ishga chiqishga ruxsat beriladi va
yashash joyidagi poliklinika hamda SES da ro‘yxatga olinib (forma
30a) uch oy davomida dispanser nazorati o‘rnatiladi.
4. Najasni bakteriologik tekshirish va tibbiy ko‘rik har oyda bir
marta o‘tkaziladi. Birinchi marta olinishida najas surgi (20—30 g
sulfat magniy) berilgandan keyin olinadi.
5. Nazoratdagi rekonvalessentlar orasida vibrion tashuvchilik
aniqlansa ular davolash uchun vabo shifoxonasiga yotqiziladi va
shifoxonadan  chiqqandan  so‘ng  qaytadan  dispanser  nazorati
o‘rnatiladi.
Dispanser kuzatuvida bo‘lgan barcha shaxslar, nazorat muddati
tugagach hamda dispanser nazorati davomida vabo vibrioni ajratilishi

258
biron marta ham kuzatilmagan taqdirdagina dispanser hisobidan
o‘chiriladi.
Profilaktikasi.  Vaboning  oldini  olishga  qaratilgan  tadbirlar,
avvalo davlat sarhadlarini vabo va boshqa karantin infeksiyalar kirib
kelishidan muhofaza qilish va ularni boshqa davlatlarga tarqatib
yubormaslikka qaratilgan bo‘lib, Respublika bosh sanitariya vrachi
tasdiqlagan, sanitariya qoidalari asosida olib beriladi. U mavjud
xalqaro talablarni e’tiborga olgan holda tuzilgan.
JSST  ning  tavsiyasiga  ko‘ra,  hozirgi  vaqtda  vabo  kasalligi
o‘chog‘ida karantin e’lon qilinmaydi.
Vatanimiz hududiga vaboning chetdan kirib kilishining oldini
olish maqsadida barcha vaboli o‘lkalardan bizga kirib keladigan
shaxslar 5 kun davomida nazoratga olinib, bir marta bakteriologik
tekshiruvdan  o‘tkaziladi.  Agar  ularda  biron-bir  ichak  kasalligi
alomati aniqlangan taqdirda darhol kasalxonaga yotqizib kuzatiladi.
Hududda vabo tarqalish xavfi tug‘ilgan taqdirda o‘tkir ichak kasalligi
bilan xastalangan barcha bemorlar darhol kasalxonaga yotqiziladi
va bakteriologik tekshiruv o‘tkaziladi. Shu hududdagi barcha aholi
vaboga qarshi emlanadi.
Vabo o‘chog‘ida tezkorlik bilan: 1) vaboli bemor va vibrion
tashuvchi shaxslarni kasalxonaga yotqizib tekshirish va davolash;
2)  kasallanganlarni  faol  (xonadonlardan  so‘rab—so‘rishtirib)
aniqlash  va  barcha  oshqozon-ichak  kasalligi  bo‘lgan  shaxslarni
provizor gospitalga yotqizib vaboga tekshirish; 3) kontaktda bo‘lgan
shaxslarni aniqlash, ularni alohidalash yoki 5 kun davomida faqat
tibbiy kuzatuv olib borib, bakteriologik tekshirish; shuningdek —
o‘choqda epidemiologik tekshirish o‘tkazish; dezinfeksiya, sanita-
riya-gigiyenik, sanitariya-oqartuv singari qator epidemiyaga qarshi
chora-tadbirlar o‘tkaziladi.
Bemor bilan bevosita muloqatda bo‘lganlar 5 kun kuzatuvda
bo‘lgan davrida bemordan ajratilgan shtammining sezgirligiga qarab
JSST tavsiyasiga ko‘ra quyidagi antibiotiklardan birortasi beriladi:
1. Doksasiklin 300 mg 1 marta (faqat katta yoshdagilarga).
2. Tetratsiklin bolalarga 12,5 mg/kg kuniga 4 mahal 3 kun. Kattalarga
500 mg dan 4 mahal 3 kun.

259
3.  Furazolidon  — homilador  ayollarga  100  mg (2  tab)  dan
kuniga 4 mahal 3 kun. Bolalarga 1,25 mg/kg kuniga 4 mahal 3 kun.
4. Sifloks yoki tarivid: peflotsin kattalarga 250 mg dan kuniga
2 mahal 3 kun.
Vaboga  qarshi  emlash  uchun  anotoksin—xolerogendan
foydalaniladi.  Revaksinatsiya  epidemiologik  ko‘rsatma  bo‘lgan
taqdirda, 3 oydan keyin o‘tkaziladi.
Bu vaksinatsiyaning samaradorligi juda yuqori, emlanganlarning
90—98% da faqat vibrionlarga qarshi antitelolargina emas, balki
toksiniga qarshi antitoksin ham yuqori titrda ishlanadi. Hozirda yanada
samaraliroq, og‘iz orqali beriladigan vaksinalar yaratilgan.
Kuydirgi (ñèáèðñêàÿ ÿçâà, anthrax)
Kuydirgi — terida o‘ziga xos yara paydo bo‘lishi, yoki septik
tarzda,  o‘pka  va  ichaklarning  zararlanishi  bilan  hamda  kuchli
intoksikatsiya bilan kechadigan o‘tkir yuqumli kasallikdir.
Kuydirgi o‘ta xavfli zoonoz kasalliklar guruhiga kiradi.
Tarixiy  ma’lumotlar.  Kuydirgi  qadim  zamonlardan  qishloq
xo‘jaligi hayvonlari va insoniyatga katta talofat yetkazib kelgan. Bu
kasallikdan  har  yili  millionlab  uy  hayvonlari  nobud  bo‘lgan,
ko‘plab odamlar kasallangan.
1780—1789-yillarda Sibirda bo‘lib o‘tgan epizootiya davrida rus
olimi S.S.Andreevskiy kasallikni hayvonlardan o‘ziga yuqtirib o‘rgandi
va uni «ñèáèðñêàÿ ÿçâà» — «sibir yarasi» deb atashini taklif etdi. U
kasallikning har tomonlama o‘rganib, kuydirgida bo‘ladigan patologo-
anatomik o‘zgarishlarni, klinik kechimi shakillarini tasvirladi hamda
davo choralari va profilaktik tadbirlarni tavsiya etdi.
Etiologiyasi. Kuydirgi kasalligini qo‘zg‘atuvchi mikrob — Bac.
Anthracis deb ataladi. Uni 1855-yilda rus olimi Braueler aniqlagan.
Kuydirgi  mikrobi  yirik  (uzunligi  5—8  mkm,  yo‘g‘onligi  1—1,5
mkm),  harakatsiz,anilin  bo‘yoqlari  bilan  yaxshi  bo‘yaladigan,
grammusbat,  aerob  bakteriyadir.  U  oddiy  ozuqa  moddalarda
ko‘payadi. Tashqi muhitda kapsula va sporalar hosil qiladi. Mikroskop
ostida  ko‘rilganda, kuydirgi  tayoqchalari  zanjirga o‘xshab  qator

260
joylashgan bo‘ladi. Tayoqchaning vegetativ turi yuqori harorat va
turli dezinfeksiyalovchi moddalar ta’siriga chidamsiz — bir necha
daqiqa ichida nobud bo‘ladi. Sporali turi esa tashqi muhitda yillab
saqlanishi mumkin, quritishga, dezinfeksiyalovchi moddalar ta’siriga
chidamli — qaynatilganda 50 daqiqada, 70 daraja qizdirilganda bir
necha soatda nobud bo‘ladi.
Epidemiologiyasi. Kasallik manbayi asosan yirik va mayda shoxli
hayvonlar,  shuningdek  otlar,  eshaklar,  bug‘ular  va  cho‘chqalar
hisoblanadi. Kasallik hayvonlarda og‘ir, generalizatsiyalangan shakilda
kechadi. Kasallangan hayvon najasi, siydigi, so‘lagi bilan kuydirgi
mikrobini  ajratib,  atrof-muhitni  (tuproq,  suv,  teri,  jun  va  b.)
ifloslantiradi. O‘lgan hayvonning qoni, terisi, juni va ichki a’zolari
ham ancha vaqitgacha xavfli bo‘ladi. Infeksiya asosan kontakt yo‘li
bilan,  kamroq  hollarda  alimentar,  havo—chang  va  transmissiv
yo‘llari bilan yuqadi.
Odamga kuydirgi asosan teri va shilliq parda orqali: kasallangan
hayvonlarni parvarish qilishda, ularning chiqindilari, xomashyosi
(terisi,  juni,  mo‘ynasi,  go‘shti),  o‘lgan  mollarni  jasadlari  bilan
ishlaganda,  shuningdek,  qushxona,  teri,  jun  va  mo‘yna  bilan
ishlovchi korxonalarda yuqadi. Kuydirgi kasal hayvon so‘yilganda,
nimtalanganda, go‘shti iste’mol qilinganda, shuningdek infeksiyali
chang  havodan  nafas  olinganda  ham  yuqishi  mumkin.  Ayrim
hollarda  kuydirgini  qon  so‘ruvchi  pashshalar  (so‘na,  chaqar
pashsha)  ham  yuqtirishi  mumkin.
Kuydirgiga moyillik uning yuqish yo‘liga va organizimga tushgan
mikrob miqdoriga bog‘liq.
Kuydirgining tarqalishi qishloq xo‘jalik mollari bilan bog‘liq
bo‘lganida, yozgi-kuzgi mavsumiylik kuzatiladi.
Patogenezi  va  patologik  anatomiyasi.  Kuydirgi  mikrobi
organizmga asosan jarohatlangan teri orqali, kamdan-kam hollarda
nafas yo‘llari va oshqozon-ichak shilliq qavati orqali tushadi.
Organizmga tushgan joyda mikroblarning bir qismi nobud bo‘ladi
(fagotsitar  reaksiya),  qolgan  qismi  ajratgan  ekzotoksin  ta’sirida
terida  (karbunkul)  kamroq  hollarda —  shishli,  pufakchali,  qizil
dog‘li o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Jarohatlangan o‘choqda seroz —
gemorragik yallig‘lanish va koagulatsion nekroz alomatlari, atrof

261
to‘qimalarda  shish  aniqlanadi.  Limfa  oqimi  orqali  mikroblarni
o‘choqdan yaqin-atrofdagi limfa bezlariga o‘tishi tufayli regionar
limfadenit rivojlanadi. Kuydirgi mikrobi ajratadigan ekzotoksinning
ta’sirida qon aylanishi — mikrosirkulatsiya buziladi, oqibatda atrof
to‘qimalarda shish, gemorragik o‘zgarishlar va ichki a’zolarda qon
dimlanishi alomatlari ko‘riladi.
Kasallikning  generalizatsiyalangan  tarzda  kechishi,  ya’ni
kuydirgi sepsisi, infeksiya organizmga nafas yo‘li yoki oshqozon-
ichak yo‘li shilliq pardasi orqali tushganda sodir bo‘ladi. Kuydirgining
teri xilini sepsis bilan asoratlanishi juda kam kuzatiladi. Infeksiyaning
generalizatsiyalashuvi  traxeobronxopulmonal  yoki  mezenterial
limfatik bezlarni mudofa faoliyati buzilgan taqdirda yuzaga keladi.
Infeksiya bilan birga ko‘plab toksinning qonga tushishi infeksion-
toksik shok rivojlanishiga olib keladi.
Kasallikning septik shaklidan o‘lganlarda — jigar va taloqning
kattalashganligi, ko‘plab a’zolarda (yurak, o‘pka, oshqozon-ichak
shilliq qavati) seroz-gemorragik shish va turli a’zolarning jarohat-
lanish alomatlari ko‘riladi. O‘pkada seroz-gemorragik pnevmoniya,
ba’zan o‘pkada gemorragik shish, plevra bo‘shlig‘ida qonli-seroz
suyuqlikni to‘planishi kuzatiladi. Bunday suyuqlik qorin bo‘shlig‘ida
ham to‘planishi mumkin. Qorin va ichak shilliq pardasida ko‘plab
gemorragiyalar, miokardda va epikardda o‘choqli qon quyilishlar
aniqlanadi.  Jigar,  taloq  va  charv  bezlarida  qon  dimlanib,  ular
kattalashgan bo‘ladi, miya pardasida ko‘plab mayda qon quyilishlar,
miyaning o‘zida esa qon dimlanishi belgilari ko‘riladi. Jarohatlangan
teri  o‘chog‘ida  kuchli  yallig‘lanish,  atrof  to‘qimalarda  shish  va
gemorragik o‘zgarishlar kuzatiladi. Regionar limfatik tugunlarda
seroz-gemorragik yallig‘lanish belgilari ko‘riladi.
Jarohatlangan barcha a’zolar va to‘qimalarda shuningdek qonda
hamda orqa miya suyuqligida ko‘plab kuydirgi batsillalari aniqlanadi.
Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin