Klinikasi. Kuydirgining yashirin davri, o‘rtacha 2—3 kun, ba’zan
6—8 kunga cho‘zilishi, yoki bir necha soatgacha qisqarishi mumkin.
Kasallik 98—99% bemorlarda cheklangan (teri) shakilda,
qolganlarda generalizatsiyalashgan (septik) tarzda kechadi.
Teri shakli asosan t e r i k a r b u n k u l i ko‘rinishida
namoyon bo‘ladi. Ayrim bemorlarda terida kuchli shish yoki qizarish
262
yoki pufakchalar paydo bo‘lishi kuzatiladi. Jarohatlanish ko‘proq
terining ochiq qismida bo‘ladi. Karbunkul bosh, bo‘yin terisida
yoki og‘iz va burun shilliq pardalarida joylashgan taqdirda kasallik
ayniqsa og‘ir kechadi.
Kasallikning birinchi kuni bemor darmonsizlik his etib, biroz
badani qaqshaydi va boshi og‘riydi, keyingi kuni eti uvishib,
qaltiraydi va tana harorati tezlikda 39—40°C gacha ko‘tariladi, bosh
va tana og‘rig‘i kuchayadi, uyqusi buziladi.
Terida kuydirgi tayoqchasi kirgan joyda avval 1—3 mm kattalikda
ko‘kimtir—qizg‘ish dog‘ ko‘rinib so‘ngra u qizil tuguncha (papula)
ga aylanadi. Tuguncha atrofi qichishib, qizib turadi. Bir necha
(12—24) soatdan so‘ng tuguncha ichida seroz suyuqlik yig‘ilib,
diametri 2—3 mm li pufakcha (vezikula) hosil bo‘ladi. Keyinchalik
pufakcha ichidagi suyuqlikka qon aralashadi. Pufakcha yorilgach,
o‘rnida yara (karbunkul) paydo bo‘ladi. Yaradan seroz—gemorragik
suyuqlik ajralib turadi, atrofi ko‘tarilgan bo‘lib, bir sutkada yaraning
diametri 8—15 mm ga yetadi. Keyinchalik yara tezda qotib, quriydi
va qo‘ng‘ir rangli qora qo‘tir bilan qoplanadi. Qora qo‘tir doirasi
asta-sekin kattalashib boradi, gardishida qizil xoshiyali bo‘rtma va
mayda ikkilamchi pufakchalar paydo bo‘ladi. Bu pufakchalar ham
birlamchi pufakchalar singari o‘zgarib yaraga aylanadi va asosiy
yaraga qo‘shilib kattalashib boradi. Bunday karbunkullarning kattaligi
bir necha millimetrdan 10 sm gacha yetadi. Yara atrofida bunday
hoshiya va pufakchalarning paydo bo‘lishi, ancha keng joyda
shishning bo‘lishi va bu karbunkul hamda shishning og‘riqsizligi
kuydirgiga juda xos bo‘lib, boshqa o‘xshash yaralardan farqlashimizda
juda qo‘l keladi.
Yara markazida nekroz bo‘lganligi tufayli (1—2 haftadan keyin)
qoplama qalin va ko‘mir singari qora rangli bo‘lib qoladi, atrofida
qizil yallig‘lanish hoshiyasi ko‘rinadi. Kuydirgini lotincha “Anthrax”
(ko‘mir) deb atalishining boisi ham shundadir.
Karbunkul atrofida paydo bo‘ladigan shish ayrim hollarda,
ayniqsa teri osti kletchatkasi bo‘sh-g‘ovak bo‘lgan joylarda (masalan:
yuzda) keng tarqaladi. Uni bolg‘acha bilan urib ko‘rilganda, ba’zan
liqildoq singari titrash kuzatiladi (Stefanskiy simptomi). Karbunkul
yuzda (burunda, labda, lunjda) joylashgan taqdirda shish, yuqori
263
nafas yo‘llariga tarqalib, bo‘lib qo‘yishi va o‘limga sababchi bo‘lishi
mumkin.
Kuydirgida rivojlangan limfadenit og‘riqsiz bo‘ladi va
yiringlamaydi.
Kuydirgining teri shaklini sh i sh l i (e d e m a t o z) turi
terida aniq karbunkul bo‘lmagani holda shish rivojlanishi bilan
namoyon bo‘ladi. Keyinchalik to‘qima nekrozga uchrab yirik
karbunkul vujudga keladi.
P u f a k ch a l i (b u l l o z) turida esa teriga infeksiya tushgan
joyda pufakchalar paydo bo‘lib, ichida gemorragik suyuqlik yig‘iladi.
Pufakchalar yorilganda yoki to‘qima nekrozga uchraganda keng
yaralangan yuza paydo bo‘lib, karbunkul ko‘rinishini oladi.
E r i z i p e l o i d l i turida — terining jarohatlangan joyida,
ichida tiniq suyuqlik to‘plangan, ko‘plab pufakchalar paydo bo‘ladi.
Pufakchalar yorilganda yaralar paydo bo‘ladi va ular qalin po‘st
bilan qoplanadi.
Kuydirgining teri shakllarida isitma va kuchli intoksikatsiya
alomatlari 5—6 kungacha saqlanib turadi, so‘ngra isitma pasayib,
bemorning ahvoli yaxshilanadi, yara ham qayta boshlaydi — avval
shish kamayadi, 2—3-hafta oxirida qora qo‘tir ko‘chib, o‘rnida
chuqur chandiq paydo bo‘ladi.
Kuydirgining teri shakli 80% bemorlarda yengil va o‘rta
og‘irlikda, 20% da — og‘ir kechadi.
Ye n g i l kechimida — intoksikatsya alomatlari sust, tana
harorati ko‘tarilmagan yoki subfebril darajada bo‘ladi. Yara tubidagi
qora qo‘tir, kasallikning 2—3-haftasi oxirlarida ko‘chib, yara
chandiqlanib bitadi.
Kasallikning o g‘ i r kechimida esa intoksikatsiya alomatlari kuchli
namoyon bo‘ladi. Tana harorati xastalikning 2—3-kunlarida 39—40°C
gacha ko‘tariladi va kasallik kechimi xayirli bo‘lgani taqdirda, 5—6
kundan keyin keskin (kritik tarzda) pasayadi. Bemorning umumiy
ahvoli kundan-kunga yaxshilanib boradi, terida shish yo‘qoladi,
karbunkuldagi qora qo‘tir 3—5-hafta oxirlarida ko‘chadi va yara
chandiqlanib bitadi
(Zarvaraqdagi 24-rasmga qarang).
Kuydirgining teri shakli og‘ir kechganda u i k k i l a m ch i
k u y d i r g i s e p s i s i bilan asoratlarnishi mumkin.
264
Kuydirgining b i r l a m ch i s e p t i k shakli kam uchraydi. U
asosan infeksiya og‘iz orqali, yoki havo—chang yo‘li bilan yuqqan
hollarda rivojlanadi. Kasallik alomatlari tez rivojlanadi. Bemor eti
uvishib, qaltiraydi, tana harorati tezda 39—40°C gacha ko‘tariladi,
yurak urishi va nafas olishi tezlashadi, u hansirab nafas oladi.
Ko‘pchilik bemorlarda intoksikatsiya alomatlari tez ortib boradi,
ayrimlarida infeksion-toksik shok yuz beradi. Ba’zan bemor
ko‘kragida qattiq sanchiq xis etib, kuchli yo‘taladi. Yo‘talganda qon
aralash ko‘pukli balg‘am ajratadi. Rentgenologik va fizikal
tekshiruvlarda pnevmoniya va ekssudativ (seroz-gemorragik) plevrit
alomatlari aniqlanadi. Ko‘pincha, ayniqsa infeksion-toksik shok
rivojlangan bemorlarda, o‘pkaning gemorragik shishishi kuzatiladi.
Bunday bemorlar ajratayotgan qonli balg‘ami xuddi olcha
murabbosi singari ivib qoladi.
Ayrim bemorlarning qornida keskin qattiq og‘riq paydo bo‘ladi,
ko‘ngli aynab, qon aralash qusadi va qon aralash ichi ketadi.
Keyinchalik ichak parezi, ba’zan peritonit alomatlari yuzaga kelishi
mumkin.
Ko‘pchilik bemorlarda gemorragik alomatlar va ayrimlarda
meningoensefalit alomatlari ham kuzatiladi.
Meningoensefalit rivojlanganda bemorning xushi joyda
bo‘lmaydi, meningial va o‘choqli o‘zgarishlar yuzaga keladi.
Kuydirgining septik shakilda, o‘pka yoki ichak sistemasining
ko‘p yoki oz zararlanishiga qarab, kasallikning o‘ p k a yoki i ch-
a k t u r l a r i ham farqlanadi.
Kuydirgining i ch a k t u r i infeksiya og‘iz orqali yuqqanida
yuzaga keladi. Kasallik qorinda, ba’zan belda o‘tkir, ayrimlarda juda
kuchli og‘riq bilan boshlanib, tezlikda safro va qon aralash qusish,
hamda qon aralash ich ketishi bilan namoyon bo‘ladi. Bemorning
ahvoli tez og‘irlashib, tana harorati 40—41°C gacha ko‘tariladi,
intoksikatsiya alomatlari kuchayib boradi va nihoyat infeksion—
toksik shok rivojlanishi va yurak-tomirlar faoliyatining buzilishi
natijasida o‘lim ro‘y beradi.
Septik kechimining o‘ p k a t u r i infeksiya nafas yo‘li orqali
yuqqanida rivojlanadi. Bunda bemorning eti junjikib, tana harorati
265
ko‘tariladi, tumov, ko‘krak va nafas qisilishi, ko‘krakda og‘riq, yo‘tal
va hansirash singari alomatlar avj oladi. Ko‘krakda og‘riq va yo‘tal
kuchli bo‘lib, ko‘p miqdorda qon aralash, ko‘pikli balg‘am ajraladi.
Tekshirib ko‘rilganda pnevmoniya va ekssudativ plevrit aniqlanadi.
Kuydirgining bu turi ham juda og‘ir intoksikatsiya, infeksion-toksik
shok va yurak-tomir faoliyatining keskin buzilishi bilan kechadi va
ko‘pincha 2—3 kun ichida bemorning o‘limi bilan yakunlanishi
mumkin.
Infeksion-toksik shok, bosh miyaning bo‘kishi va shishishi,
oshqozon-ichakdan qon ketishi va peritonit rivojlanishi bemorning
barvaqt o‘limiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Kasallikning septik turini o‘tkazayotgan bemorlar atrofdagilar
uchun juda katta xavf tug‘diradilar. Chunki ularning chiqindilarida
(balg‘am, nafas, qusuqlari) va qonida kuydirgi mikrobi juda ko‘p
miqdorda bo‘ladi.
Oqibati — kuydirgining teri shaklida ko‘pincha yaxshi. Septik
shaklining barcha turlarida ham oqibati xavfli bo‘ladi.
Tashxisi. Kasallikning xos klinik belgilari va epidemiologik
(kasallangan hayvon bilan muloqot, qassopchilik, kasal hayvonning
go‘shtini iste’mol qilganlik haqida) ma’lumotlar, shuningdek
laborator tekshiruv va allergik sinama natijalariga asoslanib tashxis
qo‘yiladi.
Bakteriologik va bakterioskopik tekshiruvlar laborator tashxisning
asosini tashkil etadi. Teridagi vezikula, karbunkullardan olingan so‘rma,
balg‘am va qondan yupqa surtma tayyorlanadi. Kasallikning septik (o‘pka,
ichak, meningoensefalitik) turlari gumon qilingan bemorlardan qon,
balg‘am, najas va orqa miya suyuqliklari olib tekshiriladi. Bu tekshiruvlar
maxsus laboratoriyalarda, o‘ta xavfli infeksiyalar bilan ishlash
qoidalariga to‘la amal qilgan holda o‘tkaziladi. Barvaqt tashxis qo‘yish
maqsadida immunoflyuoressent usulidan foydalanish mumkin.
Shuningdek, tashxis uchun teri allergik sinama ham keng qo‘llanadi.
Buning uchun teri orasiga 0,1 ml antraksin yuboriladi. Bu sinama
kasallikning 5-kunidan keyin musbat natija beradi.
Kuydirgining teri shaklini — chi pqon, ko‘zyara, saramas, manqa
kasalliklaridan farqlash hamda o‘lat va tulyaremiyaning teri shakillari
bilan taqqoslash lozim.
266
Kuydirgining septik turlarini boshqa septik kasalliklardan farqlash
ancha qiyin. Bunday hollarda bakteriologik va bakterioskopik
tekshiruvlar hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Davolash. Kuydirgi bilan kasallangan yoki unga gumon qilingan
barcha bemorlar kasalxonaga yotqizilib, ajratiladi. Bemor bilan
ishlovchi xodimlar rezinkali qo‘lqop va maxsus xalat kiyib
(kasallikning septik shakillarida — himoyalovchi ko‘zoynak va doka-
paxtali niqob taqib) ishlashlari lozim.
Kuydirgini davolashda etiotrop davo sifatida antibiotiklar
(penitsillin) bilan birga kuydirgiga qarshi immunoglobulin qo‘llash
eng samarali usul hisoblanadi.
Penitsillin — kasallikning shakli va og‘ir-yengilligiga qarab
sutkada 6—24 mln TB miqdorida to kasallikning asosiy belgilari
yo‘qolguncha (biroq 7—8 kundan kam emas), sutkada 6 marta
mushak orasiga yuboriladi. Kasallikning septik turini davolashda
sefalosporinlarni — sutkada 4,0—6,0 g dan, levomitsetin suksinat
natriyni — sutkada 3,0—4,0 g, gentamitsinni — sutkada 240—320
mg dan qo‘llash ancha yaxshi samara beradi.
Immunoglobulin — xastalikning yengil kechimida 20 ml, o‘rta
va og‘ir kechimida — 40—80 ml dozada yuboriladi. Umumiy kurs
dozasi 400 ml gacha bo‘lishi mumkin. Immunoglobulinni yubo-
rishdan oldin albatta teri orasiga 0,1 ml (100 marta suyultirilgan)
immunoglobulin yuborib allergik sinama o‘tkaziladi. Agar
20 daqiqadan so‘ng terida paydo bo‘lgan shish va qizarishning
diametri 1 sm dan ortiq bo‘lsa, 0,1 ml suyultirilmagan immu-
noglobulin teri ostiga yuboriladi va 30 daqiqadan so‘ng reaksiya
bo‘lmasa qolgan dozaning hammasi mushak orasiga yuboriladi.
Kuydirgini patogenetik davolashda kristalloidli eritmalar, yangi
olingan qon, plazma, albumin, gemodez, polidez, reopoliglyukin
yoki poliglyukin singari suyuqliklar tomirga yuboriladi. Kasallikning
og‘ir kechimida, ayniqsa intoksikatsiya va shish kuchli bo‘lganida
glyukokortikosteroidlar qo‘llanadi. Bemorda infeksion-toksik shok
holati bo‘lgan taqdirda uni tezlikda bartaraf qilish choralari (umumiy
qabul qilingan tartibda) o‘tkaziladi.
Kuydirgi teri shaklida mahalliy davo (malham dorilar)
qo‘llanmaydi, jarrohlik yo‘li bilan davolash esa juda xavfli asorat —
kasallikning tarqoq shakilga o‘tishiga olib kelishi mumkin.
267
Bemor kasalxonada teridagi yarasi bitib chandiqlangach
chiqariladi. Kuydirgini septik, o‘pka yoki ichak shakillarini o‘tkazgan
shaxslar esa kasallikning klinik belgilari yo‘qolgach, 5 kun oralatib
ikki marta o‘tkazilgan bakteriologik tekshiruv manfiy natija bergan-
dan keyin chiqariladi.
Kasallikning generalizatsiyalashgan shaklini o‘tkazgan shaxslar
poliklinikaning yuqumli kasalliklar xonasi (KIZ) da ro‘yxatda
turadilar.
Profilaktikasi. Olib boriladigan profilaktik chora-tadbirlar
veterinariya xizmati bilan birgalikda tashkil etiladi. O‘tkaziladigan
tadbirlar kasallik manbayini (asosan kasallangan qishloq xo‘jalik
hayvonlarni) aniqlab ajratish va kuydirgi sporalari saqlanishi
mumkin bo‘lgan atrof-muhit (tuproq, molxona jihozlari, jun,
teri va b.) ni zararsizlantirishga qaratiladi. Kasallangan hayvonlar
ajratiladi, murdalari yoqiladi, ifloslangan jihozlar esa dezinfeksiya
qilinadi. Kasallangan hayvonlarning go‘shtini iste’mol etish yoki
terisini shilish qat’iyan man etiladi. Ifloslangan jihozlar turli yo‘llar
(yoqib yuborish, qaynatish yoki bug‘li kamerada ishlov berish
yo‘li) bilan zararsizlantiriladi. Jun, mo‘yna va teridan tayyorlangan
kiyimlar va boshqalarni dezinfeksiyalashda patroformalinli kamera
usulidan foydalaniladi.
Kasallangan hayvon yoki ifloslangan jihozlar va materiallar
bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar 2 hafta davomida vrachning faol
nazoratida bo‘ladilar. Agar kasallik rivojlanishiga gumon qilinsa,
shoshilinch profilaktika maqsadida antibakterial davo o‘tkaziladi.
Bu maqsadda — fenoksimetilpenitsillin 1,0 g dan 3 mahal yoki
tetratsiklin 0,5 g dan 3 mahal 5 kun davomida beriladi. Boshqa
antibiotiklar: ampitsillin, doksitsiklin va boshqalardan ham foydala-
nish mumkin.
Kuydirgiga qarshi odamlarni va hayvonlarni emlash, rejali
ravishda yoki epizootik vaziyatga ko‘ra o‘tkaziladi. Odamlarni emlashda
quruq tirik sporali vaksinadan foydalaniladi.
268
YUQUMLI KASALLIKLAR FANIDA QO‘LLANILADIGAN
PEDAGOGIK INTERAKTIV O‘YINLARDAN NA’MUNALAR
MAVZU:
BEZGAK
“AKADEMIK MUNOZARA” uslubi bo‘yicha dars o‘tishning
asosiy
maqsadi:
talabalarni saboq olishi uchun 100% jalb etish va ularning
bir-biridan o‘rganishiga imkon berish;
yo‘l—yo‘riq berib turadigan murabbiyni “SAHNADAN”
chiqarib yuborish.
Uslubning asosiy vazifalari:
bu uslub, talabalarni shu mavzu yuzasidan chuqur bilimga
ega bo‘lishini taqozo qilibgina qolmay, balki o‘rtaga qo‘yilgan
muammoni obdon anglab olishga va dalillar bilan izohlab berishga
o‘rgatadi;
bo‘lg‘usi shifokorga o‘z hayotida shunga o‘hshash muammo-
larga duch kelganda esankirab qolmay ham amaliy, ham nazariy
olgan bilimlariga asoslangan holda masalaga ongli ravishda yondashib,
tahlil qilib, to‘g‘ri yechimini topishga o‘rgatadi.
SENARIY
Mashg‘ulot vaqti 45 daqiqa.
Guruh ikki jamoadaga bo‘linadi, bularning har biriga vaziyatga
doir topshiriq beriladi, masalan, “Vrach—bemor konsultatsiyasi”.
Har bir jamoadada 1—2 talaba konsultatsiyaning ijobiy tomonlarini
muhokama qiladi — bular “ADVOKATLAR” bo‘ladi, boshqalar
esa konsultatsiyaning salbiy tomonlarini tahlil qiladi — bular
“PROKURORLARDIR”.
“ADVOKATLAR” bilan “PROKURORLAR”ning qo‘lga
kiritgan natijalari ma’lum qilinadi va butun guruh tomonidan
muhokama qilib chiqiladi.
O‘qituvchi “SUD IShI”ning qanday borayotganini, vaziyatni
himoyasiga yoki uni ayblashga qaratilgan qanday dalillar
keltirilayotganini kuzatib boradi.
269
Akademik munozaraga misol keltiramiz.
Bemor A. 52 yosh, klinikaga kasallikning 34-kuni, ya’ni 31,08
da “Gri pp” tashxisi bilan yotqizilgan, ahvoli o‘rtacha og‘irlikda.
Shikoyatlari: vaqti-vaqti bilan isitma ko‘tarilib qaltirash, terlash
umumiy madorsizlik. O‘zini 29.07 dan boshlab kasal hisoblaydi,
chunki shu kundan boshlab qaltirab isitmasi 39°C gacha ko‘tarilib
boshi og‘rigan, bo‘g‘imlari, mushaklari qaqshab og‘rigan. 4—5
kundan so‘ng isitmasi tushgan. Uchastka terapevti “O‘RVI” deb
o‘ylagan, muolaja tavsiya etgan. Shundan so‘ng bemor sanatoriyaga
dam olgani ketgan. Sanatoriyada 6—7 kun oralab yana isitmasi
ko‘tarilgan. Navbatdagi isitma 30,08 da ko‘tarilgan. Vrachga murojaat
qilgan va shifoxonaga yotqizilgan. Anamnezidan ma’lum bo‘lishicha,
bemor fevral oyidan to 23.07 gacha Sudanda komandirovkada bo‘lgan.
Komandirovkadan qaytib kelgach, bezgakka qarshi kimyoviy
profilaktikani davom ettirmagan.
Umumiy ko‘ruvda: isitmasi 39,4°C. Terisi subikterik. O‘pkasida
vezikulyar nafas. Yurak tonlari bo‘g‘iq, tomir urishi daqiqasiga
100 marta, ritmik, to‘laligi qoniqarli, arterial qon bosimi 140/80
mm.s.u., tili nam, oq karash bilan qoplangan. Qorni yumshoq,
jigar +3,0 sm, talog‘i +1,0 sm, qovurg‘a ostidan chiqib turibdi,
zichroq. Esi o‘zida. Meningeal belgilar va o‘choqli belgilar yo‘q.
Yo‘g‘on tomchida Rlasmodium falcirarum topildi.
MUHOKAMA
“PROKURORLAR”: Bemor birinchi marotaba vrachga
murojaat qilganda vrach bemorni epidanamneziga e’tibor bermagan,
ya’ni uni Sudanda bo‘lganligiga, qaytib kelgach kimyoviy profilak-
tikani davom ettirmaganligiga, o‘tkir respirator infeksiyalariga tana
haroratining ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i va qaltirashdan tashqari yana
qanday klinik belgilar xarakterli ekanligiga e’tibor bermagan.
Bemordan tahlilga namuna olmagan. Yuqori va davomli isitma bilan
kechuvchi kasalliklar bilan taqqoslash tashxisoti o‘tkazmagan.
Natijada tropik bezgak tashxisini qo‘ymagan. Bemorni 39
°
C isitma
bilan noto‘g‘ri muolaja tavsiya qilib, uyiga yuborgan. Bemor bilan
yaxshi suhbat o‘tkazmagan. Unga rejim haqida tushuncha bermagan,
aktiv nazorat qilmagan. Natijada bemor sanatoriyaga ketib qolgan.
270
Aslida isitmalayotgan, tashxisi aniqlanmagan bemor sanatoriyaga
borsa ahvoli og‘irlashishini tushuntirishi kerak edi.
“ADVOKATLAR”: O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni
saqlash tizimini hamma bo‘g‘inlarida, shu jumladan, ayniqsa birinchi
bo‘g‘inlarida, O‘RVI kasalliklarida virusologik, serologik hamda
ekspress usullar uchun namunalar oli sh yaxshi yo‘lg a
qo‘yilmaganligi uchun bemordan virusologik tekshirish uchun
namuna olinmagan.
“PROKURORLAR”: bemor ikkinchi marotaba vrachga
murojaat qilganda, vrach yanada qo‘polroq hatoga yo‘l qo‘ygan,
chunki 34 kundan beri isitmalayotgan bemorga agarda u boshlani-
shida haqiqatan ham “Gri pp” bo‘lgan bo‘lsa ham, “Gri pp” deb
tashxis qo‘yilmaydi. Gri pp bo‘lgan bemor 5—6 kundan so‘ng
yana isitmalashda davom etsa, uning sababi gri ppning asorati bo‘ladi.
Vrach bemorda gri ppning asoratlariga (otit, frontit, gaymorit,
zotiljam, ekssudativ plevrit, nefrozo—nefrit va h.k.) xos klinik
belgilar ko‘rmagan. Balki bemorda 4—5 kun davomida paroksizmal
xuruj bo‘lganligi so‘ngra birlamchi latent davriga o‘tib, keyinchalik
bezgakning erta residiviga xos klinik belgilar namoyon bo‘lganligi
kuzatilayapti. Shunga qaramasdan vrach “Gri pp” tashxisini qo‘yib,
o‘zining bilimini qay darajada ekanligini ko‘rsatib turibdi.
O‘qituvchi dars davomida munozara qanday davom
etayotganligini, vaziyatning himoyasiga yoki uni ayblashga qaratilgan
dalillarni qanday keltirilayotganligini kuzatib boradi. Munozara
tugagach, o‘qituvchi “ADVOKATLAR” bilan “PROKUROR-
LAR”ning qo‘lga kiritgan natijalarini ma’lum qiladi va baholaydi.
MAVZU:
“MENINGOKOKKLI INFEKSIYA”
“Meningokokkli infeksiya” mavzusini “ASALARI UYASI”
nomli interaktiv usul yordamida guruhlarda amaliy mashg‘ulot
darsini olib borish
Maqsad. Talabalarni meningokokk infeksiyasi bo‘yicha
bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish, nazariy bilimlarini
amaliyotga tatbiq etish, bemorlarga aniq tashxis qo‘yish va davolashga
o‘rgatish.
271
Muallim kichik guruhlarga jumboqli masala beradi. Guruhlar
10 daqiqa davomida masalani hal qilib, o‘zaro muhokama qiladilar
va natijalarini izohlaydilar.
Masala. Bemor A. 20 yosh, kasalxonaga kasalligi boshlangandan
so‘ng 22 soat o‘tgach, qattiq bosh og‘rig‘i, sovqotish, yuqori
isitma 39,8°C, ko‘p marotaba qusish kabi shikoyatlar bilan qabul
qilindi. Kasallik o‘tkir boshlanib, sovqotishdan so‘ng harorati 39°C
gacha ko‘tarilib boshi og‘rigan, 3 soat o‘tgach ahvoli og‘irlashgan,
harorati 40°C gacha ko‘tarilib ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi
kuzatilgan. Kun bo‘yi uyda bo‘lib, kechga yaqin xushdan ketgan.
Kasalxonaga kelgan vaqtda bemorning ahvoli og‘ir, harorati 38,7°C,
majburiy holatda — yoni bilan g‘ujanak bo‘lib yotibdi, yuzi qizargan.
O‘pkasida vezikular nafas, yurak tonlari susaygan, puls 98 bir
daqiqada, kuchsiz, yarim to‘liq. Qon bosimi 120/70 mm.sim.ust.ga
teng, qorin yumshoq, og‘riqsiz. Meningeal belgilar aniq seziladi.
Ensa mushaklari taranglashgan, Kernig, Brudzinskiy simptomlari
ijobiy. Yotoqxonada talabalar orasida bir necha hafta davomida
nazofaringit aniqlangan.
Birinchi kichik guruhga savol:
1. Bemorga taxminiy tashxis qo‘ying va yuqoridagi simptomlar
asosida MNS ning qaysi bo‘limi zararlanganligi haqida o‘ylash
mumkin?
2. Bemorni tekshirish rejasini tuzing.
Javoblar:
1, Yotoqxonada yashayotgan talabalar orasida nazofaringit
borligi, kasallik belgilari (yuqori harorat, bosh og‘rig‘i, qusish),
meningokokkli infeksiya, meningitlar haqida o‘ylash imkonini
beradi.
Bemordagi meningial simptomlar (ensa mushaklari tarangligi,
Kernig, Brudzinskiy simptomlari) kabilarni yuqori harorat fonida
rivojlanganligi bosh miya pardalari yallig‘lanishi haqida o‘ylash
imkonini beradi.
2. Bemorni tekshiruv rejalari umumiy va maxsus tekshiruv-
lardan iborat.
Umumiy tekshirish: qon, siydik tahlil, siydikda qand miqdorini
aniqlash va hokazo
272
Maxsus tekshiruvlar: orqa miya suyuqligini tekshirish (klinik,
bakteriologik va bakterioskopik), burun halqum ajralmasini tekshirish,
texnik anjomlar yordamida tekshirish.
Ikkinchi kichik guruhga savol:
1, Tashxisni tasdiqlash uchun qanday laboratoriya ma’lumot-
larini olishni mo‘ljallayapsiz?
2, Bemorni davolash prinsplari (sindromlar bo‘yicha).
Javoblar:
Meningokokkli meningit bilan og‘rigan bemor qonida yuqori
leykotsitoz, neytrofilyoz, yuqori EChT bo‘ladi. Orqa miya suyuqligi
loyqalangan, bosimi 300—400 mm suv ust.ga teng, sitoz juda
yuqori (1 mm
3
da 1000 va undan ortiq), neytrofilyoz 100% yoki
shunga yaqin, oqsil cho‘kma reaksiyalari ijobiy (Pandiy va Nonney—
Appelt). Bakteriologik tekshiruvda — likvor va burun—halqum
ajralmasidan meningokokklarni topish mumkin.
2, Bemorlarni davolash prinsplari quyidagilardan iborat:
A) Antibakterial davolash.
B) Dezintoksikatsion davolash.
C) Degidrotatsion davolash.
D) Simptomlar bo‘yicha davolash.
Olingan javoblar natijasiga asosan bir kunlik maksimal ball
hisobida barcha talabalar baholanadi.
Dostları ilə paylaş: |