4-vaziyatli masala.
Bemor K., 25 yoshda, kasallikning 7-kuni bosh og‘rishi,
holsizlik ishtahasizlik, tana haroratining ko‘tarilishi kabi shikoyatlar
bilan murojaat qilgan. Kasallik tana haroratini 38
°
C gacha ko‘tarilishi
va bosh og‘rishidan boshlangan. Keyingi kunlarda tana harorati yana
39
°
C gacha va undan yuqori ko‘tarilishi, bosh og‘rishi kuzatilgan,
holsizlik kuchaygan, uyqusi buzilgan.
Ko‘rikda bemor lanj, adinamik, tormozlangan, muloqotga
xohlamay kirishadi. Yuzi kerkkan, shishgan. Puls daqiqasiga 76 ta,
o‘rtacha to‘liqlik va taranglikda. Yurak tonlari bo‘g‘iqlashgan. AQB
100+60 mm sim.ust. Qorni shishgan, Padalka simptomi musbat. Jigar
qovurg‘a ravog‘idan 1,5 sm pastda, o‘rtacha qattiqlikda. Ichi kelmagan.
1. Qaysi kasallik haqida o‘ylash mumkin?
2. Qanday laborator tekshiruvlar sizga tashxis qo‘yishga yordam
beradi?
286
3. Qaysi kasalliklar bilan qiyosiy taqqoslash kerak?
4. UASh taktikasi.
5-vaziyatli masala.
Bemor G., 35 yoshda, kasallikning 10-kuni yuqori harorat,
bosh og‘rishi, ishtahaning susayishiga shikoyat qilib murojaat qilgan.
Kelganda bemor ahvoli og‘ir. Bemor xushida, tormozlangan.
Teri qoplamlari va shilliq qavatlari rangpar. Puls daqiqasiga 100 ta.
Tana harorati 39°C. Klinikada qorin tifi tashxisi qo‘yilgan.
Kasallikning 19-kuni bemorning tana harorati birdan 35,5
°
C gacha
tushgan, taxikardiya, yuzida ter, qoramoysimon najas paydo
bo‘lgan.
1. Bemorda qanday asorat rivojlangan?
2. Tashxisni tasdiqlash uchun siz qanday laborator tekshiruvlar
o‘tkazishingiz kerak?
3. UASh taktikasi.
6-vaziyatli masala.
Bemor M., oshxonada tovuq go‘shti iste’mol qilgan, 2 soatdan
so‘ng keskin holsizlik, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi va qusish
kuzatilgan. Tana harorati 37,8°C. Ichi kelmagan.
Kelganda ahvoli o‘rtacha og‘irlikda, tana harorati 38,5°C, yuzi
gi peremiyalangan. Puls minutiga 88 ta. AQB 135/75 mm, sim.ust.,
yurak tonlari o‘zgarmagan. Tili nam, quyuq karash bilan qoplangan.
Qorni yumshoq, najasdan bakteriologik tekshiruvda Salm.
typhimurium ajratib olingan. Klinik sog‘ayish kasallikning 3-kuni
kuzatildi.
1. Bemorga tashxis qo‘ying.
2. Qaysi kasalliklar bilan qiyosiy tashxislash kerak?
3. UASh taktikasi.
4. Infeksiya o‘chog‘ida qanday epidemiyaga qarshi chora—
tadbirlar o‘tkazilishi kerak?
7-vaziyatli masala.
Bemor P., 19 yoshda, qorindagi keskin xurujsimon og‘riqqa,
tez-tez og‘riqli ich ketishiga (kasallikning birinchi 6 soatida ich
287
kelishini hisoblab bo‘lmagan), bosh og‘rishiga, bosh aylanishiga,
tana haroratining 38°C gacha ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan
murojaat qilgan.
Anamnezidan kasallik o‘tkir, 6 soat oldin boshlangan.
Ko‘ruvda: bemor umumiy ahvoli og‘ir, lanj, rangpar, teri
qoplamlari quruq, toza. Puls daqiqasiga 100 ta. Nafas — vezikular.
Yurak tonlari bo‘g‘iqlashgan. AQB 90/60 mm sim.ust., tili nam,
kulrang karash bilan qoplangan. Qorni biroz shishgan, yo‘g‘on
ichak bo‘ylab og‘riq kuzatiladi. Sigmasimon ichakda infiltratsiya va
og‘riq aniqlanadi, tenezmlar kuzatiladi.
1. Taxminiy tashxisni qo‘ying.
2. Bemorga tekshiruv rejasini tayinlang.
3. Qaysi kasalliklar bilan qiyosiy tashxislash kerak?
4. UASh taktikasi.
8-vaziyatli masala.
Bemor I., 40 yoshda, kasallik o‘tkir boshlangan. Kasallik ich
kelishlar sonining tezlashishi bilan boshlangan, keyin qusish
qo‘shilgan. Anamnezidan aniqlandiki: 1 hafta oldin Hindistondan
kelgan, u yerda bir necha oylar davomida vabo bilan kasallanish
hollari uchragan.
Ko‘ruvda shifokor suvsizlanish belgilari bilan enterit klinikasini
aniqlagan.
1. Bemorga tashxis qo‘ying.
2. Qaysi kasalliklar bilan qiyosiy tashhislash kerak?
3. UASh taktikasi.
4. Infeksiya o‘chog‘ida qanday epidemiyaga qarshi chora-
tadbirlar o‘tkazilishi kerak?
9-vaziyatli masala.
Bemor S., 12 yoshda, bo‘limga quyidagi shikoyatlar bilan
kelgan: qorinning kindik atrofi sohasidagi og‘riqqa, ko‘ngil
aynishiga, ovqat bilan bog‘liq bo‘lmagan to‘satdan qusishga,
holsizlikka, uyqusining buzilishiga. Bu shikoyatlar onasining so‘ziga
qaraganda yarim yildan beri bor. Shifokorga murojaat qilishmagan.
2 kun oldin onasi qusuq massasida 20—30 sm keladigan oq pushti
288
rangli chuvalchang ko‘rib qolgan. Shundan so‘ng mahalla shifokoriga
murojaat qilishgan va statsionarga yuborilgan.
Ko‘rikda yuzi rangpar, teri qoplamlari toza, yurak tonlari biroz
bo‘g‘iqlashgan, puls 80 ta, ritmik. Qorni yumshoq, palpatsiyada
kindik atrofi sohasida va ko‘r ichakda og‘riq bor. Jigar va taloq
kattalashmagan. Ich kelishi odatdagidek, umumiy ahvoli o‘rta
og‘irlikda.
1. Dastlabki tashxis.
2. Tekshiruv rejasi tuzing.
3. UASh taktikasi.
10-vaziyatli masala.
Bemor 29 yoshda. Kasallik o‘tkir boshlangan: qayt qilgan,
bosh og‘rishi, peshona, qosh ustida og‘riq, mushak—bo‘g‘imlarda
og‘riq, adinamiya kuzatilgan. Kasallangandan bir necha soat oldin
hushini yo‘qotgan.
Klinikaga kelganda — umumiy ahvoli og‘ir, harorati 39,5°C,
atrofga noadekvat munosobatda, nojo‘ya harakatlar qilgan.
Ko‘rikda yuz gi peremiyasi, kon’yunktivit. Lablariga uchuqlar
toshgan, o‘pkada quruq xirillashlar, perkutor o‘pka tovushi. Puls
ritmik 75 ta. Yurak tonlari bo‘g‘iqlashgan. AQB 90/60 mm sim.ust.
Ensa mushaklarining rigidligi oshgan. Orqa miya punksiya qilindi.
Likvor bosimi 250 mm suv ust. Likvor tekshiruvda: rangsiz,
tiniq, sitoz — 51/mm
3
, qand — 1,8 mmol/l. Pandi reaksiyasi
manfiy.
1. Dastlabki taxminiy tashxis qo‘ying.
2. Tashxisni asoslash uchun zarur bo‘lgan tekshiruv usullarini
ko‘rsating.
3. UASh taktikasi.
289
YUKUMLI KASALLIKLAR FANIDAN 3-DARAJALI
TESTLARDAN NA’MUNALAR
1, Bemor, 25 yosh. Kasalxonaga kasallikning 7-kuni quyidagi
shikoyatlar bilan keltirildi: bosh og‘rig‘i, ishtahasizlik, yuqori
tana harorati. Kasallik tana haroratining 38°C ko‘tarlishi, bosh
og‘rig‘i bilan boshlangan. Keyingi kunlar tana harorati 39°C va
undan yuqori bo‘lgan, bosh og‘rig‘i kuchaygan. Ko‘rik vaqtida
tana harorati 39,5°C, bemor holsiz, kamharakat, savollarga
xohlamay javob bermoqda. Yuzi oqarinqiragan. Puls 78 marta. AQB
100/60 mm sim.ust. Qorin damlangan, Padalka belgisi ijobiy. Jigar
1,5 sm kattalashgan. Ichi kabziyatga moyillik.
A. Bemorga taxminiy tashxis qo‘ying:
A) vabo;
B) ichburug‘;
C) qorin tifi (ichterlama)*;
D) iersinioz
E) salmonellyoz;
B. Tashxisni asoslash uchun qanday laborator tekshiruvlar
o‘tkazish kerak?
A) o‘tli bulonga gemokultura*;
B) qorin bo‘shligini rentgenda tekshirish;
C) siydik va najasdan bakteriologik ekma*;
D) orqa miya suyuqligi olish;
E) Vidal serologik reaksiyasi*;
D. Bemorni kasalxonadan chiqarish shartlarini ko‘rsating:
A) tana harorati me‘yoriga kelgach 7 kundan keyin va najas
ekmasining bir marta salbiy natijasidan so‘ng;
B) najas va siydikning 3 marotaba, o‘t suyuqligi ekmasining
bir marotaba salbiy natijasidan keyin*;
C) tana harorati me’yoriga kelgach 21 kundan keyin*;
D) tana harorati me‘yoriga kelgach 3 kundan keyin;
E. Bemorni davolash rejasini tuzing:
A) yotoq holati, parhez stol ¹ 1a*;
290
B) antibiotiklar, dezintoksikatsion terapiya*;
C) jarrohlik yo‘li bilan davolash;
D) oshqozonni chayish va tozalovchi klizma;
E) belgilar bo‘yicha davolash*
F. Bemorda yurak-qon tomirlar sohasida qanday o‘zgarishlar
kuzatilishi mumkin?
A) nisbiy bradikardiya*;
B) AQB ning ko‘tarilishi;
C) puls dikrotiyasi*;
D) taxikardiya;
J. Bemor ingichka ichagida kasallikning avj olgan davrida qanday
patomorfologik o‘zgarishlar kuzatiladi?
A) shilliq qavatlar atrofiyasi;
B) limfa tugunlarida yaralar*;
C) limfa tugunlarida nekrotik yallig‘lanishlar*;
D) shilliq qavatlarga qon quyilishlar;
H. Bemorda kasallikka xos qanday asoratlarni ko‘rish mumkin?
A) ichaklar tutilishi;
B) ichakdan qon ketishi*;
C) to‘g‘ri ichakning chiqib ketishi;
D) infeksion-toksik karaxtlik*;
E) ichaklar invaginatsiyasi;
I. Bemorda ichakdan qon ketishida ko‘rsatiladigan davolash
choralari:
A) izotonik eritmalar quyish;
B) tezda jarrohlik muolajasi;
C) qoringa muzli halta qo‘yish, muz bo‘lakchalari yuttirish*;
D) qat’iy yotoq holati, 15 soat davomida ovqatlanmaslik*;
E) qon ivishini oshiruvchi dorilar*.
2, Bemor K. Bozordan olingan somsa yeganidan so‘ng 4—5
soat o‘tgach kasallingan. Shikoyatlari qorinda og‘riq, qizib ketish,
qaltirash, tana haroratining ko‘tarilishi, ikra mushaklarida
tirishishlar, ich ketishi, ko‘ngil aynash, qayt qilishga. Ich kelishi
suyuq, tez-tez, ko‘kimtir, badbo‘y hidli, shilliq va qonsiz.
A. Bemorga taxminiy tashxis qo‘ying;
291
A) salmonellyoz gastroenterit shakli*;
B) o‘tkir ichburug‘ kolit shakli;
C) vabo og‘ir kechishi;
D) stafilokokk infeksiyasi;
E) ichak amebiazi;
B. Tashxisni asoslash uchun laborator tekshiruvlarni ko‘rsa-
ting:
A) ichaklarni rentgen yordamida tekshirish;
B) salmonellyoz diagnostikumi bilan RNGA reaksiyasi*;
C) najasning bakteriologk ekmasi*;
D) qorin bo‘shlig‘i laparoskopiyasi;
D. Bemorni davolash rejasini tuzing:
A) dezintoksikatsion davolash*;
B) degidratatsion davolash;
C) regidratatsion davolash*;
D) vaksina bilan davolash;
E. Bemorda qanday asorat kuzatilishi mumkin?
A) gi povolemik karaxtlik*;
B) anafilaktik karaxtlik;
C) postgemorragik karaxtlik;
D) ichaklardan qon ketishi;
F. Kasallikni qanday kasalliklar bilan taqqoslash kerak?
A) brutsellyoz;
B) ichak iersiniozi*;
C) esherixioz*;
D) ornitoz;
E) ichburug‘*.
3. Bemor A. 19 yosh. Shikoyatlari qorinda tez-tez xurujli og‘riq
borligiga, ich kelishidan oldin bo‘ladigan og‘riqqa, bosh og‘rig‘i,
qaltirash, tana haroratining 38
°
C gacha ko‘tarilishiga, ichning oz-
ozdan tez-tez ketishiga. Umumiy ko‘rikda: o‘pka va yurak sohasida
o‘zgarishlar yo‘q. Qorin bir oz damlangan, yo‘g‘on ichaklar bo‘ylab
og‘riqli, sigmasimon ichak qalinlashgan.
A. Bemorga qanday taxminiy tashxis qo‘yish mumkin?
A) o‘tkir ichburug‘ kolitik shakli*;
292
B) salmonellyoz enterit shakli;
C) iersinioz tarqalgan shakli;
E) brutsellyoz yarim o‘tkir shakli;
B. Bemorda ko‘rikdagi belgilarga ko‘ra qanday sindromlar
kuzatilmoqda?
A) gi pertenziv sindrom;
B) intoksikatsiya sindromi*;
C) meningial sindrom;
D) kolit sindromi*;
E) enterit sindromi;
D. Ichburug‘da yo‘g‘on ichaklarda qanday patomorfologik
o‘zgarishlar kuzatiladi?
A) mayda va yirik granulemalar;
B) o‘tkir kataral va fibroz—nekrotik yallig‘lanish*;
C) yaralar paydo bo‘lish bosqichi, yaralar bitishi va yuzaki
chandiqlar*;
D) yo‘g‘on ichaklar shilliq qavati atrofiyasi;
E) ichaklarda chuqur va yirik chandiqlar;
E. O‘tkir ichburug‘ni qanday kasaliklar bilan taqqoslash
kerak?
A) brutsellyoz;
B) ichak amebiazi*;
C) to‘g‘ri ichak o‘sma kasalligi*;
D) ichterlama;
E) nospesifik yarali kolit*
F. Bemorni davolash rejasini ko‘rsating:
A) garmonlar bilan davolash;
B) dezintoksikatsion va regidratatsion davolash*;
C) zardoblar bilan davolash;
D) vaksina bilan davolash;
E) antibiotiklar berish*;
G. Bemorga tashxis qo‘yishda asos bo‘ladigan tekshirish
usullarini ko‘rsating:
A) najasning bakteriologk ekmasi*;
B) qorin bo‘shlig‘ini skanirovaniya usulida tekshirish;
C) kolonofibroskopiya*;
293
D) qorin bo‘shlig‘ini rentgen qilish;
E) ichburug‘ diagnostikumi bilan RNGA*;
H. Bemordagi kasallikda kasallik manbayi bo‘lib hisoblanadiganini
ko‘rsating:
A) bemor hayvonlar;
B) bakteriya tashuvchi*;
C) bemor odam*;
D) bemor qushlar;
E) bemor baliqlar.
4. Bemor 40 yosh. Kasallik o‘tkir boshlanib avval ich ketishi,
keyinchalik qayt qilish kuzatilgan. Bemor 3—4 kun oldin
Hindistondan kelgan va u yerda shunga o‘xshash bemorlar borligini
aytgan. Ko‘rik vaqtida bemorda enterit va suvsizlanish belgilari
kuzatilmoqda.
A. Bemorga taxminiy tashxis qo‘ying:
A) vabo, kolit shakli;
B) vabo, enterit shakli*;
C) salmonellyoz gastroenterokolit shakli;
D) iersinioz tarqalgan shakli;
B. Tashxisni asoslash uchun qanday laborator tekshiruvlar
o‘tkazish kerak?
A) gemokultura;
B) siydik ekmasi;
C) qusuq moddalarini 1% li pepton suviga ekish*;
D) najas moddalarini 1% li pepton suviga ekish*;
E) virusologik tekshirish;
D. Kasallik o‘chog‘ida qanday epidemik choralar o‘tkazilishi
kerak?
A) bemorni tez yordam mashinasida kasalxonaga yuborish;
B) bemorni maxsus mashinada kasalxonaga yuborish,
shoshilinch xabarnoma yuborish*;
C) epidemiolog vrachga berish uchun muloqatda bo‘lganlar
ro‘yxatini tuzish*;
D) bemor ajratmalaridan olib bakteriologik ekma o‘tkazish
uchun yuborish*;
294
E) bemorni tezda alohidalash*;
E. Bemorni davolash rejasini ko‘rsating:
A) kimyoterapiya;
B) regidratatsion davolash*;
C) degidratatsion davolash;
D) dezintoksikatsion davolash*;
E) gormonoterapiya;
F. Vabo kasalligi qo‘zg‘atuvchisini ko‘rsating:
A) vibrionlar*;
B) rikketsiyalar;
C) viruslar;
E) klibsiellalar;
G. Bemorda qanday asorat kuzatilishi mumkin?
A) Kvinke shishi
B) o‘tkir buyrak yetishmovchiligi*;
C) anafilaktik karaxtlik;
D) bosh miya shishishi;
E) gi povolemik karaxtlik*;
5. Bemor K. 49 yosh. Shikoyatlar: suv ichganda qalqib ketish,
ovqatlarni yuta bilmaslik, ovozning bo‘g‘ilishi, ko‘rishning
xiralashishi, di plopiya, havo yetishmasligiga. Kasallik uy sharoitida
tayyorlangan konservali bodring yeganidan so‘ng 48 soat o‘tgach
boshlangan. Umumiy ko‘rikda: tili quruq, oq-sarg‘ish karashli,
yumshoq tanglay til o‘zagiga osilib tegib turibdi, gapirishi
mankalangan, ko‘z qovoqlari yumilgan, ko‘proq o‘ng tomonda.
AQB 120/80 mm sim.ust. Ahvoli og‘ir.
A. Bemorga taxminiy tashxis qo‘ying:
A) meningoensefalit;
B) stafilokokk infeksiyasi;
C) botulizm, og‘ir kechishi*;
D) salmonellyoz og‘ir kechishi;
E) halqum difteriyasi;
B. Botulizmni qanday kasalliklar bilan taqqoslash kerak?
A) salmonellyoz og‘ir kechishi;
B) zaharli ximikatlar, qo‘ziqorinlar bilan zararlanish*;
295
C) metil spirti bilan zaharlanish*;
D) meningokokksemiya va meningit;
E) ishemik insultlar*;
D. Tashxisni asoslash uchun qanday laborator tekshiruv
o‘tkazish kerak?
A) qon va najasning bakteriologik ekmasi;
B) botulotoksinni qonda va siydikda aniqlash*;
C) koproovoskopiya usuli;
D) virusologk tekshiruv;
E) biologik sinama*;
E. Bu bemorni davolash rejasini ko‘rsating:
A) botulizmga qarshi zardob yuborish*
B) dezintoksikatsion va antibiotiklar*;
C) garmon va vaksina bilan davolash;
D) to‘g‘ridan-to‘g‘ri qon quyish;
E) vitaminoterapiya*;
F. Bemorda qanday asoratlar kuzatilishi mumkin?
A) infeksion miokardit*;
B) gi povolemik karaxtlik;
C) nafasning to‘xtab qolishi, asfiksiya*;
D) oyoq—qo‘llar falaji;
E) leptomeningit.
6. Bemor 12 yosh, shikoyatlari vaqti-vaqti bilan qorinda kindik
atrofida og‘riq bo‘lishiga, ko‘ngil aynashga, ayrim vaqtlar to‘satdan
qayt qilishga, uyquning notinchligiga, tez-tez charchab qolishga.
Bu holatlar bemorda bir yildan beri kuzatilmoqda. 2 kun oldin
bemor onasi qusuq moddasidan 10—12 sm kattalikdagi oqimtir
qizg‘ish rangli chuvalchang ko‘rgan va vrachga murojaat etgan.
A. Bemorga taxminiy tashxis qo‘ying:
A) askaridoz*;
B) enterobioz;
C) trixotsefalyoz;
D) tenioz;
E) trixinellyoz;
296
B. Tashxisni asoslash uchun qanday laborator tekshiruvlar
o‘tkazish kerak?
A) ilik holda koproovoskopiya*;
B) najas va siydikning bakteriologik ekmasi;
C) qonda yuqori eozinafillar bo‘lishi, serologik tekshiruv*;
D) lozim topilganda ichaklarni va o‘pkaning rentgen tekshiruvi*
E) gemokultura va bilikultura;
D. Anamnezida qo‘shimcha qanday ma’lumotlar yig‘ish kerak?
A) jarohat olganligi;
B) organizmdagi har turli allergik o‘zgarishlar*;
C) teri qoplamlari jarohati;
D) yaxshi yuvilmagan meva va sabzavotlar yeyish, ochiq suv
havzalarida cho‘milish*;
E) sut mahsulotlarini ko‘proq iste’mol qilish;
E. Kasallikda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratni ko‘rsating:
A) mexanik sariqlik, asfiksiya*;
B) ichki a’zolarda va qon tomirlarda tromboz;
C) jigar abssessi, peritonit*;
D) mayda suyaklar sinishi;
E) ichaklar tutilishi*
F. Bemorni davolash usullarini ko‘rsating:
A) pi perazin adi pinat*;
B) degidratatsion davolash;
C) vermoks, kombantrin*;
D) keng doirada ta’sir qiladigan antibiotiklar berish;
E) dekaris (levomizol)*
7. Bemor S, 64 yosh, kasalxonaga kasallikning 16-kuni quyidagi
shikoyatlar bilan keltirildi: uyquning yomonligi, ishtahasizlik,
ko‘ngil aynash. Kasallik asta-sekin nohushlik, kuchayib boruvchi
holsizlik, ishtahasizlik, o‘ng qovurg‘a ostida simillab og‘riq bo‘lishi,
ko‘ngil aynash kuzatilgan. Kasallikning 12-kuni siydik rangi
to‘qlashgan va ko‘z sklerasi sarg‘aygan, terisi qichishgan. Anamnezida
4 oy oldin jarrohlik muolajasi olgan va qon quyilgan.
A. Bemorga qanday taxminiy tashxis qo‘yish mumkin?
A) iersinioz;
297
B) virusli gepatit C*;
C) leptospiroz;
D) virusli gepatit B*;
E) infeksion mononukleoz;
B. Tashxisni asoslash uchun qanday laborator tekshiruvlar
o‘tkazish kerak?
A) gemokultura;
B) qonda BGB va BGS markerlarini aniqlash*;
C) timol sinamasi va ishqoriy fosfotazani aniqlash*;
D) oshqozon-ichak sistemasini rentgenografiya qilish;
E) qonda bilirubin va fermentlar miqdorini aniqlash*;
D. Virusli gepatitlardagi sitolitik sindromni ko‘rsating:
A) qonda ALT va AST miqdorining ortishi*;
B) qonda HBsAg ning ko‘payishi;
C) qonda timol sinamasining ko‘tarilishi;
D) qonda sulema sinamasining ortishi;
E. Virusli gepatitlarda xolestatik sindromni ko‘rsating:
A) protrombin indeksining kamayishi;
B) qonda sulema sinamasining ortishi;
C) qonda timol sinamasining ko‘tarilishi;
D) qonda ALT va AST miqdorining ortishi;
E) qonda bilirubinlar miqdorining ortishi*;
F. Bemorni qanday kasalliklar bilan taqqoslash kerak?
A) bezgak;
B) stolbnyak;
C) mexanik sariqlik*;
D) gemolitik sariqlik*;
E) salmonellyoz;
G. Bemorni davolash rejasini ko‘rsating:
A) fizioterapiya;
B) kimoterapiya;
C) vaksina bilan davolash;
D) katiy yotoq holati, parhez stol¹ 5a*;
E) dezintoksikatsion davolash*;
298
8. Bemor Z. 36 yosh, kasallikning 5-kuni, sariqlikning 4-kuni
keltirilgan. Kasallik o‘tkir boshlanib ko‘p marotaba qayt qilgan,
notinchlik, kuchli ishtahasizlik, terisi va ko‘z sklerasida sariqlik
kuzatilgan va bu belgilar tezda kuchaygan. Kelganda ahvoli o‘ta og‘ir,
alahsirash, og‘zidan «jigar hidi», «kofe quyqasi» ko‘rinishida qayt
qilish kuzatilgan. Inyeksiya o‘rinlarida qontalashishlar bor.
Anamnezida 2 oy oldin jarrohlik muolajasi olgan.
A. Bemorga to‘liq taxminiy tashxis qo‘ying:
A) iersinioz mahalliy shakli;
B) leptospiroz tarqalgan shakli;
C) virusli gepatit B, gepatodistrofiya, koma 2-darajasi*;
D) brutsellyoz septikometastatik shakli;
E) listesteroz tarqalgan shakli;
B. Tashxis qaysi klinik belgilarga asoslangan holda qo‘yilgan?
A) kasallikning o‘tkir boshlanishi, sariqlikning ortishi,
og‘izdan jigar hidi kelishi*;
B) kuchli notinchlik, «kofe quyqasi» simon qayt qilish,
gemorragik sindrom*;
C) sariqliknig ortishi, inyeksiya o‘rinlarida qon quyilishlar*;
D) qorinda og‘riq, tirishishlar, ichning suyuq ketishi, tenezm-
lar;
E) teri rangining oqarganligi, bradikardiya, artralgiya;
D. Bemorga tashxis qo‘yishda asos bo‘ladigan laborator
tekshiruvlarni ko‘rsating:
A) qon biokimyo analizi*;
B) najas va o‘t suyuqligi bakteriologik ekmasi;
C) qonni BGB, BGS, BGD markerlariga tekshirish*;
D) qon umumiy analizi, urinokultura;
E) qon ivish sistemasi ko‘rsatgichlari*;
E. Bemorni davolash rejasini ko‘rsating:
A) degidratatsion davolash;
B) proteolitik fermentlar ingibitorlari — kontrikal, trasilol,
gordoks*;
C) gormonlar, qon va qon elementlari, vitamin*;
D) kimyoviy usul va vaksinalar bilan davolash;
E) dezintoksikatsion davolash — gemodez, reopoliglyukin va
h.k.*;
299
9. Ilgari virusli gepatit o‘tkazgan bemorda punksion biopsiya
qilinganda yil davomida jigarda tarqalgan yallig‘lanish jaroyoni
kuzatilgan va bunda jigarning bo‘lakchalari buzilmagan, parenximasi
buzilmagan.
A. Bemorda kasallikning qanday yakuni kuzatilgan?
A) jigar sirrozi;
B) surunkali virusli gepatit*;
C) jigar karsinomasi;
D) jigar kistasi;
E) jigar abssessi;
B. Surunkali gepatitlarning tasnifi qanday?
A) surunkali uzluksiz gepatit;
B) surunkali replikativ gepatit*;
C) surunkali cho‘zilgan gepatit;
D) surunkali integrativnoy gepatit*;
E) surunkali tugunchali gepatit;
D. Jigar sirrozining tasnifi qanday?
A) mayda nekrozli;
B) yirik donachali;
C) makronodulyar (nekrozdan keyingi)*;
D) mikronodulyar (portal septal)*;
E) biliar sirroz*;
E. Bemorga yakuniy tashxis qo‘yish uchun qanday laborator
usullar qo‘llaniladi?
A) jigarni rentgenda tekshirish;
B) UZI, jigarni skaner va radioizotop usulida tekshirish*;
C) jigar biopsiyasi, VGV, VGS markerlari*;
D) rektoromanoskopiya;
E) irrigoskopiya.
10, Bemor I. 25 yosh, qandolatchilik sexida ishlaydi. Tekshiruvda
najasdan Sh.Flexneri 3a topilgan. Klinikaga kelganida va anamnezida
ichaklar faoliyatida o‘zgarishlar bo‘lmagan.
A. Bemorga taxminiy tashxis qo‘ying:
A) o‘tkir ichburug‘ gastrointestinal shakli;
B) tranzitor bakteriya tashuvchi*;
300
C) o‘tkir ichburug‘ — subklinik shakli*;
D) surunkali ichburug‘;
E) o‘tkir ichburug‘ kolit shakli;
B. Bemorda tashxisni asoslash uchun qanday tekshiruv
o‘tkazish kerak?
A) rektoromanoskopiya*;
B) gemokultura;
C) virusologik;
D) RNGA ichburug‘ diagnostikumi bilan*;
E) urinokultura;
D. Bemorni davolash usulini ko‘rsating:
A) gormonlar bilan davolash;
B) sulfanilamid va nitrofuranlar berish*;
C) regidratatsion davolash;
D) vaksina bilan davolash
E) antibiotiklar berish*;
E. Bemorga kasalxonadan javob berish uchun ko‘rsatma:
A) antibiotik bilan davolashning 8 kuni;
B) antibiotik bilan davolashning 3 kuni;
C) antibiotik kursidan so‘ng najas ekmasining 2 marta salbiy
natijasidan keyin*;
D) antibiotik berishning 5 kuni;
E) ahvoli yaxshilangach;
E. Dispanser nazorati muddatini ko‘rsating:
A) poliklinikada 3 oy davomida*;
B) har oyda najas bakteriologik ekmasi olish*;
C) dispanser nazoratida turmaydi;
D) poliklinikada yil davomida;
E) poliklinikada 8 oy davomida.
|